jump to navigation

Ота онам мен танлаган эрга карши… December 19, 2006

Posted by ayollar in Oila va Turmush Tarzi.
trackback

Мен 5 йилдан бери АКШда яшайман, ешим 30да. Бир йилдан бери яхши курган йигитим билан учрашамиз. Якинда биз туй килиб турмуш курушга ахд килдик. Менинг ота онам эса бунга каршилар…

Сабаби, мен танлаган йигит узбек эмас, мусулмон хам эмас, колаверса олдин уйланиб ажрашган.

Мен бахтли булишимга аминман, лекин ота онам каршилиги мени жуда хам ранжитмокда. Ахир улар менинг эрим билан яшамайдику! Нега улар менга бахт тиламайдилар?

Агар мен Узбекистонда булганимда, ота онамнинг гапига кириб уларнинг ‘юзини ерга каратмаган булардим’, лекин бу ерда эса…

Уларнинг гапига кирсам, бебахт буламан, гапларига кирмасам ота онамни норози килишдан куркаман…

Мунира

Comments»

1. TOSHKENT - December 19, 2006

Assalomu-alaykum hurmatli Munira sizga mashaqqatli hayot yulizda baht va omad va albatta ota-ona roziligini tilayman.Siz 5 yildan beri musofirlik nonini ta’tib yashayotgan ekansiz singlim bahtizni va omadizni bersin.Yolgizlik har qaerda bulsin bu ayol uchun eng ogir dard.Musofirchilikda bu dard 2 hissa bular ekan.Men onangiz bilan gaplashib kurishni maslahat bergan bulardim.Onalar qizlarni tez tushunadilar deb uylayman.Yigitni diniga kelsak uzbekistonda yashab dinim islom deb tillarida aytsalarda amalda islomdan behabar yurgan qanchadan qancha yigitlar bor.Siz tanlagan yigitni dini ularnikidan farqi yuq balki uz dinida islomni din deb bilib shartlaridan behabar yigitlarga qaraganda e’tiborliroq yigit bulsa bir kun kelib haqiqatni uzi topib oladi.Millati ham tashvishga arzimaydi siz uzingiz shu millat sohibini tanlabsizmi demak kelishib yashashingizga aqlingiz yetayotgan bulsa kerak.Sizga albatta 1 shart qiz bola{uzr sal qopolroq chiqdi} bulsangiz ota -ona roziligini olib bahtli hayot kechirib maqsadizga yetishizni surayman.Agar avval turmush qurgan bulsangiz demak ihtiyor uzingizda.Nikohsiz haromga qorishib yurgandan ko’ra olilaik bulib bahtli bulgan afzal.

2. Munira - December 21, 2006

Assalomu alaykum TOSHEKNT(li qiz)

Men onam bilan gaplashishga rosa harakat qildim. Men bilan aloqani uzib quygan. Ukalarim bilan gaplashsam “onam kasal bulib qoldilar” deyishdi.

Biz tuyning kunini belgiladik. Agar ota-onam u vaqtgacha men bilan aloqani tiklamasa, afsus, ularning roziligisiz uylanamiz.

Chet ellikka turmushga chiqqan opalar nima deyishadi? Ularda ham bunday muammo bulganmi?

3. Erkinoy - December 21, 2006

Assalomu aleykum Munira,
Men bir-necha yillardan beri chet elda yashayman. Meni yoshim sizdan kam emas. Lekin turmushga ham chiqmagan va hali sevib uchrashgan yigitim ham yo’q. Bu ota-onalrimni noroziligadan qo’rqanim uchun emas, aksincha ular meni turmush o’rtog’im chet ellik bo’ladigan bo’lsa ham, meni bahtli bo’lishimni istashasi.Bu bilan sizga sevgan yigitingizga turmushga chiqmang demoqchi emasman. Sevgi, bu eng go’zal, buyuk va noyob his tuyg’udir. Bilishimcha siz, men va boshqa insonlar to’g’ri kelgan odamni sevib ketaverish qobiliyatiga ega emasmiz. O’z tajribamdan bilaman, O’zbekistonda talabalik paytlarimda bir yigitni sevaganman, lekin ota-onalarim bunga rozi bo’lishmagan va shu bilan birgalikda o’zimga ham uncha ishonmaganman, chunki juda yosh edim. Endi esa, yo’qotgan suyukli odamimni topaolmasligimni bilaman. Munira ota-onalar har doim ham haq bo’laverishmaydi. U yigit sizni sevib, sizga uylanmoqchi ekan, bu uni sizga bo’lgan benihoyat sof va mussafo his tuyg’ularini aks ettitib turibdi. Chunki, o’zimni tajribam bo’lmasa ham, o’z kuzatuv va qilgan nazoratlarimdan kelib chiqqat holda aytaman. Hali bironta ham men taniydigan chet elliklar bilan turmush qurgan o’zbek dugonalarimdan birontasi ham bebaht bo’lganligini ko’rgan emasman. Turmush o’rtoqlari ularni boshiga ko’tarib yurishadi va yashirmayman ularga havas qilaman. Bilishimcha, chet elda ham erkaklar ancha-munchaga chet ellik ayellarga uylanavermaydilar, chunki ularni ichida ham bizni bazi-bir o’zbeklarimizga o’hshagan odam, din, irq, millat va madaniyat ajratuvchilar yo’q emas. Shunday ekan, men shunga aminmanki siz tanlagan yigit bag’ri keng hayotni, odamlarni sevuvchi va hayotda boy tajribaga ega inson ekanligiga. Sevgingizni yo’qotmang, keyin uni topaolishingiz amri mahol. Aslo, ikkilanmang Munira. Qo’lingizdan kelganicha harakar qilibsiz ota-onangizni ko’ndirishga, lekin na iloj, har holda ular siz tanlagan yigit bilan hayot kechirishmaydi. Ular baribir, hozir bo’lmasa ham, biron kuni kelib sizni tushunishadi. Yaqinda bitta o’zbek dugonamni ota-onasi qizlarini ko’rgani kelishdi. Ular ham sizni ota-onangizga o’hshab, qizlari tanlagan yigitga rozi bo’lmay ko’p oyoq tirashdi. Lekin ko’rishdiki, qizlari sevib turmush qurgan erlari bilan bahtiyor, hurmati, izzati joyida. Yegani oldida, yemagani ortida. Turmush o’rtoqlari boshlariga ko’tarib yuribdi.

Sizga baht tilab qoluvchi Erkinoy.

4. Sardor - December 25, 2006

Muslima ayollarning mushriklarga turmushga chiqishlari durust emasdir… Munira, balki, sevgan yigitingiz Islom dinini qabul qilar. Shundan keyin ota-onangizni ham musulmon yigitga turmushga chiqayotganingizni aytib, rozi qilishingiz mumkin bo’ladi. Ammo bu bir maslahat, xolos, iltimos, to’g’ri tushuning. Albatta, qanday yo’l tutish bu Sizning o’z qaroringizdan kelib chiqadi.

5. zarina - December 26, 2006

Salom Minira ,
men ham xuddi sizdek chet eldaman,turmush urtogim uzbek emas,musulmon emas,ammo u bizni dinimizni urganmokda kachondir kabul kilishiga umid kilaman,bular har bir narsaga jiddiy karaydi va 7 ulchab bir kesadi va bu juda muhim deb uylayman.Xuddi Erkonoy etganlaridek chet elliklarni chet elliklarga uylanishi oson emas.Sardor mushuklar deb bekor aytyabsiz chunki uzimizni uzbeklarni ham sariklari bor.Koralari ham hakiaktdan korasi kup,yakinda uzbekistonga borib keldim,afsuski bir necha urtoklarimdan uzimga yakin olgan insonlarimdan ajraldim,chunki uzimizda har bir yigitni kallasiga kirgan chet elga chikkan kiz hamma narsani kiladi deb,yuk hcet elga chikkan uzbek kizi hamma narsani kilmaydi,chunki bu yerda mehnat kilsangiz halol yul bn yaxshi kun kursa buladi,uzimizda bir jurnalisturtogim bn uchrashdim turmushga chikkan,yaxhsi bir joyda uz sohasida ishlay boshlagan ammo kuzga yakin bulgani u.n boshligi undan butunlay boshka narsa talab kilgan,kizil diplomli jurnalist xuddi shunday taklifni 2 ishxonasidan olgan endi esa uyda utiribdi.Va bir kancha aylollarimiz oilani,bolalarini bokish u.n shunday takliflarga majburan buysinib yashamokda,ularni kuz yoshlarini kurib,bu yerdagi sarik mushuklarini,uzbekistondagi juni hurpaygan kora mushuklardan afzal kurdim.Bu yerdagi erkaklar ayollarni masuliyatidan,pulidan foydalanib sevmaydi,agar shuanka kilishsa ayollar uz kadrini biladi va ularni hakikat himoya kiladi.bu yerdagi erkaklar chin dildan sevadi.Albatta uzbekistondagi bazi bir hakiaktdan uz vijdonini yukotmagan akalarimizdan uzr surayman.Munira meni ugilcham bor juda baxtliman,uglimga kaynotam Musurmon ismini kuydi,bu men u.n bir olam kuvonch buldi,ota-onam ham juda kuvondilar shunchalik hurmatga ,baxtga ega ekanimdan,siz ham albatta baxtli bulasiz,faqat bu sizni kulingizda bunga ishoning.Sizga Baxt omad soglik tilab Zarina

6. Sardor - December 26, 2006

:))) men mushuk yoki sariq demadim, mushrik dedim-ku, Zarina🙂 Uzr, men xato qilgan bo’lsam :)))

7. Erkinoy - December 26, 2006

Salom Sardor,

Men ham Zarinani fikriga to’liq qo’shilaman. Chet Yevopa mamlakatlarida halol mehnat qilib, tinch yashasa bo’ladi. Men ham O’zbekistonda yashaganman, Zarina O’zbekistondagi dugonasini misol keltirganidek, men ham Universitetni a’lo baholar bilan bitirib, o’z soham bo’yicha ishlay boshlaganimda, mendan ham meni boshlig’im so’z bilan aytmasa ham o’zini hatti-harakatlari va muomilalari bilan mendan tabiy hizmat talab qila boshladi. Bu holat meni ko’nglimni juda ranjitgan va o’zimni qo’yarga joy topolmay va na arz qilaolmay, hudoga shukur hali boqadigan farzandlarim bo’lmagani va hali ota-onam bilan yashaganim tufayli, ishimdan o’zim o’z hohishim bilan ariza yozib chiqib keta olganman. Mana bir-necha yillardan beri men Yevropada yashasam ham, hali bironta ham yevropalik erkak hoh ishimda bo’laymi, yo ko’chada meni behurmat qilgani yo’q. Yoki menga och ko’z bilan qaragani ham yo’q. Lekin bilasimi sizni ko’rmasdan bilmasdan turib boshqalarni “mushrik”- deb atashingiz odamni juda ham ko’nglini ranjitadi. O’zi bu “mushrik” deganingiz nimasi bu? O’zi namalarni nazarda tutib boshqa madaniyat vakillarni ” mushrik” deb ataysiz?Iltimos shu so’zni manosini chaqib bering opajoningozga.

8. musofir - December 27, 2006

Salom, bir yaxshiqizga oxshaysiz, ollohga shukr qilib oz yurtingizga qaytadigan vaqt bo’ldi shekilli manimcha, men ham chet eldaman, bu erdagi sharoit, turmush tarzini juda yaxshi tushunaman, ozingiz kongilchangizga qarang, olloh ozi insof va haq yolga boshlasin

9. oyotillo - December 27, 2006

Salom Munira.Men ham chet elda yashayman.Bilmadim nimaga ohirgi
payt juda kup guvohi bulayapmiz uzbek qizlarini boshqa millat vakillariga turmushga chiqayapti.Endi bu nikohlarni qanchalik mustahkam ekanligini vaqt kursatadi.Shuni ham esdan chiqarmasligimiz kerak lobar,oydin qizlar bular uchun ajrashish alohida yashash juda oson.Demoqchimanki,bizachalik oila jiddiy emas.Hohlang statistika qarang,hohlang oddiy kuzatuv.Mayli bizni fikrimiz baribir ohirgi suz emas baht sizga….

10. Munira - December 27, 2006

Assalomu aleykum!

Javoblaringiz uchun rahmat.
Mening yigitim islom diniga utmoqchi emas, men undan buni suramoqchi ham emasman. Chunki, u mendan uning diniga utishni suragani yuq. Farzandlarimizni ikkala din annalari buyicha ustirmoqchimiz, ular ulg’ayganda qaysi din ularga mos kelsa ushanisini tanlaydi deb.

Chet eldagi uzbek qizlari (yoki yigitlari) boshqa millatga mansub insonlar bilan turmush qurishi kupayib borayotganiga sabablar bor. Chunki, chet elga chiqish oson bulib qolgan (20 yil ilgariga nisbatan). Lekin bundaylarga ahamiyat kup buladi. Huddi, chet ellika erga tegsa uning hayoti ‘a’lo bulishi kerek. Insonlar hamma yerda ham inson buladi. Men yigitimni sevaman, lekin keyingi 10, 20 yilda qanday yashashimizni hozirtan bilmayman. Agar uzbekka erga tegayotgan bulsam ham buni bilmagan bulardim. Nega chet ellikka erga tegishda juda qattiq uylash kerak, uzbekka tegsa esa, uncha uylamasa ham bulaveradi?

Yigitimning ota-onasi meni juda yahshi kutib olishdi. Ular ug’illarini qanchalik bahtliligini kurib benihoyat hursandlar. Nega ularda zarracha ham qarshilik yoq, lekin mening ota-onamda esa bor?

Balki ular yigitim bilan tanishishlari zarurdir…

11. talaba qiz HURMATLI MUNIRA BU SIZGA HAM TEGISHLIGA UHSHAYDI - December 28, 2006

Видолашув
ёки олий жазога хукм килинган котил фарзанднинг ота -онаси билан видолашуви.
Узок умр кўрмасдим,
Такдир экан, кайтайин?
Видолашиб энди мен
Сўнгги сўзим айтайин.
Эвох! Жоним Оллохим
Мен бандангни кечиргил.
Имонсизлик тамгасин
Юрагидман ўчиргил.
Сўнгра олсанг жонимни
Пешонамдан кўрайин.
Нечун имонсиз бўлдим
Волидамдан сўрайин.
Онажон! Ок сут бирла
Имонсизлик бердингми?
Оллохдан хам фарзандинг
Шунча яхши кўрдингми?
Мендан кўра Оллохни
Севмокка ярамадинг.
Умримни тиладинг -у
Иймоним сўрамадинг.
Тинмайин эркалатиб
Мени хаддан оширдинг.
Ножуя ишлар килсам
Падаримдан яширдинг.
Юз -кўзингни юлсам хам
Яша ўглим, дединг -ку.
Мактайвериб аклимни
Ёшлигида единг -ку.
Болам, менинг давримда
Ўйнаб -кулиб чоп, дединг.
Улгайиб катта бўлгач,
Молу -дунё топ дединг.
Аламли савол бериб
Кўзгадим мен дардимни,
Кечиргайсан волидам
Имонсиз фарзандингни.
Нечун котил бўлдим мен
Айрилиб имонимдан?
Ўтмишимни сўрай -чи
Энди отажонимдан.
Етти кунлик гўдакни
Арок ичиб ювдинг -ку.
Чиллам чикмай, бешикдан
Фариштамни кувдинг -ку.
Фариштасиз уйда хеч
Файз -барака булурми?
Бефайз уйнинг боласи
Сўзга амал килурми?
Амал килсам -килмасам
Бир насихат килмадинг,
Тарбия килмокни хеч
Отажоним, билмадинг.
Куюнма! Ювиб бўлмас
Энди кўнгилнинг догин.
Бунчалар бўлмас эди
Берсанг хаёт сабогин.
Имонлик бўл, деб мени
Нечун каттик урмадинг?
Кобил фарзанд ўстириб,
Хузур килиб юрмадинг.
Юрмасам мен йўлингга
Килмайсанми окпадар?
Отамсан -ку болангдан
Кўркасанми шу кадар?
Нодон инсон фарзандин
Мактаб ўтга соладир,
Хар кимки нима экса.
Экканини оладир.
Устозлар сўзига хеч
Нечун амал килмадим?
Кечиринг! Отам, онам,
Сизлашни хам билмадим.
Азалдан бир кам экан
Бу фоний дунё ўзи,
Доимо кеч очилар
Шўрлик инсоннинг кўзи.
Алвидо! Ота -онам,
Мен кетарман ўлимга,
Хаётга кайтмок кийин
Кишан кисган кўлим -ла!…

12. erkin - December 29, 2006

Munira – agar bahtli bo’lishizzi bilsangiz – ikkilanib o’trimang.

HUDO o’z kalomida “iliq choyga o’hshamangiz” deb aytgan. Shuning uchun ikkilanishga hojat yo’q.

Man bu sahifada bir nechta mullavocchalarni fikrini o’qidim. Afsuski ular har doimgidek faqat bir tomonlama fikr yuritishayapti.
Agar u ma’lumotly zotlar statistikadan yahshi habardor bo’lishsa, O’zbekistonda ajralish – chet eldagidan bir necha 10 marta ko’pligini ko’rgan bo’lishar edi.

Ikkinchi fikr – man uchun umuman tushunarsiz. Bu musofir mulla bola ollohdan habar olibdimi. O’zbekistonga qaytish vaqtini unga kim aytibdi. Agar O’zbekistonda hamma narsa yahshi bo’lganida sizga va bizga o’hshaganlar shu erni o’zida tinchgina ishlab yashab yurmasmidik.

Munira- sizga yana bir bor omad va kelajakda baht tilab qolaman.

13. erkin - December 29, 2006

haaa, bundanda ahmoqona sherni hayotimda o’qimaganman.

Buni yozgan okahon imon nimaligini o’zi bilarmikin. Blin pochemu u nas ochen mnogo tupih poetov???

Munira – e’tibor bermang. It akkillidi lekin karvon ketaveradi.

14. Qalampir - December 29, 2006

Assalomu alaykum,
Erkin qaysi manbaga tayanganlar bilmadimu, shu “iliq choyga o’xshamangiz” degan so’zlariga aniq qaerdan olganlarini keltirsalar juda a’lo ish bo’lar edi.
Keyin menimcha Munira allaqachon erga tegib ketdilar shekilli, bu masalani muhokama qilishni to’xtatsak xam bo’lar.
Admin, shaxsiyatga tegishli so’zlar bo’lyapti, nazorat qani?
Salomat bo’linglar.

15. Munira - December 29, 2006

Qalampir,
men hali erga tekkanim yoq.

Muxokamani davom etishini istardim.

Rahmat

16. manzura - December 29, 2006

Assalomu aleykum Munira,

Men ham chet elda ta’lim olaman va shu bilan birgalikda hech qanaqangi stipendiya ololmaganim uchun, og’ir bo’lsa ham ishlashga majburman. O’rtaga qo’ygan savolingiz juda qiziq ekan. Men agar sizni o’rningizda bo’lganimda, ota-onamdan roziligisiz ham turmushga chiqib ketgan bo’lardim. Lekin meni bir-necha savollar to’htatgan bo’lardi. Agar maboda hayotim a’lo daraja bo’lmasa va man sevib tanlagan yigit yetarlicha mehribon va tuzuk chiqmasa:
1.Men bu begona yurtda kimga tayana olaman? – chunki ota-onam uzoqda.
2. Agar mabodo hudo ko’rsatmasin oila azolrimdan birontasi kasal bo’lib qolsa, meni iqtisodiy ahvolim( tarang) menga ularni zudlik bilan borib ko’rishga to’siq bo’lmasmikin?
3. Yozgi tatil paytlarida, yoki umuman uydagilarimni qumsasam ularni bemalol hohlagan paytimda borib ko’rishga qurbim yetarmikan?
Men nazarimda agar men chet elda oila quradiagn bo’lsam, hayotim a’lo darajada bo’lishi kerak deb hisoblayman. Chunki bu yerda ham ha oilaviy na professional tomandan bahtli bo’lib omadingiz chopmasa, hudi O’zbekistondagidek qo’plol qilib aytganda “Sizni hatto it ham iskamaydi”. Lekin farqi shundaki Vataningizda siz uchun ota-onangiz kuyunadi. Men bu savollarim bilan sizni yo’ldan qaytarmoqchi emasman, balkim bu savollar kechalari meni qiynaydi.

Hurmat bilan Manzura.

17. manzura - December 30, 2006

Manzura,

Iltimos meni savollarimga aniqlik kiritsangiz, men uchun o’z shahsiy hayotimni hal qilishimga yordam va turtki bo’lardi. Chunki men yosh emasman, bir umr o’ylanib yoshligimni, qolgan vaqtimni o’tkazvorishim mumkin. Menga parvona bo’ladiagan yigitlar yo’q emas bor, boshqa millat va madaniyat bo’lsa ham ularni yoqtiraman, yoqtirmayman emas. Lekin O’zbekistondan ajralmay desam o’zbeklarni bu yerda qayerdan topay? Bo’lganlari bilan meni yoshimdagilarni hammasi uylangan, farzandlri bor. Uni ustiga bizda chet elga chiqqat qizlar atrofida har-hil fisqi fasodlar yuradi.

18. Аноним - December 30, 2006

Ассалому алайкум!
Хурматли Мунирахон, сиз уртага ташлаган мавзу, анчайин нозик масала, шунинг учун олаётганингиз турфа хил маслахатлардан хайрон булманг, ва асло хафа хам булманг.
Хаёт анчайин мураккаб ва кутилмаган такдир уйинларига киши хамма вакт киши тайёр туриши керак.
Агарки, сизнинг кунглингизни банд этган инсон, узга динга сигинар экан ва сиз учун бунинг ахамияти йук булса, унда буни мухокамага ташлашингизнинг узи кизик. Сизнинг бахтли булишингизга эътикоднинг фарки булмаса, уйлаганингиздан кайтманг, курашинг! Курашларда эришилган СЕВГИ анчайин кадрли, ва мустахкам булади. Мен бу гапларни шунчаки эмас, уз бошимдан утказганим учун айтаяпман. Менинг турмуш уртогим узбек эмас, ва ота-онам бошида бунга карши булишган, мен курашдим, ва эришдим хам. Худога шукр, жуда бахтли яшаяпман, Отам рахматли мендан ва келинидан рози булиб утдилар, онамлар эса, хотинимни куйгани жой топа олмайдилар.
Сиз бахтли булсангиз, менимча, ота-онангиз карши булишмаса керак. Бахтли булинг!!!

19. Mansur - December 31, 2006

Ey odamlar. Allohdan zig’irchga ham qo’rqmaysizlarmi? Ahir Alloh Subhanahu va Taolo O’zining qiyomatgacha bo’lgan bashariyatga yuborgan dasturini o’qimaysizlarmi? Bu qizni ohiratini rasvo qilmanglar. 60-70 yil bu hayot shu gunohlarga arzidimi qilishga , aytila. Agar Qiyomatga iymon keltirmagan bo’sanglar, lekin bu dunyodan ko’z yumib va keyin qabrda bu materialistik dunyodan boshqa yana boshqa dunyo bo’lishini ko’rselar, sharmanda bo’lishdan qo’rmaysizlarmi-a?
Agar sizlar qo’rqmasangizlar atrofga qaranglar hayvonlarga osmonlarga qaranglar bu buyuk ilm bilan yaratilgan dunyoning egasi borligini tushunib yetasizlar. Agar cho’lning qoq markazida bir electron Yapon soatini topib olsangiz va sizga bu soat o’z o’zidan shu erda paydo bo’p qolgan deyilsa, siz bilan qancha bahslashmayin siz bu soatning oldin egasi borligi va bu soatni shu erda u egasi qoldirib ketganinga aniq ishonasiz, to’g’rimi yo’qmi?
To’g’ri.
Unday bo’lsa , shu kichkimagina , balkim suvga solsa buzilib ishtan chiqadigan soat o’z o’zidan paydo bo’lib qolmgan ekan-da , lekin Shunday murakkab odam organizmi, tabiat, jonvorlar kosmos va hokazo o’-o’zidan paydo bo’p qolgan deb o’ylaysizmi? Uyaling. Siz va biz bu erda qancha yashaymiz bilmaymiz. oldinma ketin bu dunyodan ketamiz. Agar sabr qilinsa bu vaqt uchib o’tib ketadi. Buvilaring buvalaringizdan so’rang hayotiz qanday tezlikda ot’di deng. Ular aytishadi ko’z ochib yumguncha !
Mani yaratgan Zot shu qo’yayotgan qadamimdan ro’zimikin va bu haqida manga nimalrni aytgan ekan deb qadamimizni qo’yishimiz avvalo o’zimizga foydasi, birovni chetga qo’yib turing.
Endi bu opamizga yoki singlimizga Alloh Taolo bu haqidagi bizlarga rahmatan, g’amho’rligidan bergan maslahati yoki buyrug’ga qarshi balki Allohning Azaliy va abadiy Qur’onidagi buyruqni yo’qqa chiqaruvchi maslahat berishdan saqlaning. Agar saqlanmasangiz , yoki bo’lmasam “bu eski narsa, balki qolib ketgan narsa, bu buyrular hayotimizga to’gri kelimidi endi, endi bundan bu yog’iga o’zimizni nokast aqlimiz nima tushunsa shuni qilib yashimiz ” deydigan bo’lsak unaqada musulmonlikni da’vo qilmang, azizlarim.
Allohdan qo’qishga avvalam bor ozimga eslataman keyin sizlarga eslataman. Allohdan qo’qing , zotan Alloh hamma narsani ko’rib turuvchi Zot.
Munirahon,
Siz Sabr qiling, va u yigitga sof va haqiqiy Islomni o’rganishga rag’batlantiring, o’zingiz ham organing, bir nazar tashlang Yaratgan Allohning mehribon so’zlariga , istang ingliz tilida istang o’zbek tilida turli tillarda Qur’onning ma’nolariing tarjimasi, Allohga shukur.
U yigit ” Allohdan boshqa iloh yo’qligiga Va Muhammad (sav) Uning quli va Rasuli ekanligiga shahodat beraman” degan zotiyo’q ota onangiz yoki ular tayin qilgan valining yonida nikohlanib oling u yigitga. Alloh biladi, balki bu yozishimning hikmati bordir.

20. manzura - December 31, 2006

Toshingni ter!!!

21. Qalampir - December 31, 2006

Adashmasam, Erkinoy “Manzura” bo’lib tus o’zgartiribdilar shekilli.

22. manzura - December 31, 2006

Salom Munira,
Sizni kirib kelayotgan 2007 yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Sizga baht va ishlaringizda omad tilayman va shu bilan birgalikda meni savollarimni javibsiz qoldirmassiz deb umid qilaman. Agar bazi bir istalmagan, bekorchi mehmonlarga qo’pollik qilib, mavzuni o’zgarib ketishiga sababchi bo’layotganim uchun Siz va shu sitni moderatiridan ming bor uzr so’rayman.

23. Mansur - January 1, 2007

Islom dinini Alloh oson qildi, nimadan qaytargan bo’lsa bizni Alloh o’zimizga yahshi bo’lishi uchun va nimaga buyurgan bo’lsa ‘ozimizga yahshi bo’lishi uchun. Chunki Quyosh sistemsaini yaratgan Zot sizni va meni yaratgon Zotdir, badanimizdagi million million hujayralarning har biriga funktsiyalarii aniq bildirib qo’ygan Zot Qur’onni ham yaratib qo’ydi. Yaratgan Zot bir bo’lgani uchun bu hayotimizdagi, atrof muhitdagi ko’rib turganiz va ko’rolmaganlaringizning har biri ikkinchisiga to’gridan to’gri bog’liq. Biri ikkinchisiga muhtoj. hayotimiz quyoshning aniq belgilangan joydan chiqib belgilangan joyda botishiga muhtoj. Shunaqa emasmi. Agar bu sistema buzilsa yoki birdan Alloh Taolo buyurgan funktsiyani bajarmay qolsa bu hayotda boshqa narsalar qatorida odamga zarar bo’ladi, zarar bo’lganda ham-ki, hayot asta sekin yakuniga yetadi. Ayol erkakga, erkak ayolga, farzand onaga va hamda otaga, yer osmonga- osmon erga va hokazo muhtojdir. Agar biz ham o’zimizga (o’zimizning faydamiz uchun ) yuklatilgan funktsiayani qilishdan bosh tortsak , bu bilan o’zimizga ( hoh yaqin muddatda, hoh uzoq muddatda) zarar bo’lishidan tashaqari, Yaratgan Rabbimiz g’azabiga uchrimiz.

Hozirgi kunda Islom dini Dunyoda eng ko’p odam qabul qilayotgan dindir. Amerikada ham amerikalik musulmonlarni ko’rsangiz, ota-onasi hristian lekin o’zi hijoblik muslimalar. yoki oialasi bilan birgalikda Islomga kirgan g’irt amerkalik oilalarni ko’pligini ko’rsangiz , ulardan chiqqan islom olimlarichi hozir musulmon oilada tugilib kotta bo’lgan musulmonlarga Islomdan dars bermoqdalar. Haqiqatdan ham Islom shirin. Unga harakat qilgan qalblargina u shirinlikni totiydi.
Demoqchi bo’lganim hayotimiz programmalashtirilgandir. Lekin bizga Alloh tanlash ne’matini berdi, quyoshga bermadi uni hohlasa bir sistemada aylanadi hohlamasa boshqa sistemda aylandadigan. Odam avlodiga berdi. Lekin shunday tashlab qo’ygani yo’q bizni, (bo’lmasa hojathona degan narsa hali ham darahtning tagida bo’lar edi) balki bizga Dastur berib qo’ydi va bizga paygambar ketidan payg’ambar yuborb bizni adashib ketgan yo’limizdab to’gri yo’lga solib turdi. Endi yakun qilib Qur’on va Muhammad (sav) bizga berdi. Bu ikki ne’matdan foydalanib yashashimiz o’zimiga foyda va bu ikki ne’matga qo’ldan kelganicha hujm qilib oz’imizning ( hoh yaqin muddat, hoh uzoq muddatda bo’lgan) zararimiz uchun yashashimiz mukin. Va bu kamlik qilganday, qiyomatda Mahsharda turib shramandalarcha burunimiz ishqalanib jahannamga o’tin bo’lishimiz -chi? Alloh saqlasin. Albatta Alloh Subhanahu va Taalo O’zini mehribon ekanligini Qu’ronda Payg’ambarimizga habar beradi. Alloh aytdadi Qur’onda ( shunga yaqin ma’noda) “Mening rahmatim gazabimdan ustundir” Allohga hamlar bo’lsin. Butun olamlar Egasi Mehribon va Rahimlidur. Agar (o’layotganda g’arg’ara bolishidan va quyoshning g’arbdan chishidan avvval) holis tawba qilsak, mening Rabbim va sizlarning Rabbingiz bo’lgan Alloh va’da qilganiday kechiradi. Uning buyruqlariga taslim bo’ling va undan taqwo qiling Shunda Alloh sizlarni yahshi ko’radi va sizlarga siz kutmagan joydan rizq yetkazadi.

Assalamu alaykum.

PS. Bu joyga men behosdan kelib qodim, bu yerdagi bilmaslikdan qilinayotgan hatolarni ko’rib, nomimga tosh otilishilini bila turib qo’ldan kelganicha Alloh bergan ilmimni Alloh uchun sizlarga ham ilindim. Mavzu boshqa bilaman. Lekin hayotimizning ASOSi to’gri bo’lsa bu kabi mavzularga biz, odamlar, vaqtimizni ham ketkazmagan, siqilmagan, bosh ham qotirmagan bo’lardik. Alloh Taolo sizni ham bizni ham O’zi rozi bo’ladigan yo’lga yo’llasin. Ameen.

24. erkin - January 2, 2007

Salom Munira,

Yangi Yillariz bilan tabriklashga ruhsta eting. Engi yilda barcha orzu istaklarizga etishizga tilakdoshman.

Men ham huddi Anonim singari uylanganman. Bolee togo, Uzbekona urf odatlar shahsan manga juda ko’p halaqit bergan va berib kelmoqda. I mani fikrimzha traditsiya har doim yuksalishga, jamiyatni rivozhlanishiga halaqit beradi.

Bizani Uzbeklar urf odatga yopishib qolgan va undan yuqorirog’ini ko’p holatlarda ko’ra olishmidi.

Munira, manimcha agar bu – discussiyani (discussion) davom ettiraversangiz, manimcha o’zizga qiyin bo’ladi. Chunki – maslahatlar ko’p. Lekin – qaror qabul qiluvchi faqat – bitta.

Balki man sizga o’zimni boshdan kechirganimni ozgina aytib berarman. HULLAS – bir kun men ham siz singari bir katta savol oldida turib qoldim. Mani fikrimga hamma qarshi chiqdi. Butun dunyo qarshi chiqdi desa ham bo’ladi. Ikkita do’stimdan tashqari.

Shunda – man ertalab soat 6 da parkka bordim. Ko’zim to’la yosh bilan osminga qaradim. Hudoga iltijo qildim. (Umuman – man dinga emas – tirik Hudoga ishonuvchi shahsman). Arab tilida, youki boshqa tilda emas, Imenno o’z ona tilimda ibodat qila boshladim. Yuragimda nima bo’lsa hammasini Parvardigorga to’kib soldim. Unga aytdim – Rabbim, faqat sani aytganing bo’lsin. Agar shu qizga yulanishim kere bo’sa – man uylanaman, inache net. Faqat San manga ayt – nima qiliy. Hullas, man uchun faqat bir qaror – Hudodan kelgan haqiaqat bo’lishi kerak edi. Lekin uni qanday tushuna olardim. Shunda – U mani ko’nglimga soldiki, agar U manga gapirvotgan bo’lsa – mani ko’nglimda tinchlik, ishonch va sevgi hukmronlik qilishi kere. Va shunday bo’ldi. Hozirgi kunda – bizadan hamma hursand. Hamma hurmat bilan qariydi, maslahat so’arashadi. Bizaym qol’dan kelgancha hammaga yordam bervommiza. Va h.kz. Va mani fikrimcha – hozir O’zbekistonda , umuman jamiyatda – asosiy kelishmovchiliklar va janjal – iqtisodiy nestabilnost (uzr o’bekchasini unutib qo’iybman) tufayli kelib chiqadi.

Qalampirbek – man sizga aniq manbani ko’rsataman. Faqat kitobni bu joyini o’qiganimga 3-4 yil bo’lib qoldi. Hozirda mani ko’proq vaqtim bizness yuzasidan offis, uchrashuvlar yoki safarda o’tadi.Lekin, Siz uchun shu joyini topishga harakat qilaman. Uzr, agar sizning shahsiyatingizga gaplarim qattiq tekkan bo’lsa. Ming bora uzr.

25. Qalampir - January 2, 2007

Men rosa umid bilan sizni shu manbaani aniq keltirishingizni kutyapman, biznesimni va xorijdaligimni xam unitib.🙂

26. talaba qiz - January 2, 2007

Salom Munira ota -oangizki siz uchun ahamiyyatli emas eka {uzr bu su’zlarni u’zizni ular men bilan bo’g’lanishmasa men roziliklarisiz ham tu’yni bo’shlayman,degan su;zizdan oldim}nima keragi bor bu masharabozlikni.Turmush quring yashayvering.Zero inson dunyoda qanday bu’lmasin onasini eng aziz hisoblab unga itoat va hurmat ko’rsatib yashaydi. Sizga esa hozirgi holatizda birinchi u’rinda onangizni hohshi emas uz hayotiz muhim kurinvotti.SHunday ekan tinchgina KO’NGLIZ buyurganini qilavermaysizmi? Aytibsizku baribir usha yigitga turmushga chiqmoqchi ekanligizni.SHunday bulgach nima kerak bu bahs sizga buyu’ldan qaytarishga urinishlar bu’lyapti baribi ahamiyyat bermaysizku tu’g’rimi?

27. Qalampir - January 2, 2007

Men xam shuni nazarda tutib “Munira allaqachon erga tegib ketdilar shekilli, bu masalani muhokama qilishni to’xtatsak xam bo’lar.” degan edim, ammo Munira buni tushunmadilar.🙂

28. Munira - January 2, 2007

Asalomu alaykum!
Hammangizni Yangi Yil bilan tabriklayman!

Albatta, mening muammolarimni mendan tashqari hech kim yecha olmaydi, lekin boshqalarning fikrlarini bilib bir qarorga kelish osonroq bularmikin deb men bu savolni urtaga tashlagan edim.

Bu yerda ayollar bir birlari bilan gaplasha oladi deb uylagandim. Uzr, lekin ba’zi bir erkaklar buni tushunmayotgan uxshaydi…

Mening onam men uchun juda ham aziz, lekin bu ular hato qilmaydi degani emas. Onam uz hayotida juda kup hato qilgan, va meni qullamay yana bir hato qilayapti deb uylayman. Men bu hulosaga 30 yoshimda etdim. Men 16 yoki 18 emasman, uzimni tuliq voyaga yetga ayol hisoblayman.

Talaba qiz, men albatta tinchgina uzimni bilganimni qilaman, shuning uchun ham chet elda musofir bulganim bilan, uzimning uyimga, dustlarga, ishimga egaman. Agar bu baxsga qushilgiz kelmasa, nima qilasiz qushilib? Tinchgina sizni ‘tug’ri yulingizdan qaytaymaydigan’ boshqa saytlarni uqimaysizmi?

Mendan yosh kurinasis. Sizning boshqa maqolaga javobingizni uqib juda hayron qoldim. Bu saytga kirishdan sizning maqsadingiz nima? Hamma ayollar, qizlar ham sizga uxshagan emas, ba’zilarimiz kuproq mustaqil fikrga egamiz, shuning uchun ham bizning tanlagan yullarimiz ommanikidan boshqachadir. Agar bunday fikrlar yoqmasa, iltimos, aql urgatishdan uzingizni tutib, javob yozib utirmang.

Rahmat

29. Munira - January 2, 2007

Manzuraxon,

asalomu alaykum! Sizni ham Yangi Yilingiz qutluq bulsin!

Bilasizmi, mening ikkita holam bor, ular qushni viloyatda yashaydilar. Ular mening buvimni bir yilda bir marta kuradilar holos, chunki tez-tez kurib turishga pullari yoq.

Men AQSHda turib har 8-9 oy uyga boraman, har hafta telefon orqali ota-onam, ukalarim bilan gaplashib turaman. Menimcha uzoqda yashash mening peshonamga yozilgan. Men qaytib yurtimda yashamayman. Menga biron narsa bulsa, bu yerda yigitim (yaqinda turmush urtog’ buladigan) bor, dustlarim bor, yahshi ishda ishlayman. Xullas, bu yerni uz ikkinchi vatanim qilib yashayapman.

Men bu yerdan uzbek yigitni topsam, ota-onam mendan juda hursand bulardi. Lekin taqdir meni boshqa yigit bilan uchrashtirdi. Uylab kuring, agar u meni amerikalik bulmaganim uchun men bilan aloqani uzsa, menga bu qanday ta’sir qilgan bulardi?

Men uni sevib qoldim, va bizning turli millat vakillari bulganimiz bizning aloqamizni maxkamroq qildi. Bizni madaniy jihatdan boyitdi. U urta osiyo tarihini urgana boshladi, bizning taomlarimizni yoqtiradi, ba’zi uzbekcha gaplarni urganmoqda. Balki, bahorda Uzbekistonga birga boramiz, u hozirtan bunga tayorgarlik kurmoqda.

Sizga ota-onangiz kuyinadi debsiz… Tug’ri, lekin ota-ona sizni baxtli qilaolmaydi. Vaqti kelib, siz uz oilangizni boshlashingiz kerak. Mening oilam a’lo bulishini albatta istayman. Lekin buni oldindan bilishning ilojisi yoq.

Men bularni ota-onamga tushuntirishga harakat qilyapman, va umid qilamanki ular meni hozir bulmasa ham keyinchalik tushunishadi…

30. talaba qiz - January 3, 2007

Assalomu-alaykum Munira uzr nega jahl qilganizni tushunmadim, chunki siz uz gaplarizga jahl qilgandek ko’rindiz.Siz aytib ,yozib turibsizku ular qanday qarashlaridan farqli ravishda men u’sha yigit bilan turmush quraman deb.Men sizga aql u’rgatmadim ,u’rgatmoqchiyam emasman chunki yoshim sizdan katta va bir necha farzandga ona bulsam ham uzim hali onamni maslahat va mehrlariga har doim muhtojman.Bu saytga kirishdan maqsadim esa vatan soginchi,,,,,,,, vatanda qolgan dugonalar va mehribonlar soginchini bosadigan suhbatdosh qidirish,,,,,,, Lekin saytga deyarli 6 oydan buyon kirayotgan bulsam hali vatandagidek sof uzbekona fikrlaydigan ayol topmadim,bunga afsus qilaman….. Bizni fojeamiz nimada bilasizmi? hammamiz ham chet elda yashaymiz demak har birimiz uz holimizcha mustaqilmiz.SHunga asoslanib har birimiz uzimizni u’ta aqlli hisoblaydigan bulib qolganga uhshaymiz,,,,,,,,, Buni hech biringiz inkor qilmang aziz ayollar chunki qoldirilgan fikrlarda oddiy madaniyyat yetishmaydi kopida.Har bir fikr bildiruvchi uzini haq deb bilib bahs madaniyatini unutadilar.Unutmang aziz opa-singillar bahlar evropada endi demokratiya sabab rivojlanayotgan bulsa bizni vatanimizda va u’zbek millatini urf-odatiga kirib singib ketgan.Nodirabegim va Uvaysiylar bahslari natijasida yurtda qanchalar yahshi ishlar amalga oshirilgan? Bahsni muomala madaniyati bilan olib borish uchun albatta yevropaga ergashish yoki yevropada yashash shart emas.Men esam Munira sizdan yana bir bor uzr suragan holda aytamanki aslo aql u’rgatish emas uzingizni bilganizni qilar ekansiz befoyda narsani u’rtaga tashlamaganiz ma’qul.Aytib turibsizku qaroriz qatt’iy tushunmadim yana qanday fikr kerak sizga?

31. manzura - January 3, 2007

(Hakoratli va shahsiyatga teguvchi gaplardan iborat bolgan shahs olib tashlangan – AB)

32. Bekorchi - January 20, 2007

Билдирилган фикрларни укиб, 1-2 та савол тугилиб колди. Адашмасам, шариятда мусулмон одам билан номусулмон одамга никох укилмайди. Демак никох укилмас экан, уларнинг хар бир яшаган куни – зино, улардан тугилган фарзанд валади зино хисобланадими?

33. Erkinoy - January 20, 2007

Albatta, odamzod turgan bitgani zino.

34. Qalampir - January 22, 2007

2X2=4

35. Аноним - January 23, 2007

25-20-5=20-16-4
5(5-4-1)=4(5-4-1)
5=4
5=2*2
Ана холос!!! Бунакасиям буларкан!!!🙂

36. Qalampir - January 23, 2007

Ha, Anonim ammo bu xil arifmetika, sizu, bizga yarashmaydi-da

37. Qalampir - January 23, 2007

36-24-12=12-8-4
6(6-4-2)=2(6-4-2)
6=2
6=1+1
Buni hech qiyin joyi yo’q, faqat bu hil arifmetika siz bilan bizga to’g’ri kelmaydida.🙂

38. Аноним - January 23, 2007

Ассалому Алайкум Хурматли Qalampir!
Гапингиз туппа-тугри, бу хилдаги арифметика бизга ярашмайди, мен шунчаки хазил сифатида, ёзилмиш мавзуларни уйлайвериб бошимиз котганда кулиб куйиш учун келтирдим.:-)

39. Munirahon - March 28, 2007

Salom Munirahon manimcha siz turmush urtogingiz bulacak insonga bizni İSLOM dinimiz ni kabullanishini sorap kuring balkida unga dinimizni tushuntirip kuring yani manimcha musulmon kızni gayridin insonla turmush kurishi tugri emas. Ota onangizni ham uylang bu dunyo yolgon dunya ohiratni tushunish kerak.

Salom bilan musofirlikda yashayotgan Munirahon.

40. Odina - March 28, 2007

Assalomu Alaykum!!!

Muniraxon opajonim bu mavzuni albatta bir qarorga kelish uchun o`rtaga tashlagan siz.Adashmasam o`tgan (2006) yil yozilgan ekan bu mavzu.Nima bo`ldi turmush qurdilaringmi yoki xaliyam bir qarorga kela olmay qiynalib yuripsizmi a?

ammalarinni postlaringni o`qidim va Bu saytda xar xil odam borligiga yana bir bor ishonch xolis qildim.

Lekin bu ayollar sayti menimcha a bitta yarimta erkaklar yozgan postlardi xam oqidim, nega shunaqa, erkaklar nima qilyapti bu saytda bu saytdi adminstratori kim ekin ( iltimos kim bilsa manga yozivorilar maylimi).

Kegin Opajonlarim ko`pchiliklaring O`zbekistondan ekansizlar ku lekin xozirda chet elda yashayapkan ekansizlar.Men xam Allox xoxlasa albatta Chet elga boraman. Va borishdi Juda xoxlayman.Yani yashayman kammi ko`pmi shu chet elda.
Nega bunaqa gaplardi aytiyapsiz bizga nima deb o`ylaydigan lar topilar oramizda a shuni bilmoqchi edimki kim (yani qaysi opajonim qaysi davlatda),Balkim xa demay manam boradigan davlatda dursiz
balkim Allox xoxlasa ko`riship qolarmiz. Talaba qiz niki bilan post qoldirgan opajonimga o`xshagan soginganlar uchun ozgina bo`lsayam O`zbekistoni xidi olib borar man.A opajonlarim nima dedinglar.Mumkin bo`lsa agar yozib yuboringlar xop.

Agar noo`rin gaplardi gapirgan bo`lsam sayt adminstratoridan xamda opojonlarimdan kattta uzr so`rayman. Xurmat bilan Odina

41. Guli - April 3, 2007

Salom Munira.
Meni ham vaziyatim huddi shunday, men ham chet elda 4 yildan beri yashayman. Hozir turmush kurish vaktim keldi, lekin ota-onam uzbek bir yigitiga turmushga beramiz deb qistashyapti. Meni bu erda chet ellik yigitim bor, biz bir birimizni 3 yildan beri taniymiz. juda ham yahshi yigit, harakteri ogir, ammo u ham musulmon emas. Hozirda men ham tuy masalasida kurashayapman. ular meni boshkaga bermokchi, meni esa kunglim bu yigitda. Tugrisini aytsam uzim men ham nima kilishni bilmay uylanib yuribman, uzr agar biror tayinli maslahat bera olmasam. Men ham maslahatga muhtojman…

42. Guli - April 3, 2007

Salom Munira.
Bu yana men Guliman. Uylab qarasam qachondir ota-onamiz bizga rozilik berishi kerak. yahshisi turmushga chiqing, balkim vaqti kelib ular sizni kechirishar. Vaqt davolaydi deb bekorga aytishmagan. Meni ham ota-onam, usha chet elda yurgan uzbeklardan bulsa hoziroq turmushga chiqqin deydi, lekin kungilga buyirib bulmas ekan.Biz ham turmush qurushni rejalashtirib yuribmiz. Ollohdan ota-onamiz bizni tushunishini surashdan boshqa narsa qulimizdan kelmaydi. Juda ham qayg’uga botganman. Ota-onamni desam, aytgan va topgan yigitilari bilan uzoq yasha olmasam nima buladi?Savollar kup, lekin javobni bitta yurak beradi Munirahon. Shunga yurak nima desa ushani kilamiz. Chunki kungil hech ham bizni aldamaydi, bizni hech ham tashlab ketmaydi…..
IIohim ishlarizga, muammolarizga osonroq echim beishini surab uzimga ham niyat kilib kolaman.

Evropadan Guli.

43. Abdulaziz - June 24, 2007

assalomu alaykom.dunyoni olloh juda gozal qilib yaratti,shuni bilinki siz bu savolizga javob olgunizcha kim kafil ertaga bormizmi yo….. ohiratga qiyomat kunini gamini qilishdanam afzalmi? mana umirni 3dan 1 otibdi .ota-onadan qachon hafa bolsak boladi qachonki haq yoldan islom yolidan qaytarsa.qolgan ishlar uchun norozi qilmaylik. ozimizga ozimiz zulim qilib qoymaylik.olloh iymondan chiqarmasin.shayton vosvosi ,nafs balosi har hil kochalarga kiritib koradi.hammasi ollohdan .hidoyatli qilsin.ahmoq odamga katta katta kitoblardan oqib bersang ham agar olloh qalbini ochmasa biz ojiz hammasi yaratgandan.sahobalardan biri tush koribdilar:tushlarida bir yahudiy jannatda yurgan emish.oldiga kelib sen ahir yahudiy bolsang qanday qilib jannatga tushding deb sorabdilar,shunda u ramozon oyida oglim kochada non eb yurga edi.men uni bir shapaloq tushirib.bu oy musilmonlarning roza oyi bolsa ularga nisbatan bu behurmatlik deb tanbeh berganim uchun yaratganni rahmatiga uchradim.bundan hulosa hammasi ollohdan. barchamizni ollohni rahmatga erishaylik.

44. Anvarjon - September 10, 2007

Assalomu aleykum
Men Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan eshitganman (yana tekshirib ko’ringlar “Hikmatli Dunyo” sida) uylanish, turmush qurishda ota-onaning roziligining roli. Fikrimcha ularning roziligi muhimmas. To’g’ri tushunishimiz kerakki, islom degani bu o’zbekchilik degani emas. Lekin ota-onaga yaxshilik qilish, ularni duosini olish bo’yicha hech qaysi ta’limot ISLOMga etmaydi.
Tashakkur.

Londondan Anvar

45. by LAUGH - November 1, 2007

Hurmatli Munira. Men o`zbek yigitiman. Ota ona roziligi eng kerakli narsa deb o`ylayman. Lekin zamon va vaziyat degan narsalar bilan ham hisoblashish kerak deb o`ylayman. Afsuski ota-onalarimiz bizning baxtimiz deb biladigan narsalari ko`pincha o`zlarining or nomusi va o`z baxtlari bo`lib chiqayapti. Bunday ota-onalarimiz ham bor. To`g`ri har bir ota-ona bolasini baxtini o`ylaydi. Ham six ham kabob kuymaydigan ishlarni qiladigan zamonlar ancha ortda qolgandek, yuragingiz tubidagi istagingizga quloq tutib ko`ring. Bir yo`qotgan narsani qayta topish va bir darz ketgan narsani qayta tiklab bo`ladi.

46. Alex - February 22, 2009

.

47. Alan - March 7, 2009

, )

48. Iliya - March 8, 2009

.

49. Nik - March 8, 2009
50. Stiv - March 26, 2009
51. nilu - July 24, 2009

salom munira meni fikrimcha siz baxtli bolomesiz ota onezi roziligisiz tugiri ega tegadigan siz lekin tashvishini qiladiga ula boladi tembola yigitiz musulmon emas agar musulmondan uziga suygan odam qiyomat kuni mushrikla bila tirilar ekan bu sevgi ikki jihatdanam notogri

52. саид - January 21, 2010

кимга кере килар иши кибулиб кегин маслахат сураш бир йилдан бери анча мунча иш бубугандир энди кеч бумасдан тевол беникох болали бубкомасдан

53. oy - June 7, 2010

hammaga salom!!!
Bularni hammasini o’qib juda hayron bo’ldim. O’zicha chalamullaga o’xshab ma’nosiz sherlaru, dinga oid ma’ruzalar…
O’zi islom diniga amal qilasanlarmi, namozni o’z vaqtida o’qib dinga amal qilmasang dinsizdan farqing yo’qligini bilasanlarmi?
Har kim o’z hayotini o’zi hal qiladi.

54. Lola - August 3, 2010

ujjjjjjjjjas, mdaaaaaaaaaaaa, daaaaaaaaaa, prosto net slov oyoyoyv, ujaaaaaaas,oxiri zamon, ne zaviduyu ,jaleyu

55. Fayrooza - February 2, 2012

Salom Munira. Man ham chet elda uje 11 yildan beri yashiman va judayam sizzi yahshi tushinib turibman, Agar inson kimnidur sevga, u qaysi dindaligi yoki qaysi millatligiga qarab otirmaydi,inson konglini inson oladi,mani fikrim shu, agar siz osha odam bilan bahtli bolishga kozingiz etsa,albatta bahtizga erishing, togri ota-ona duosini ham olish kerak,ular bolalarini yomon bolsin deyishmaydi,lekin farzandlarini ham bahtli bolishga haqlari borku,Manam ozim oldin turmushga chiqqanman,ota onat gaplari bilan emas,ozim tanlab ,lekin oilam bolmadi, shundan keyingina men boshqa yutga kochib kettim,betta har hil odamlarni uchrattim,musulmon musulmonga tegish kerak deyishlari togri emas,agar sevsa,hurmat qilsa va sizzi qadrlasa,manimcha kim bolishidan qaatiy nazar albatta bahtli qila oladi.Manimcha buni faqat musofirchilikda yurganlar koproq tushinishsa kerak,bu erdagilar bizlarni mol-mulkimiz,yoki chiroyimizga qarab olishmaydi,bularga faqatgina mehr-muhabbat kerak bolgani uchungina olishadi,togrisi osha sizlar etvotkan musulmonlar vaqti kelsa ayollarini huddi bir choriga ohshatib qoyishadi,ularni kongliga qarashmaydi,ularga hotin faqat uy uchun,yoki bola chaqa boqish uchun,yoki ozini nafsini qondirish uchungina yashashadi,lekin ayolni ayol qilib his etishni bilishmaydi,kongliga quloq solishmaydi, nima ayol kishilar inson emasmi,agar ayol bulmasa erkak kishi hech kim emas.Munira sizga faqat baht tiliyman,sevgingiz uchun doim kurashin,ota-onangiz balkim keyinchalik sizni bahtli ekanligizni korishsa,balkim sizni ham tushunib qolishar.Yuragizga,qalbizga quloq solin,tem boli yoshiz ham otib borayapti,hozir bahtingizni qattiq ushlamasangiz,keyin kech bolmasin diman,udachi tebe v tvoey jizni.

56. Ndrgiza - February 6, 2013

ОТА РОЗИ ХУДО РОЗИ ДИЙИШАДИ АЙТАЙЛИК ОТА РОЗИЮ ОНА НОРОЗИ БУЛСА БАХТЛИ БУЛИШ МУМКИНМИ ХАР ИККИСИДАН ХИЧ БУМАСА БИРИ СИЗНИ КУЛЛАСА СИЗНИ УЙЛАНТИРГАН МУАМОДАН ОЗ БУЛСАДА НГИЛ ТОРТАРДИЗМИ МУНИРА ОПА ОПА ДЕП МУРОЖАТ КИЛДИМ ЙОШИМ СИЗНИКИГА ЕТМАГАН ХАЛИ

57. Gulmir - May 24, 2013

Assalomu aleykum Munira opa men ham chet elga turmushga chiqqanman men ham turmushga chiqishimdan oldin juda qarshi bulishgan turmush urtogimga aytganimdan keyin uzbga borib ota onamni roziligini olib musulmonchilikni qabul qilib nikoh uqitib tuy qilib olib kelgan shunda ham qarindosh uruglar qarshilik qilishgan lekin xozi ikkita farzandim bor hudoyimga shukr baxtliman qarindosh uruglarim ham hammalari hursand bu bilan aytmoqchimanki vaqt hamma narsaga davo lekin ota onangizni roziligini olganiz yaxshi


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: