jump to navigation

Бошқа миллатли йигит билан турмуш қурмоқчиман… July 5, 2007

Posted by ayollar in Oila va Turmush Tarzi.
trackback

Ассалому алайкум, азиз аёллар! Сизларга қўйидаги савол билан мурожаат қилмоқчиман. Мен мусулмон қизман лекин бошқа миллатли эркак кишини севиб қолганман. У билан турмуш қурмоқчимиз. Мусулмон қиз бошқа миллатли киши билан турмуш қура оладими? Фикр мулоҳазаларингизни кутиб қоламан. Нилуфар

Comments

1. Erkinoy - July 6, 2007

Salom Nilufar,

Bu muammoni dinga aloqasi y’oq. Menimcha muammo o’zini didi va fe’liga to’g’ri keladgan umr yo’ldoshni tanlay olish, u bilan turmush qurish va undan keyingi eng asosiysi masala u bilan mustahkam oila qurish, xayetning murakkab va eng og’ir kunlarida bir-biriga suyanchiq bo’la olishdir. Yevropada ko’pchiliklar insonni diniga yoki uning kelib chiqishiga qaramaydilar. Bo’lajak qaynona yoki qaynotalar, bo’lajak kelin yoki kuyovlarini aqlu-farosati, intelektual darajasi, o’zini tutushi va insoniylik darajsiga juda katta e’tibor berib o’z fikrlarini bildiradilar.

Shahsan men uchun, kelajak kuyovini musulmon bo’lishi shart emas. Faqat eng asosiy talab: u sevgan qizini qanaqa bo’lsa shundayligimcha qabul qilib olsin, uni tilini va madaniyatini o’rgansin va O’zbekistonni sevsin.

Albatta, hozir qashoqlik, ya’hi boy va kambag’al orasida farq osmon bilan yerdek bo’lib ketayotgan va shu bilan birgalikda meyoridan chiqib ketayotgan qadimgi diniy ana’nalar kuchayib va “oddiy mantiq” yo’qolib ketayotgan O’zbekistonimizda bu narsani ochiq oydin aytib, ko’tarib chiqish qiyin.

Nilufar, sizga bitta kichkinagina maslahat. Sevgan yigitingizni sizni va sizni madaniyatingizni chin ko’hgildan sevishini tekshirib ko’ring.

Ba’zan har-hil millat va madaniyat egalari qurishgan oilalar hozirgi paytdagi ko’pgina bir-hil millat va madaniyati egalari qurishgan oilalarga qaraganda ancha mustahkam va vafodor bo’lishadi.

Nilufar, meni yoshim 31da lekin hali turmushga chiqmaganman. Yaqinda Ozbekistonga telefon qilib onam bilan gaplashdim.
– Qizim, shu yoshga kirib ham turmushga chiqmading. Ho’p, endi kech bo’lsa anig’i, bir umra bo’ladigani bo’lsin dedi.
Chukni 24 yoshdagi singlimni sinfdosh dugonalarini hammasi allaqachon erga tegib ulgurib, ikkinchi marta turmushga chiqib, yana birga yashay olmasdan undan ham qonuniy ajrashib o’tirganlari anchagina.

Nilufar, bardam bo’ling.

2. Алишер - July 6, 2007

Ассалому алайкум Нилуфар,
Агар кўнгил хоҳишидан келиб чикиб, иш тутадиган бўлсангиз, нафақат бошқа миллатли, балки ғайридин инсон билан ҳам турмуш қуришингиз мумкин. Бу ўринда Сиз “ўзим мусулмонман, бошқа миллатли киши билан турмуш қурмоқчиман” дебсиз. Мусулмон бўлсангиз, у ҳам мусулмон бўлса, унда миллатининг аҳамияти йўқ. Мусулмон бўлса, кимга турмушнинг аҳамияти йўқ.
Агар диний туйғулардан келиб чиқиб, турмуш қурмоқчи бўлсангиз, унда ғайридинга турмушга чиқиш мумкин эмас. Чунки мусулмон аёлларнинг ғайридинларга турмушга чиқиши дуруст бўлмайди, сабаби, аёл ўзи ва туғилажак фарзандлари Исломий турмуш тарзи кечира олмаслиги мумкин. Бу масалада http://www.islamnuri.com ва http://www.muslimuzbekistan.com сайтлари маъмурларидан сўраб кўринг, мен олим эмасман, билганим шу. Юқоридаги сайтлар олимлар Абдували қори ва Обидхон қори салафлари томонидан юритилади. Саволингизга мукаммал жавоб оласиз, умид қиламан.

3. Алишер - July 6, 2007

Узр, шу ўринда “Аёллар бекати” сайтини юритаётган қиз қардошларимизга танбеҳ: сезаётган бўлсангиз, сайтнинг рейтинги жуда тушиб кетди. Муносабат йўқ аввалги каби. Чунки мавзулар зўраки, сунъий, Сиз юқоридаги каби “Ҳомилам тушиб қолди, нима қилай?”, “Мусулмонман, аммо бошқа миллатга тегсам бўладими” деб, ясама равишда тамаддун тўқнашуви (конфликт цивилизаций дейдими?) ёки баҳсга чорлаш учун провокацион, қўпол қилиб айтганда, фитна чорловчи мавзуларни тўқиб чиқаряпсиз. Аммо, тушунинг, бунақа мавзулар анча йил бўлди, урфдан қолган. Бошқа миллатга эрга тегмоқчи бўлганлар ёки қизликнинг аҳамияти ҳақида ҳозир сўраб ўтирилмайди бунақа блогларда, яна ҳаммадан🙂 Сайт ишини аксинча, бошқача, шарқона одоб, дунёвий билим ва маданият, диний заковат ва ҳаё қоришган бир руҳда қайтадан ислоҳ қилиш керак, шунда машҳур бўлади, ўқувчи кўпаяди. Чунки кейинги пайтда Сиз қайта ва қайта кўтараётган мавзулар нафақат эркаклар, балки аёлларни ҳам беҳузур қилиб ташлаяпти.
Хафа бўлмайсиз деган умиддаман, бу шунчаки шартаки ва дўстона танқид🙂
Эҳтиром.

4. Erkinoy - July 8, 2007

Alisher,

Bu satni boshqarayotgan shahsni tanlagan mavzulari sizga yuzaki ko’rinishini sababi siz ayel emassiz, demak bu yerda yuzakilik bilan yondashayotgan shahs siz bo’lib qolayapsiz. Shuning uchun o’zingiz uchun gapiring boshqa ayollar uchun emas.

5. Дурдона - July 9, 2007

Менинг назаримда Алишернинг гапларида жон бор.

6. Кундуз - July 16, 2007

Севгингиз учун курашинг. Узга миллатга турмушга чикаётган ёки севиб колган бир сиз эмас. Бунака вокеа аввал хам булган ва бундан кейин хам булади. Сиз биринчиси еки охиргиси эмассиз.

7. Jayron - July 29, 2007

Mavzu dolzarb, ayniqsa horijda yashovchi uzbek qizlar uchun. Uzbek qizi ota-onasining yorigidan chiqmaydigan ekan, horijda o’n yillab yursa ham otasini ogziga qarab turarkan. Tugri kongilga qarash kerak, Erkinoy opaning gaplari rost. Agar siz uchun din muhim bolsa, u yigit muslim bolishi shart, yoki Islomni qabul qilishi kerak. Shunda ancha engil bolarkan. Ikkinchi tomonda, millatlararo tafovutlar kop ekan. Bilasizmi, musulmon bitta dimizku, lekin urf-odatlar, tradicialar har hilligidan, madaniyat, mentaliette boshqachaligidan ham kop muammolar yuzaga chiqar ekan. Shuning uchun, tanlaganingizning fe`l-atvorini yaxshilab o’rganing, ertaga afsus chekib qolmasligingiz uchun.

8. buluchka - August 3, 2007

Assalomu alaykum…..
o’zim yoshman, hayotdan opitim juda kam shunga kop postlarda comment qoldirmiyaman,lekin onamning bir gaplari esimga tushib ketgani uchun shu yerd acomment qoldigim keldii……hammani commentlarini oqidim…azizlar gapingizda jon bor lekin “qarisan qartasan asl zotinga tortasan” shu maqolni eshitganmisiz…buni onam kop etadilar .buni maqol yoki ibora nimaliginiyam bilmiyman….lekin shu gapda jon bor….aytaylik boshqa millat vakilaga turmushga chiqdizam hayot boshida yashi ketdi lekin Jayron etganlaridek urf odatlar madaniyat umuman oganda culture bir hil emasligidan tushunmovchilikar kelbi chiqadi nafaqat oddiy hayotdagi tushunmovchililar balki vatqi keganda bir birni nima his qivotgnaniniyam chunmiy qoladii …chunki din bir bogan bilan millat ozib ulgaygan sahroti boshqa boshqaa….va yana bir jiddiy masala sizlar koradigan farzadnlarga ham qiyin boladii chunki ular kimdan ornak olishni kimga ergashishini bilmay gang qoladii va ikki ot ortasiga tasghlab qoyasizlar….
mani fikrimcha inson oziga qulaylik va hotirjamllik yaratish maqsadidaa oz millatidan hayot yolida hamroh tanlashi kerak zero undan heckim, na ozi na atrofidagilar zarar kormasinlar…

9. Serdar - August 17, 2007

Kechirasla,buni meni ongim va yuragim qabul qilolmadi.HECH QANAQASIGA! BU NIMASI O’ZI A! Siz boshqa millatdagi bilan qaerda tanishaqoldiz uzi?O’zbeklarda.13 million ga yaqin o’zbek erkaklari shu 1ta inomarka bilan tenglashomedimi!Ko’zizdagi linzani op qo’yib qareng.O’sha odam sizga mosmi?Shu odamga Butun qarindosh urug’,tanish bilishlaringizni almashtirolasmi?(Men shunaqa qarindoshim borligidan or qilardim).Sizgayam BANZAI dimanakanda endi.Qanqa ma’noda tushunsez kalla siziki.Lekin o’sha narsani sizda borligiga shubham bor

10. Sofislom - August 20, 2007

Islomda Muslima ayol kofir erkakga turmushga chiqishi haromdir, xoh u erkak uzbek bolsin xoh bolmasin. Usha uchun eng avvalamdor erkakning taqvosiga qarash lozim

http://www.sofislom.com/index.php?option=com_docman&task=doc_download&gid=92

shu yerda Solih Juft tanlashning muhimligi haqida mavjud

11. Jayron - August 21, 2007

Serdarga:

Serdar bu o’zbechasiga Sardor bo’lsa kerak.:), Patriotizm shu ismni yozganda esizdan chiqibdi shekilli.

Hullas, Sardorbek, taqdir deganni siz bilan men hal qilmaymiz. Alloh SubhanaTaolo yozgani bo’ladi. Solih, muslim juft bo’lsin kim bo’lsayam. 13 million O’zbek uyoqda tursin, 2 milliard ichida sizzi juftiz kim bo’lishi faqat Hudoga ayon. Sharmanda qilish masalasida. Ayolning bahti solih erda. Er mo’min bo’lsa millatining ahamiyati yo’q. Muslima qizga muslim juft to’gri keladi. U chukcha bo’ladimi, bunisi ahamiyatsiz. Asosiysi ikki yosh bir birini tushunsa, ertaga turmushdan so’ng bir biriga tirgak bo’lishiga ko’zi etsa. Islom yo’lida solih farzandlarni tarbiya qilsa, Alloh Taolo uchun bu farzandlar hizmat qilsa, mana shu asosiy baht. Shuni nimasi Sharmanda? Sharmanda degani ota onani hor qilib, uyatga qoldirib, bir harom hayot kechirib yursa, allakimlardan farzand orttirsa, shunisini sharmanda deydi. Shuni sharmanda deyishgayam bizni aslida haqqimiz yoq. KImnidir (judge) baholash, kimdir haqda hulosa qilish bizga emas. Wallahi a’lam.

Ko’zingizini sal katta oching. Siz bunaqa agressiya bilan uzoqqa bormasez kere. Toshkenni o’zida tatar, o’rislarga uylanib ketayotgan uzbekla kammi? tanqid qilishdan avval uyo buyoqqa qarab, taroziga solib gapirish kerak.

Uzr agar sizga gaplarim qattiq botgan bolsa. Salomat boling.

12. men - August 25, 2007

jayronni gaplarida jon bor…

13. lady_uzbek - August 25, 2007

assalomu alaykum barchaga!!
man Jayronning gaplariga qo’shilaman.haqqatda bizni taqdirimizni olloh belgilaydi.
Serdar uzr lekin 13 miliyon uzbek yigit turganda bitto inomarka deb qo’pollik bilan javob berish bu erda hech nimani echimini topib bermaydi.birovni sizda kalla borligiga shubham bor deb haqoratlagandan ko’ra usha savolni yuzaki ko’rmasdan chuqurroq oylab tushunishga harakat qilinsa yahshiroq bo’lardi.mayli bu hammani o,zini ishi.
Nilufar,men ham siz so’ragan va boshqa ko’p ayniqsa chet eldagi ozbek qizlarda bo’lgan bu savollarga duch kelganman. Meni ham bir chet ellik bir yigit sevib qolgandi,judayam tarbeali,mehribon,tushunuvchan yigit .hullas bazida hayron qolardim haqqatda bu chet ellikmi deb chunki bazida usha ayolini hurmat qilmaydigan ,oz ishi bn ovora ,oyilaga ahamyatsiz qancha ozbek yigitlaridan yuqoriro ko’rardim.bazila oylidi ozbek qizla faqat chet ellikga pulga uchadi deb,balki shunaqasi ham bordur lekin kopchilik emas.masalan man har safar uni shunchali ayol,oyilani hurmat qilishini farzand deb har narsaga tayyorliogini ko’rib,ota tushunuvchanligini ko’rib har safar hayron qolardin. manimcha eng kerekgigi ham shu. kechiraslayu og’zidan boda kirib shoda chiqadigan ,ayolini bir tinga olmaydigan,uradigan uzbek erkagidan (erkak deyilsa agar bunaqalarni) oddiy, qaysi millatli bo’lsa ham ayolini bahtli qila oladigan hurmat qiladigan erkak avzalroq bosa kk.
to’g’ri nima bo’lganda ham o,zimizniki o’zimizga .eng yahshisi yahshi hislatlari bor o’zbegimdan qo’ymasin lekin hozirgi zamonda judayam qiyin bo’layapti bunaqa sadoqatli,bir biriga hurmati bor uzbek yigitu qizlani topish…
biz usha yigit bilan uzoq vaqt tanish bo’ldik keyin u menga uylanmoqchi bolib ota onam bilan ham gaplshmoqchi bo’ldi.lekin man ozim har taraflarini oyladim hayotda har hil narsala bo’ladi deb,ham faqat ozimni oylamadin(balki bu ham yahhsi emasdur,boshqalarni ko’p oylash)
millatim boshqa derdim,ham men musulmon u bo’lsa boshqa dindan kelejekka qanaqa ta’sirini o’yladim,uydagila,qarimdoshla,ham o,z tilingda turmush ortog’ing bn gaplasholmasen ming tilini zor bilgan taqdirdayam baribir boshqachade,manimcha. hullas unga yoq dedim …(qanchali qiyin bo’lmasin)
yahshi bir inson,ozbek yigiti ham bolar shu yahhsi harakterlar bn deb.
.ba’zida oylaab qolaman ishqilib keyinro afsuslanmasam bo’ldi deb chunki u yigitdakala hoh musulmon bosin hoh boshqa millat,din kam bo’lsa kk,bunaqalar.
o’zim ham,ota onam ham etishdi ozbek bo’lganida edi shu yigit deb..
mayli hayot ozi shunday ekan. bazida juda qiyin vaziyatla bo’ladi ,bir qarorga kelish undanam qiyinro….
yana kim biladi taqdir bosa ,hayot boshqa millatdagi inson bilan bolib ketishi hech gap emas….(shundaylarni taniman va ula juda bahtli)
insholloh niyat qilaman har taraflama yetuk,uzbek yigitlari borligiga va ishonaman.hammamizga yahshi o,zimizni dilimizga ko’ra olloh shunday insonlarni uchratsin.Omon boling!!!!

14. Serdar - September 10, 2007

Daaaaa…
1-chidan,Jayronbekjon(yoki …hon),meni ismim bilan inomarkalarga erga tegib ketayotgan qizchalarni orasida qanaqa bo’g’lanish borligini google dayam topolmadim.
2-chidan meni ismim shunaqa,mailizi bersez pasport kopiyamni yuboraman8).
3-da.Patriotizm nima qilib bu erda o’ralashib yurganiga tushunmadim.
__________________________________________________________________
O’ziz o’len,singliz yo opez inomarka bilan yursa,tegaman desa qanaqa qares.Roziman demen!!!ALDAMEN O’ZIZI!Toshkent tomonlarda qanqa bilmadimu biz taraflarda(Andijon) bu narsa haqida gapirganni uzini odam safidan orqasiga 43 razmer tuflini izini chiqarishib haydashadi.Menimcha shu tegyotgan qizlaram sof o’zbek bo’masa kerak.Ayasi o’zbek,dadasi yapon bola katta bo’lsa kim didi o’zini?20 yil yo undanam ko’prodir o’zbeklar orasida yurib,o’zbek roddomida tug’ili,katta bo’lgan inson 1 zumda qanaqa qilib chet ellikka ko’nikvolishi mumkin??Mayli u Barvasta,kak shvarsnegger bosin,lekin,gap tashqi ko’rinish bilan pul ustida ketmayapti menimcha betda.Gap…Hullas hamma tushundi meni menimcha.Taaaaak,Ular uchun oddiy hol bo’lgan odatlar biz uchun g’irt gunoh bo’lishi ko’p hollarda anig’u a?Labbay Jayronbekjon(yoki hon(uzr hammasini o’qimadim gapizi))
___________________________________________________________________
Gaplarim ko’pidiyu boshliq chaqirib qoldi.Uyda yozaman qolganini.
Hurmat bilan SERDAR.

15. Serdar - September 10, 2007

aytgancha yana bitta gap,Meni ko’zlarim katta katta ochiq!!!!!(JAYRONBEKJON(YO…HON))

16. Erkinoy - September 10, 2007

Serdarga,

Meni yoshim 32 da. Lekin hali qiz bolaman (qizlik pardam joyida turibdi) va turmushga ham chiqmaganman. Lekin 32 yoshdagagi bokira bo’lmagan yoki uylanib ajrashgan o’zbek erkaklari bilan turmush qurgandan ko’ra. O’sha chet ellik, sifatli ina markalarni maqul ko’raman.

Sog’ bo’ling.

17. Serdar - September 11, 2007

LADY_UZBEK!
Siz dinni gaprdingiz.Solishtiring,o’zbek ziyoli yigiti bilan(qozonni faqat qorasini ko’rmen,uni ichida halol ovqatlariz pishadi) solishtiring o’sha chet ellikni.Bilaman,er judayam tor.Shaxsan men deyarli butun ersharini aylanib chiqqanman desam maqtanchoqlikka yo’ymeng.O’qish,ish bo’yicha ancha mamlakatlarda bo’lganman.Bilasmi nima,baribir haqiqiy o’zbek,ayolini o’zini oridek.g’ururidek,nomusidek saqledigan erkaklarni ko’rmaganmisiz?Siz menimcha qaysidir oliygohda o’qigansiz va judayam judayam ko’p oliftachalarga(1 tiyinga qimmat) ko’ziz tushgan.To’grimi?
O’zini hurmat qiladigan birovniyam hurmat qiladi.Hayot sizniki,Kimga turmushga chiqsez sizi ishiz.Lekin,vaqtlar o’tar,shirin farzandchali bo’larsla,nima deb qoyas ismini?Ota onez,aka uka qarindosh urug’lar nima didi bunga?Siz boshqalar deb kimni nazarda tutdiz?Ota onezimi?Qarindosh urug’izimi?Ularmas biz,MEN boshqaman,lekin ko’ryapsizmi,hatto menga ham BARIBIRMAS! Endi ota onezi o’rniga o’izi qo’ying….’

18. Serdar - September 11, 2007

Sizga hurmatim oshdi,LADY_UZBEK.

19. Serdar - September 11, 2007

QAERDASIZ SOFISLOM AKA!!!!!!!

20. Oybek - September 18, 2007

Men ko’p yoshi katta SSSR paytida har hil millat bo’la turib turmush qurgan odamlar bilan gaplashganimda, ularni hammasi yoshi o’tib o’z millatiga o’ylanmaganiga yoki turmushga chiqmaganiga afsuslanganlarini lekin o’rtada bolalar bo’lganligi uchun hech narsa qilolmaganliklarini, bolalari ham o’zlari hohlagan insonlariga turmushga chiqolmagan yoki o’ylanaolmaganliklarini (millati, kelib chiqishi hisobiga) eshitganman. Yuqorida “Bulbulcha” yozganidek”qarisan qartasan asl zotinga tortasan”. Bu maqollar bir necha ming yillardan beri xalq orasida ishlatiladi. Biz yoshlar xali sevgi nimaligini bilmasdan kattalar, ulug’larni gaplariga quloq solmasak o’zimiz uchun jabr qilamiz deb o’ylayman. (Yuqoridagilar ham yoshligida SSSR ideologiyasi bilan kattalarga quloq solmasdan endi qariganda afsusda) Mani fikrim bo’yicha hozirda har kuni ro’y berayotgan juda katta ozgarishlar, ko’p imkoniyatlar (boy erkaklar, engil ayoq qizlar, ularni hamma yoshdagi erkaklar uchun tayyorligi) “sevgi” tushunchasini ko’p marta ishlatsa bo’ladigan “preservativ”ga o’hshatib q’o’ygan. Yani asl dindor erkaklardan tashqari qolgan hamma erkaklar bir kunda nechtasini bo’lsa ham sevishga tayyor, faqat chiroyli, sexy bo’lsa bas. Asl dindor va qattiq qadriyatlar ostida katta bo’lgan qizlardan tashqari qolgan qizlar puldor, kelishgan, qiziq bo’lgan, ko’p joyga qo’li etadigan erkaklarni “sevib” qolishga tayyorlar. Lekin ikkala holatda ham “sevgi” tushunchasi asli sevgi tushunchasidan farq qiladi. Bu manimcha hammaga ayon. Shunday ekan qanday yo’l tutsak yahshimi, yomon shunga yarashasini olamiz.

21. Serdar - September 19, 2007

OYBEK Zo’R FIKR AYTDI! O’QIB KO’RINGLAR!

22. The_Alchemist - September 29, 2007

Erninoyga,
Yoshim 32 da va qizlik pardam joyida, ajrashgan uzbek erkagidan kura sifatli inomarkaga tekkanim yaxshi debsiz.
Uqib kurib ozroq hayron buldim. Tugrisini etsam millatchi emasman chunki mani bobom Odam Ato va buvim Momo havodir bu deganim oddiy insonman. Lekin Olloh qudrati bilan Uzbek degan yurtda tugildim. Shu yurtdagi tarbiya bilan usdim va tabiiyki uz yurtdoshlarimga hurmat bilan usdim. Yaxshisi ham yomoni ham uzimizniki yani Uzbekniki. Boya ettim millatchi emasman deb lekin sizni gaplarizda tushunmagan joyim sifatli deganda nimani nazarda tutdiz?
Chet elda 32 yoshigacha qiz bola bulgan qizlarga munosabat jirkanchli tugrirogini etsam buni uziz ham bilasiz. Qizlik pardasi ularda sifatsizlikni anglatadi yani qupol qilib etganda it ham qaramagan. Uzbeklarda esa bokiralik belgisidir. Undan keyin chet elda erkaklar urtacha 15-19 yoshidan boshlab jinsiy aloqaga kirishadi va 20 yoshgacha jinsiy aloqada bulmaganlari qolganlariga kulgu bulishadi. Demak sizga sizdan avval 40-50 ta ermagi bulgan erkak yaxshiroq bir hotin bilan qonuniy yashagan Uzbek erkagidan kura. (Haqoratli va millatchi gaplar Ayollar Bekati tomonidan olib tashlangan).
Lekin bu darajada yaxshisini tanlay olaman desangiz Uzbeklarda ham qurib qolgani yuq farishtaday yigitlar. Ustun deganda birdan iqtisodiy ahvolni misol qilmang. Iqtisodi ustundir lekin Uzbeklardan ustun emas urf odat va manaviy jihatdan. Urtacha Uzbeklar bunaqa past emas. Hali ham gurur bor Uzbeklarni kupchiligida. Ishonmaganlar bulsa istagan erkakni ayoliga yomon hayol bilan qarab kuring isbotini kuzizga tushgan mushdan kurasiz:)
Inomarkani hotiniga qarasangiz hursand buladi mani hotinimga havasi keladi hammani deb va yanayam ochiqroq keyintiradi shunaqami yaxshi qiz yoki yolgonmi?
Demak sizga sifatli chet el inomarkasi kerak ekan bemalol. (Hakotarli gap olib tashlangan) Siz uzizcha boshqa qizlarni ham manga uxshab inomarkaga tegingla demoqchisizmi? (Hakoratli sozlar olib tashlangan) Baribir Uzbeksiz va ongizda Tumarisdek mard ayol tarbiyasini soyasi bor. Doim shunaqa mard buling va uz fikrizga ega buling. Lekin Uzbek tuprogidan tuz totib kurdizmi shu el yomonini yoshirib yaxshisini oshirib gapiring chet elda. Lekin bu sayt Uzbekcha ushani uchun ham hatolarni aytib tugri qilasiz lekin iltimos Uzbek erkagini chet elliklar bilan solishtirib egan nonizga tupirmang qattiq edi deb.<Esizdan chiqarmang usha qattiq non sizga hayot baxshida etgan.
The_Alchemist

23. The_Alchemist - September 29, 2007

Hurmatli Ayollar Bekati Saytining hodimlari, iltimos qilmoqchi edimki yangi kelgan azo’larni huqiqlarini poymol qilib messagedagi bazi gaplarni olib tashlamasangiz chunki yozilgan gaplar haqoratli emasdi. Tugri tan olaman ozroq achchiq edi lekin dori ham achchiq buladi lekin fodali.Shunchaki bazi insonlarni shirin gaplar bilan jamiyatga Evropacha urf odatlarini tiqishtirishlari chidab bulmas darajaga etib kelgan. Yaxshisi ularning Uzbek Urf odatlariga qarshi aytilgan fikrlarini olib tashlasangar lekin bu ham tugri emas chunki bu ekin fikrlilikka qarshi buladi. Iltimos erkin fikrlar qarama qarshiligiga adolatli yondashsangiz. Mani gaplarimni qupol debsiz lekin unaqa qupol suzlar ishlatmadim va millatchilik ham qilmadim faqat uz millatimni himoya qildim.Hech qanaqa aniq bir millatni misol keltirmagan edim fikrlarimda. Faqat Aqsh va Evropa suzlarini ishlatdim va aminmanki bu suzlar hamma ishlatishi mumkin suzlar.
Yana bir masala esa Fohisha suzi edi nimaga endi Fohisha va Strip Club suzlarini qupol hisoblaysiz bu chet elda hech qanaqa yomon manoni anglatmaydi. Yoki Fohisha suzini urniga ishaltiladigan suzlar bormi? Bilmadim nimaga leki man bu saytni holis munosabatda buladi barchaga deb uylagan edim. Umid qilamanki birinchi mulohazam tugri chiqadi.
Shu saytni buyraktarik fikrlashdan halos qilishni iloji bormi? Sayt reyningini suniiylik emas erkinlik oshiradi deb uylayman. Bunaqa qilishizda yaqin urtada saytiz bum bush bulib qoladi. Erkin saytda insonlarni erkin fikrlarini uchurib tashlamasdan shundoqligicha qoldirish kerak agar ahloqiy chegaralardan chiqilmagan bulsa lekin shu ahloqiy chegarani oddiygina Fohisha suzi kesib utgan bulsa bu buyrakratiyadan uzga narsa emas.Ishlarizga omad tilab qolaman. Raxmat Sayt hodimlariga…
The_Alchemist

24. Serdar - September 29, 2007

shahsiyatga tegishli gaplar olib tashlangan – Ayollar Bekati

25. The_Alchemist - September 29, 2007

Serdar,
Bilaman hali Erkinoy kelsala mani uldiradila? Ushandan havotir olib utiribmanda man ham:):):) Mana bu sayt hodimlari ham haqoratli suzlar deyishibdi endi hudo biladi qanaqa tushunadila u kishi:(
Lekin hurmat qilaman judayam u kishini lekin kimdir Uzbekistonni nohaq ayblasa va buni ustiga boshqa millatni yaxshi deb tursa jaxlim chiqadi. Tugri kamchiliklarni aytish kere lekin tuhmat qilish orqali emas. Aniq bilamanki Erkinoyni uzlari ham Uzbekiston yigitlarini yaxshi ekanliklarini biladila lekin uylamay har narsani gap deb yozaversala hammaga har hil tasir qiladi.
Ha mayli hech qisi yuq umid qilamanki u kishi hafa bulmaydila.
Omadsss.
The Alchemist

26. Erkinoy - September 29, 2007

The Alchemistga

Alchemist, yozgan fikrlaringizni o’zida juda qarama-qarchiliklar juda kuchli ekan. Shunga qarab,hali haqiqatdan ham Yevropa hayotini, menteletetini yahshi bilmaysiz degan fikrga keldim.

27. Erkinoy - September 29, 2007

The Alshemistga,

“Uzbek erkagini chet elliklar bilan solishtirib egan nonizga tupirmang qattiq edi deb.<Esizdan chiqarmang usha qattiq non sizga hayot baxshida etgan.” debsiz.

Hudoga shukur hali o’zbek erkaklarini qo’lidan non olib yegan odam emasman. Balkim shuninng uchun holigacha qiz bola bo’lib yurgandirman….

O’zkekistonni sevaman, meni ona yurtim. Lekin o’zbek erkaklarni tanqid qilish o’zbek yurtiga tukurish degani emas. Qiziq, o’zbek erkaklari O’zbekistonga nima aloqasi bor? Agar tahlil qilmoqchi bo’lsangiz O’zbekistonni va o’zbek erkaklarini alohida-alohida qo’ying.

28. Erkinoy - September 29, 2007

Serdarga,

Bechoragina ukam, men uchun toza ichingiz g’am-g’ussayu, dardu, gaplarga to’lib ketibdi. Menga dardlashib, erinmasdan maslahat beradigan sizdek insonlar bor ekanligiga juda ham hursandman. Hudoga shukur, ayniqsa o’zimdan, qilgan ishlarimdan, qo’lga kiritgan yutuqlarimdan juda ham mamnunman. Shahsiy hayot masalasiga keladigan bo’lsak, har kimni o’zini belgilangan vaqti soati bor. Bu yorig’, quyoshli bahtli kunlarga yetishish uchun menga Gerkules emas, balkim sizdek shirin-asal ukajonimni beg’ubor qalblaridan chiqadigan duoyu-fotihalari kerak. Men uchun duo qiling, Yaratgandan bahtimni so’rang va yo’qilib ketmang. Sizsiz zerikaman.

29. The_Alchemist - September 29, 2007

Erkinoyga,
Yaxshi qiz unda uzizni gapizni qayta uqib kuring
Serdarga,

Meni yoshim 32 da. Lekin hali qiz bolaman (qizlik pardam joyida turibdi) va turmushga ham chiqmaganman. Lekin 32 yoshdagagi bokira bo’lmagan yoki uylanib ajrashgan o’zbek erkaklari bilan turmush qurgandan ko’ra. O’sha chet ellik, sifatli ina markalarni maqul ko’raman.

Sog’ bo’ling.

Uz suzidan qaytgan qizga yana nimani ham tushuntira olardim.
Lekin 32 yosidagi bokira bulamagan yoki uylanib ajrashgan O’ZBEK erkaklari bilan turmush qurgandan kura….. Mana sizni yozgan gaplariz siz O’ZBEK suziga urgu bergansiz. Yana manga Uzbekistonni aralashtirmang debsiz uyalmasdan.Yaxshi qiz O’zbek erkagi demasdan ajrashgan erkak suzini ishlasangiz ham bulardi.
Ikkinchidan Uzbek erkaklarining qulidan non emaganman debsiz. Lekin siz egan usha nonni ham Uzbek nonvoylari pishirgan. Bilaman pulizga olgansiz buni dod solib etishiz shart emas.Yoshligizdan adayiz olib kelgan nonni egansiz va uylaymanki adayiz ham Uzbekistonlik erkaklarning bittasi. Agarda adayiz va oyingiz Uzbekistonda yashamagan bulishsa va uziz ham umuman bu erni nonini emagan bulsangiz uylaymanki kup fikrlariz manosiz buni ustiga uzini gapi aytmadim deb turgan qizdan yana nimani ham kutsa buladi? Yana Uzbek erkagini Uzbekistonga nima aloqasi bor degan ahmoqona savolni ham beribsiz. Uzbek erkagi bu Uzbekisonning ajralmas qismi deb bilaman.
Omadssss… The Alchemist

30. Anonim - September 29, 2007

Афсус, минг афсус, бир пайтлар маъноли фикру мулохазаларга тула булган сайт, бугун галванинг уясига айланиб колибди!

31. The_Alchemist - September 29, 2007

Erkinoyga,
Man sizni notugri fikrlasa ham aqlli va tushunadigan qiz deb uylagan edim endi bildimki adashibman siz shunchaki tortishisni yaxshi kuradigan va haqiqatga to’qat qilaolmaydigan qiz ekansiz. Evropa masalasiga kelsak dod solish shart emas Evropa mentalitetini faqat man bilaman deb. Bitta siz emassiz betlaga kelib qolgan. Sizdan boshqalar ham bu erlarda yurgandir?. Evropa hammaga ham afsona emas. Siz bu erda 3-4 yildan beri yurgan bulsangiz bazilani kelganiga 10 yillar bulgan shunday ekan Evropa haqida darsizni boshqalaga utasiz. The Alchemist

32. Erkinoy - September 29, 2007

The Alchemistga,

Barvasta, mard o’zbek erkagi yoki yigiti(agar uylanmagan bo’lsangiz). Sizga bitta taklifim bor, yuqoridagi muammolardan biriga qaytaylik:

1. “Serdar” o’z hatlaridan birida, chet ellikka turmushga chiqqan qizlarni yurgan, shallaqi va boshqa narsalarga chiqarib qo’ydi. Undan tashqari boshqa millat vakillariga turmushga chiqishni sharmandachilik, uyat deb bildi. Bunaqangi fikr yuritish ahir g’irt millatchilik va ahmoqlikni belgisi emasmi? Siz uni fikriga qo’shilasizmi?

2. Agar oldingizda chet ellik sifatli inamarka bokira(qizlik pardasi joyida) qizi tursa va uning oldida bokira bo’lmagan(qizlik pardasi yo’q) bechora o’zbek qizi tursa, qaysi birini tanlar edingiz? Va nima uchun?

33. The_Alchemist - September 30, 2007

Erkinoyga,
Salom sizga yaxshi qiz. Iltimos qilaman bazi gaplarimni ogir olmang. Man bu erga tortishish yoki uzimni haq ekanligimni isbotlash uchun kirmayman. Shunchaki bahs qilib haqiqatni topsa buladi. Fikrlarimdagi qarama qarshiliklarni kuribsiz hursandman chunki hamma ham buni seza olmasdi. Undan keyin fikrlarim qarama qarshiligini sababi man faqat bir tomonga tarmashib olishni yomon kuraman kimnidir ayblashdan avval uzimni uning urniga quyib kuraman shundan bulsa kerak bazida bu narsa kuzga tashlanadi.
Bazida uzimni boshqani urniga quyib kurganimda ham mantiqsiz kurinsa unda ozroq keskinlasha boshlayman. Ishoning usha insonni urnida uzim bulganimda ham shunaqa munosabatga loyiq deb topardim uzimni.
Yana bir muhim fakt shuki mani hali hayotda etarli tajribam yuqligi, bu deganim man 40-50 laga kirgan va hayotni ogir engilini tatib kurgan inson emasman yoki oila qurib uning muammolarini echib kurmaganman. Tugri kup mamlakatlarini kurganman lekin manimcha bu mani kup narsani bilaman degani emas. Inson bir umr urganadi.
Yana bir narsani doim esizda saqlashizni istardim jaxl bilan bir birimizaga tosh otishdan kura hurmat bilan munosabatda bulsak yaxshiroq manimcha. Chunki inson raqibga ham hurmat kuzi bilan qarasi kerak. Raqib degan suzim ogir botmasin chunki bir birimizga qarama qarshi fikrlar egasi ekanmiz istaymizni yuqmi qaysidir manoda raqibmiz. Bazi fikrlarimiz bir joydan ham chiqar. Lekin baxs qilganda kup narsani osongina kursa buladi. Bazida 100% ishonch bilan aytgan fikriz ham hato bulib chiqishi mumkin ushani uchun ham inson nomi bilan hato qilivchi tushunchasi yonma yon tursa kerak.
Birinchi savolizga javobim chet elda yurgan qizlar yurganga yoki yomonga chiqarish bu judayam katta hato buladi. Chet elda yurgan kupchilik Uzbek qizlari favqulotda bilimli va aqlli bulishadi. Uzim shaxsan bilgan kupchilik qizlarda uziga ishonch va etarli qatiyat bor.
Uzuru lekin haqiqat bulgani uchun etaman unaqa yomon qizlar Uzbekistonda ham bor. Shunday ekan bazida uz yurtingda bulsang ham shunaqa buladi. Demak bu asossiz fikr.
Chet ellikka turmushga chiqish masalasiga kelsak buni yomon tomini yuq chunki insonni uziga quyib berish kere. Istasa yashayversin. Issigi ham sovugi ham uziniki baribir.
Ikkinchi savolizga javobim esa chet ellik qizni tanlardim. Chunki man uchun bokiralik va poklik muhimroq millatdan kura. Bitta messageimda etgandim hammamiz ham Odam Ato va Momo havodan yaralganmiz deb. Men millatchi emasman.
Hozir sizda savol paydo buldi mana uziz ham chet ellik inomarkani tanladizu lekin manga dod voy qildizku deb?
Asoslab berishga harakat qilaman. Uylab kursangiz savoliz hayotiy emas. Bu deganim chet ellik bokira qizni topa olish imkoniyatidan kura Uzbekistonda bokira qizni topish imkoniyati juda yuqori. Albatta chet elda ham yaxshi va bokira qizlar bor lekin Uzbekistondagi kabi kup emas. Uzbek qizlarini yomon deb aytganlardan jaxlim chiqadi. Hudoga shukur haliyam Uzbek oilalarining 98-99% ida Uzbek qizlar bokira bulishadi. Lekin usha chet elda bu kursatgich 4-5% ga tushib ketadi bazi sabablarga kura. Bu oddiy faktlar edi. Iltimos real buling. Shunaqa bulgandan keyin oddiy Uzbek yigiti kuproq qaerdan topadi bokira qizni? albatta Uzbekistondan. Manimcha har qanday aqlli yigit 99% foiz ishonch bilan bokira qizni Uzbek qizlaridan izlaydi, agarda bokira qizni orzu qilsa. Bazida farqi yuq yigitlar ham uchrab turadi.
Manga faqat bitta fikriz hatodek kurindi halos. Siz aytgansiz ajrashgan Uzbek erkagidan kura chet ellik sifatli inomarkaga tegaman deb. Lekin oilasidan ajrashgan erkakni yomon deb uylaysizmi? Ne ne orzular va Olloh ruxsati bilan oila qurgan va qandaydir sabablar bilan oilasi buzulgan bulsa nimaga yomon degan otni olishi kerak? Umuman oilasidan ajrashgan bulsa sifati tushib ketadi degan fikr yaxshi emas. Halqqa tuy berib qonuniy hotini bilan yashagan erkakdan hazar qilish yaxshi emas manimcha.
Manga shunaqa vaziyatda tanlash kerak bulsa chet ellikdan kura eridan ajralgan Uzbek ayolini tanlardim. Chunki eridan ajlargan degani ayolni yomon buldi degani emas. Chel elni sifatli qizi ham hech bulmasa maktabda 2-3 shuxlik qiladi kupincha. Shunday ekan men uchun yaxshisi faqat bir inson bilan bulgan unda ham Ollohni roziligi bilan bulgan Uzbek ayoli yaxshiroq yoshiligida shunchaki shuxlik qilib 2-3 ta sinfdoshlari bilan bulgan sifatli chet ellikdan kura.
Bu misolni sizga agarda deb keltirdim aslida shaxsan men uchun bokiralik judayam muhim faktor. Hayotini bir biriga ishonch va pok boshlash har bir yigitni orzusi bulsa kerak.
Chet elda yaxshi yigitni topsangiz uning tarixidagi hushtorlarini ham inkor etmasdan qabul qilishizga tugri keladi. Iltimos qilaman adolat bilan yondashing. Chet elda siz uylagan bokira va aqlli yigitni topish Uzbek yigitlaridan shunaqasini topishdan kura ogir. Uzbekistonda ham kup yigitlar bokira bulishadi tuygacha lekin chet elda buni foizi 0,1-0,5 ga teng.
Chel elda siz aytgan yigitni boshqa yurtlik qizga berib quyishmasa ham kerak.Uzbekistonda kup yigitlar uyalib aytishmaydi bokira ekanligini. Tugri tan olaman ohirgi 10 yillik Uzbek yigitlari orasidagi bokiralik darajasini judayam tushirib yubordi. Lekin bu yoqilib ketdi va 99% Uzbek yigitlari bokira emas deyish hato.
Yana bir misob keltiraman. Agarda men AQSH fuqorosi bulsam va bokira qizni istasam unda nima qilardim?
Bilasizmi taqdir taqazosi bilan Uzbekistonga kelib qolsam va shu erdagi holatdan habar topsam va bokira qizlar kupligini bilsam albatta Uzbek qizini olardim va bu mantiqqa kuproq mos keladi. Bu bilan demoqchimanki bokira qizlarni topish menga shu erda osonroq AQSHdan kura. Faqat Uzbek millatiga emas yana juda kup millatlarda haqiqiy pok oila qursa buladi.Lekin men ularni hech qaysi birida bulib kurmaganman, taqdirni bergan omadi bilan Uzbekman.
Savollarizga javob berdim deb umid qilaman.
The Alchemist

34. The_Alchemist - September 30, 2007

Erkinoyga,
Agar sir bulmasa qanaqa sohada ishlisiz yoki uqisiz?
Raxmat…..

35. Serdar - September 30, 2007

Daaaaa…..
afsus men yog’ bop qopmanda.
Kimlardir sayt tanish bilishlarniki debdimi?Yana 1 nimachalar debam ming’irlagande boptimi???Sizmimgacha biz bir birimizni tanimizmi??Don’t make me laugh.

Erkinoy hola,inson 1 marta keladi yashagani.hato qilsezam,yutuq qilsezam hammasi ortda qoladi.vaqt siliqlab ketadi.Lekin yosh shunaqa narsalaram bor,ularni vaqt silliqlagan taqdirdayam o’lim tekkislamaguncha do’nglik bolib ko’zga chalinib turaveradi.Buni yo’qotish uchun inson judayam kuchli irodali mehnatkash bo’lishi kerak.Misol uchun sudimiy bolsa.

Nega aytyapman buni sizga.shuning uchunki,Sizi yaxshi ko’raman,o’zbek qizi sifatida bahtli bo’lishizzi judayam hohleman.Rost.Opajon,o’yleng,chet ellikga turmushga chiqsez,….ehhh,yana yuqoridagi gaplarimmi gapirishim kerak boshqatdan.To’g’risini aytemi,hazilmas,(qasam ichish gunoh bomaganda 1 banka ichardim) agar sizzi taniganimda sizga uylanardim.Chunki siz o’zizga ishonasiz.Uzizi hurmat qilasiz.1 ta odatizi yo’qotishiz kerak holos.Uzizdan boshqalardayam aql,ong fikrlash bo’lishi mumkin.Shuni doim hayolizda tutsez hammasi will be OK!

The Alchemistga.Oshnajon,meni uje fikr bildirishga toqatim qolmadi.Faqat kuzatyapman.agar maslahatli ishlar chiqib qolsa shu erdaman.Faqat men yo Erkinoy opam yo sizmas,HAMMA aytish kerak be saytda gaplarini.Men hamisha shu erdaman.

36. The_Alchemist - September 30, 2007

Serdarga,
Manimcha ham faqat kuzatgan maqul chunki hammaga ham yoqavermas ekan gaplariz. Lekin bemaza chatladan kura shu saytda fikr bildirgan yaxshiroq degan qarorga keldim. Tugrisini etsam mani ishim ham net bilan bogliq ushani uchun ertayu kech netdaman.
Saytga hurmatimni sababi manimcha bu erda aqlli insonlarini borligi va nisbatan samimiy fikrlashlari.
Manimcha man ham endi doim shu atroflada bulsam kere:):):)
The Alchemist

37. HaQiQaT - September 30, 2007

Assalomu-alaykum har doim shu atrofda yuradiganla ko’payib borvottimi.Serdar birodar yuqorida tanish bilishchilik haqida gap ketgandi sag’al noto’gri tushunibsizmi diman.Man sayt ma’murlarini nazarda tutgandim.CHunki saytni ko’pdan kuzataman Erkinoyni fikrlariga to’grisini etsam toqat va sabr qolmadi uje. Sayt ma’murlari bo’lsa uni insonlaga nisbatan haqoratli fikrlariga kop vaqtda be’etibor boshqalarni Erkinoyga tanqidlarini zumda yo’q qiladila.Hullas siladan avval ham bu qizga nimalanidir tushuntirmoqchi bo’lganla uchragan bu saytda lekin ahvola haliyam o’sha-o’sha,endi maroq bilan sizlarni kuzatamn balki silani harakatiladan nimadir o’zgarish bo’lsa ajabmas.

38. The_Alchemist - September 30, 2007

Judayam aqlli qarorga kelibsiz kuzataman deb. Man ham yaxshisi jimgina kuzatsammikan a? Manimcha bu saytni asosiy maqsadi muammolarni echish va erkin bahslarga yul ochish emas shunchaki yoqimli va chiroyli suzlar bilan saytni bezash bulsa kerak.
Hurmatli sayt hodimlari kup fikrlarni uchirib tashash odati manga unchalik maqul kelmadi. Tugrirogi qoldirish kere qanaqa bulsa ushanaqa chunki qancha chiroyli suz yozilmasin baribir hayot uzgarib qolmaydi usha yomon suzlar ham insonlar hayotidagi kundalik lugat sifatida ishlatiladi. Judayam qupol suzlarni albatta uchirish kere lekin oddiy suzlarni ham qupol qabul qilish kere emas. Balki bizdagi katta muammodir hayot va kundalik turmush bilan matbuotning bir biridan keskin farq qilishidir? Hech bulmasa shu saytni erkin bahs qilish maydoniga aylantirish kerak. Ishonamanki unda hamma uz fikrlarini qurqmasdn eta oladi uchirib tashlashmasinda ishqilib demasdan:)

39. gulnora - September 30, 2007

Alchemistga — yahshi yigit, kelajak turmush ortog’ingiz bokira bolishi kerakligi haqida juda kup gapirdingiz. Uzingizdan surasak, siz uzingiz bokiramisiz?

40. The_Alchemist - September 30, 2007

Gulnoraga,
Bu masalani gapirishdan avval mani gaplarimni yaxshilab uqish kere edi. Man uzim avval biror bir qiz bilan birga bulgan bulsam bu gaplarni etmas edim. Savolizga qisqa va lunda qilib javob beraman:
Yuq hozircha man biror qiz bilan bulganim yuq va umid qilamanki hayotimda Bokira qiz bilan taqdirimni boglash orzuim amalga oshadi.
Savoliz uchun raxmat.
The Alchemist

41. ayollar - September 30, 2007

Ayollar Bekatidan HaQiQaT va boshqa muhlislarga: sahifamiz qoidalari bilan yahshilab tanishib chiqqan bolsangiz, bu sahifa ozbek hotin-qizlari uchun yaratilganini tushungandirsiz. Bu sahifa ayollarni oz fikrlarini erkin izhor etishga ragbatlantirish uchun, oz mustaqil firklarga ega bolishiga yordam berish uchun ochilgan. Erkaklar oz fikrlarini izhor etish uchun sahifaga kirishni maqul topsalar, ozlarini bu erda mehmon ekanlarini esdan chiqarmasliklarini iltimos qilardik. Qoldirilgan izohlarda qopol yoki shahshiyatga tegishli gap qollanilsa, kimligidan qat’iy nazar u gap yoki izoh olib tashlanadi.


Sorry comments are closed for this entry

%d bloggers like this: