jump to navigation

Анжелина Жоли “оила бузар”ми? September 18, 2006

Posted by ayollar in Oila va Turmush Tarzi.
trackback

A Jolie Кеча куни ишхонадаги аёллар билан машҳур Анжелина Жоли актрисаси тўғрисида баҳслашиб қолдик. Бири “Анжелина – оила- бузар, у туппа-тузик оилани бузди, яъни Женнифер Анистон билан Брэд Питтнинг ажралишига сабаб бўлган” деди. Анжелина Жоли 2 йил илгари Брэд Питт билан “Жаноб ва Хоним Смит” фильмида ўйнашган, кинони съёмкага олиш жараёнида иккаласи бир-бирини севиб қолишган. Бир паст вақт ўтгач Брэд ва Женифер ажрашишади, бир неча ой ўтиб эса Анжелина билан Брэд Питт фарзанд кутишган бўлади. Хуллас, хамкасбим эрини йўқотганидан анча ранжиган Женифернинг тарафдори бўлганини айтди. Мен эса Брэд Питт Анжелина билан бирга бўлиш қарорини тарафини олдим. Mенинг эрим ҳам танишган пайтимизда бошқа аёлга уйланган бўлган. Мени севиб қолганидан кейин олдинги хотинини ташлаб менга уйланган. Мен унинг хотинига ачинаман. Лекин уччаламиз бебаҳт бўлиб яшаганимиздан кўра, рост гапни айтиб, хохлаган одаминг билан яшашни афзал кўраман. Уларнинг болалари йўқ эди. Агар ёш болалари бўлганда мен эрим билан бирга бўлиш қарорга келмаган бўлардим, оиласини сақлаб қолишини афзал деб кўрардим. Мен қароримдан асло афсусланмайман лекин бошқаларнинг кўзида “оила-бузар” кўринишим аниқ… Лайло

Comments»

1. Дилбар - September 19, 2006

Анжелина Жоли билан Брат Питтнинг ўртасида нима бўлган билмадиму, лекин мен оиласи бор одамга қош-кўзини сузганларни оқламаган бўлардим. Лайло, Сизнинг кўнглингизга қаттиқ тегмасин, лекин баъзилар борки, ўша одамнинг болалари борлигини кўра- билиб ҳам унга “осилиб” олишади. Мен унақаларнинг севгисига ҳам ишонмайман. Балки, “муҳаббатнинг кўзлари кўр” деган гап тўғридир. Аммо, у ҳам нисбий нарса, одам ҳар қандай ҳолатда ҳам ўзини бошқара билиши керак.

2. Laylo - September 19, 2006

Dilbar,
tug’ri, bolalari bor odamga osilish notug’ri, ayniqsa bolalar kichkina bulsa. Men uzimni oila buzar deb hisoblamayman, chunki men bulmasam ham erim oldingi hotinini tashlab ketgan bulardi. Ular ‘dustona’ ajrashdilar, hozir ham aloqa qilib turadilar. Lekin usha paytlarda uchalamiz ham a’zob chekkandik. Bir necha oy davomida “lubovniy treugolnikda” yashadik, chunki uning oldingi hotini “oilani saqlaylik, uydan darrov chiqib ketmang, sevgingiz haqiqiy bulib chiqmasa nima qilasiz’ deb yalinib yolvorgandi. Uning urnida bulsam, men ham shunday qilgan bulardim.
Lekin erim baribir hotinini tashlab ketdi, va biz hozir bahtli yashaymiz. Uning oldingi hotini esa, uz yulini topib ketdi.

Odamlar sevib oila qursa ham yillar davomida ular uzgaradi. Men uzim ham shuni nazarda tutib yashayman. Bir odam ikkinchi odamning egasi emas, hatto bolalar bulgan taqdirda ham. Urishib, nafratlanib birga yashagandan kura, boshqa odam bilan yashash yaxshiroq deb uylayman.

3. Nurgul - September 19, 2006

Лайло, айтингчи, хотинига садоқатсизлик қилиб сиз билан учрашиб юрган эрингизга 100 фойиз ишона оласизми? Бошида, сиз билан танишганидан кейин эрингиз иккита хаёт олиб борган бўлса керакку. Ўзи одатда шунақа бўлади. Гапларимдан хафа бўлманг, аммо сизнинг ўрнингизда бўлганимда эримга бутунлай ишона олмасдим, бошқа мендан ҳам гўзалроқ ёшроқ аёлни учратиб севиб қолишидан қўрқардим. “Бир одам бошқа одамнинг эгаси эмас” дейсиз, тўғри гап. Аммо оила, турмуш қуришга қарор қилган икки инсон одатда нима бўлмасин бир бирига вафодор бўлишни ваъда бериб турмуш қуради. Бу ўзаро хурмат белгисидир. Хўп, бир неча йилдан кейин эр хотин орасида муаммолар кўпайиб кетса, бир биридан кўнгли совуб кетса, албатта улардан бири бошқа одамни севиб қолиши мумкин. Унда КАМИДА олдинги севги мухаббати, бирга яшашган хаёт хотиралари деб, шу турмуш ўртоғини юрагини оғритмаслик учун биров билан роман бошлашдан олдин хотинига (ё эрига) бу ҳақда айтиши керак эди деб ўйлайман. Брид Питт ҳам Жениферга билдирмасдан Анжелина билан юрганини оқла олмайман. Буни яна битта тарафи бор: баъзи эркаклар, аёллар ҳам, тез кимнидир севиб қолишади (яхши билмасдан одамни) кейин бирга яшаб яқиндан билганларидан кейин кўнгиллари совуб бошқа инсонни севиб қолишади ва хоказо. Яъни туппа тузик хотинини ташлаб бугун Анжелинани севган бу актёр бир йилдан кейин ҳам уни севишига кўзим етмайди. Менинг ўйлашимча хақиқий севги икки инсон бир бирини яхши билиб яъни ўзаро хаётнинг бир неча йилдан кейингина туғила олади.

4. Laylo - September 19, 2006

Nurgul,
Erim oldingi hotinidan (uni Jane deb ataylik) yashirmagandi – shuning uchun ham Jane bila turib, oilani saqlamoqchi bulgan. Agar erim Janedan yashirganda, Jane ‘bilmadim, kuymadim’ deb bunga rozi ham bulardi chamamda.

Erimga ishonaman, shuncha yildan beri birga yaxshi yashaymiz. U menga bevafo bulishidan qurqib yashayotganim yuq.

Hotiniga yoki eriga bildirmasdan yurish notug’ri, lekin sevib qolishning uzi ba’zan mahfiy ravishda ruy beradi. Odamlarga bir oila yaxshi yashayotgan kurinsa ham, eri-hotin bir biridan sovugan bulishi mumkin. Ular shunday holda ‘inertsia’ bilan yillar davomida yashashi mumkin. Keyin bir kun kelib ulardan biri boshqa odamni sevib qoladi. Boshqalarga bu huddi ‘turmush urtog’ini tashlab boshqasining ortidan ketganga’ uxshaydi. Aslida esa, allaqachon tashlab ketishni istayotgan odam endi bunga yanada tirishadi.

Erimning oldingi xayoti shunday bulgan. Hotinidan ajralishni bir necha marta uylagan (meni uchratishdan oldin). Lekin unga raxmi kelgan, kunglini og’ritmoqchi bulmagan, ular urush janjalsiz yashagan, lekin urtalarida sevgi-muhabbat bulmagan. Ertaroq ajralishim kerak edi deb uylaydi.

5. talaba qiz - September 19, 2006

Laylo sizga nasihat qilish oson kurinar ekan uzizni erizni hotini urniga quyib kuring qanchalik his tuygular utadi kunglizdan. Siz har qancha uzizni oqlqmqng siz oilabuzarsiz kurib,bilib turib oilali odamga osilgansiz yana uzizni oqlamoqchisiz.Sizningcha kungil faqat bolalik ayollarda bormi bolasi yuq ayol oila qurgoniga bekalik qilishga haqsizmi? Bolasi bulmasa har qanday erkakni yuldan urish mumkin ekanda sizningcha muhabbat degan davo bilan.Dunyo qaytar dunyodir qilmishiz kimnidir qaqshatishi mumkin balki uzizni balki qizizni shuni hisobga olib yashang.Agar siz aytganchalik muhabbati kuchlik ekan nima sababdan eriz ayolini iltimosiga kunib bir qancha vaqt ikkilanib yurgan shuni ham uylab kuring

6. Дилбар - September 20, 2006

Laylo agar eringiz boshqani yaxshi kurib qolib, farandingiz bilan Sizni tashlab ketsa qanday ahvolga tushasiz. Bir odam ikkinchi odamga xujayin emas deb qolaverasizmi?

7. malika - September 20, 2006

Hurmatli sayt hodimlari sizlardan iltimos Laylo singari baht ugirilarini fahr bilan yozgan yozuvlarini saytga quymasangiz. CHunki avvaldan ogohlantirilgan saytda shahsiyatga tegishli suzlar olib tashlanadi deb.Lekin Laylo singari qizlarga hotirjam yozishni iloji yuq.Bunday baht ugrilari nafratdan boshqa narsaga loyiq emas.Bundaylarni yozganlariga hotirjam javob berish mumkin emas.Laylo siz oilalik ayolsIz bilingki yoshiz mendan ancha katta lekin siz dunyodagi nafratga loyiq ayollarni birisiz chunki siz oilabuzar va baht ugrisi (hakoratli so’z olib tashlangan – Ayollar Bekati)

8. Laylo - September 20, 2006

Dilbar,
bizning hali farzandimiz yoq. Hozirgi holimda erim meni tashlab ketsa, men albatta kuyaman. Lekin u haqiqatdan ham bir kimni sevib qolsa, va men bilan yashash uning uchun azob bulsa, men buni tushunaman va erimni bahtli qilmaganimga uzimni aybdor deb bilaman. Men erimning hujayini, erim esa mening hujayinim emas. Rostini aytsam, erim men uni tashlab ketishimdan qurqadi.

Malika,
‘baht ug’rilari’ deganingiz nima uzi? Agar er hotinini yahshi kurmay yurgan bulsa, uni ezozlamagan bulsa, bu qanday baht? Bunday oilada kim bahtli? Men bir sexrgar emasman, haqiqiy bahtni ‘ug’irla olsam’!
Mendan nafratlanavering, lekin nafrat na sizga, na hech kimga haqiqiy baht olib kelmaydi. Sizning, yoki boshqa odamning nafrati esa meni bahtsiz qilib quymaydi.

9. Laylo - September 20, 2006

Nega hech kim Angelina tug’risida yozmayapti. Bu masala faqat shaxsan menga qaratilgan bulib qolmoqda. Sizlarning nazaringizda, dunyodagi qochqinlarga yordam berishni uz burchi deb bilgan, ularning ahvolini ommaga yoritishga talay hissa qushgan, ikki yetim bolaga uy berib ona bulgan Angelina Jolie emon insonmi? oilalik erkakka osilgan insonmi?

10. Shoyira - September 20, 2006

Lailo, hafa bo’lmaiman. Sevgi-muhabbat, oilaga tegishli nozik masalalarda hamma aibni ko’pincha boshqa ayolga yuklash – ozi ayollar tabiyatidadir. Erini o’inashi borligini bilib qolgan ayol ko’pincha erini oqlab “o’sha boshini ailantirgan” o’inashini “insofsiz baht o’g’risi’ deb oz dushmanidek ko’radi. Menimcha Brad Pittning, yoki Lailoxon erining hissasi muhimligini pastga urmasligimiz kerak. Dunyoda qancha Angelina kabi go’zal ayol bo’lmasin, erkaklar “hotinim bilan hayotim hozir uncha shirin emas, tog’ri. Boshqa ayollar meni jalb etayapti. Ammo men baribir hotinim bilan bo’lishni istaiman, bu qiyinchiliklarni birga bartaraf etamiz, ichimizdagi bir birimizga bolgan sevgimizni saqlab qolamiz” deyishganida, sadoqatsizlik ham, oila buzishlar ham bo’lmas edi. Ayollar har yerda bir hil – o’zi yol’giz bo’lgan pait har tomonlama to’gri keladigan erkakni uchratsalar “bu erkak bilan bahtim ochilar ekanmi” degan savol oziga berishadi.

11. talaba qiz - September 21, 2006

SHOIRA opa sizni tushunmadim negadir saytizni ishi tuhtab qoladigandek har bir tanqidga uchragan ayolga yalinib ,yolvorib nimalardir demoqchi bulasiz.Lekin kechirasizu maqsadizni tushunib bulmaydigan nimalardir yozasiz.Bu avvalgi bahslarda ham kuzatilgan hol bulgani uchun etiroz bildirishga urinli vaqt deb uylayman.Siz yuqorida yozganiz bilan layloga nimadir demoqchimisiz.Masalan aniqroq qilib aytganda nima demoqchisiz?Laylo kabi ayol-qizlarni oqlaysizmi? Layloga kelsak sahifadagi bahs qaysidir mashhur aktrisaga oid edi lekin uni Lyloga tyomon yunalishiga uzi sababchi uzini bahtga qanday yul bilan erishganini fahrlanib yozmaganda balki bahs uz yunalishida ketgan bularmidi?

12. toshmat - September 21, 2006

Tana kuzini suzmasa,buqa ipini uzmaydi.

13. ayollar - September 21, 2006

Hurmatli Talaba qiz, avvalom bor sahimizni qizg’in e’tibor bilan kuzatib yurganingiz uchun minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Sizdek o’quvchilarimiz bor ekan, sahifamiz rivojlanib gullaveradi. Ikkinchidan, sahifamizning maqsadi – bu erda o’z dardlari, shahsiy tajribalari bilan o’rtoqlashishni o’rinli deb topgan ayollarni TANQID QILISH emas, aksincha ularni tushunishga harakat qilish, ular duch kelgan muammolarni echishda yordam berish. Maqsadlarim haqida batafsilroq AYOLLAR BEKATIGA YOZISH QOIDALARI rukmida oqa olasiz. Savollaringizga kelsak esa, yoq, men Lailoni yoki Angelinani oqlamoqchi emasman. To’g’ri, Lailoning hiqoyasi har bir ayolning ko’ngliga botadiganlardan ekan. Lekin tanqid qilish yoki qoralash o’rniga, Lailodan “NEGA bundai qildingiz?” deb so’rab ko’rganimizda balki tortishuvlar ham kamayardi. Shoyira

14. Erkinoy - September 21, 2006

Anjelina Joli va Bred Pitt,

Men Anjelina Jolieni oila buzilishida aybdor deb hisoblamayman va shu bilan birgalikda men uni o’rnida bo’lganimda uylangan erkakni sevib qolmagan bo’lardim(Bu meni fikrim). Bu yerda Bred Pitt nima bo’lganda ham turmush o’rtog’ini chin yurakdan sevmagan. Agar Bred Pitt tuppa tuzuk ayel Jeneferni sevganida Anjelika Joli bilan farzandli bo’lib qolganida ham boshini og’ritib o’tirmasdi. Menimcha Bred Pitt Jeneferga sevgi emas balkim ishq tufayli uylangan. Ma’lum bir holatlarda, bit oz vaqt o’tgandan keyin ba’zi bir erkaklar yoki ayollar turmush o’rtoqlariga bo’lgan ishqini yo’qotishganidan keyin ular turmush o’rtog’i bilan nega birga yashayotganlarini ham bilishmay qolishadi. Lekin ular buni oshkor etib, turmush o’rtoqlarini ko’ngliga ozor berishga qo’rqishadi yoki aksincha arzimagan narsadan bahona topib janjal qilishadi yo bo’lmasa bir nimalardan doim hafa bo’lib yurishadi. Avvalam bor, hoh u erkak bo’lsin yoki ayel turmush qurishlaridan oldin nima uchun uylanishga yoki nima uchun turmush qurishga ahd qilishganini chuqur o’ylab ko’rishsa, bunday nohush holatlar kamroq ro’y berardi. .

15. Erkinoy - September 21, 2006

Laylo,

Erkaklarni sevish masalasiga keladigan bo’lsak, men uchun u qanday erkak bo’lmasin, ming yoqimtoy bo’lmasin, agar u uylangan bo’lsa men uni miyamdan avtamatik ravishda chiqarib tashlayman. Chunki, unadan ham aqilli, undan ham ko’proq ko’nglimga o’tiradigan, uylanmagan yoki ozod bo’lgan erkakni uchratishimga nimagadir ko’zim yetadi. Lekin, albatta eringizni oldingi turmush o’rtog’iga uni sevmasligini aytib, farzand ko’rmaslaridan oldin bekorga vaqtni yo’qotmasdan ajralib to’g’ri qilgan. Agar tez orada bu masala hal qilinmaganida bu yerda farzandlar jabr chekishardi va so’zlaringizga qaragnda u ayel allaqachon yo’lini topib ketgan. Men sizni « oila buzar » deb aytaolmayman. Chunki ba’zi bir holatlarda, erkaklar boshqa bir ayelni sevib qolishmasalar ham, u oilalarga boshqa bir sabablar tufayli allaqachon dazr kergan.

16. Erkinoy - September 21, 2006

Talaba qiz,
Agar Shoira opa yoki boshqa bir mehmonlardan biri nima deyatganini tushunmayotgan bo’lsangiz, (Shahsiyatga teguvchi gaplar olib tashlangan – AB)

17. Erkinoy - September 21, 2006

Dilbar, Nurgul, Malika, Shoira opalar,
Layloni juda ham tanqidga ostiga olganlaringiz, unga nisbatan ijobiy fikr bildirmaganlaringiz va shu bilan birgalikda uni fikri va e’tirozlariga juda tez javob berayotganlaringiz meni ancha ajablantirmoqda. Holbuki, Laylo turmush o’rtog’ini ish joyida uchratgan va hamkasaba bo’lishgan. Lekin nafaqat sizlar va boshqalar ham meni Ayollar bekatini « Tegajoqlik » sahifasida qoldirgan e’tiroz va savollarimga naga javob bermayapsizlar va qachon javob berasizlar ? Meni nazarimda shu muammo va savollarga aniqlik kiritib javob bersalaringiz siz o’sha « baht og’risi » bo’lishni hohlamagan ayellarni soni kamayrdi.
Nima, agar erkaklar turmush o’rtoqlariga vafodor bo’lishmasa, sizlar uchun boshqa ayollar aybdormi?

Meni fikrimcha, agar biz ayellar bir-birmizni qo’llab-quvatlamas ekaniz, muammoni o’rganmasdan turib bir-birimizni oyoq osti qilar ekanmiz, biz bu jamiyatda o’z o’rnimizni va huquqlarimizni yo’qitib siqilib qolaveramiz.

18. Erkinoy - September 21, 2006

Toshmat,
“Men buqaman” demoqchimisiz??? Onglik va bahtli erkakalar o’zlarini avvalambor inson deb bilishadi.

19. talaba qiz - September 22, 2006

Hurmatli Erkinoy (shahsiyatga teguvchi qopol gaplar olib tashlangan – AB) Menga kelsak SHoira opaga javob yozdim va ulardan javob oldim. (Shahsiyatga teguvchi gaplar olib tashlangan – AB) Hurmatli sayt hodimlari sizlardan iltimos bu fikrlarimni ichidagi hech bir fikrimni olib tashlamasangiz adolatli ish qigan bulasiz chunki haqoratni birinchi bulib hurmatli aql mirza singlimiz boshladilar va javobini yulladim uqib fikr yuritadilar va nimadir yozishdan avval eslab turadilar

20. talaba qiz - September 22, 2006

hurmatli sayt hodimlari adolat b-n ish yuitinglar nega javobdagi oddiy fikrlarni olib tashladiz? Erkinoyga mumkin hohlagancha yozish boshqalarga nega taqiq? salomiga yarasha javobni u singari aql mirzalar olishni urganishsa yomon bulmaydi..Sizlar nima uchun nafsizga tugri kelmasa qopol deb bazi fikrlarni olib tashlaysiz agar nafsizga tugri kelsa qanchalik shahsiyatga tegishli bulsa ham olib tashlamaysiz .Erkinoyni fikrlarini javobdan keyin olib tashlabsiz buni qanday tushunish kerak saytiz uquvchilarini har biriga bir hilda muomala qila olmaysizlarmi? har bir uquvchi sizlar uchun bir hil muhlis emasmi?

21. Jayron - September 24, 2006

agressiyadan chekining, qizcha.
bir pogona past tushsangiz yutasiz.

Happy Ramadan, ladies!

22. toshmat - September 24, 2006

Erkinoy,men “buqaman” demoqchi emasman. Bu tildan-tilga utib kelgan xalq maqoli,bilsangiz!

23. Садокат - September 25, 2006

Toshmat,
bulmasa, nima demoqchisiz?
maqolaligini hamma biladi, lekin siz nima demoqchi bulganingizni bilmaymiz.

Erkaklar ayollarni yuldan umuman urmaydi demoqchimisiz? Yoki sizni liuboy ayol yuldan ura oladimi?

Bu maqolani faqat ayollarni yerga uradigan, ayollarni odam hisoblamagan erkaklar uylab topgan, va ular ming bor haqsiz!

24. toshmat - September 28, 2006

“maqola” emas, maqol!:)


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: