jump to navigation

Яхши ваъдаларга учманг, аёллар! April 18, 2007

Posted by ayollar in Aralash Mavzular.
trackback

Бирлашган Миллатлар Ташкилоти маълумотларига кўра, айни пайтда дунёда 12 миллионга яқин одам қул бўлиб яшамоқда. Уларнинг аксарияти жинсий эксплутация қилинаётган аёллардир. Марказий Осиё мамлакатларида ҳам аёллар савдоси долзарб муаммолардан бирига айланмоқда. Яқинда ўзбекистонлик 20 хотин-қиз ҳам қул савдоси қурбонига айланишдан қутқариб қолинди. Қозоғистондаги “Сана сезим” ташкилоти раҳбари Хадича Абишеванинг билдиришича, ўзбекистонлик қизлар Туркияга фаҳш ишларда фойдаланиш учун олиб кетилмоқчи бўлинган. Ташкилот кўмагида бу қизлар Қозоғистондаги аэропортдан Ўзбекистонга қайтарилган. Кейинги пайтда бу каби ҳолатлар кўплаб учраши ҳақида гапирган Х.Абишева авваллари қозоғистонлик аёллар Португалия, Бирлашган Араб Амирликлари, Греция ва Туркияга фоҳишалик мақсадида сотилган бўлса, сўнгги пайтларда фаҳш йўлида фойдаланиш учун Қозоғистонга Қирғизистон ва Ўзбекистондан аёллар жалб қилинаётганини билдирди.
“Аёлларга олтин тоғ ваъда қилинади. Хорижда яхши ишга жойлашиш, мўмайгина ойлик, аъло шароитларда ишлаш ваъдаси берилади. Оиладаги иқтисодий етишмовчиликлар, руҳий ва жисмоний зўровонликлар натижасида ўз бахтини хориждан изловчилар кўпчиликни ташкил қилади. Улар айнан шу йўл орқали ҳаётларида улкан ўзгариш бўлишига умид боғлайди. Айни шу орзу уларнинг трафик қурбонига айланишига замин бўлади”, – дейди Х.Абишева.
Одамлар газета журналларда бериладиган эълонларга алданади. Кўпчилик ҳолатларда бундай эълонлар қуруқ ваъдадан бошқа нарса эмас. Аёлларга, асосан, хорижда официант, раққоса, уй хизматчиси, энага сифатида ишлаш таклиф қилинади.
“Португалия ёки Грецияга боргач, аёлларнинг паспорти тортиб олинади ва уларга энага эмас, фоҳишалик қилиши шартлиги тушунтирилади. Аёлларнинг бундан бошқа йўли ҳам қолмайди. Улар мажбурликдан шу ишни қилади”, – дейди Х.Абишева. Қайтиб келишга муваффақ бўлган аёлларни оила аъзолари қабул қилмайдиган ҳолатлар ҳам учраб туради.
“Яқинда Туркияда жинсий эксплутация қилинган ўзбекистонлик бир қиз “Сана сезим” ташкилоти кўмагида қайтариб олиб келинди. Бироқ қизининг фоҳишалик билан шуғулланганидан хабар топган уйидагилар ундан воз кечган. Ҳозир ўша қиз Чимкент шаҳрида яшашга мажбур бўлмоқда”, – деди Х.Абишева. Жинсий эксплуатация қилинаётган ўзбекистонлик аёлларни Марказий Осиёнинг деярли барча мамлакатларида, жумладан, Қирғизистонда ҳам учратиш мумкин.
“Қирғизистоннинг Ўш шаҳрида жуда кўп аёл фоҳишалик билан шуғулланади. Уларнинг 70 фоизи Ўзбекистондан келган,- дейди Қирғизистондаги “Ҳаво” ташкилоти раҳбари Азимжон Асқаров. – Қирғизистонлик аёллар эса фаҳш ишлар учун, асосан, Россияга жўнатилади. Яқинда бир қирғиз аёли бизга мурожаат қилди. Унинг айтишича, у Россиядан қочиб келибди. Қирғизистонлик 24 аёл “РАФ” машинасида Россиянинг Ярославль вилоятига жўнатилган. Уларни ўша ерда бир одам кутиб олган ва аёлларнинг барчасини сотиб олганини айтган. Аёллар фоҳишалик билан шуғулланишга мажбур қилинган. Улардан фақат биттаси минг азобда қочиб келишга мувоффақ бўлибди. Маълум бўлишича, аёлларни Россияга сотиш билан махсус шуғулланувчи гуруҳлар фаолият кўрсатар экан”. (Мақола манбаси: Озодлик Радиоси)

Comments»

1. Sher - April 19, 2007

Qadrli yurttoshlar bu maqolani uqib tugrisi yiglagim keldi ming yillab ahrlanib yurgan uzbek ayolini bugungi kundagi kurinishi shumi, kim bizni bu kuyga soldi kim bizni ayollarni fohishalik qilishga majbur qildi, bizni qiyin iqtisodiy tuzum emasmikan,mana 16 il bulibdiki “mustaqulligimizga” hali ham usha usha yomonlashgan busa yomonlashgan lekin yahshilanmagan. Kuzingizni oching halqim ertaga bundan battari ham bulishi mumkin qizlaringiz hotinlaringiz shu kuyga tushib qolmasin tagin, astogfurulloh. Olloh asrasin hammsidan lekin oldindan harakat qilib qolganimiz yahshi.
Sheruzbek.

2. Erkinoy - April 19, 2007

Assalomualeykum,

Bu yerda o’zbek ayolini shu ahvolga solgan faqat IQTISODIY QIYINCHILIK yoki SIYOSIY TUZIMNI aybi emas. Maqolani agar yahshilab o’qib ko’rgan bo’lsangiz o’zbek qizini fohishalik majorasida qoldirgan uning OTA-ONA, AKA-UKA va QARINDOSHLAR, ya’ni o’zbek jamiyatidagi EKSTREMAL ISLOMIY ANANALARDIR. Ahair o’zingiz bir o’ylab ko’ring qizining Fohishalik qilishga majbur bo’lganini bilgan ota-onalar undan EKSTREMAL SHARIAT QONUNLARI tufayli yuz o’girishsa???!!! Ahir u qiz bu dunyoga FOHISHA bo’lib tug’ilmaganku???!!! Va fohishalikni o’z hohishi bilan qilmaganku???!!! Ahir ota-ona ezilagan qizini qo’llab unga dalda berishni o’rniga, undan yuz o’girib uni yana boshqa yirtqichlarni qo’liga topshirib qo’yishayapdiku???!!! Nahotki ota-onalar farzandlaridan ko’ra ESKI ASRLARDA DUNYONI QAYSI BIR BURCHAGIDA YOZIB KETILGAN EKSTEMAL QONUN-QOIDALARNI FARZANDLARIDAN afzal ko’rishsa???

3. Malika - April 24, 2007

Bizning bir tanishimiz bor edi, katta qizi 18 yoshida ‘uyidan chiqib ketgandi’. U paytda nimalar qildi, kimlar bilan buldi, hech kim bilmasdi. Bir kuni, uyiga militsiya kelib, qizingizning jasadini topdik deb kelishdi.

Ota-onasi juda azob chekdi, nima bulsa ham tirik yurganini afzal kurishdi. Jasadni kumib marosimlar utkazishdi.

Oylar utib, qizi uyiga kirib keldi – jasad boshqa qizniki ekan. Ota-onasi shunday hursand bulgandi, tariflab bulmaydi! Bag’rilariga bosib, ochiq qullari bilan kutib olishdi.

Buni kurib kupchilik hayrob bulgandi, chunki u qizni tanigan odamlar, nimalar qilib yurganini bilardi…

Aytmoqchiman-ki, gap ota-onada ekan. Ota-ona jamiat bosimiga berilmasdan bolasini yaxshi kursa, hamma narsani kechirishadi, va bolani oyoqqa turishga yordam berishadi.

4. Erkinoy - June 14, 2007

Men Umidni fikriga qo’shilmayman. Fohishalik ikkinchi jahon urushi va undan keyin ham mavjud bo’lgan. Bu zamonlarda onalar bolalarini ochdan o’lishini ko’zi bilan ko’rishdan, fohishalik qilib bo’lsa ham farzandlarini hayetini saqlab qo’lishni afzal ko’rganlar.

Umid, siz u davrlarda yashamangansiz va dunyoda ham mavjud bo’lmagansiz. Ko’glingizga qattiq teksa ham shuni aytaman. Fohishalik dini-diyonatga yoki ozini bilmaslikka bog’lik deb o’zingizni bekorga charchatmang. Uni dini diyonatga yoki o’zni kimligini bilmasligiga bog’liq emas.

Hali davomi bor. Vaqt topib har bir fikringizga javob berarman.
Omon bo’ling.

5. Dilbar - June 21, 2007

Mening qalbimdan faqt qargishlar otilib chqadi holos. Vatnimning nozik va pok ayollarini shu ahvolga solgan, darbadar qilib hor-zor qilgan Hukumatimizga lan’atlar aygim keladi.bechora ayollar nima uchun bu gunohlaga qo’l urayotganini hammamiz juda yahshi bilamiz lekin haqiqatni ochiq aytolamy qiynalamiz. Mening halqimning qonida Temuriylar, mardlar qoni bor, ayollarimiz har doim Dunyoga ma’qol bo’ladiga bokira bo’lishgan, Zamonning zayli va Iqtisodiy moammolarning kasriga qolib ketga O’zbek fohishalarini ko’rib Qiyomatning yaqinlashayotganinga oshonib ketaman… Diniy kitoblarda bu haqda oldindan aytilgan…

6. Huromon - June 26, 2007

“Zamonning zayli va Iqtisodiy moammolarning kasriga qolib ketga O’zbek fohishalarini ko’rib” – demak siz ham iqtisodiy qiynalib qolsangiz FOHISHABOZLIK qilarkansizda, o’rgildim sizdaqa bilag’ondan. Har narsani gapiraverarkanda aqlimga kelib qoldi deb.
Siz butun o’zbekiston xalqiga tuhmat qilyapsiz, bilasizmi shuni?

7. Huromon - June 26, 2007

Kechirasizu, tushunchalaringizdan yasmachilik isi ufurib yotibdi.
O’xshatolmasangiz nima qilasiz chiranib.

8. Erkinoy - June 26, 2007

Huromon,

Bu yerga kirib provakatorlik qilmang! Uni o’rniga muammolarga yechim toping! Hozir O’zbekistonda sizga o’hshagan mullavacha va byurokratlarni qilgan tanalaryu, milliy ahborot vositalaridan turib ertalabdan kechgacha dom urgan g’oyalari bir tiyinga arzimaydi!

9. Huromon - June 26, 2007

Men mullavachcha emasman, Erkinoy, Men u har kuni mediyaga chiqvolib sayrayotganlarni oqlayotganim ham yo’q. O’zingizni jonkuyar qilib ko’rsatmay qo’yaqoling, ko’rib o’qib turibmiz nima yozayotganlaringizni.
Agar sabab IQTISODIY MUAMMO desangiz, adashasiz, qorni(yoki pastorg’i) bilan fikrlaydiganlar avval aqllarini boshiga chiqarishsin.
Siz meni savolimga javob beringchi,
Sabab “iqtisodiy muammo”mi yoki “ilmiy va axloqiy tarbiyaning siyrakligi”mi?
Qaysi biri, 1-chisimi 2-chisimi?

10. Dilbar - June 28, 2007

Sizga aytish juda oson do’stim, birinchidan siz erkaksiz, ikkinchdan siz balkim majburlik nimaligini bilmaysiz. Men yoqoridagi fikrlarim bilan faqat iqtisodiy qiynalgan, bolalarini boqolmayotgan, kasal aksining operatsiyasiga pul kerakligidan bu yo’lga kirgan ayollarni nazarda tutayotgandim, atir-upalari uchun, qimmatbaho kiyimlari uchun o’zini oyoq osti qilayotgan qizlarni emas. Aslida ayollarning bunday muhtojligiga sizga o’hshagan ‘aqillik’ erkaklar sababchi.

11. Huromon - June 28, 2007

Bu borada erkaklarning aybi juda yukasak, menimcha ham ko’p narsaga ular aybdorlar.

Agar qo’ni qo’shnichilik, qarindoshlik aloqalari hozirgiga o’xshab sun’iy emas samimiy bo’lsa edi, yani rostdanam silai rahm bo’lsa edi, ayollar qop ko’tarib yurmas, yetimlar ham ko’chalarda yoki yetimhonalarda qolmas, qariyalar uyiga ham extiyoj bo’lmasdi.
Ba’zi boy “erkak”lar qiynalgan ayollar “foydalanmas” edilar. O’sha “boyvichchalar” Zakotni nimaligini bilsalar edi usha ayollarga yordam bergan bo’lishardi. Zakotni axloqsiz-ilmsiz inson qaydanam bilsin. Umumiy ma’nodagi ILM – bizning muammoyimiz.

Aytish hech ham oson emas menga, Avval meni “Mullavachcha” dedilar, men mullavachcha emasman dedim, endi “Siz erkaksiz”- deyapsiz, agar sizlar bilan uchrashib qolgudek bo’lsak, bu gaplarizga uyalasizlar!(Huromon ismli birorta erkakni bilmas ekanman) Keyin bu mas’alalar men uchun yangi emas, 10-15 yildir mening ham muammoim(aqlimni taniganimdan beri demoqchiman). ya’ni bularga yechim izlab erkaklarimiz bilan ham ayollar bilan ham ko’p suxbatlashganman, ko’p mulohazalar, tortishuvlar bo’lgan. Hali ham davom etyapti. Aslida men usha opalarim kabi bo’la olmayotgan bo’lsamda, o’sha mulohazalardan o’zimga olgan hulosalarimga ko’ra aytyapman bu fikrlarni. Ularning qilayotgan ishlarini ko’rib men o’zimga o’zim men ham ayol bo’lib nima qilib beryapman deyman. Ular qo’lini qovushtirib o’tirganlari yo’q, hadeb tanqid ham qilmaydilar, maqtamaydilar ham. Ular ozchilik bo’lsalarda farzandlari axloqli, ilmli,o’z kasbining ustalari, erkin fikrlaydigan bolalar bo’lib yetishyaptilar. O’zim guvohman.

Mening atrofimda unday emaslar ham to’lib yotibdi, ular ko’p narsani bilmaydilar bilsalar edi unday qilmasdi, serial tomosha qilishning o’rniga bolasinng maktabdagi o’qishiga, darsiga yordam bergan bo’lishishardi. Bundan ko’z yuma olmaymiz. Ana ushalarni uyg’otish kerak. nima bilan pul bilanmi, yo’q, ilm bilan. keyin iloji b-sa iqtisod bilan.

To’g’ri, iqtisod juda muhim, lekin bu asosiy sabab u emas. asosoiy sabab axloqiy dunyoqarash.

Usha yevropada yoki amerikadagi iqtisodiy farovonlik fohishabozlikga moniy bo’la oladimi?- Yo’q. U yerlarda fohishabozlik ma’lum darajada rasmiylashtirilgan holos. Yo’qolmagan, balki “yuqori sifatli” qilib yo’lga qo’yilgan. O’zlarini medialarda ochiqdan ochiq reklama qilishadi, yashirincha yosh bolalarni ham majburlashadi. Bu bilan internetni ham bulg’ashadi. Kim qiladi bularni? – usha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda yashaydigan axloqiy buzuq insonlar, ular kambag’al ham emaslar, ular akasining yoki singlisining operatsiyasi uchun qilmaydilar buni. ya’ni iqtisodiy boy davlatlardan bizdan ko’ra bir necha marta ko’p bu kabi foxishabozliklar-yu, axloqsizliklarning 1000 hil turi.

Axloq borasida ular bizga model bo’la olmaydi. O’z axloqimizni yodga ola olish va ulardagi texnika-texnologiyadan o’rnak olishni uddalash bizning muammoyimiz.
“Ilmdan boshqa najot yo’q, bo’lmaydi ham” imom Buhoriy.
Bu muammolarni qo’ldan kelgancha avvalo oilada, keyin yaqinlqru ish joylarida targ’ib qilish va JONLI NAMUNA bo’lish bilan hal etiladi. Qorni och odam tanqidni ham maqtovni ham yoqtirmaydi, eshitmaydi. Unga jonli o’rnak kerak. Men buni o’zimga vazifa qilib olishga harakat qilyapman. Ma’lum darajada yutuqlarim ham, kamchiliklarim ham bor. Menga o’rnak darajadagi insonlar ham talaygina.

Vassalom.

12. Serdar - September 11, 2007

IYA!Erkinoycha Hola salom berdik.Shu erdayam siz!Hop,holajon bu erdayam ancha muncha qovunchalarni tushirib ulgurganakansizda a? sizning gaplaringiz judayam judayam to’g’ri!!!Faqat orqa o’girib “qaralsa”.Hafa bo’men holajon,bu dunyoda hammani o’zini fikri bor.Biz tinchlik tarafdorimiz.
Men shaxsan bilganim bu ishlar ommaviy ahborot tomonidan1998 yildan beri bong urib keladi.Menimcha eng kamyob qolgan amazon hindulariyam habar topdi shekilli bundan.Avvalo,chet elga chiqishga aqli,qat’iyati,”duhi” etgan ayol nima uchun ketayotganligini aniq bilvolishi kerak.MArdikorlar ko’payib ketyapti deb yozishdi narigi maqolada.Bular ham aslida chet elga mardikor bo’lib ketishyapti.
To’g’ri,chet elga borib pasportini yoqotib qoygan odamga havas qilib bolmaydi.endi shu odam yoimonlar qo’iga tushib qolsa,holiga king konglar yotvolib yig’lashsayam boloradi.Ayollarniki gapirmasayam aniq.
Bizni jamiyatni eng katta kamchiliklaridan1 tasi va eng kattasi,HAMMA O”ZINI AQLLI DEB O’YLAYDI,o’zilar o’ylelar,jamiyatda kelishib ish qilish degan narsa bor,hamma o’z aravasin o’zi bilgan tarafga tortsa,va bu arava 1ta bolsa nima bo’ladi?Arava sinadi.
Shunday ayollarimizga chin ko’nglimdan achinaman.Albatda achinishga,hamdardlik bildirishga arzidiganlariga.
Urush davri haqidagi gaplar menga yoqmadi.olasi o’lib qolmasin deb tanfurushlik qilganmishda biz o’sha paytlarda yo’g’imishmiz…Menimcha Erkinoycha hola yozodi shekili…shunaqekan,Erkinoycha hola,yoshizzi 32da diyodizmi?Huddi o’ziz o’sha davrlarda erizzi vagonga chiqarib urushga kuzatvorgande yozibsizmi a?Qoyil qoldim lekin.Yoshiz 132damasmi mabodo?
2chidan birovga moddiy rag’bat qilib ishrat qiladiga erkaklar qolmagan .Hamma urushda bo’lgan.
3-da siz aytgandaqa ayollar bo’lgan bolsayam ular bola boqish uchun emas o’zlari yaxshi yashash uchun qilishgan bunaqa ishlarni.
Xozir ham aynan shu,yani yaxshi yashashni osonroq yo’lini qidirayotganlar f…bo’lib ketishyapti.Yoki aksincha,umuman yashashga yo’l topolmayotganlar shu yo’lga kirishyapti.

13. toshkentlik - September 11, 2007

Qoil Serdar!!!!!!!!!!!!!!!

14. Serdar - September 13, 2007

Huromon opa.
Nechchiga kirgansiz?Bu shunchaki qiziqish.
2-abzatsizga 96.5% qo’shilaman.
1-abzatsizda g’irt tuhmat qilgansiz.Mantiqan qaralsa erkaklar aybdorligi haqiqatan ham to’g’ri.Chunki erkak bo’lmaganda ayollarni f… qilishga ham hojati qolmasdi.Lekin siz qanaqa erkaklarni nazarda tutganligingizni sanab o’tme hammani 1 go’r qip qoya qopsiz.sizi tushundim.Siz o’sha ayollarga yaqin erkaklarni nazarda tugansi.Ahir qo’shni qishloqda birov qozog’istonga ketib ….orqasidan pul tpib kelsa yo yo’qolib ketsa menda nima ayb?

Keyin kasbiz qanaqa ? Nega ko’p tortishuvlar,mulohazalar bo’ladi?Jurnalistmisiz?

asosiy sabab dunyoqarash deganiz to’g’ri.

Tushunmadim,siz qanaqasiga jonli o’rnak bo’la olasiz?Menimcha siz adabiylikka sal berilib ketdiz.Agar jurnalist bo’sez sal oshirvordiz.Agar student bo’sez kamolotga a’zosiz.agar o’quvchi bo’sez 5 baho.Agar iqtisodchi bo’sez byurokratsiz.Agar hokimyatda ishlasez quruq gaplachisiz.Agar chin dildan yozgan bo’sez haqiqiy insonsiz…faqat jamiyatdan ajralib qolgan.

15. Умида - October 3, 2007

Аёлларни бундай булишига ким сабачи.Утириб бундог караганда бу саволларга мен хеч качон жавоб тополмайман.Факат хурсиниб,хурсиниб йиглаб куяман.


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: