jump to navigation

Покистонлик Мухтар Май ҳикояси September 21, 2006

Posted by ayollar in Mayishiy Zo'ravonlik, Salomatlik.
trackback

Мухтар Май бир вақтлар Покистоннинг ҳеч ким билмас бир қишлок қизи эди. Лекин бир-икки йил илгари у бутун дунёга машҳур булди. Бу машҳурликка олиб келган сабаб хам даҳшатли эди. Қишлок қариялари бир неча кишига уни зўрлашга буюруқ беришган. Уларнинг айтишича, бу унинг оиласидан бировнинг қилмиши учун берилган жазо эди. Мухтар Май бундан кейин тинч ўтиришни истамай адолат излаб мамлакатнинг энг юқори маҳкамасигача борди. Уни зўрлаган кишилар қамокка олинган ва жазоланганлар. Лекин, дунёда Мухтар Майга Покистоннинг қиёфасини бузаяпсан деган эркаклар кўп. Биттаси унга хат ёзибди – “Нима, Ғарбда аеллар зўрланмайдими? Нега улар бу билан жар солишгани йуқ”, – деб. Зўрлаш жинояти барча мамлакатларда содир бўлади. Лекин Покистонда қўлланувчи шариат қонунига кўра, аёл зўрлангани тўғрисида маҳкамага арз қилса, ўз арзини исботлаш учун тўрт эркак шохидни келтириши лозим. Унинг сўзининг ўзи етарли эмас. Аёл кишини зўрлаган эркаклар камдан-кам жазоланади. Ўзбекистонда эса, зўрлаган жиноятчилар жазоланадими? Бундай амалдан азият чеккан аёлларга қандай ёрдам кўрсатилади? Малика

Comments»

1. malika - September 22, 2006

Bu sahifaga yozgan uzbekistondan chetda yashashga majbur bulayotgan bir necha ayollar avvalda yozilgan fikrni davom ettirib javob yozishni maqul kordik avvalgi yozilgan javob nima sababdandir saytga quyilmabdi bunisini quyasizlar degan umiddamiz.Uzbek mulozimlarini buyrugi bilan otasini buyin sundirish maqsadida zurlangan jajigina Oisha ham kelajakda ayol buladi uni onaizori ham ayol yana sizlar aytganizdek uzbek ayoli va u ham sizlar singari dardlarini kimgadir aytib yengil tortishni hohlaydi. Biz usha mushtipar ayolni dugonalari uzi aytishga imkoni bulmagan dardlarini aytsak sizlar saytga quya olmabsiz.Uzbekistondagi zurlashni haqiqiy ahvolini yorita olmas ekansiz nima qilasiz uzbekistondagi haqiqiy ahvol haqida surab?sizlarga qancha malumot kerak uzbekistonda rahbarlarni buyrugi bilan nomusidan ayrilib boshini qaysi devorga urishni bilmay yurgan odamlar haqida? qizlar mayli lekin nafsiga kuchi yetmagan hirs bandasi bulgan maktab direktori bulgan ayolni ugli onasi ishlaydigan maktabni bir 9 yoshli ugil bolani zurlab uldirib quydi.Onasini sharofati bilan hech qanday jazoga hukm qilinmadi. Bu bolani onasi ayol emasmi? faqat bu ayollarda internatga ulanib fikr bildirish imkoni yuq .Uzizga malumki uzbekiston aholisi uchun komputer sotib olish oson emas.

2. Jayron - September 24, 2006

assalom,
malikaxon adashmasam, sayt mas`ullari yurtdan tashqarida istiqomat qiladi. ular ham imkon boricha obyektib ma`lumotni qoyishga harakat qiladi chamamda. haqiqiy ahvolni yozgan taqdirda ham nima uzgaradi?

3. malika - September 24, 2006

hech narsa uzgarmasligini bilarkansiz haqiqiy ahvol haqida surashni nima keragi bor?yoki bu halqona aytganda samarqandcha mulozamatmi?

4. dilbar - September 24, 2006

Uzbekistondan chiqib ketganimga ancha bulgan. U erdagi vaziyatni tughrisi yaxshi bilmayman. Ammo, JINOYAT millat ham,mamlakat ham tanlamaydi.G’arbda ham deyarli har kuni eshitasiz, falon qizni zurlab o’ldirib ketishibdi degan gapni. Ko’pda usha ishga ma’sullar topilmay ham, jazolanmay ham qolib ketadi.

5. ayollar - September 25, 2006

Salom Malikaxon, zo’rlashlarga kelganda Ozbekintondagi haqiqiy ahvol haqidagi savolimiz samimiy edi. Jinoyat hamma yerda borligi bilan, biz hususan OZBEK ayollari duch kelayotgan muammolarni yoritishga intilamiz. Afsus sizning birinchi yozgan javobingizni olmadik, mazmuni bilan ham tanishmadik. Tehnik sabablar tufaili kiritilmagan bo’lsa kerak. Yana bir marta harakat qilib ko’ring, yoki bo’lmasa, shoyiras@yahoo.co.uk manzilimizga jo’nating. O’zimiz chet elda bo’lganimiz sababli vaziyatni juda yahshi bilmaimiz. Shuning uchun sizdek ayollar yozganlari – biz uchun juda muhim. Ularni oqib, boshqa ayollar ham o’z fikrlarini bildirishadi, birga bu muammolarga echim topishga harakat qiladi degan umiddamiz. Hurmat ila, Ayollar Bekati muharrirlari.

6. Jayron - September 29, 2006

Malikaxon,
avhol uzgarishi uchun, dunyoga malum qiling eplasanginz. Yozing dunyoni boshqaib turgan tillarda. Yozing ingliz tilida, francuz tilida. Tarqating ommaviy websaytlarda. Ana ushanda siz qanaqadir aks-sadoni kutishingiz mumkin. Hech kim sizga e`tiroz bildirayotgani yoq aslo. Faqat shu qobiqda o’ralashib qolgan ahborot effektiv bolmaydi demoqchi boldik.

Sizga qanoat va sabr yor bo’lsin.

7. Malika Asila Hadicha Oisha - September 29, 2006

hurmatli Jayron man javobni SHoira opadan juda chiroyli va mukammal tarzda oldim va nima qilish kerakligini hulosa qilib oldim.Demak javobni saytdan bir masul beribdi uylashimcha sizni javobizga hojat yuq edi. Yumshoqlikka kelsak uziz ham chiroyliroq va uylabroq muomala qilsangiz yomon bulmasdi.Sizga malol kelibdi boshqa fikr bildirmaymiz.Biz saytni ish tartibi uzbek ayollari bilan dardlashish deb uylabmiz.Va shunga asoslanib hozirda yurtda qiynalayotgan bazi dugonalarimiz dardini imkon qadar uzlarini roziliklari bilan yozganimiz siz kabi ayollarga malol kelibdi uzr suraymiz va yana bir gap sizni saytizga aytib berganimiz voqeani biri jahonga allaqachon tarqatilgan habar edi faqat saytizda berilgan mavzu shunga mos bulgani uchun fikrlashishni foydali deb uylab yozgan edik ,endi hurmatli Jayron sizni fikrizni uqib tushunib yetdikki bu saytga fikr bildirmaganimiz yahshiroq ekan chunki bu saytdagi ayollarni ahborot qobigi bizlarni yahash tarzimizga tugri kelmasligini urgatib quydiz.Yana bir bor uzr suraymiz biz bu saytni kurganimizda uzbekistondagi haqiqiy ahvol haqida bilishni va u erda haq huquqlari paymol bulayotgan ayollarga imkon qadar yahshi suz bilan,yoki biror foydali maslahati bilan yordam beruvchi bilmli va tajribali ayollar topilsa foydali ishlar qilishimiz mumkin deb uylagan edik,sizni fikrizni uqib hato uylaganimizni tushunib yetdik yana bir bor uzr suraymiz

8. Malika - September 29, 2006

Biz utgan gal yozgan javoblarimizni qayta-qayta uqib chiqdik va hech qanday qattiq gap topmadik agar sizlarga ogir botgan fikr va mulohazalar bulsa saytga tashrif buyurgan har bir mehmondan uzr suraymiz.

9. ayollar - September 29, 2006

Маликахон ва бошқа опа сингиллар, “biz bu saytni kurganimizda uzbekistondagi haqiqiy ahvol haqida bilishni va u erda haq huquqlari paymol bulayotgan ayollarga imkon qadar yahshi suz bilan,yoki biror foydali maslahati bilan yordam beruvchi bilmli va tajribali ayollar topilsa foydali ishlar qilishimiz mumkin deb uylagan edik” deb yozibsiz. Тўппа-тўғри тушунибсиз, сахифамизни айни шу мақсадларни кўзда тутиб очгандик. Жайрон ва бошқа сахифамиз мехмонлари — сизларга илтимос бошқаларни фикрига бахо беришдан ё танқид қилишдан воз кечсанглар. Сахифамизга қандай ёзиш керак керакмаслигини ҳам ўргатмасанглар. Хакоратли сўз бўлмаса бўлди, бу ерга ҳар қандай юмшоқ ҳам қаттиқ айтилган гап ҳам сиғади. Жайрон “юмшоқлиқ” хақидаги гапингизни олиб ташладик. Бу сахифага кирган хар қандай аёл аввалом бор бошқа аёлларни хурмат қилиши керак. Бўлмаса сахифамизга янглишиб кириб қолган бўлади. Бу сахифани ёпиб қўйишни истамас эдик. Шунинг учун ҳам яна бир бор даъват қиламиз — бошқаларга ақл ўргатиш ўрнига бирга муаммоларга ечим топишга харакат қилайлик. Муҳаррирлар номидан Шоира

10. Аноним - October 8, 2006

Хурамтли Аёллар, хонимлар!
Бир-бирингиз билан бахслашгандан кура, уртага ташланаётган муаммоларнинг ечими хакида уз фикрларингизни билдирсангиз маъкулрок буларми эди.
Яна шуни унутмангларки, бу сайт маълумотларини нафакат аёллар, балки эркаклар хам укиб туришади.
Балким биздан тузукрок гап чикмас, лекин биз хам бормиз шу муаммоларнинг ичида. Кечирасизлару, агар сайтга киришни таъкиклаб кусангиз, унда майли, кирмаслигимиз мумкин.
Хаммангизга бахту саодат тилаб коламан!

11. Muslima.uz - November 6, 2006

бир шаръий масала
“шариат қонунига кўра, аёл зўрлангани тўғрисида маҳкамага арз қилса, ўз арзини исботлаш учун тўрт эркак шохидни келтириши лозим.”

Одатда шариат конунига кўра зўрларган аёл ариза бериши кифоя тўртта эркакни гувохлиги ундан талаб килинмайди


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: