jump to navigation

Ирландияда ўзбекистонлик аёл устидан маҳкама January 27, 2007

Posted by ayollar in Mayishiy Zo'ravonlik.
trackback

Ирландиянинг Корк шаҳри маҳкамасида 35 ёшлик Дилором Сулаймоновага қарши эрига жиддий тан жароҳати етказганлик айби қўйилган. Абдуазим Сулаймонов, 31 декабр кечаси пичоқ зарбидан жароҳат олганидан сўнг касалхонага ётқизилган ва 7 кун ўтгач вафот этганди. 2 болали она Дилором Сулаймонова, маҳкамада сўзлар экан, “Менга қўйилган айбловни тан оламан, аммо мен фарзандларимни, онамни ва ўзимни ҳимоя қилаётган эдим” деб айтган. Маҳкама жараёни давом этаяпти. Бу хабар ҳақида нима дея оласиз?

Comments»

1. Дилдор - January 27, 2007

Аёл кишини бу қадар шафқатсиз амалга қўл уришига албатта жиддий сабаб бўлган бўлиши керак. Акс ҳолда бир ёстиққа бош қўйган яқин кишининг ҳаётдан кўз юмишига олиб келган,қолверса ҳам ўзи, ҳам болаларининг ҳаётини мавҳумлик гирдобига улоқтирувчи бу ишни қилмаган бўларди.

2. Malika - January 27, 2007

31 dekabr kuni, ya’ni Yangi Yil oqshomi uyida ikki bolasi va onasi bor Uzbek ayol nima uchun eriga qul kutaradi?

Balki eri ichib janjal qilgan… Har qanday ona uz bolalarini himoya qiladi, va agar mast eri bolalariga va uziga hujum qilgan bulsa, bu ayol uzini himoya qilgandir.

Albatta ayol aybdor, va uning aybi shuncha yil bunday ahmoq erkak bilan yashash bulgan. Uni tashlab ketishi kerak edi, chidab uturavermay.

Endi, otasi yoq, onasi qamoqda, bolalarga qiyin buladi…

3. talaba qiz - January 28, 2007

Malika siz bu ulib ketgan erkak tugrisida hech nima bilmaysizku,nima uchun gumon bilan hulosa va hukm chiqaryapsiz? Qolaversa musofirchilik har qanday oilani hamkor qilib quyadi deb uylayman.CHunki ilk marta musofir yurtda ajralishni talab qilayotgan oilani eshitganlarida hujaynim hayron bu’lgandilar.Qanday qilib inson u’zi hamma yaqinlaridan uzoqda bu’lishiga qaramay,yana oilasidan voz kechishi mumkin deb……. Men bu holatni eshitib eng avval bolalarga achinaman bu bechoralarni kelajagi nima bu’ladi endi…….?CHunki otasini qotili sifatida kuz oldilarida har doim onalari gavdalanib tursa bundan dahshatliroq narsa yuq.

4. Malika - January 28, 2007

Siz bu ayol tug’risida hech narsa bilmay, nimaga uni qotilga chiqarib quydingiz? ahir uning uzining aytishicha, u bolalarini, onasini va uzini himoya qilgan. Musofirchilik erkaklardan odamiylikni olib quymayslik kerak. Odam sahroda ham, chulda ham, uyida ham, musofir yurtida ham odamligicha qolishi kerak. Ichib olib, bolalarini oldida hotiniga qul kutargan odam ‘qotil’ harakteristikasiga ega. Uzini himoya qilgan odam qotil emas.

Men albatta bu oilada nimalar bulib utganini bilmayman, lekin uzbek oilalarni (uzim uzbek bulganim uchun) bilganim uchun bunday hulosaga kelganman.

Agar eri haqiqatdan ham ichib olib janjal qilgan bulsa, hotiniga, bolalariga qul kutargan bulsa, Dilorom unga pichoq sanchib tug’ri qilgan. Men ham shunday qilgan bulardim. Ahir Dilorom uni kechasi tinch uhlayotganida pichoq urmagan-ku!

Bularni hammasini sud-med ekspertiza va guvohlar hal qiladi…

5. talaba qiz - January 28, 2007

Sizu bizga bir tomonlama hukma qilish hech qanday maqsad keltirmaydi.CHunki uzim uzbek va yana uzbekistondan yaqinda chetga chiqib ketgan ayol bu’lganim uchun,hozirda uzbek ayollari ham ichkilik ichishdan hech qaysi erkakdan qolishmaslikka harakat qilishayotganini ,bu’lib ham bu qilmishlarini zamonaviylik deb baholashlarini guvohiman.{bu u’zi alohida bir mavzu}SHunday ekan bu yerda ishni nihoyasini kutish va imkon qadar onasi qamoqda va otasiz qolayotgan bolalarni taqdiri haqida qiziqqanimiz maqulroq,deb uylayman.Odamiylik esa nafaqat erkaklarga ayollarga ham har joyda shart va zarur hislat.

6. Erkinoy - January 30, 2007

Assalomu aleykum,

Bu bahtsiz hodisa menga 1960 yillardagi bo’lib o’tgan bitta voqeani eslatdi:

Bitta erkak har kuni ichib kelib hotinini va farzandlarini kaltaklarkan. Bunisi yetmaganday hotinini elektr reztkasini oldiga olib borib, u yerdan elektr toki o’tayotgan simini chiqarib hotinini ko’ziga o’qtab shunday derkan: “Mana buni ko’rayapsanmi?! Mana shu elektr tokini simi bilan bir kuni kelib, seni joningni olaman” der ekan. Bu bechora ayol eridan ajralishdan odamlardan or qilib, bunga chidab yashaveribdi. Lekin bir kuni kechasi eri uni juda qattiq qo’rqitishga muyassar bo’libdi. Shu kechani o’zidayoq bu ayol farzandlarini va hayotni afzal ko’rib, uhlab yotgan erini elekr rezetkasini simi bilan tok urdirib jonini olibdi.
Bundan keyin esa odamlar bu bahtsiz hodisa deb qo’ishibdi. Ona esa o’z farzandlari bilan tinchroq va erkinroq hayot kechira boshlabdi.

Bunaqangi voqealar bizni 20chi va 21 asrimizdan oldin ham sodir bo’lib turgan, bunday bahtsiz hodisalarni hech qanay zamonaviylik bilan aloqasi yo’qdir. Qadimda ayollar ham ba’zan bayramlarda bir oz ichib turishgan, kerak bo’lsa nos ham chekishgan. Agar hozir 50, 60, 70, 80, 90 yoshdagi ayollarni oladigan bo’lsak, ularni orasida nos otadigan ayollar yog’ emas va shu bilan birgalikda ular zamonaviy ayollar emasdurlar.

Men albatta bu bilan u Irlandiyadagi ayol aqqiloq yo’l bilan erini daf qilishi kerak edi demoqchi emasman. U ayel bu holat ro’y berishidan oldin allaqachon ajralib ketishi kerak edi. Lekin ming afsus…

Agar bu dunyoda har qanday zo’ravonlikni yoki qotillikni oladigan bo’lsak, ularni 98% ni erkaklar tashkil qiladilar va qamoqhonalarni mahbuslarini 98% ham erkaklar tashkil qiladilar. Haqiqatni tan olish kerak ko’pchilik holatlarda erkaklar tomonidan zo’ravonliklar sodir etiladi. Bu bechora ayol faqat farzandlarini himoya qilmoqchi bo’lgan va shu bilan birgalikda o’zini ham.

7. Malika - January 31, 2007

Talaba qiz,

Menimcha bu ayolning zamonaviyligi bu hodisaga aloqasi yoq. Zamonaviy ayollar ichadi, chekadi, oyog’lari yengil deyish umuman notug’ri – chunki ayollar ilgaritdan ichgan, chekkan va yengil oyoq bulganlar. (biroq, 100 yil ilgari bunday hodisalar internetga chiqmagan)

Men uzim rus maktabda uqiganman, va bir uqituvchimizning aytgan gapi hanus esimdan chiqmaydi: “agar erim meni aldab boshqa ayol bilan uhlasa, men uni kechira olaman, lekin menga qul kutarsa, hech qachon kechirmayman” degandi.

Ayolga qul kutargan erkakni tashlab ketib qutulsa buladi holos. “Ayolman, uyim, bolam-chaqam” deb utiraversa, kaltak yeb yuraveradi.

8. talaba qiz - February 1, 2007

Hurmatli Malika ayolmi erkakmi ikki shahs urtasidagi nizoni bir taraflama hal qilishga hech kimda huquq bulmaydi. U insonlar qanday fikrlashidan farqli ravishda avvalo inson.Men shuni ta’kidladim halos.Qolavrsa bu yerda hotin tirik er marhum ,demak bizlarda ikki tarafni barobar eshitish imkoni yuq ekan,gumon bilan hulosa qilib fikr bildirgandan ku’ra sud hukmini va masalaga kiritilgan oydinlikni kutganimiz yahshiroq degan fikrdaman.Urtadagi nizo odam u’ldirishgacha boribdimi demak bu yerda jiddiy sabab borligi aniq!!!!!!!

9. Durdona - February 5, 2007

агар аёл ўзини ҳимоя қила туриб эрини ўлдириб қўйган бўлса, албатта у айбсиз, аммо жаҳлини тиёлмай бу ишни қилган бўлса, бу дунёда ҳам у дунёда ҳам ўз жазосини олади.


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: