jump to navigation

Ўспиринларнинг ‘кўзини очиш’ керакми… January 9, 2007

Posted by ayollar in Aralash Mavzular.
trackback

Баҳсларни ўқиб бир нарса тўғрисида ёзгим келди – бир опамиз мақолага жавобан ‘ҳали турмуш қурмаган сингилларимизни кўзини очадиган нарса ёзманглар’ дебдилар. Ўспирин қизларга жинсий алоқа тўғрисида – анатомоя жиҳатидан ўқитиш керакми? Ёки турмуш қуриш вакти келганда никоҳ кечаси барчасини тушунтириш тўғрими? Ғарбда яшайдиган опа-сингилларимиз худди Ўзбекистонда яшайдиган аеллар каби бу тугрисида жуда қайғуради. Менинг ўғлим ҳали кичкина, лекин мен унга одам анатомиясини (ва бунинг ичида одамзод кандай кўпайишини, яьни жинсий алоқа жараёни) ўргатиш тарафдориман. Лекин Ғарбда хам диндор насронийлар бу уларни жинсий алокага бошлайди деб мактабларда бундай дарсларни таькиклашга уринишади. Масалан, Американинг Техас штатида бундай дарслар мактаблардан олиб ташланган. Лекин Техасда охирги 15 йилнинг ичида ўспирин (яъни 15-19) ёш қизлар орасида аборт килиш холлари нихоятда кўпайган. Яьни улар ўзларини хомиладан сақланишни билишмайди. Сизлар қандай фикрдасизлар? Ўғил-қизларимизни кўзларини қачон очишимиз керак? Ўзи очишимиз керакми? -Малика

Comments»

1. Ma`rufjon - January 12, 2007

Uzr Malika opa.
Opadeganimga hafa bo`lmaysiz yoshingizni aniq bilmadim.
Men internetda bu gapingizni mavzusini ko`rib qiziqdim ayollar bekati bo`lsada. Javob yozgim keldi. Opajon agar bolalarga qilma bu yomon desangiz o`shani albatta qilib ko`radi. Agar buni qil desangizchi ? Shuning uchun anotomiya 8 – sinfda o`tiladi. Men ham o`qiganman maktab davrida ishingiz bo`lmasin o`zlari o`qiydi va o`z fikrlashicha tushunadi kerak bo`lsa o`zidan katta bolalardan uylangan yoki turmush qurgan kishlardan qiziqib so`raydi.
Agar siz o`rgatsangiz bu bolalar o`sha jinsiy aloqa juda qiziqadi to`ydan oldin. Har qanday voqiyalar yuz berish aniq. Shuning uchun o`zilari o`qisin o`zlari fikrlasin qiziqishni juda ham oshirish yaxshilikka olib kelmaydi. Bu mening fikrim. http://odam8.narod.ru Anotimoya sahifa.

2. Erkinoy - January 12, 2007

Salom Ma’rufjon,

Siz yuqoridagi keltirgan internet sitiga kirib o’rmoqchi bo’ldim, lekin juda sekin ishlarkan. Ucta elementni 5 minutlar ichida zo’r-bazur ochdi, juda sekin ishlarkan. Albatta yoshim katta lekin o’zbek siti bo’lgani uchun, uni qanaqa tashkillashtirilganini qiziqib ko’rmoqchi edim.

Ma’rufjon, meni fikrimcha bu haqda ota o’g’ilga, ona qiziga to’liq tushuncha va shu bilan birgalikda “jinsiy aloqani” insonlar hyotida, sog’ligida, ruhiyatida, shahsiyatida, ularni taqdirida, jamiyatida va kelajagida qanday o’rin tutishini tushintirib berishi kerak. Faqat maktaba anatomoya nuqtai nazaridan va ylangan do’stlari yoki turmush qurgan dugonalaridan so’rash yetarli emas deb o’ylayman. Ota-onalar o’g’il va qizlariga to ular mustaqil fikr egasi bo’lgunlaricha bu masalada o’rtoq va sirdosh bo’lishlari kerak.

Bilishimcha, bu fazifani mushkil va murakkabligi tufayli, nohush holatlar ro’y berishidan qo’rqqan ota-onalar ko’p holatlarda juda yosh, hayotni balandu’chuqurliklariga tayer bo’lmagan qizlari juda erta erga bervorishadi yoki umuman qizlarini o’rta maktabni tugatganidan keyin o’qitishmaydi va do’stlari, maktab o’rtoqlari davrasidan ajratib tashlashadi.

Fikringiz yahshi, men o’z kuzatuvlarimdan kelib chiqqan holatda bir oz qo’shimcha qildim.

Hayer, sog’ bo’ling.

3. Аноним - January 12, 2007

Ассалому алайкум!
Купчилик ота-оналарнинг, таълим сохаси мутахасисларининг бошини котирган мавзудан гап очибсиз. Бу хакда узим хам куп уйлайман, фарзандларим катта булишяпти, бир кун келиб бу хакда билишлари, уз тушунчасига эга булишлари керак. Хуш, нима килмок керак, “нозик” масала юзасидан уларга кандай тушунча бермок керак?!
Менимча, улгайиб келаётган фарзандларга бу хакда уз вактида маълумот бериб куйиш, ота-оналарнинг бурчи. Жинсий тарбия бизнинг узбекчилигимизда кузда тутилмаган, куп холларда бу хакда болалар узларидан ёши каттарок, бу хакда эшитган, курганлардан маълумот олишади, бу эса уз навбатида жинсий алоканинг инсон хаётида тутган урни хакида, усмир онгида нотугри маълумотлар шаклланишига сабабчи булади.
Ma`rufjon айтганларидек ишимиз булмаса, узларининг бирор жойдан маълумот олишларини кутсак, менимча, яхши булмайди, яъниким, кучадан олинган чала-чулпа тушунчани тулдириш учун усмир бехаё порнофильмларни куришга, кизлар хожатхонасига муралашга (куполрок чиккани учун узр) мажбур булади. куп холда биз буни мажбур деб эмас, кизикиш, уятсизлик деб бахолашга урганиб колганмиз, лекин харакатнинг мохиятини уйлаб хам курмаймиз, нима учун усмир шундай килгани, узини бехаё (четдан караганда) тутгани бизни кизиктирмайди хам. Русларнинг бир маколи бор, “Таъкикланган мева ширин булади” деган. Фарзандларимизнинг шундай иш килганини курсак, эшитсак уни жазолаймиз, унга жинсий хаёт хакидаги барча маълумотларни таъкиклаймиз, натижачи…? Натижа хаммага маълум булган зурлаш, яширинча порнофильмлар куриш, ота-онасининг мана шу ишни килишига акли етган усмир улардан нафратланишига сабаб булади.
Оналар учун менимча, бу мавзуда кизларига маълумот бериш унчалик даражада кийинчилик тугдирмайди, лекин оталар угилларига бу хакда хеч нарса дея олмайдилар, умуман бу мавзу куп холда ота ва угил уртасида умуман айтилиши мумкин булмаган мавзу. Менимча, угил болаларга бу хакда амаки, тогалари тушунтирганлари маъкул, хар холда, яширин мавзуларда улар отага нисбатан якинрок булишади, оддий мисол, боласининг сигарет чекишини отаси билмаслиги мумкин, лекин купда амаки, тогалар билишади. Мен хам угилларимга бу хакда маълумот беришларини укаларим ёки кайинларимга топширсам керак деб уйлайман. Токи, болаларим жинсий алока ёмон ифлос иш деб эмас, бу эр ва хотин уртасидаги табиий, оила мастахкамлигини таъминлашда етакчи рол уйнайдиган факторлардан бири деб тушунишсин. Кучада нотугри, хакикатга умуман тугри келмайдиган маълумот олиб кийналгандан кура, тугри маълумотни уз вактида олиб, узига тугри хулоса чикаргани маъкулрокмикан деб уйлайман.
Саломат булингизлар!

4. Malika - January 14, 2007

Anonym,

nega ug’il bolalarga amakilari, tog’alari jinsiy tarbiya berishi kerak? Otasi yoki onasi aytgani yaxshi emasmi? Masalan, men akalarimning dunyo qarashiga tushunmayman, ularning erkak va ayol urtasidagi munosabat tug’risidagi fikrlariga umuman qushilmayman – ularga bunday ishni ishonmagan bulardim.

Menimcha ota-ona bolalariga jinsiy tarbiyani bergani ma’qul.

5. Аноним - January 14, 2007

Хурматли Маликахон!
Гапингизда жон бор, лекин… Лекини шуки, Ота-онанинг фарзандларига бу тугрида маълумот бериши, менимча огир масала. Шахсан узим, угилларим билан бу хакда гаплаша олмаслигимага аклим етиб турипти. Балким, оналарнинг кизларига айтишлари осонрокдир, хар холда мен шундай деб уйлайман. Чунки, оналар кизлари билан (отанинг угилларига нисбатан) анчайин якинрок булишади.
Угил болаларга тушунтиришга ота ожизлик килади, сиз айтганингиздай, амаки, тогаларнинг тушунчаси камлик килиши хам мумкин. Унда, ягона йули, ёлланган психолог, ёки врач сексапатолог булиши мумкин. Янаям билмадим, хар холда, уз угилларимга бу мавзуда бирор нарса айтиш, менинг кулимдан келмайди, менимча, эркакларнинг купчилиги шундай уйлашса керак.
Саломат булинг.

6. Amino - January 15, 2007

Assalomu alaykum
Malika opa,farzand tarbiyasida muhim orin tutgan masalani ortaga tashlabsiz- buning uchun sizga rahmat.Meninmcha bu masalada har bir avlod ota-onalari bosh qotirgan bolsa kerak.Men 14 yoshlarda bolganimda uyda “Qaltis savollarga nozik javoblar” degan kitob paydo bolib qolgani esimda.Men bu kitobdan jinsiy tarbiyada boshliq paydo bolmasligi uchun bilish yetarli bolgan ancha savollarga javob olganman.Kitobni uydagi kattalardan yashirincha tengdosh qarindoshlarim bilan birga oqiganmiz.Endi tushunsam,ota-onalarimiz “bekitib qoyishni unutgan” bu kitob bizni qolimizga bexosdan tushib qolmagan ekan.Uni kattalar bizga jinsiy tarbiya berish uchun ataylab unutib kozimiz tushadigan joyda qoldirishgan ekan.Menimcha, bu jinsiy tarbiya berishning eng delicate yoli bolsa kerak.Bizning asrimizda yashab turib har xil axborotlar “hujumidan” farzandingizni himoya qilishning eng yaxshi yoli kerakli axborotlarning unga ozingiz ishongan, sinagan va siz berayatgan tarbiyaga mos kelishini bilgan manbaalardan berilishidir.Buni ta’minlash esa sizning qo’lingizda.Faqat vaqtni boy bermang!Agar bolangiz tarbiyasiga ta’sir qiladigan axborotlarni siz bermasangiz , bu ishni siz uchun jon deb bajaradigan “beminnat yordamchilar” har doim tayyor.Ya’ni internet,TV,har xil jurnallar va aqilli o’rtoqlar.Jinsiy tarbiyani qay usulda berishni ham hech kim sizdan yaxshi bilmaydi.Chunki farzand sizniki, uni qandayligini ,unga qanday muomalada bo’lish kerakligini hammadan kora siz yaxshi bilishingiz kerak.
Hurmat bilan Amino

7. Qalampir - January 16, 2007

Amino, yashang. Yaxshi, ishonarli va o’ziga xos milliy usul! Xaqiqatda shu xislati uchun haqiqiy o’zbek mentaliteti hurmatga sazovor.

8. Saidova_Oydin - January 16, 2007

Malika sizning gapingizning hammasi noto’gri. Siz “odamlarni miyasiga tushgan qurt” kabi emirib boryapsiz. Turmushga chiqqan vaqtda qanday kupayishlarini uzlari bilib oladilar. Siz menimcha islom dinidan ham chetda qolgan kurinasiz.

9. Erkinoy - January 16, 2007

Malika opa,
Juda qiziqarli maqolalar, savollar va muammolarni yoritasiz. Sizni fikrlaringiz va dunyo qarashingiz o’sha “miyasi ibtidoiy jamiyatda qotib qolgan” odamlarni fikrlariadan ancha oydin va dolzarbdir.

10. Malika - January 16, 2007

Erkinoy,

yozgan javobinzig uchun rahmat. Men uzimni oddiy uzbek ayollardan farq qilishimni yashirmayman. Dunyo qarashim “Garbchaga juda yaqin” deyish mumkin. Lekin oiladagi ba’zi savollar, dunyo qarashimizdan qa’tiy nazar, muammolar tug’diradi.

Saidova Oydin yozgan javobi bunday masalalarni kuproq kutarib chiqishimiz kerakligini yana bir bor isbotladi.

Mening bir farzandim bor, va u Amerikada tug’ilgan va shu yerda usib ulg’ayadi. Aminmanki, jinsiy aloqada bulish uchun uylanishni kutib utirmaydi. Uzbek, qolaversa butun dunyo uspirinlari ham buni kutib utirmaydilar. Shuning uchun ularga vaqtida jinsiy tarbiya berish kerak deb uylayman.

11. Qalampir - January 16, 2007

Assalomu alaykum Malika,
iltimos, ochig’roq yozsangiz fikringizni, zero bu oxirgi yozganingiz biz MUSULMON ozbeklar amal qilishi mumkin bo’lgan sarhad chegarasidan o’tishni anglatyapti. “jinsiy aloqada bulish uchun uylanishni kutib utirmaydi”, bu bilan siz u istasa zino (nikohsiz jinsiy aloqa) qilishi mumkin va men bunga qarshi emasman demoqchimisiz? Men tog’ri tushindimmi?

12. Malika - January 16, 2007

Men istaymanmi, istamaymanmi, u bir yoshga yetgach jinsiy aloqada buladi. Buni men tuxtata olmayman. Faqat jinsiy aloqada bulish qanday oqibat olib kelishni tushuntira olaman holos.

Siz aytgan MUSULMON uzbeklar balki zino qilmaydilar, lekin atrofingizga qarang – qancha uzbeklar zino qilyaptilar va qilishni davom etadilar? Jinsiy aloqada bulish bu tabiiy narsa, va ug’il va qizlar bir yoshga yetgandan keyin ularni tuhtatib bulmaydi. Men buni uz tajribanman va barcha urtoqlarimning (yaxshi oiladan kelib chiqqan, universitetlarda uqiydigan) tajribasidan kelib chiqib aytyapman.

nargiza - October 29, 2012

to’xtatishni eplay olmasiz unda siz qana onasiz qana qilib farzand tarbiyalayapsiz agar siz eplay olmasiz unda sizdan yaxshi ona yaxshi tarbiyachi chiqmaskan NOL siz man shunaqangki zo’r ota onalarni bilaman ularni bolalari zinodan or qilishadi jinsizy aloqa nikohdan so’ng ekanini miyyasiga qattiq qilib quyib qo’yishgan ular to uylanguncha zino jinsizy aloqa haqida o’ylashmaydi va yana shuni aytib qo’yay man ham amerikada yashayman buyerda maktabga bordim ham ko’z o’ngimda o’quvchilar o’pishib quchoqlashib o’tirardi anatomiya darsiyam o’tib tushgandi lekin mani ota onam shunday tarbiya berishganki odob axloqim joyida amerikada deb yozilib ketmganman jinsiy aloqani turmushga chiqqanimdan so’ng bildim nima ekanligini ungacha hechqanday jinsiy aloqa qanaqa ekandeb qiziqib ko’rmaganman hatto xayolimga ham kemagan

13. talaba qiz - January 16, 2007

Hurmatli Malika uzr sizga savolim bor edi sizni atrofingizdagi yahshi oila farzandlari ham uzlarini m u s u l m o n hisoblaydilarmi? Yana ular qiziqish yoshiga yetganda narkotik qabul qilib korishlariga ham ota -onalari qarab kuzatib keyin buni oqibatlarini tushuntiradilarmi {uzr bu savollarim sizga ham tegishli} CHunki men bir uzbek muslima ona sifatida bunday ishni avval qilib korgach natijasini tushuntirishni hohlamayman va avvaldan haromni harom halolni halol deb tanib tarbiya olishlarini hohlayman farzandlarimni. Va shunga harakat qilaman.Uylaymanki bu siz uylaganchalik muammo emas.Bizlar ham oddiy u’zbek oilasida oddiygina uzbekona tarbiya olganmiz.Bunday shahsiy munosabatlar haqida esa nikoh kunigacha uylab kormaganmiz va malumot olmaganmiz.Lekin eng qizigi bolalikdan kitob u’qimoqchi bu’lsak orqasiga qarab u’qiysizlar deb belgilab berishardi u’qituvchilar ham,ota-onalar ham.Lekin dugonalarim bilan har doim kattalardan berkitib kattalar bizlarga taqiqlagan kitoblarni u’qirdik.SHuning uchun balki bir qadar Amino ismli muhlisni fikrlari tu’gridir.Lekin uylaymanki oilada dunyoviy bilm b-n diniy bilm barobar olib borilsa farzand uziga kerakli narsani uzi hulosa qilib u’rganishi osonro deb uylayman.salomat bu’ling.

14. Qalampir - January 16, 2007

Malika, uzr baribir ochiq yozmabsiz. To’g’ri siz aytganday, istak va xohish xammada xam bor, ammo u egasiga bo’ysungan bo’lishi lozim. Boshqa bir inson boshqa bir insonning tuyg’ularini boshqara olmaydi. Shuning uchun inson o’z hatti harakatlarini boshqarishda olgan tarbiyasi muhim rol uynaydi. Siz jinsiy aloqada bo’lish oqibati deganingizda, “kutilmagan” (qo’shtirnoqqa olganim sababi, aslida kutilgan, chunki bu har ikki jins vakiliga kunday ravshan) homiladorlik, va yoki tanosil kasalliklari (SPID) va boshqalar haqida tushuncha berishni nazarda tutgan bo’lsangiz kerak. Qarangki, Yaratgan bu davosiz deb aytilayotgan kasallikni insonda ikki harom yo’l bilan paydo bo’lishini ihtiyor etibdi. Ovqatdan yuqmaydi, og’iz, nafas yo’lidan yuqmaydi. Bu ham bir katta saboq emasmi bizga?
Savolingizga kelsak, zino qilayotgan insonlar uchun men javob bermayman, men o’zimning farzandlarimga mas’ulman holos. Ularni haqiqiy shar’iy nikoh asosida oila qurishlariga javobgarman.
Bo’yga etgan odamni kechayu kunduzi nazorat qilolmaysiz, bu aniq. Islom shu erda xam o’zini oqlayaptiki, haqiqiy iymon egasi, qaerda bo’lmasin, kechayu kunduz uyg’oq bo’lgan bir Zot uni mudom kuzatib turishini biladi. Va shu sababli iymonli farzand halol nikohgacha o’zini to’xtatib turadi (e’tibor bering, o’zini o’zi to’xtatadi, birov emas).

15. Malika - January 16, 2007

“Hamma narsaga javob – Islom” deyish oson. Agar men Qalampir va Talaba qizga uxshab dindor bulganimda, bu yerga yozib utirmasdim. Chunki, hamma javoblar kitobda yozilgan.

Lekin men dindor emasman, ug’limni ham dindor qilib tarbiya qilish niyatim yoq.

Uylaymanki, bu saytga mexmonlari kupincha Allohga ishongan, lekin uzlarini zamonaviy deb biladigan Uzbeklardir. Shunday ekan, dinni aralashtirmay ushbu masalani muhokama qilsak.

Rahmat

16. Qalampir - January 17, 2007

“Allohga ishongan” va “dindor” tushunchalari farqini izohlab bersangiz, hurmatli “zamonaviy” Malika. Yoki “Allohaga ishonish” ga “zamonaviylikni” qo’shsak dindorlikdan chiqiladimi? O’zi osha og’iz ko’pirtirayotgan “zamonaviylik” nima bilan o’lchanadi? Balki shunga biroz ta’rif bersangiz men va Talaba qiz sizdan koa zamonaviyroq chiqarmiz?
“Shunday ekan, dinni aralashtirmay ushbu masalani muhokama qilsak”? Mayli, busiz yechim izlab ko’ring, ammo qorong’i tunda chiroqni rad etib “yo’q, men ozim paypaslab topaman yo’lni” degan odamday holga tushmasangiz bo’lgani.
Iltimos, meni gaplarimdan hafa bo’lmang, men bunday fikrlashlar zamirida millatimizni tanazzulga olib boruvchi yemirilishlarni ko’ryapman, shunga achinyapman holos. Siz nazarda tutayotgan “zamonaviylik” bir sham kabi, ammo siz uning vaqtinchalik ko’z qamashtiruvchi shul’asiga mahliyo bo’lib uchib ketayotgan parvonaga o’xshaysiz. Afsuski, parvonalar o’z harakatlarini oqibatini juda kech anglab etadilar, va unda kech bo’lgan bo’ladi.
Siz meni dinga o’ta berilgan inson sifatida bekor ayblayapsiz, zero bu erda iymonni o’ta mustahkamlash, etiqodni yanada kuchaytirish haqida hali gap bo’lgani yo’q, gunohga, kufrga ketib qolishdan qo’rqib bildirilgan fikrlarim bor holos.
Salomat bo’ling.

17. talaba qiz - January 17, 2007

Assalomu-alaykum hurmatli Malika uzr siz yahshi tushunmagan ko’rinasiz mening yozuvlarimni.CHunki men ham dindor oilada usmaganman oddiy qishloq odamlari bo’lishgan ota-onam va maktabdagi ustozlarim.SHuning uchun men sizga hamma narsada javob dinda demadim aslida bu iborangiz bilan siz u’ziz bilmagan holda haqiqatni tan olib bu’lgansiz.sizga maktab davrimda o’lgan bir voqe’ani aytib beraman.Men 6-sinfda u’qiydigan vaqtimda bizdan 2 yosh katta bo’lgan 8-sinf u’quvchilari siz aytgancha juda zamonaviy oilalarni farzandlari edilar ,hullas bir-birlari bilan sevgi atalmish tuygularga oshno bu’lib yetaklashib yurishardi.Hayosizlaikni qaragki bu oshiq-mashuqlarni hamma bilardi.Ustozlarimiz maktabimiz shaniga dog bulyabsanlar deb bir necha marotaba yigit va qizni majlislar qilishdi,ota-onalariga koop narsala gapirishdi.Hech narsa kor qilmadi.Hullas qizni oilasi ham yigitni oilasi ham sevgini aybi yuq deb javob berishdi.Kunlardan bir kun bir yoqlama tarbiya u’z ishini qildi y’ani qiz yu’qolib qoldi.Qishlogimizda gap-soz,vahima kuchaydi.Yigit bemalol maktabga qatnaydi qiz esa yuq.Qidiruvlardan natija yuq ,oradan 4 kun u’tgach qiz tu’satdan paydo buldi.Va hali 8-sinfda u’qiydigan 15 yoshli u’quvchilarni nikoh tuylari boldi.Achinarlisi bu muhabbat majorosiga qishlogimizdagi obru e’tiborli siz aytgandek zamonaviy oilalar ham aralashishni hohlamadilar.Tu’ydan keyin kelin u’z-u’zidan darsni tashladi mana oqibat.SHuning singari voqealarni u’zim guvohi bu’lganim va kop u’qiganim uchun men har bir oilada diniy-va dunyoviy tarbiya zarur deb bilaman.Vaholanki qushga ikki qanot har doim zarur bo’lganidek farzandlarimiz kelajagi uchun ham ikki ilm shunchalar zarur.Uzr singlim yoki opajon shu sabab har bir fikrlarimda dinni chetlab u’ta olmayman.Yana meni larzaga solgan narsa haqida aytib o’tsam O’tkir Hoshimovni ”Ikki eshik orasi” romanini o’qiganimda hali men uchun taqiqlangan yoshda bo’lganman.Munavvarni o’limiga achinib juda kop koz yosh to’kkanimni eslayman haligacha, Lekin ozgina dinga e’tibor berib fojeani anglagach uzimni boshqarishni u’rganganim hamon yodimda va bu bilan men u’zimni o’ta dindor yoki zamonaviylikni tushunmaydigan hisoblamayman.Qolaversa bizga ta’lim bergan ustozlarimiz maktablarda ‘qizlar majlisi’ deb qandaydir suhbatlar o’tkazishardi.Qishloq ayollarini hayo va ibosi farzandlari bilan sizu-biz muhokama qilayotgan narsalarni muhokama qilishga izn bermaydi.Man yoshim ancha ulgayganda uzim hozir singillarimga bazi narsalarni hat orqali yozaman chunki onam bu haqida gapirmasliklarini bilaman.Va albatta farzandlarim bilan chegara yuzasida turib bergan savollariga javob berishga harakat qilaman.Bu bizni du’stona muomalamiz halos.salomat boling

18. Аноним - January 17, 2007

Ассалому алайкум!
Керакли мавзу хамма вакт кизгин мунозарага сабаб булади. Худди шунингдек, бу мавзуга булган кизикиш ва мунозара хам кизгин тус олди.
Qalampir сузлари тугри, лекин,… Бир лекини бор. Фарзандларимизга диний тарбия берганимиз маъкул, бунинг хар томонлама фойдали эканлиги исбот талаб этмайди, лекин, куча куйда, телевизорда, интернетда хам бизнинг тарбиямиздан хам “фойдалирок” тарбия бераётганлар хам жуда куп. Биз хохлаймизми, хохламаймизми, бу хакда ёшлар албатта куча куйдан маълумот олишади, кимдир бу хакда уларга бошкача тушинтиради. Атрофни каранг, нималар булаяпти, кучада фохишалар очикчасига танаини пуллашаяпти, интернетда хар иккита ссылкадан биттаси порносайтларга етаклаяпти, телевизода эса, уша хаммага маълум ва машхур Бразилия ва Туркиянинг куринишидан яхши, аслида бехаё, фахш хаётни таргиб киладиган фильмлари куйилаяпти. Одамзотнинг иймони мустахкам булиши нур устига аъло нур, лекин, тескари информация билан, одамзотни иймонидан айириш, хозирги кунда оддий иш булиб колмокда, яъниким, хали дину иймони етарли даражада мустахкам булиб улгурмаган успиринларни бошка йулга бошлаш, менимча уша антиинформаторлар учун хеч хам кийин эмас. Оддий чекишнинг узи бунга мисол була олади, успиринларнинг купчилиги, 13-15 ёшиданок буни “проба” килиб куришади, бу хам булса, бошкалардан колишмаслик, етарлича хаёт тажрибаси йуклигидандир. Иймонли килиб тарбиялаётган фарзандингизга бошка бировлар, яъни, уртоклари, баъзи бир фаросатсиз катталар нотугри тарбия беришмаётганига аминмисиз?! Катталарки ёмон йулга кириб кетишяпти, ёшлар, успиринлар нима кила олишсин, уларнинг мияси хали котмаган, яъни, аник хаёт йулини танлаб улгиришмаганку.
Хуллас, фарзанларимизга, жинсий тарбияни уз вактида бера билганимиз маъкул, токи, бунинг ёмон томонлари борлигини, никохсиз жинсий алока гунохлигини, ота-онанинг бу борадаги узаро муносабатлари хам табиийлигини фарзанд уз вактида билсин. Никохсиз жинсий алока, яъни, зинога йул куймасликлари зарурлигини, бунинг окибатлари эса, уша хаммага маълум СПИД, ва бошка таносил касалликларига олиб келиши мумкинлигини фарзандларимиз билиб куйишсин. Агар шундан кейин хам, буни амалга оширадиган булишса, унда хеч булмаганда, хавсизлик чораларини (презервативдан фойдаланиш мумкинлигини) унутмаслик кераклигини ёддан чикаришмасин. “Иймонли килиб тарбияланг” дейиш билан бахсга ойдинлик кирита олмаймиз, куча-куйда успиринни иймонсизликка чорлаётганлар биздан кура купрок.
Саломат булинглар!

19. Saidova_Oydin - January 17, 2007

mailka siz nima uchun ota-onalar uz farzandlariga jinsiy aloqa tugrisida tarbiya berishi kerak debsiz sizdaqa “chupga chichar” odamlar busa…

20. Qalampir - January 17, 2007

Assalomu alaykum Anonim,
fikrlaringiz uchun raxmat, men xam jinsiy tarbiyani bermaslik kerak deganim yoq, ammo qanday berish kerak, gap shunda. Men Amino ning tajribasida bo’lgan voqeani va ularning ota onalari qo’llagan tarbiya usulini o’ziga hos yaxshi uslub dedim. Chunki, ota ona avvalo qo’llanma bilan tanishib chiqib, uning bolasi ongiga noto’g’ri ta’sir o’tkazmasligiga ishonch hosil qilgan holda buni ataylab ularning honasida “unutib” qoldirishmoqda. Ikkinchidan, biz ming harakat qilganimiz bilan siz aytayotgan behayolikka chorlovchi manbaalar yo’qolmaydi, chunki shayton va uning malaylari hali ozodlikda. Ulardan qochib oilangiz bilan g’orlarga xam chiqib ketolmaysiz, tarki dunyo qilib. Shunday ekan eng maqbul usul bolani o’zida yoshligidan bunday narsalarga immunitet hosil qilish lozim.
Agar meni bergan tarbiyamdan so’ng xam zinoga yo’l qo’yadigan bo’lsa (Allohdan bunday xolga tushib qolishligidan panoh so’rayman!!!) yaxshisi prezervativdan foydalanmagani maqul. Bu uning uchun yetarli saboq bo’ladi.
Men yana bir bor ta’kidlayman, men bu mavzuga qarshiligim yo’q, u biz musulmonlar uchun juda muhim masala, chunki, boshqa dunyoqarashdagi insonlar qo’llayotgan bu boradagi tarbiya usullari mos kelmaydigan jihatlari ko’p va ho’p. Buning uchun bizga o’zimizga hos va mos uslub kerak. Bu yuqorida aytib o’tilgan tajribalarni analiz qilish natijasida shakllanadi menimcha.
Sizga xam tani sihatlik tilayman.

21. Malika - January 18, 2007

Oydin,
‘chupga chichar’ deganingiz nimasi? Bunaqasini eshitmagandim…

22. Qalampir - January 18, 2007

Malika, menimcha bu ibora, oqibati yomon bo’lishini bilib turib, atayin o’sha ishni qiluvchi odamlarga nisbatan ishlatiladi. Yana bilmadim, balki boshqacha bo’lishi xam mumkin ma’nosi.

23. Malika - January 18, 2007

Oydin,
Mendan juda hafa kurinasis.

Men sizning yoki boshqalarning uspirin yoshagi farzandlariga hech narsa urgatganim yoq va buni istamayman ham.Bolalariga jinsiy tarbiya urgatishni istaganlar bilan fikr almashyapman holos.

Juda tug’risini aytsam, mening kuzim 6 yoshligimda ochilgan. Tog’amning ug’li mendan 2-3 yosh katta edi, va ota-onam ular bilan uynaganimda nazorat qilmasdilar. Ushanda tog’avachcham men bilan “kelin-kuyov” uynagandi. Albatta men bularni ota-onamga aytmaganman, chunki qurqanman. Keyinchali bu hodisani uylab kursam, u nimaga bunday qilganini tushundim: tog’am ichimlikka berilgan, meni uni mast bulmagan holda kurmaganman. Doim bolalarini (4 ug’il, 2 qiz) urgan. Uylari bir honadan iborat bulgan. Bolalari ota-onasini kechasi nimalar qilgani uz kuzlari bilan kurgan. Shuning uchun 8-9 yosh bola bu narsalarni qilib kurmoqchi bulgan…

Sizning uyingizda bunday ahvol bulmasa bolangizning biron urtog’ining uyida shunday ahvol mumkin…

Bunday hollar afsus juda kup uchraydi, aytmoqchimanki, biz bolalarimizga jinsiy tarbiya bermasak, boshqalar buni qiladilar.

Bolalarimizga erta yoshdanoq, birov ularning jinsiy organlarini ushlashi yomon, bunday narsani darrov ota-onaga aytish kerakligini urgatish lozim deb uylayman. Uspirin yoshida esa jinsiy aloqa nimalarga olib kelishini urgatish kerak.

Siz bir narsani tushuning, uspirin yoshdagi ug’il qizlar bunga qiziqib boshlaydi, ularning organizmi tezroq “kupayishni” istaydi. Nima uchun qizlar 12-13 yoshda menstruatsiya qilib boshlaydi va ularning kukraklari kattalashadi? Ug’il bolalarda ham shunday, usha yoshda, balki sal kechroq, gormonlari ovozlarini yogonlashtiradi, betida soqol chiqa boshlaydi, har hil jinsiy tushlar kurib boshlaydi.

Bular hammasi tabiiy narsa, millionlab yillardan beri odamzod shunday rivojlangan. Buni faqat ta’qiqlab quysangiz kup narsaga erisha olmaysiz. Tushuntirib, faktlarni urgatsangiz, balki ular uz boshlarini ishlatib tug’ri yul topadilar deb umid qilishimiz mumkin holos…

24. Qalampir - January 18, 2007

Malika ko’rayapsizmi, bu erda xam ota-onaning o’zini tutishi va tarbiyasi aybdor. Albatta xar bir o’g’il-qiz voyaga etar ekan ularga nomahram tushunchasini tushintitrish lozim bo’ladi. Bu xolda ota onalar xam nazoratni kuchaytirishlari kerak bo’ladi. Huddi sizning misolingizdagi o’xshasha xolni men bir xamkasbimdan eshitgandim va shu tufayli qarindosh urug’lar o’rtasida kelishmovchiliklar chiqqan ekan. Qarindoshku, o’ynasa bo’laveradi demaslik kerak. Ayniqsa bu qizlari bor ota-onalarga juda muhim.
Ota-bobolarimizni farzandlarini erta uylantirib yoki, erta turmushga uzatish odatlari xam balki shunday ko’ngilsizliklarni oldini olish uchun bo’lgandir.
Farzandlarga bu jihatdan tarbiya berish haqida Anonim aytganday ota onalarga sal qiyin bo’ladi, ammo yoshligidan aytib borilsa, menimcha bu oson kechadi. Men garchi Universitetni tugatib uylangan bo’lsamda, “maslahatdon” do’stlarim yetarli bo’lishiga qaramay, nikoh kunigina menga otam bu borada ozgina uqtirganlar va huddi bir tengdosh do’st kabi gapirgan edilar. Zero ota-bola o’rtasida katta barier bor edi va hozir ham otamning salobati saqlangan. Oradan yillar o’tib ukam uylanganda otam unga mendan maslaxat olishni tavsiya qilgan ekanlar, garchi mendan katta akalarim uylanib, bola-chaqali bo’lsalar xam. Meni bu mas’uliyatga ravo ko’rilishim sababi Allohga shukr, ozmi ko’pmi shariatdan habarim borligi edi.

25. Qalampir - January 18, 2007

http://www.voanews.com/uzbek/archive/2006-09/2006-09-04-voa2.cfm
bu linkda ba’zi mutaxassislarning ham fikrlari bor ekan, shular bilan xam tanishib chiqsak yomon bo’lmas edi.

26. Aziz - February 2, 2008

Hamma narsa islomiy odob ahloqda bo’lishini istardim!

27. zokir - May 21, 2011

Malika opa fikrimcha siz ham men uylagan nersalarni fikirlayabsiz men hohlardimki sizbilan fikirlar almashsak siz gudok bersangiz buldi uzim tel kilaman ehtirom ili Zokir +992927779780 yoki +992927776044

28. avaz - August 4, 2013

Aslo mumkin emas seningcha usha amerkalikkya uhshab abort qildirmasdan va hatto homilador bulmae sikishibyurishni urgatmoqchmisan


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: