jump to navigation

Ёш йигит кўнгил саволлари December 6, 2006

Posted by ayollar in Aralash Mavzular.
trackback

Ассалому алайкум Аёллар Бекати ходимлари! Аввало сайтингиздаги турфа мақолалар учун сизларга рахмат. Бу ердаги турфа бахс ва мулохазаларни ўқиб турли фикрлар олдик. Шу қадар кенг бахс ва мулохазалар борки унга инсон бефарқ қараб тура олмайди. Шундай холатимдан келиб чиқиб сизларга илтимосларим бор эди: илтимос шу саволларни сайт ўқувчиларига йўлласаларингиз. Зеро фикрлар бахсларда туғилади. 1нчи савол: Инсон ҳеч қандай динсиз ёки ҳеч кимга, ҳеч нарсага сиғинмай яшаши мумкинми? 2нчи саволим: Бир оилада қарама қарши дунёқарашдаги инсонлар бахтли хаёт кечиришлари мумкинми? 3нчи саволим: Бирор динга мансуб бўлмай мукаммал фирк эгаси бўлган инсон бўлиш мумкинми? Ўқувчилар билан юқоридаги саволлар ва уларнинг жавоблари хақида бахслашсак демоқчи эдим. Абдулло

Comments»

1. Jannat - December 6, 2006

Abdullo,
men uzimni ateist hisoblayman, ya’ni hech qanday hudoga sig’inmayman. Ateistlik nimaligini tushunish kupchilik odamlar uchun kiyin, buni men juda yahshi bilaman. Lekin kup ‘hudojoy’ odamlar ateistlarni ‘insofsiz, bahil, yol’gonchi, umuman yomon insonlar’ deb uylaydilar. Vaholanki, mening uzimning qadriyatlarim bor va men bu qadriyatlarga amal qilishim uchun menga na din, na hudoga ishonch kerak.

Ikkinchi savolingizga, qarama-qarsha dunyoqarash insonlar bahtli buladimi? Agar ashaddiy musulmon ashaddiy nasroniy bilan turmush qursa ular bahtli yashaolmaydi deb uylayman. Qarama-qarshi qadriyatlarga ega odamlar birga bahtli yashaolmaydi. Lekin qarama-qarshi fikrlarga ega odamlar bahtli bulishi mumkin, masalan, ikki siyosiy partiya a’zosi, yoki turli fan oqimini yollovchi, va hokazo. Qarama-qarshi deganda kup narsani tushinish mumkin.

Uchunchi savolingiz – dinsiz odamlar albatta mustaqil fikr egasi bulaoladi. Hammaga qushilib dindor bulmasdan, uzgacha uylagani uchun ham ular MUSTAQIL FIKRGA egalar.

2. Qalampir - December 7, 2006

Assalomu alaykum, men bu erdagi savollarga javob tariqasida quyidagi o’zimni fikrlarimni bildirsam.
1)Инсон ҳеч қандай динсиз ёки ҳеч кимга, ҳеч нарсага сиғинмай яшаши мумкинми?
Albatta mumkin, ular xayot asosini, uni tashkil etgan muammolarni mudom izlab o’tadilar (ko’pchilik materialistik fikrlovchi faylasuflar), umrlari poyonida esa butun umr qidirgan savollariga ba’zilari javob topadilar (misol uchun mashxur rassom Leonardo da Vinchi), ba’zilari javob topolmay katta bir armon bilan o’tib ketadilar. Bunday insonlar go’yo uyquda yotganday yashab o’tadilar bu dunyodan, ba’zilari uyg’onadi, ba’zilari abadiy uxlaydilar.
2) Бир оилада қарама қарши дунёқарашдаги инсонлар бахтли хаёт кечиришлари мумкинми?
Xayot kechirishlari mumkin, ammo baxtli xayot kechirishlarini faqatgina „baxtli hayot“ tushunchasini aniqlashtirib olsakgina aytishim mumkin, chunki savol berayotgan insonni bu boradagi qarashlarini bilmayman.
3) Mukammal fikr egasi bu dunyoda mavjudmi, bo’lganmi, yoki bundan keyin xam bo’ladimi o’zi? Bu dunyoda nisbiy o’lchamlar bor, siz kimni mukammal (ya’ni anashu nisbiy – birovdan fikrlashi yaxshi birovdan esa past bo’lmagan) fikrlovchi deb bilasiz? Menimcha bunday insonni topilishi juda mushkul. Demoqchimanki, mukammallik yaratilmishlarga xos narsa emas. Ammo shuni aytishim mumkinki, iymonli cho’ponni dastlabki fikrlash pog’onasiga iymonsiz olim eng yuqori fikrlash pog’onasida etadi. Sababini o’ylab ko’ring.
Yozgan fikrim mendan oldin fikr keltirgan inson – o’zlarini ateist atayotgan ammo o’zlariga qo’ygan laqablari (uzr, nik ni o’zbekchasi shunday bo’lsa kerak) musulmonlarning eng oliy orzusi bo’lgan maskanni nomini anglatayotgan „Jannat“ ni xafa qilmadi degan umiddaman.
Salomat bo’linglar.

3. Jannat - December 7, 2006

Uzbek tilidagi eng guzal ismlar ‘dinniy’ ismlardir. Men uzimni “Hudo” (yoki inglizchasiga “Goddess”) deb kuyishim ham mumkin edi – va siz bundan hafa bulmasligingiz kerak.

Bir ateist sizning “Jannatingizni” uziga loyiq libos qilib kiysa, siz bundan faqat hursand bulishingiz mumkin🙂

Sizning birinchi fikringizga qushilmayman. Men uzimni hech qanday uyquda deb hisoblamayman. ‘Hayot asosini’ ham izlamayman. Dunyoning kelib chiqishini uylab ham utirmayman. Men uchun evoliutsiya tushuntirishi yetarlicha. Aytimoqchimanki, dinsiz ham juda bahtli va yahshi hayot kechirish mumkin.

4. Qalampir - December 7, 2006

Xurmati o’zini har hil “dinniy” ismlar bilan atayotgan va atamoqchi bo’lgan inson, men oddiy bir yaratilmishman va Jannat mening mulkim ham emas. Xar xil libos tanlab kiyganingiz bilan ichingizdagi “men” ingiz kimligingizni aytib qo’yadi. Buni yoshligingizda maktabda o’qigan “yo’lbars terisini yopingan eshshak” ertagidan juda yaxshi bilasiz. Shu tufayli sizni “liboslaringiz” meni xursand qilolmaydi.
Siz adashmasam MUSTAQIL FIKRGA ega insonlar qatoriga kirar edingiz-ku va yuqorida men aytgan savollar haqida xam o’z fikringiz bo’lsa kerak deb xisoblagan edim. Sizga shuni aytishim mumkinki, siz ta’kidlayotgan EVOLYUTSIYA nazariyasini “otasi” bu nazariyani xayoliy tush ko’rib yaratib qo’yib o’limi yaqinlashganda birdaniga uyg’onib qolganlar qatoriga kiradi. Ishonmasangiz qo’lingizda internet qidirib ko’ring bu insonning so’nggi kunlari haqida.
Siz tabiat o’zini o’zi boshqara oladi deb o’ylaysizmi? Unda aytingchi tabiat nima, nimadan tashkil topgan? Xamma bu dunyo narsalari kichkina tashkillovchilardan iborat degan fkrimga qarshi bo’lmasangiz kerak. Shundan kelib chiqsak,tabiat xam shunday. Oddiy gul tuvagidagi o’sib turgan gul tabiatning bir bo’lagi, bunga xam qarshi bo’lmasangiz kerak. Endi siz aytayotgan nazariya bo’yicha inson xam shu tabiatning bir bo’lagi deb qaraylik. Ho’sh bir yaratilmih sifatida shu gul meni yoki men u gulni bosqara olamanmi? Qani mantiq? Evlyutsiya nazariyasida bunga o’xshash chigalliklar etarlicha ko’p.
Salomat bo’ling

5. Jannat - December 7, 2006

Evoliutsiya tu’g’risida men siz bilan yoki boshqa ‘dindor’ odam bilan bahslashmayman. Sizning keltirgan gaplaringiz nihoyatda absurd!

Taklif: biz berilgan savoldan chekka chiqmaylik, chunki mening gaplarim siz uchun qancha mantiqsiz tuyulsa, sizning gaplaringiz men uchun ushancha absurd tuyuladi.

Yosh yigit bizdan savol suragandi, usha savolga javob beraylik. Dinsiz, hudoga sig’inmaydigan bir inson sifatida men unga uz fikrimni bildirdim.

Boshqa olimning nazariyasiga, bilimiga qushilish MUSTAQIL fikrlashdan kelib chiqadi.

6. abdulloh - December 7, 2006

Assalomu-alaykum Hurmatli SHoira opa sizdan iltimos sayt sohibasi sifatida u’quvchilarni fikrlarini avval u’qib keyin saytga quyishni uylab korasizmi? .CHunki men uz savollarimda ginahonlik,adovat va kinnni emas oddiy bahs madaniyati bilan fikr almashishni nazarda tutdim.Avvalgi fikrlardagi araz va ginalarni bu yerga tirkab kirishdan kimga naf? Hurmatli Jannat ismli opahon siz inson hech narsaga siginmay ham fikr egasi bula oladi debsiz.Lekin men uzbek halqini atoqli jurnalisti Jahongir Muhammadni “inson inssoniylik sifati bilan har doim siginishga muhtoj,agar u Allohga siginmasa bilingki kimgadir albatta siginib yashaydi.Va mana shu ku’r-ku’rona siginish insonni halokatga yetaklaydi .”degan fikrlarini u’qigan edim .Siz bu fikrni qanday izohlaysiz ?

7. Jannat - December 7, 2006

Abdulloh,

Men Jahongir Muhammadning ushbu fikriga qushilmayman. Masalan, men hech narsaga sig’inmayman. Hech kimga ham sig’inmayman. Bahtli bulish uchun uzimning qadriyatlarim bor, shu qadriyatlarga bois yashayman. Qadriyatlarimning asosi, men insonlar menga qanday munosabatda bulishini istasam, ularga ushanday munosabatda bulishim kerak.

Jahongir Muhammadning “kimgadir ku’r-ku’rona sig’inish’ deganda nimani nazarda tutishini bilmayman. Masalan, tarihdagi eng yovuz insonlarni, shohlarni kursangiz, ularning hammasi ‘hudoga ishongan’ bulganlar. Yoki, dunyodagi hozirgi davlat boshliqlarini oling – Bush, Blair, Ehud Olmert, Hosni Muborak – va hokazo – bularning barchasi hudoga ishonadi, hudoga sig’inadi, vaholanki ularning qullari qanchalar qonga bulangan. Albatta, Lenin, Stalin, Trotskiylarning ham qullari juda qonli – aytmoqchimanki, uzini dindor deb bilgan odam doim ham to’g’ri emas.

Dinni, hudoni deb qancha urushlar qilingan, odamlar uldirilgan, qiynoqqa tutilgan… Dinni deb qancha insonlar hozirgi kunda vafot etmoqda…

8. Qalampir - December 8, 2006

Bu saytga men bilan sizdan boshqa o’quvchilar kirib bu erda yozilgan fikrlarni o’qishadi va fikrlashadi, maqul kelgan fikrni oladilar maqul kelmaganini yo’q. Balki o’zlarida boshqa fikr bo’lsa bayon qilarlar xam. Shu tufayli men siz istaysizmi istamaysizmi o’z fikrlarimi bayon qilishimga to’g’ri keladiki, agarda faqat ikkovimiz fikrlashishimizga to’g’ri kelganda sizga bu narsalarni yozib o’tirmagan bo’lardim.
Godness yoki boshqa ismlarni insonlar o’zlariga laqab qilib olishlari o’zlari bilmagan xolda olov bilan o’ynashayotganlaridan darak beradiki, bunga guvoh qanchalar mashaqqat bilan qurilgan va sayohatining dastlabki laxzalarida xalokatga yuz tutgan o’sha mashxur kema TITANIC (14 Aprel 1912 yil soat 11:40 da aysbergga urilgan) va fazo kemasi CHALLENGER (28 yanvar 1986 yil uchirilgan va 74 sekundan so’ng, ya’ni soat 11:40 da xalokatga uchragan)larni aytish, bu kamlik qilsa Faraon (Fravn – o’zini hudo deb atagan) dengiz o’rtasida ketayotib azob oldidan haqqa sig’inib sajda qilgan xolida yiqilgan ammo uning o’ligini qabul qilish erga xam xarom qilinganligi bois aytishlaricha xali xam ko’milmagan.
Zolim podshoxlarga kelsak, ularni haqiqiy iymon keltirganliklari noma’lum, chunki asos yo’q. Ammo xayratlanarlisi ateizm kabi g’oyalarni ishlab chiqqan systemaning otahonini tanasini xam er xali qabul qilgani yo’q. Boshqa dinlarni bilmadim Islom yovuzlikka buyurmaydi, u Yaratganiga shukronalik va uning qaytariq va buyurganlariga amal qilib yashashni nazarda tutadi. Undagi go’zallikni ko’rolmayotganlarga faqat achinaman xolos.

9. Jannat - December 8, 2006

Darfurdagi millionlab bechora oddiy ismli musulmonlar nega sizning hudoyingizni g’azabini keltirdi? Ular juda ham hudoga si’ginishadi-ku? Nega pashshaday qirilishmoqda? Nega sizning hudoyingiz bunga qarab turibdi?

Yoki Hiroshimani ham hudo kursatganmi? Chernobylchi? U ham hudoning ishimi?

Titanic aysberga urilishi sababi – odamning hatosi bulgan. Challengerning portlashi ham odam hatosi bilan bulgan. Bu hatolar keyinchalik isbotlangan.

Faraon esa, come on now, uning qanday qilib ulganing hujjatiy dalillari yuq. Bu hammasi ertak.

Goddess In Heaven

10. abdulloh - December 8, 2006

Hurmatli Jannat opa siz yuqorida sanab u’tgan barcha fojealarda ham insonlarning kibru havosi va ilmsizligi aybdor deb tushunaman.CHunki Alloh insonni yaratib unga aql,farosat va ong berib ,boshqa yaralmishlardan ustun qilib qu’ygan.Endi insonlar u’zlariga berilgan bu sifatlarni ishlata bilmasalar yoki hohlamasalar bunda Allohni ayblashdan na foyda?

11. Jannat - December 8, 2006

Oldin, inson uzi hech narsa qilaolmaydi deysiz, hamma narsaga Alloh sababchi deysiz, lekin Allohni ayblash mumking emas?

Bu, Janob Abdulloh, DEMOGOGIYA.

Alloh Faraondek odamni dengizga yutib olish qobiliyati bor-u, lekin millionlab oddiy insonlarni qutqarishga qurbi yoqmi? Nega bunday?

12. Jannat - December 8, 2006

Oldingi javob, ham Qalampir ham Abdullohga tegishli.
Qushimcha qilib aytganda – siz bu fojealarni odamlar qilyapti deyapsiz, bundan kattaroq fojealarni ham odamlar yaratmoqda (Iroq, Falastin, etc). Demak, hodining bunda quli yoq. Unda nima keragi bor unga sig’inib, yalinib yolvorishni? Bundan ne foyda?

13. Qalampir - December 8, 2006

Alloh insonlarga inon ixtiyor bergan, tanla shayton yoki mening yo’limni deb. Shayton jannatdan quvilishga amr qilingadan so’ng Allohdan “Menga qiyomatgacha yashashimga izn, va mening haydalishimga sababchi bo’lgan odam bolasini adashtirishimga qudrat ber” degan ma’noda izozat so’raydi. Alloh bunga ijozat bergani uchun u biz bandalarning qonimizda xam yuradi. Qachonki inson uning mayliga yurar ekan, shayton tuzog’idan biriga tushganidir. Siz yuqorida keltirgan voqealar insonlar qo’li bilan amalga oshirilganligini o’zingiz ta’kidlayapsiz, nega endi hudodan o’pkalamoqdasiz. Odamga ixtiyor berilgan ekan, qay bir yo’lni tanlash, u oyoq tirab turib olgan fikriga Alloh rozi bo’ladi va uni agar yomon niyyatda bo’lgan bo’lsa qilayotgan amali uchun O’zining azobni orttiradi. Agarda Alloh bu dunyoni sinov dunyosi qilib yaratmaganda, hotirjam bo’ling o’zini qudratini ko’zingiz bir yumilib ochilguncha bo’lgan vaqt oralig’ida ko’rsatib qo’yadi. Fravn anashu voqeani guvohi bolgan.
Bu erda keltirayotgan savollaringizu, fikrlaringiz men uchun yangilik emas. Chunki bu kabi savollar oldin xam berilgan, Imomi A’zam (RA) ga shu kabi qitmir savollar bilan bir necha kofir kelishadi va so’rashadi. Savollari xuddi siz bergan savol edi,shunga keltirmoqdaman:
Birinchisi: “Bizga Allohni ko’rsat”, dedi.
Ikkinchisi: “Jahannamda olov bilan azob beriladi. Holbuki, jinlar olovdan yaratilgan deysan. Olov olovdan ta’sirlanadimi?” deb so’radi.
Uchinchisi: “Hamma narsa qazo va qadar bilan bo’ladi, deysan. Demak, har bir odam qiladigan ishlarini majburan qilarkan. Shundaymi?” dedi.
Shunda Imomi A’zam yerdan bir siqim tuproq olib ularning yuzlariga sochdilar. Ular qoziga shikoyat qilishdi.
Qozining so’roviga Imomi A’zam:
– Men uchta savolga bitta tuproq sochishim bilan javob berdim. Birinchi javob: tuproqdan uning ko’zi og’ridi. Ammo og’riqni ko’rolmadi. Bu bilan oddiygina ko’z og’rig’ini ko’rolmas ekan, Allohni ko’rishni da’vo qilmasa ham bo’lishini tushuntirdim. Ikkinchi javob: o’zi tuproqdan yaratilishiga qaramay, tuproqdan ozor ko’rdi. Olovning olovdan ta’sirlanishini angladi. Uchinchisi esa, jabriya farqasidan edi. “Odamlar ishlarini majburan qiladi”, derdi. Insondagi juz’iy irodani unitardi. Ammo mening juz’iy irodamni unutmadi, “tuproqni majburan otdi”, demadi. Mendan shikoyat qilib o’zini yolg’onchiga chiqardi, – dedilar.
Alloh xammamizni o’zini hidoyatiga boshlasin!

14. Jannat - December 8, 2006

Shayton Darfurdagi jamboqdagilarning yulidan ham urganmi? Nega ular azob chekishmoqda? Ahir ular siz aytgan ‘tu’g’ri’ yulni tanlashganku? Nega begunoh qizlar, ayollar, zurlanmoqda? Ularning bolalari gunohsizmi?

Sizga shayton va hudo tug’risidagi hikoyani kim aytib bergan? Ularning barchasining odamlar uylab topgan. Quro’nni, undan oldin, injilni va barcha dinniy kitoblarni ham odamlar yozgan. Ular osmondan tushgan emas. Men bilaman, siz albatta, ular payg’ambarlarga hudodan to’g’ri aytilgan deysiz – lekin bunga isbot bormi?

Nega Islom dini ikki oqimga bulingan? Shia va Sunni – chunki islom dinini uylab topgan odamlar bir birlari bilan urushgan, kim hukmdor buladi deb. Islomdan oldin, nasroniy dinda ham huddi shunday bulgan.

Xar bir din bu ruschasiga aytganda kul’t (cult, in english), faqat uzoqroq vaqt dunyoda tarihga ega. Bundan yana 200 yildan sung Scientology ham bir kuzga kuringa dinga aylanadi.

Odamzod dinni uylab topgan, chunki din bilan xalqni nazorat qilish mumkin, qurqitish mumkin.

Biz uz hayotimizda ‘duzahga’ tushishi kerak odamlarning kupini bilamiz. Ularning birontasini duzohga tushganini aniq bilasizmi? Buning isboti bormi? Yoki, uzimiz ulganimizda bilamizmi? Uning nima foydasi bor?

15. Qalampir - December 8, 2006

Xikmat izlaganga xikmatdir dunyo…
ONANGGA ISHONASANMI?

Онанинг корнида икки гудак сухбатлашмокда. Улардан бири иймонли булса, бири кофирдир.

Кофир чакалок (К): Тугрукдан кейинги хаётга ишонасанми?

Иймонли чакалок (И): Албатта. Тугрукдан кейинги хаёт борлиги аник. Бу ерда келажакда бизни кутаётган хаёт учун куч туплашимиз, кийинчиликларга тайёр булишимиз керак.

(К): Бу хаммаси бемаъни гаплар! Тугрукдан кейин хеч кандай хаёт булмайди. У хаётни тасаввур кила оласанми узи?

(И):Хаммасини билмайману, у ернинг ёп-ёруглигини, биз узимимиз юришимиз, овкатланишимизни биламан.

(К): Бошни котирма! Кандок килиб узимиз юриб, огзимиз билан овкат еймиз! Бу кулгили! Ахир биз киндик оркали озикланамиз-ку.

(И): Аник биламанки, мен айганимдек булади.

(К): Ахир у ердан хали хеч ким кайтиб келмаган-ку! Хаёт тугрукдан кейин тугайди, вассалом. Умуман, хаёт факатгина зулматдаги эзилишдан бошка нарса эмас.

(И): Йук, йук! Хаётимиз айнан кандай булишини билмасам-да, хар калай онамизни курамиз ва у бизни парваришлайди.

(К): Онамизни? Сен онага ишонасанми? Хуш, у каерда?

(И): У хамма ёкда, бизнинг айлан-атрофимизда, биз унда яшаймиз, у борлиги туфайли харакатланамиз ва яшаймиз, усиз яшай олмаймиз.

(К): Булмаган гап! Мен хеч канака онани курмаганман, шунинг учун у йук.

(И): Булмаса айтчи, ким туфайли биз яшаймиз?

(К): Мен буни хали тулик тушунтиролмайман. Яна озгина катта булайлик, бунинг жавобини хам топаман! Хуш, айтчи, У охирги тулгок пайтида каерда эди! Шунчалик мехрибон булса, нега бизга ёрдам бермади? Нега хамма кийинчиликларни узимиз бошдан кечирдик?!

(И): Гапингга кушилмайман. Ахир баъзан, хаммаёк тинчиганда у кушик айтишини, дунёмизни силашини сезамиз. Ишончим комилки, бизнинг хакикикй хаётимиз факат тугрукдан кейингина бошланади.? Сен-чи?
http://www.muslima.uz dan olindi. Alloh rozi bo’lsin ulardan.

16. Jannat - December 8, 2006

juda yahshi, boshqa ertaklaringiz bormi?
Xaqiqiy faktlar topaolmaganingizdan keyin, albatta, romantic qag’dagi ertaklarni keltirasiz…

hmmm….

17. abdulloh - December 8, 2006

Hurmatli “Jannat” sizga bir savol Quronni.va barcha diniy kitoblarni “odamlar yozgan” deb ishonaylik hop unda shu odamni avvali,dunyoni kim yaratgan.?Hech narsa uz -uzidan hosil bulmaydiku.Bu mulkni egasi bulishi kerakku.Faqat tabiat deb javob bermang albatta tabiatni ham egasi bor U YAKKA YAGONA ALLOH.

18. Jannat - December 8, 2006

Agar bizni Alloh yaratgan bulsa, u millionlab yillar davomida bunga erishgan.

Lekin odamzod aqlli jonivonlarga aylangach, qarabtidi, ularni boshqarib ololmas ekan…

19. Qalampir - December 8, 2006

Men folbin emasman, men oddiy bandaman. Bilsangiz ayting o’sha Darfurdagilar tanazuli sababini. Men xayronman, siz o’zingiz yozgan narsalarni sal bo’lsa xam fikrlab yozayapsizmi yoki kelib qolgan fikr terilyaptimi bu erga? Begunoh qizlar, ayollarzo’rlanmoqda emish, men necha marta takrorlay, agar bu dunyo sinov dunyosi bo’lmaganda siz bilan men bu erda turmagan bo’lardik. Tasavvur qiling anashu ishlarni qilayotgan gumrohlar, dinsizlar yoki dinni o’ziga niqob qilib olganlar o’z g’araz niyatlarini qanday amalgam oshiradi unda, kimdir bir begunoh yoki gunoxkorni xisobigada. Misol uchun, o’g’ri mol o’g’irlayotganda “men narsasini o’g’irlayotgan odam gunoxkormikin yoki gunoxsizmikin?” deb o’ylab o’tiradimi, o’zi gunox qilib turibdiku? Sal fikrlang baraka topgur. Islom dini hech qanday oqimga bo’linmagan balki odamlar bo’linib ketishgan. Bu erda xam fikrlang. Siz yaxshigina folbin ekansiz, unda bir bizga fakt keltiring o’sha siz ta’riflayotgan Scientology degan dinni kelishigacha bu dunyoning turishiga. Mendan fakt talab qilibsiz, men shayton va odam qissasini haq kitob bo’lgan Qur’oni Karimdan olib yozmoqdaman, ammo siz nimaga tayanasiz? Tayanch manbaangiz bormi? Agar din o’ylab topilgan bo’lsa bir siz xam o’ylab topingu, dunyoni hech bo’lmasa 10 % ini ergashtiringchi? Ishonamanki, bir kishini xam ergashtirolmaysiz. Inshalloh, do’zaxga tushishi lozim bo’lgan insonlarni Allohni o’zi biladi. U mexribon zot, kechaman desa jonongiz xalqumingizda turganda xam gunoxingizni avf etib jannatga kirgizishi xam mumkin. Xali qiyomat kelgani yo’q, ammo yaqin. O’lgach o’zingizdan boshqa tashvishingiz bo’lmay qoladi, muhtarama singil yoki opa, bu dunyoda qilgan amallaringizni, gapirgan gaplaringizni o’ylab Yaratganning huzurida qanday javob berishni o’ylab. Xamma bu dunyoga bitta o’zi keladi, bitta o’zi ketadi. Xech kim birga kelib birga ketolmaysiz. Shunday ekan birovni nima qilasiz surishtirib, o’zingiz uchun javob bering birinchi. Men yaxshiman, yomonlik qilmayman, qadriyatlarim bor deganingiz bilan Janobi Haqni tan olmas ekansiz uning nazdida bu narsalar zarracha qiymatga ega emas. U O’zi bizni yaratgan, bordan yo’q qilgan, U haqdor bizni taqdirimizni xal qilishga.

20. Jannat - December 8, 2006

Siz bilan bu tortishuvga kirmoqchi emasdim…

Siz uzingiz tan oldingiz dinning nimaligini – ‘bir odam ergashtiraolasizmi’ deb. Men hech kimni ergashtirmoqchi emasman. Albatta, dunyoda kupchilik ateist bulsa yahshi bulardi, lekin men, yoki boshqalar, davlatlar bunga erisha olmaydi. Chunki ateism, bu din emas. Odamlarni ergashtirish faqat dinning qulidan keladi. Odamlarni zo’rlab ateist qilib bulmaydi (sovetlar kabi).

Din – bu odamlarni ergashtirish uchun kerak bulgan kurol. Kimning qulida? Odamlarni boshqaraman deganlarning qulida.

Tayanch manbaa – fan. Uqigan kitoblarim.

Darfurga kelsak – nima bulayotganini tushuntirish uncha mushkul emas – uzini musulmon degan bir guruh odamlar boshqa bir uzini musulmon deb bilgan ikkinchi guruhni qirmoqda. Nima sababdan? Yer, joy, uzlarining ustun quyish uchun, vahokazo. Va butun dunyo ‘musulmonlari’, ‘nasroniylari’, ‘juhutlari’ bunga befark qarab turishibdi.

Bir qotillikni genocid bilan solishtirish notu’g’ridir.

21. Qalampir - December 8, 2006

Tortishuv haqida men allaqachon yuqorida o’z fikrimni keltirdim.
Ko’ngil bu biron boshqa yaratilmishning inon ixtiyoridan tashqari narsa, uni majburan egallab bo’lmaydi, muhtarama ayol. Shuning tufayli ovvora bo’lmaganingiz uchun xursandman. O’zi dunyoda din din deb tariflanadiyu, din degani bu “jazo” degan ma’noni beradi. kim men dinga ishonaman desa, demakki u jazo kuni borligi, uning bir kun albatta bo’lishiga iymon keltirgan bo’ladi. Din bo’lganda xam haq dinga ergashganlargina hidoyat topadilar.
Ateizm ham bir g’oya edi. Adashasiz sovetlar ho’p yaxshi adashtirishga erishishdi 73 yil mobaynida. Insonlar jazo borligini esdan chiqarishdi, o’zimizcha yaxshimiz, birovga yomonligimiz yo’q, faqat xayot shu dunyodangina iborat degan tushuncha odamlar ongiga singib bo’lgandi. Shu g’oyaning bitta mevasi – Siz.
Xa, qurol haqidagi fikringiz xam menga o’sha zamonni eslatayapti, ateizm otahonini fikrlarini. Tayanch manbangiz yaratilmishlarning ijodi ekan, men ishonmayman. Chunki men kabi dunyoda bir nutfadan yaralgan odamni ijod maxsuli men uchun asos bo’lolmaydi.
Darfur haqida men yuqorida yozgan fikrimni isbotini bashorat qilibsiz xalos.
Qisqasi, Yaratgan bizni yaratilgan mavjudotlar ichida eng a’losi qilib yaratdi va farishtalarni otamiz Odamga ta’zim qilishga buyurdi. U bizni ko’ra bila turib choxga (dozaxga) qulashimizni xoxlamaydi. Nimanidir sababchi qilib bizni ogohlantiradi va o’zining mexribon va raxmlilik sifati bilan kutib turadi, qani bandam men tomonga bir qadam qo’yarmikin deb. Xa, shunday ulug’ Zot bizga ilhaq. Agar banda bir qadam qo’ysa men u tomon yuraman, agar u yursa men yuguraman degan haq va’dasi bor. Hudo hohlasa, u tomon ishonch qadamini tashlagan inson Undan bir buyuk mukofot oladi.
Men fikrlarimni sizni boshqarish uchun aytayotganim yo’q, siz ta’kidlayotganday. Sizga o’zim xis qilgan tuyg’ularimni, Yaratganga bo’lgan sevgimni ilingandim xolos. So’zim ohirida bir xayrli duo qildim, Alloh Sizga xam O’ziga nisbatan shunday bir buyuk sevgini ato etsin va ikki dunyoda xam aziz va mukarram bo’ling, zero U xar narsaga qodir Zot.

22. Jannat - December 8, 2006

Duoingiz uchun rahmat, ammo bekor qilibsiz.

Agar hudoni tan olmaganim uchun duzahga borsam (aslida bunga ham ishonmayman, ulganimdan keyin hayot tugaydi, na duzah, na jannat bor men uchun), mayli. Lekin siz buni aniq bilmaysiz, demak meni hudo kechirdimi, yoqmi, uni ham bilmaysiz, faqat ku’rona fantaziya qilasiz holos.

Iltimos, hudoingizni menga ahamiyatini qaratmang. Men bir ateistman holos. Uning ahamiyatini dunyodagi zolimlarga qarating, balki ahamiyat berar…

23. Аноним - December 9, 2006

Ассалому алайкум азизлар!
Абдуллонинг саволларига жавоб тарикасида куйидагиларни ёздим.
1нчи савол: Инсон ҳеч қандай динсиз ёки ҳеч кимга, ҳеч нарсага сиғинмай яшаши мумкинми?
Мумкин эмас, чунки, хеч кимга, ёки хеч нарсага сигинмайдиган инсон булмайди, худога сигинмайдиган, ишонмайдиган, яъни моддиюнчи (атиест) хам сигинади. У узига, уз дунёкарашига сигинади, хатто буни узи сезмаса хам.
2нчи савол: Бир оилада қарама қарши дунёқарашдаги инсонлар бахтли хаёт кечиришлари мумкинми?
Мумкин, агар карама карши дунёкарашдаги инсонларнинг бири “лидер” иккинчиси “карам” була олиш хусусиятига эга булишса, ёки, бахт, бу карама-каршиликда деб хисоблашса.
3нчи савол: Бирор динга мансуб бўлмай мукаммал фирк эгаси бўлган инсон бўлиш мумкинми?
Мукаммал фикр эгаси деган тушунча, бу анчайин кенг мазман берадиган тушунча. Нисбатан олинадиган булса, булиши мумкин.
Энди бу ерда кетаётган бахснинг йуналиши буйича борадиган булсак, кечирасизлару, Jannat исмли киз уз фикрини билдирди холос, унинг дунёкараши, хаёт тарзи, биров аралашиши катъиян таъкикланган худуд.
Одам эволюцияси хакида хам баъзи гаплар булдики, бу хакда гапирмай булмайди. Бандаларини оллох яратган, лекин, ер юзида маймундан пайдо булган одам хам яшаб утган, унинг исми Чарлз Дарвин. Шундай экан, Qalampir, сиз ва мен бу борада озрок нохакмиз🙂
Саломат булинглар!

24. Qalampir - December 11, 2006

Alloh begunoh odamlarni o‘ldirishni ta’qiqlaydi

Qur’oni karimda bir odamni nohaq o‘ldirish ulkan gunoh (gunohi kabira) sanaladi:

«Kimki biron jonni (o‘ldirmagan) va yer yuzida buzg‘unchilik qilib yurmagan odamni o‘ldirsa, demak, go‘yo barcha odamlarni o‘ldiribdi va kimki unga hayot ato etsa (ya’ni o‘ldirishdan bosh tortsa), demak, go‘yo barcha odamlarga hayot beribdi (Moida, 32).

«Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur» (Furqon, 68).

Alloh taolo kishilarni nohaq o‘ldirganlarga Parvardigorning ulkan jazosi tayyorlab qo‘yilgani haqida ogohlantiradi. Alloh barcha kishilarni ogohlantiradiki, bir kishini o‘ldirish yer yuzidagi hamma odamni o‘ldirilganiga teng keladigan og‘ir gunohdir. Ulug‘ Parvardigor tomonidan belgilab qo‘yilgan had-chegaralardan chiqmaydigan taqvoli odam hatto bir kishiga zarar yetkazishdan ham qo‘rqadi. Bu dunyoda adolat va jazodan qutulib qolaman, deb go‘llarcha o‘ylaydiganlar, narigi abadiy dunyoda qilmishlari uchun Parvardigor huzurida javob berishdan, achchiq intiqom va dahshatli azoblardan qochib bo‘ptilar! Huddi shuning uchun ham hayotlarining har lahzasida o‘limning haqligini, Parvardigor huzurida hisob-kitob borligini eslab turuvchi mo‘minlar Alloh taolo o‘rnatgan hadlarga rioya qilishda katta sa’y-harakat ko‘rsatadilar.

25. Qalampir - December 11, 2006

Ommaviy axborot vositalari tomonidan tez-tez tilga olinib turiladigan «Islom terrorchiligi» degan tushunchaning to‘la bema’niligini va asossizligini anglashda juda muhimdir. Bugun Islom dini nomidan o‘zining vahshiyona ishlarini qilayotganlar ham, ularni qo‘llab-quvvatlayotganlar ham musulmon hisoblanmaydi. Ular Allohning Kalomi – Qur’oni karimda eslatib o‘tilgan johil va shafqatsiz sahroiylar kabi Islom dini mohiyatini tushunmaydilar, tinchlik, rahm-shafqat va adolat dinini o‘zlarining johilliklari tufayli yuzaga kelgan yovuzlik quroliga aylantirishga urinmoqdalar. Ayrim mutaxassislar ushbu qahhorona va qotilona kayfiyatni o‘z vaqtida Ovrupo mamlakatlari tomonidan olib borilgan mustamlaka siyosatining natijalardan biri deb baholamoqdalar.
Musulmon mamlakatlarining rivojlangan Ovrupo tomonidan mustamlakaga aylantirilgan “uchinchi dunyo” olami a’zolari bilan bir qatorda uzoq yillar zulm va haqsizlikka duchor bo‘lganliklari haqiqat ekanligini ko‘pchilik e’tirof etadi. Buning ustiga “qora oltin” va gaz konlari uchun, geoistiqbol va geosiyosat maqsadlarida olib borilayotgan olamshumul kurashlar, jumladan Falastin-Isroil muammolari millionlab musulmon va musulmon bo‘lmagan kimsalarni o‘z domiga hamon tortib turganligi hech kimga sir emas. Biroq bu hayotiy sinovlar musulmonlar tomonidan Qur’oni karim amr-farmonlariga binoan qabul etilishi va baho berilishi zarur. Alloh taolo Qur’oni karimda «zulmga zulm bilan» javob berishga yo‘l qo‘ymagan va musulmonlarni bu haqda ogohlantirgan:

«(Sizlarni Ka’badan to‘sganlari sababli) biron qavmni yomon ko‘rishingiz haddingizdan oshishingizga tortmasin! Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz!» (Moida, 2).

Demak, «dunyo mazlum xalqlari uchun qasos» kabi shiorlar ostida boshqa millatdagi begunoh, tinch odamlarga qarshi terrorchilik harakati sodir etadigan kimsalarning Islomga ham, Qur’onga ham hech qanday aloqasi yo‘q. Bu o‘rinda yana bir holatni ta’kidlab o‘tish lozim: G‘arb mamlakatlari tomonidan mustamlaka qilingan o‘lkalarda, jumladan musulmonlarga qarshi qo‘llanilgan jabr-zulm va zo‘ravonliklarda hozirgi G‘arbning umuman aybi yo‘q. Bu siyosat XIX-XX asrlarda G‘arb mamlakatlarini qamrab olgan moddiyunchilik, dahriylik mafkurasi va uning oqimlari ta’sirida olib borilgan. Ovrupo mustamlakachiligi nasroniylik axloqidan paydo bo‘lishi mumkin emasdi. Yo‘q, u nasroniylik qadriyatlariga qarshi otilib chiqqan xudosizlik oqibati edi va o‘zining XIX-XX asrdagi musulmonlarga qarshi vahshiyliklarini sotsial-darvinchilik mafkurasi yordamida amalga oshirdi. G‘arb olamida hamon yashab kelayotgan shafqatsiz, buzg‘unchi va ig‘vogarona kuchlar bilan bir qatorda tinchlikparvar, beg‘araz, xolis niyatli, adolat uchun kurashadigan va eng avvalo nasroniylik etikasiga amal qiladigan kuchlar ham mavjud. Aslida, hozirgi dunyoda kuzatilayotgan qarashlardagi asosiy g‘oyaviy ixtilof G‘arb va Islom dunyosi o‘rtasida emas, balki xudosizlar (moddiyunchilar, ateistlar, darvinchilar va boshqalar) bilan ham G‘arbdagi, ham Islom dunyosidagi haqiqiy iymon egalari o‘rtasidadir.
Bu yerda yana shuni eslatish lozimki, Islom faqat u yoki bu alohida millat yoki jo‘g‘rofiy hududga xos bo‘lgan ta’limot emas. Islom – butun insoniyat uchun hidoyat yo‘li sifatida Buyuk Xoliqimiz tomonidan nozil qilingan oxirgi ilohiy dindir. Islom zaminimizdagi barcha insonlarga murojaat qiladi. Musulmonlar haq dinni va o‘zlari e’tiqod qo‘ygan diniy ta’limotni barcha millat va madaniyatdagi odamlarga yetkazish va shu orqali ularning qalblarida samimiylik va Islomning asl qadriyatlarini anglashga intilish hissini uyg‘otishga Parvardigorlari oldida mas’uldirlar.
Demak, «din nomi bilan» terrorchilik aktlariga qo‘l urayotgan, mustabid tuzumlarni o‘rnatayotgan va bu dunyoda jabr-kulfat tarqatayotgan odamlar va guruhlarga qarshi turishning faqatgina birgina usuli bor ekan: u ham bo‘lsa hayotda haqiqiy Islomga e’tiqod qilish, u haqda gapirish, unga da’vat qilishdir. Toki, odamlar o‘z ixtiyorlari ila uni anglab yetib, hayotlarida dasturulamal qilib tanlab olsinlar.
Terrorchilarning psixologik usullaridan biri – tasodifiy nishonlarni tanlashdir. Nishonni hech qanday tahlilsiz, o‘ylab-netmay tanlash butun jamiyatda vahima va qo‘rquv, parokandalik paydo qiladi. Chunki birorta odam o‘zini bexatar, bexavotir his qilolmaydi. Hech kim o‘z himoyasi uchun hech narsa qila olmaydi. Chunki torrorchining o‘z qoidalari bor: u qurbonini hech bir mulohazasiz, xohlagan vaqtida va istagan joyida tanlaydi, bu esa siyosiy terrorchilik aktlarining oldindan aytib bo‘lmasligiga va mantiqsizligiga olib keladi.


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: