jump to navigation

Аборт қилиш гуноҳми? September 6, 2006

Posted by ayollar in Salomatlik.
trackback

18 яшар мактабни ҳали битирмаган қиз хомиладор бўлиб қолади. У нажот сўраб кимга боришини билмайди. Телефон китобини очиб аборт қиладиган клиникалар излайди. Кўзи бир рекламага тушиб қолади: “Хомиладормисиз? Биз сизга ёрдам берамиз. Бепул доктор маслаҳатига эга бўласиз”. Буни ўқиган қиз у телефор рақами бўйича дарҳол қўнғироқ қилади. Америкада абортни гуноҳ деб хисоблаб унга қарши чиқадиган ташкилотлар аёлларни аборт қилишдан сақлаб қолиш мақсадида уларга шундай “ёрдам” берадилар. Қарабсизки, бу бечора қиз туғишга қарор қилади. Лекин бола боқиш осон бўлмайди. У на ўқишини давом эттира олади, на тузук ишда ишлайди. Хукуматдан нафақа олиб яшайди, холос. Бундай хиқоялар АҚШда жуда ҳам кўп. Аборт қилиш қилмаслик масаласи шунчалик муҳимки, ҳар бир сайловда катта рол уйнайди, яьни президентликга номзодни аборт тарафдорими ёки танқидчисими деб сайлашади. Албатта хомила олиб ташлашга минг ҳил сабаби бўлиши мумкин. Сиз нима дейсиз? 18 яшар эрга тегмаган қиз қандай қарорга келиши керак? Нима маслаҳат берган бўлардингиз? Азиза

Comments»

1. Дийдор - September 7, 2006

Мен ҳар қандай ҳолатда ҳам соғлом ривожланаётган ҳомилани олдириш нотўғри ва ГУНОҲ деб айтган бўлардим.

2. Shohsanam - September 7, 2006

Uch to’rtta bolasiga maktabga chiqishga oyuq kiyim olib berolmidigan, egan ichgani non bilan choi bulsa, eri ishsiz utirgan ayol “beshinchi bolani boqishga qurbimiz etmaidi” deb abort qilsa, bu ham gunohmi siznigcha? hozirgi sharoitlarda farzandini qornini tuidirib, soglom osishini taminlomidigan onalar uchun abort afzalroq. boshqa saqlanish usullar ham bor, ular homiladorlikni oldini oladi, iqqiqat ham bolmaimis, eng yahsisi ular bilan foidalanish. ammo qishloq joylarda ularni topib bolmaidi.

3. Дийдор - September 7, 2006

Иқтисодий имкониятлар ҳақида ҳомилани қилмасдан олдироқ ўйлангани маъқул, менимча. Яъни, Сиз айтаётган сақланиш воситаларидан фойдаланиш билан. Муаммо ҳам ўша қишлоқ аёлларига ана шу сақланиш воситаларини етказишда. Агар шу муаммо ҳал этилганда қанча-қанча инсонлар ҳомилани олдиришдек гуноҳдан сақланган бўлишарди.

4. Садокат - September 8, 2006

Аеллар минглаб йиллар давомида аборт килиб келганлар. Бунга хар кандай сабаблар булади. Эрга текканми, елгизми, куп болаликми, боласизми, касалми, согми – хуллас аборт килишга кул урганлар хар хил булади.

Мен аборт килишни гунох хисобламайман, келажакда болани етим килиб, кучага ташлаб кетишни гунох хисоблайман.

Албатта, хомиладорликдан саклангани маькул, лекин уша сакланишни сизга “гунох” дейишса, нима килган булардингиз?

Гап шундаки, биз, одамзод, жинсий алокада булишни табиий зарурат деб биламиз. Жинсий алока бу дунеда борлигимизни таьминлайди. Табиий нарсани гунох дегани билан одамлар шу нарсадан тийилмайди. Шунинг учун, аелларга хам, эркакларга хам ешлигидан (успирин ешидан) бошлаб одамзод анатомиясини, шунингдек жинсий таьлимни ургатиш зарур.

5. Дийдор - September 8, 2006

Эътирозларингиз ўринли, аммо, бу -менинг фикрим. Исталмаган ҳомиладан сақланишни абротга қўл уриш эҳтимолидан, яъни “гуноҳ” қилишдан сақланиш деб айтган бўлардим. Менинг назаримда, болани етим қилиб кўчага ташлаб кетишдан кўра, уни кўра -била ўлдириш оғирроқ гуноҳ. Ичингизда юраги уриб турган жонзодни ҳаётдан маҳрум қилиш мен учун қабул қилиб бўлмасдир.

6. Nargiza - September 8, 2006

Man ham abortga juda qarshiman qanday qilib tirik insonni burda burda qilib uldirish mukun bu vahshiylik,olloh yaratgan narsani biza uldirishga yuq qilishga haqimiz yuq usha abort qilayotganlar oldindan hamasini uylashi kerak,abortni faqat qiynalganlar emas uziga juda tuq yashayotgan odamlar ham qildiradi,oyilasi bola chaqasi bula turib yana homilador bulib qolsa,ey buldi yana bolaga qarimanmi deb abort qiladi,hammani uzini fikri borku lekin man qarshiman abortga buni ham javobini berish kerakligini uylash kerak.

7. Erkinoy - September 8, 2006

Men abortga qarshi emasman, agar homila vaqtida yuragi urmasdan oldin olib tashlansa. Agar bolani boqaolmaslikka ko’zi yetmasa ham. Menim fikrimcha hamma o’zi bilganicha va sharoitaga qarab qaror qilishi lozim. Abort qilgan ayollarni gunohkor deb ayblash noto’g’ri, chunki ular ilojsizlikda shu qarorga keladilar. Hudo ko’rsatmasin-u , agar meni boshimga shu muammo tushadigan bo’lsa abort qilishga nafaqat farzandimga ko’zim qiymagan bo’lardi, balkim o’zimga ham. Homiladorlik jaroyonida ayel organizmida juda katta gormonal o’zgarishlar bo’ladi va onalik bo’lish jarayonlari ketadi. Agar homila olib tashlanadigan bo’lsa, yoki bahtsiz hodisa tufayli tushib qoladigan bo’lsa, bu holat ayol arganizmiga homiladorlik yarayono uzilishi tufayli katta zarba beradi. Bu esa ayellarni tez qarishiga olib keladi. Ko’p bola oldorgan yoki homilasi turmay ko’p tushib qolgan ayellar yuzidan tez qarishadi, tez va osonlikcha har hil hastaliklarga yo’liqadigan bo’lib qoladilar.

8. Malika - September 11, 2006

Abort qilish hech qachon hech qaysi ayolga oson bulmaydi deb uylayman. Men uzim onaman, bolamizni intizorlik bilan kutganmiz. Homiladorlik testi tug’ri chiqishi bilan ichimdagi embrioni farzand deb hisoblaganman.

Agar huddi shu homila men hohlamagan paytda bulsa, menga uni abort qilish nihoyatda qiyin bulardi. Yoki homila mening sog’ligimga xafvli bulsa, abort qilishga majbur bulardim. Ba’zi ayollarda doun sindromi bilan tug’iladigan bolani test bilan bilish mumkin. Bunday homilani abort qilishni afzal kurgan bulardim.

Abort qilish gunoh emas, va ayollar abort qilish qilmasligini uzlari hal qilishi kerak deb uylayman.

9. Shohsanam Mirishova - September 17, 2006

Har bir inson bosgan qadami uchun o’zi javob beradi. Abort ayol uchun nafaqat jismoniy, balki ruhiy-emotsional qiyinchiliklar ham tug’diradi. Abortdan keyin ayollar psihikasi juda labil bo’lib qoladi. Uzoq vaqtgacha o’zini ayibdor deb hisoblaydilar. Bu esa o’z navbatida keyingi hayotiga salbiy tasir ko’rsatib, uni bahtli bo’lishiga to’sqinlik qilishi aniq. Bu faktorlar ko’p tug’gan ayollarga kamroq tegishli, albatta.
Abort qildirsa qildirmasa jazosini ayolning o’si to’rtadi. Qaysi yo’lni tanlashni uning o’ziga qo’yib berish kerak.

10. Nigora - November 7, 2006

Bu haqida men fikrimni quyidagi narsa orqali bildirmoqchiman. Ona vujudida paydo bo’lgan murg’akning nidosiga quoq tutib ko’ring-a?!
“Murg’ak go’dak nolasi
5-oktabr . Men bugun yaraldim, lekin ota-onam bundan bexabar. Men juda kichkina, hatto olma urug’idan ham kichikroqman. Nima bo’lganda ham men borman. Buni hech kim inkor qila olmaydi.
15-oktabr . Biroz kattargan bo’lsam hamki, harakat qila oladigan ahvolda emasman. Onam qalbining shundoqqina tagida joylashib olganman.
22 – oktabr. Og’zim shakllana boshladi. Bir yildan keyin men ham maza qilib kuladigan bo’laman, tilga kiraman. Kim endi meni mavjud emas, deya oladi. Nonning ushog’I ham non-da, to’g’rimi?!
27-oktabr. Bugun yuragim ura boshladi. Bundan keyin hayotimning oxirigach dukillab turadi. Uni zavq-u shavqqa to’ldiraman hali…
12-noyabr. Barmoq chiqara boshladim. Hali ular bilan sochimi tarayman, gular teraman. Men sizga bir sirni ochay: men qiz bolaman…
20-noyabr. Bugun onam doktorga bordi. Borligimni bilib, rosa sevingan bo’lsangiz kerak-a, onajon! Yaqinda meni qo’lingizga olasiz, erkalatasiz.
13-dekabr. Endi atrofga bemalol qarayapman, faqat qorongi joydaman, xolos. Ammo baribir baxtiyorman, yaqinda dunyo yuzini ko’raman.
24-dekabr. Onajon! Men juda sog’lom qizcha bo’laman. Tezroq dunyoga kelishni, bag’ringizda maza qilib uxlashni xohlayman.
28-dekabr. Onajonim doktorga keldi. Voy, nimalar deyapsiz , onajon?! Rizqni Olloh beradi-ku!
29-dekabr. Eh onajonim, nega tug’ilishimni istamayapsiz? Nega jajji qo’llarim bilan yuzingizni silashimni, sizga erkalanishimni xohlamayapsiz? Afsus…
Oh! Badanim og’riyapti! Juda qattiq og’riyapti. Meni qutqaring, onajon!… Ona-aaa….joon! “

11. Erkinoy - November 7, 2006

Ajoyib,
qanday baht ! Risq o’z-o’zidan osmondan yog’layapti.

12. Pokiza - November 7, 2006

bu nima deganingiz, Erkinoy? nima demoqchi ekaningizni tushunmadim?

13. nargiza - March 1, 2007

homiladorlik bu olloh tomonidan berilgan ajoyib meva. abort bu gunoh

14. Erkinoy - March 2, 2007

Pokizaxon,

Olloh berdi deb tug’averish bu “beg’amlikdir” demoqchiman. Olloxni borligini yoki, yoqligini hech kim ko’rmagan. Agar homilador bo’lsangiz, bu tabiy xolat. Bu dunyoni aql yaratgan. Odamzodni o’z taqdiri aql va mantiq bilan boshqarishi o’z qo’lida. “Olloh berdi”-degani “Men fatalistman”- degan ma’noni bildiradi, ya’ni taqdirim o’z qo’limda emas, nima bo’lsa, qanday oqim bo’lsa “qo’yday ergashib ketaveraman”- degani. Bu dunyo hisob kitobli va cheksiz emas.

Agar 10 ta go’dakni tug’ib, tarbiyalab, ularni uyli-joyli, bizni jamiyatimizga unumli va bu dunyoda bahtli bo’lishiga amin bo’lsangiz yoki hojayiningiz bitta yirik firmani boshlig’i, yoki un va cement zavodini direktori bo’lsa bemalol 10 ham emas 100 farzand ko’ring.

Eringiz sizni va farzandlaringizni oddiy mehnatkash insonlarni nasibasini hisobiga boqaveradi.

15. Pokiza - March 2, 2007

Erkinoy, uzingiz tushunmagan masala uzasidan gapirib, uzingizni bunchayam gunohga botirmasangiz!

16. Erkinoy - April 13, 2007

Pokizahon,
Buncha “gunoh-gunoh” deb odamni bo’yniga osilmasangiz! Meni turgan bitganim o’zi gunohdan iborat. O’zingizni “POKIZA” deb bilar ekansiz, bechora ayollarni yo’q joydan, bo’lar-bo’lmas narsaga gunohkor qilib nima qilasiz?! Bu dunyoda, bizni O’zbekistonimizda shunchalik muammo va ba’lo qazolar ko’pki, ularni ko’ra, bula turib ko’z yumib yashahsni afzal ko’rasiz. Ayollar masalasiga to’htalib o’tadigan bo’lsak tilingizni cho’ntangizga yashirmaysiz. Bilasizmi, nega? Chunki bizda ayollar juda ojiz. Demak ayollarni bo’lar, bo’lmas narsa uchun gunohkor va fohishiga chiqarish juda osondir.

17. xxxxx - April 16, 2007

Erkinoy & Pokizahon bu erda oddiy oila qurgan ayol xaqidamas! 18 yashar turmushga chiqmagan qizzi etishyapti!
Turmush qurgan ayol busa qandaydir sabablar bilan xomilani oldini olaolmagan busa masalan speral to’gri kemasli mumkini shunaqasi bunday ayollar uzlari bilgancha ish qilishadi buni ayollar bekatiga muloxaza uchun yozishmayi abort qildirmoqchimi shartta abort qildirishadi gunohiga qarab utrishmaydi! Lekin bu erda 18 yashar xali turmush qurmagan qiz xaqida gaprilyapti. U allaqachon gunohni birinchi pogonasidan bosib utgan, demakki yana gunoh qilishga aybsiz go’dakdan voz kechishida uni ulimga mahkum etishga to”ri kelyapti. Bunaqa vaziyatda bilmadim nima qilishga to’g’risi nima deyishgayam ojizmiz! Nega bunday deyayotganimni sababi bor yaqinda ginekalogiya bulimiga ko’rinishga borgandim shifokorla abortdakan bilasizmi abortdan chiqqan qizi tanirdim to’g’rirogi gaplashib ko’rmaganmanu lekin chexrasidan taniyman u bilan bitta joyda ishlaymiza manimcha 85-86 yil qiz xali turmush qurmagan lekin abort xonadan chiqdi xali xanuz ko’rganlarimga ishonmayman naxotki qiz bolla shu darajagacha borib etgan busa!
Bilmadim buni Ollohni oldida gunohi qancha! Lekin bir gappi aniq bilaman abort qilgirgan ayolni gunohi odam o’ldirgan kishining gunohi bilan babbaravar! Gunohlarimizzi olloxni uzi kechirsin!

18. Erkinoy - April 16, 2007

XXXXX,

“Bu dunyga bahtsiz, hech qanday kelajaksiz, yani bir umr birovlarga oyog’ osti bo’ldaigan insonni dunyoga keltirish odam o’ldirishdan ham battardir” – demaqchiman !

zuhriddin - October 8, 2013

еркиной россияда боласини сотган аелни гунохкор деб уйлайсиз?ха бу тугри гунохи кабиралардан(котта гунох).
сизчи? Худони борлигига ишонмайдиган муртадсиз хечнимасиз!!!
мендан хафа булманг аклизни аввал керели жойга ишлатинг билим доираиз кенг екан лекин хеч нимани билмас екансиз тушунгандирсиз? Аллох сизга ва сиздакаларга иймон берсин амин! хозир мани сукишингиз,мендан нафратланишингиз мумкин чунки хама хакни кора рангда куради а кейин асл рангини оппоклигини билади кеч булмаса агар.
мани фикрим кимдаким исломдан хабари булса уша инсон гунох килишдан кайтади!агар Худодан куркса унда харомдан болахам ортирмайди бу 18 ешли кенаишкала учун 5минутлик рохат деб бутун умрингни хазон килма узи сила буни укиб хулосахам кимайсилаку лекин айтиш мани фарзим енг яхшиси хамма уз фарзандига тугри тарбия берса исломни ургатса курон хадисдан уктирса хамаси нур ало нур булади иншаАллох.
узура бита ядимтани хафа килган булсам

19. xxxxx - April 17, 2007

Erkinoy
xali dunyo yuzini ko`rmagan endigina jajji bolakayga aylanayotgan bir parcha go`shtni baxtsiz, kelajaksiz, oyoq osti bo’ladi deb sizga kim etti. Bu gapizga xecham qo’shilmayman! Balki eng buyuk zotlar ulardan chiqar!

20. Gulnoza - July 13, 2007

XXXXX
Aynan shunaqa…. shunaqa vaziyatlar borki….juda qiyin….u albatta baxtsiz tug’iladi….bo’yi yetib qolgan bo’lsa ham nikohsiz tug’ilgan deb ho’rlashadi…..hatto onajonisining yaqinlari ham uni onasi bilan turtkilaydi…ayol kishiga o’z farzndiga o’lim tilash osonmi?….u farzandi bilan birga o’ladi….tog’ri….uning yuragi urib turadi…..ko’zlari ko’radi…lekin….u ….erta o’lgan bolasi bilan birga ketadi….hayot…..uni o’zimiz tanlaymiz…..Abortni gunoh demang….siz birovni ayblashga nohaqsiz…..toki….o’zingizni boshingizga tushmagan….Men ham oldin shunaqa der edim,yo’q odamni ozicha ayblab bo’lmaydi,kim bo’libsizki,ilojsiz qolgan ayolni,farzandidan ayrilgan onani ayblaysiz,siz uning ichini bilmaysizku? U aslida buni xoxlaydimi? Yo’q…..gapirish oson…..
Xo’rlangan, ezilgan boladan buyuk zot chiqishi bu mo’jizaga teng…..
Bu dunyoda Pokiza insonning o’zi yo’q….Noto’g’rimi?
Uning oilasi bo’lmaydi…u o’ziga o’zi o’lim tilaydigan bo’lib qoldi…..norozi bo’ladi….bu dunyo o’zi yolg’on va zulmatdan tuzilgan….

21. Умида - October 9, 2007

Мен бунга асло каршиман.Албатта бу гунох жуда катта гунох у киз олдиндан уйласа булмасмиди.Бу ерда кизнинг онаси хам айбдор нимага кизига карамаган йул йурик бермаган жудаям кистаниб юрган булса эрга бериб юборса булмасмиди.ота онасини хам юзини ерга каратиб,шарманда булиб.Майли энди хомиладор булибсан бу биринчи гунох иккинчиси аборт боладан вос кечиш бу вахшийлик у мургакгина калб эгасинидан вос кечиш деганда мен хеч качон тасаввур килаолмайман.Фарзанд учун одамлар нималар килмайди бировлар боладан безор бировлар болага (тирнокка) зор.так что уйланиб иш килиш керак.Бизни бир кушнимиз туйидан 5 ой кейин ишлагани козогистонга кетиди.Келин хомиладор эди,янги келин кайнонаси билан келишмай эрини изидан кетишга карор килди,айтибдиларким хомиладор булсанг у тарафда сенга иш йук.борганингдан келганинг тез булади дейишса эртаси куни хомиласин олдириб келибди куркмасдан.5-6 кун туролмай ётиб колди.кейин у озгина ишласа касал булиб коладигон булди.уни эшитган эри ундан жуда хафа булганди келин ойисини уйида хам утириб келди. Киёв бола фарзанд кутган эдики.Кейин келинни уйга олиб келишди.хозир уша келин шундай дардга чалинди,бир умр энди фарзанд куролмайди кейин улар бола асраб олишди.Мана уларга худони курсатган мархамати.Тепамизда худо бор хаммасини куриб туради.Шунинг учун инсонлар хар бир ишни уйлани килиш керак.Ташаккур.

22. Нигора 26,2008 - February 26, 2008

Аборт килиш гунох, бу гунохни килишдан олдин уйлаш керак лекин ,килиб булган булса илож канча ? уни тугиб бока олмай хор килгандан кура олдириб ташлаган яхши, чунки тугиб туриб ташлаб кетса хам барибир гунох-ку. Болалар уйига берадими шундок хам у ер тулиб кетган , бола яралгани учун, ота онаси ташлаб кетгани учун куп кийналади. Шунинг учун хамма ишни килишдан олдин уйлаб курган яхши, килгандан кейин маслахат солмай,

23. Erkinoy - March 7, 2008

Yaqinda bir o’zbek ayolini Rossiyaga borib sho’ri qurib, 3 oylik chaqalog’ini pullaganini eshitib toza kuyib ketdim. Hali bunaqa voqealarni qahcha-qanchalari yuzaga chiqmagan demaysiz?! Ona bo’la turib o’z farzandini qanday qilib sotishga ko’ngli undadi ekan? Uni bunday og’ir jinoyat qilishga, o’z yuragi’-bag’rini yovuzlarga sotishga nimalar majbur qildi ekan?
Albatta yolg’izlik, najotsizlik, umidsizlik, jon saqlab qolish bo’lsa kerak.
Agar o’sha ayol bir kun kelib, o’z farzandini jon saqlash uchun pullashga majbur bo’lishini bilganida edi, menimcha u farzandini dunyoga kelishidan oldiniq abort qildirgan bo’lardi.

24. Shahlo - April 21, 2008

Не позволь им этого сделать!
Они говорят, что не делают ничего плохого, потому что я еще не родился, как будто это дает им право разорвать мое тело. Они хотят убедить тебя, что тебе не нужно плакать… но ты всегда будешь слышать мой плач, когда меня уже не будет здесь.

И я буду плакать, потому что в этих белоснежных стенах никому нет до меня дела. Моя маленькая душа будет надрываться от боли, и эхо наполнит зал. Но они разрушат мою маленькую головку в щепки, и никто не остановит их окровавленных рук, чтобы спасти меня.

Они говорят, что я неудобный: «Когда-нибудь у тебя будет другой ребенок…» Что я сделал, что вы считаете меня таким плохим? Почему ты не хочешь меня, мамочка? Может, я буду ученым или врачом. Ты никогда не узнаешь об этом – скоро моя жизнь может прерваться прежде времени.

Но время никого не щадит, и скоро ты состаришься; и даже сейчас дни пролетают, как ветер по страницам. Когда ты будешь казаться «неудобной» для тех, кто здоров и силен, они тоже избавятся от тебя. И где тогда будешь ты?

Моя жизнь могла бы благословить так много жизней, и ты все еще можешь увидеть это. Существует так много других путей…

Не позволь им сделать этого, мама!

25. Shahlo - April 21, 2008

Дневник нерожденного ребенка

5 октября. Сегодня началась моя жизнь, хотя мои родители об этом пока не знают. Я девочка, у меня будут светлые волосы и голубые глаза. Все уже определено, даже то, что я буду любить цветы.

19 октября. Некоторые считают, что я еще не человек. Но я настоящий человек, так же как маленькая крошка хлеба все же настоящий хлеб. Моя мама есть, и я тоже есть.

23 октября. Я уже умею открывать рот. Подумать только, через год я научусь смеяться, а потом и говорить. Я знаю, что моим первым словом будет “мама”.

25 октября. Сегодня начало биться мое сердце.

2 ноября. Я каждый день понемножку расту. Мои руки и ноги начинают принимать форму.

12 ноября. У меня формируются пальчики – смешно, какие они маленькие. Я смогу гладить ими мамины волосы.

20 ноября. Только сегодня доктор сказал моей маме, что я живу здесь, под ее сердцем. Как она, наверное, счастлива!

23 ноября. Мои папа и мама, должно быть, думают, как меня назвать.

10 декабря. У меня растут волосы, они гладкие, светлые и блестящие.

13 декабря. Я уже немного вижу. Когда мама принесет меня в мир, он будет полон солнечного света и цветов.

24 декабря. Интересно, слышит ли мама тихий стук моего сердца? Оно бьется так ровно. У тебя будет здоровая маленькая дочка, мама!

28 декабря. Сегодня моя мама меня убила.

26. Shahlo - April 21, 2008

Голос нерожденного ребенка
Я такой же как все, как бутончик в росе
Я хотел расцвести и по жизни идти.
Мама, мама зачем ты меня сорвала?
Мама, мама зачем мою жизнь отняла?
Я просил: не губи! Я молил: полюби!
Только слышал в ответ: Нет! Нет! Нет!

Расцветают сады и приносят плоды
неужели бы мне не хватило еды?
Как красиво поют по весне соловьи…
Неужели бы мне не хватило любви?

Хорошо бы родиться у птиц, у зверей
Ведь ни звери, ни птицы не губят детей…
Я бы зайчиком серым скакал по лугам
Или лебедем белым летел к облакам

27. Jayron - April 30, 2008

u made me cry, man.
its sooo sad. i wish they ban abortions in uzbekistan.

28. зара - April 22, 2009

салом 18 ёшдаги киз сизга маслахатим абарот килманг сиздан илтимос чунки бир махаллар мениям бошимга шу иш тушган сиздан илтимос кийлансангизам танангизда ривожланаётган годакни дунёга келтиринг сиздан илтимос..мен килган гунохни сиз килман..хурмат билан Зарина…

29. azizaismailova94@mail.ru - January 11, 2013

Salom men ham xuddi shuni aytgan bo’lar edim 18 yoshli qizga.

30. akmal - February 19, 2013

Salom abort ayol soglig’ga zarar dinimizda tug’ilmagan gudaki uvoli uradi abort1000%zarardir xayir
.

31. Azamat - March 13, 2013

Ish qlishdan oldin o’ylash kerek edi

32. dilya - August 7, 2013

nima kilishi kerak homilador bolishi uchun

33. Nurali - June 25, 2014

Гунох

34. Nurali - June 25, 2014

Гунох еки гунох эмаслигини Оллохни узи билади лекин манда хам шунака вокиа блудники ман бир бева Кинга уйланмокчи блудим ва мен олдин уйланмаганим учун никох килмадик бир катта одам дан сураган эдим сен хозирча никох килма лун дай яшаб юравер фохишалар Билан юриб касал ортиргрндан Кура деди ва мен у киз Билан хотинимдэк яшаб бошладим ва бола пай до блуди у бир хафталик нима килай маслахат беринглар илтимос

35. nargiza - November 3, 2014

аборт килдирган айол бир одамни.бунданам куркинчлиси уз бегунох боласини улдирган болади.одам хар кандай шароитда хам фборт килдирмаслик керак.жинсий алока килишга шароит борми демак тугишга хам бор.оллох хар бир одамни рискини беради.албатта хаммада кийинчилик булади лекин шукур сабр килиб кийналиб устирсез хам бир кун рохатини курасиз.бундай вахшийликдан оллохим узи асрасин.

36. Xurshida - October 16, 2015

Atrofimizda bunday holatlar bor va afsuski ko’paymoqda.. Yuqoridagi voqea sodir bo’lishga bo’ldi, orqaga qaytarishni iloji yuq, bundan faqat xulosa qilish va bunday holatlarni oldini olishgina qo’limizdan keladi xolos (hech bo’masa o’z qarindoshlarimiz o’rtasida)
Bu qizga maslahat esa faqat o’zidan kelib chiqib bir to’xtamga kelishi kerak. Abort va unga sabab bo’lgan hamma ishlari shariyatda gunoh sanalishini o’zi juda yaxshi biladi. Birinchi farzanddan voz kechish esa tibbiyotda ma’lumki farzandsizlikka olib kelishiniyam bilsa kerak.Shunday ekan qilgan gunohlarini yanada ko’paytirib abort qildirmasdan, taqdirga tan berib bolani dunyoga keltirishi va buyog’iga qadamini o’ylab bosishi shart.

37. nigina - January 14, 2016

abort qilish gunoh bo’lsa nega buni jamiyatimiz yo’q qilib tashlamaydi,sababi shundaki biz ayollar ojizamiz erkaklarni xoxishiga qarab yashaymiz xolos tug’asan desa tug’amiz yo’q qilasan desa oldirib tashlaymiz qo’limizdan nima xam kelardi axir erkakalarimiz xudo bilan barobar zot u ham yaratguvchi,,18 yoshli qizga keladigan bulsak tug’ish bola tarbiyasi bu uning qismati endi qadamini o’ylab bosadi ,

38. Aziza1992 - June 12, 2016

Salom mani yoshim 23da ollohimga xamflar bolsin 3nafar qiizaloqlarnig onajonisiman oxirgi qizimga ikkiqatli paytimda judayaaaaam qiynaldim farzandlarimmi orasidagi farqi 1yoshu 2oylik qiyinchiligim shuki 3-farzandim 4oylik homila paytidanoq belimda chidap bolmas ogriq paydo boldi natijada oyoqlarimmi zorga qimirtardim ogriqdan kechalari uxlolmay qolgandim xar xaftada 2-3 martalap mosh tabibning eshigi tagida navbat kutardim shu xol to tuqqunimcha boldi farzandim 7oylik bolganida yana xomilador ekanligimmi aniqlandi bir xaftalik xomilam kuchimni sorip olayotgani yaqqol bilanardi xolsizlanip ozimni yoqotip qoyar yuragim boshaship yiqilip tuwardim ginekologga murojat qildim bilsak xomila nobud bolgan osmayotgan ekan uni chiqarip tashlashga organizimning kuchi yoq ekan natijada abortga rozilik berdim shifokorim boshqa tugmasligim kerakligini va saqlanishm kerakligini uqtirdi xullas xar hil licheniyala olip endi ozimga keldim oradan 5oy vaqt otip yana xomilador bolip qoldim buni belimda kuchayip borayotgan ogriqdan sezib qoldim shifokimga borsam soppa sog ekanligimmi tugsam mumkunligi agar oldirsam boshqa homilador bololmasligimmi qayta qayta takidladi lekin hojayinim yoqaxvoli xalittan yomonlasha boshladitugmaydi dori bering menga uyda 3nafar farishtamga rafiqim xali kerak uni yoqotishni istamayman dep doq popisa bn dorini oldirdilar koynim bomi shu dorilarni ichtim dilim judayam xira boldi ichishtan oldin ikkalamiz cam istihora qilgandik oradan 4kun otip shifokorim xuzuroga bordim UZI qilip kordi ‘ ANA MAN SANGA NIMA DUVDIM QARAGINENDI NIMA QILAMIZ QON TUSHMAGA SHUNDO TOPLANIP QOGAN’ dip licheniya yozdi xozir shu dorilani ichvotman
bitta narsa mani ichimmi yemirip tawavotti soppa sog rivojlanishshi boshlagan farzandimmi nobud qiganim robbimga hush kemadi endi qiynalip yashiyman digan iy mani tark qimayapti hicham ozimmi qolga ololmayamman ………….😢😢😢😢😢😢


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: