jump to navigation

Cевги бор ерда рашк бор? November 14, 2006

Posted by ayollar in Oila va Turmush Tarzi.
trackback

Бир дугонам тўрт йил илгари турмушга чиққанди. Хозир бир фарзанди бор. Яқинда у билан гаплашсам, у менга “мен эримдан ажрашяпман” деди. Жуда хайром булдим, чунки у менга эри билан алоқаси бузилиб бораётганини хеч айтмасди, доим оиласининг расмларини жўнатарди. Гап шунда эканки, унинг эри жуда рашкчи экан. Хатто ишга бормайсан деб кийим кечакларини парча парча килиб қирқиб ташлабди. Ораларида жанжал кўпайибди. Шундай қилиб, дугонам эридан ажралишга мажбур бўлибди. Мен ундан “эрга тегмасдан олдин рашк қилмасмиди?” деб сўрадим. “Рашк қиларди, унда унча аҳамият бермаган эканман, ёшмиз, юрагида севги мухаббат кўп, бу табиий деб ўйлардим”, деди. “Ҳозир эса, рашк қилиш у ёқда турсин, мени ‘бошқалар билан юраяпсан’ деб айблай бошлади. Ҳар куни уйда уруш жанжал, боламга бу ёмон таъсир қиларди” деди дугонам. Хозир бир у ўзи боласини катта қилаяпти, эри хатто алимент хам тўламас экан. Эр хотинидан ‘уйда ўтирасан’ деб талаб қилишга хаққи борми? Оиласини сақлаб қоламан деб дугонам эри билан унинг ‘казинаги’ бўлиб ўтириши керакмиди? Ёки ажрашиб тўғри қилдимикан? Малика

Comments»

1. notanish - November 14, 2006

Avallo assalomu-alaykum menimcha ayolni bahti onaligida.Onalarning bahti farzandi kulgusida ,deb uylayman.Agar kuchadagi qaysi boladan surasangiz ota -onasi bilan mukammal oilada yashashni hohlashini aytadi.Menimcha ayol bekorga mukarram va aziz deyilmaydi.U har qanday holda farzandi kulgusi uchun uzligidan kechadi deb uylayman va shu sifati bilan u ONA.shunday ekan aziz onalar farzandingiz quvonchini uz nafsingizdan ustun quysangiz bu ayb hisoblanmaydi.

2. Erkinoy - November 17, 2006

Assalomu aleykum,
Hech qanday ayel uy’ida ko’milib o’tirishi kerak emas. Odam odamni tanib odam bo’ladi. Har bir odamda shayton va farishta bo’ladi deyishadi. Erni ham har zamonda shaytoni bosib turilsa buni hammaga foydasi tegadi: erga, hotinga va farzandlarga ham. U hoh ayel bo’lsin yo erkak hammani o’ziga yarasha kamchiliklari va ijobiy tomonlari bor. Agar shaytonni bosaolmasa, ajralish kerak. Men fikrimcha u ayel to’g’ri qilgan. Unaqa er o’z o’taketgan mantiqsiz, rashki bilan odamni sil qilvoradi. Har kunlik hayetingizda miyangizni yeb, bor kuch quvvatingzni so’rib oladi. Unaqangi rashkchi va yana ozi oilasi uchun yetarlicha daromad qilmaydigan bosh og’riq mantiqsiz parazitni kimga keragi bor. To’g’risini aytsam menga oila quradigan vaqt kelgani uchun, bundan besh oy oldin tanish o’rtoqlarim orqali bir o’zbek yigit bilan tanishdim. Bir necha marta uchrashuvga chiqdim, gaplashdim, sinadim. Uchrashuvimingizni dastlabki paytlarida u o’zi chiroyli bo’lmasa ham uni zukkoligi, chaqqonligi, gapga chechanligi menga juda yoqib tushdi. Lekin keyinchalik uning qanchalik darajada rashkchi ekanligini bilib qoldim. U hatto meni boshqa do’stlarimdan qizg’anib ular bilan ham gaplashtirmaslikni ilojini qilardi. Vaholanki men hali uni hotini emasman, menga uni o’tkazib qo’ygan joyi yo’q. Meni o’zimga yarasha aqlim bor. O’z yo’limni o’zim topib yurgan odamman. Hudoga shukur, kunim hech kimga qaramagan. Qaramasin ham. Oramizda hali hech qanday gap bo’lgani ham yo’q. Men uni ko’rsam ko’z oldimga tekinho’r, o’taketgan mahmadona va rashkchi er keladigan bo’lib qoldi. Bu baloni ko’rib uni ba’losi menga urmasligi uchun tezda javobini bervordim. Bunga achinmayman ham, chunki men uni sevmasdim ham. Sevganimda balkim uning bu injiqliklarini ko’targan bo’lardimmi ???

3. notanish - November 17, 2006

Erkinoy avval oila qurib farzandli bulsangiz.Onalik bahti va masuliyatini uz hayotizda his qilib keyin fikr bildirsangiz yahshiroq bulardi.Balki nima deyayotganizni ushanda uylab gapiradigan bulsangiz kerak

4. Erkinoy - November 17, 2006

Men faqat yuqoridagi maqolaga o’z fikrimni bildirdim. Men sizdan maslahat so’ramadim shekilli.

5. Eskishaharliqiz - November 17, 2006

Notanish, onalik davriga yetganmi yetmaganmi har bir ayol o’z fikriga ega bolishga va oz fikrini bildirishga haqi bor. Bu siteda ‘ona bo’lgan bo’lmagan’likga bog’liq cheklovlar yoq shekilli. Ba’zida sog’liqlari ojiz va boshqa sababli ba’zi ayollar farzand kura ololmasdan hayot kechirishadi — ularga o’z fikrini bildirishga ruhsat bermaisizmi? yoki siz ozbekistonli zenzurachilaridan birimisiz, og’ziminizni yopib bu yerda?

6. notanish - November 17, 2006

Hurmatli eskishaharli QIZ men yuqoridagi fikrlarni hamma ayollarga emas,balki Erkinoyga holis aytdim.CHunki bu qiz uzini uta bilimdon va hamma narsaga aqli yetadigan olima hisoblaydi. SHu sabab bazan ehtirosga berilib nimala deyayotganini unutib quyadi. Vaholanki hali hayoti oldinda ekan………..

7. Нилуфар - November 18, 2006

Менимча ўта рашқчи эркак киши билан яшаш тугамас азобдир. Рашқи чегарасиз бўлганларда ўзига ишончи паст бўлади, шунинг учун ҳам улар аёл кишини ўз мулки сифатида кўришади. Фақат айтганини қилишини исташади, аёллари ўз шаҳсиятига эга бўлишини (ишлаши у ерда турсин) кўришолмайди. Хатто дугоналарига ҳам рашқ қилишади. Улар турмуш ўртоғларини назорат қилиш орқали ўзларини мухимлигида ўз ўзларини ишонтириб юришади. Отам шундай эдилар. Йиллар ўтиб, жанжаллардан чарчаган онамда на дугона на қандайдир хаётга мустақил қизиқиши қолмаганди. Ўзбекистонда кўпчилик аёллар шундай “мулкдор” эркаклар олдида ўзларини ожиз сезишади. Сизнинг дугонангиз кучли аёллардан экан. Қизиқ, олдин эри меҳр кўрсатманлиги сабабли ўзини бахтсиз сезаётган аёл хақида ёзгандинглар, бу рашқчи эркакнинг хотини эса бутунлай тескари холатда. Менинг назаримда салбийлик орқали (яъни қизғаниш ва рашк сабабли жанжаллар қилиб) ўз “меҳрини” изҳор этадиган эркакдан кўра бефарқроқ эркак билан яшаш тузикроқ.


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: