jump to navigation

Турмуш қуриш – ким кимни танлайди? August 10, 2006

Posted by ayollar in Oila va Turmush Tarzi.
trackback

Севган йигитим билан турмуш қурган бўлсам ҳам, совчи орқали бўлажак эрлари билан танишиб, никоҳдан кейин бир бирига кўнгил қўйиб бахтли бўлган аёлларни ҳам учратганман. Тескарисини ҳам кўрганман: бир бирини шаҳсияти бутунлай тўғри келмасдан тортишувларга ботиб кетганларни масалан. Хотинларини оналари олиб бергани сабабли, севган қизларига уйлана олмаганлари сабабли, хотинларига нисбатан ичларида нафрат билан яшаб келган эркакларни ҳам учратганман. Бошида севиб оила қурганлар эса кучук билан мушукдек уруша беришларини ҳам… Инсон ўзи танласа ҳам хато қилиши мумкин экан, ота онаси танласа ҳам хато кетиши мумкин экан (масалан ойимлар акамга олиб берган келинлари “бошқача” чиқган, иккаласи бирга бир йил ҳам яша олишмаган, энди ойим уларнинг ажралишини жуда хам истасалар акам буни истамайди) Сиз эса, ўз турмуш ўртоғингизни қандай танлаган бўлардингиз? Совчи орқали яхшими, ё ўзингиз билган йигитга эрга тегганингизми? Райхон

Comments»

1. Malika - August 11, 2006

Menimcha har bir odam o’zining umr yo’ldishini topishi kerak. Lekin buni 18 yoshda emas, balki ancha kattaroq yoshda qilishi kerak. Men o’zim turmush o’rtog’imni 23 yoshda uchratganman, va u bilan turmush qilishga ahd qilganman. Ota-onam menga hech qachon ‘to’gri’ odamni topib bermagan bo’lardi, chunki ularning hayot, oila tushunchalari butunlay menikidan farq qiladi.

Men bir necha yildan beri turmush o’rtog’im bilan bahtliman, farzandimiz bor. Ota-onam mening bahtli bo’laganimi ko’rib xursand bo’lishadi.

Albatta hammaning topgan odami keyinchalik to’g’ri kelavermaydi. Lekin yoshlar o’z bahtiga ho’jayin bo’lishi kerak deb o’ylayman.

2. Sabo - August 11, 2006

Ота-онамнинг қаттиқ қаршиликлари ортидан севган йигитимга турмушга чиқа олмадим. Аксинча,улар мени холамни ўғлига беришди. Уларнинг иқсодий аҳволлари анча яхши, қийинчилик кўрмайсан дейишганди. Аммо, аксинча, эримнинг ота-онасининг бойлиги мен учун фаравонлик келтиргани йўқ. Тўғри, эрим бирор жойда тайинли ишламагани учун улар ёрдам бериб туришарди,бироқ ҳаммаси миннат эвазига. Ўғиллари борчиликда эрка-тантиқ бўлиб ўсгани боис ҳеч қачон оила ташвишларини бўйнига олгиси келмасди. Рўзғордаги келишмовчилар ортидан холам бегонага айландилар. Онам билан юз кўрмас бўлишди. Ота-онам умрларининг охиригача менинг олдимда ўзларини гуноҳкор ҳис қилиб ўтдилар. Ҳозир уч нафар болам бор. Улар анча катта бўлиб қолишган, оиламни бузилишини истамайман. Аммо, эримнинг ноқобиллигидан ҳали ҳам азият чекамиз. Шунинг учун, ҳеч кимга фарзандларининг тақдири устидан ҳукм чиқаришни маслаҳат бермаган бўлардим. Бу ҳукм 100 фоиз бўлмаса-да, кўп ҳолларда тўғри бўлиб чиқмайди.

3. Erkinoy - August 16, 2006

Assolomu aleykum Rayhon (opa),
Meni ota-onalarim sevishib turmush qurishgan, lekin oilada biri-birini tushunaolmaslik holatlari ko’p bo’lgan. Men bunga yoshligimdan guvox bo’lib kelganman. Lekin bunga qaramasdan ular hech qachon ajralishmagan. Onamni ham, otamni ham o’ziga yarasha kamchiliklari bor. Men onamni qalbi beg’uborligi, bizlar uchun jonini ham yulib berishga tayerligi uchun va otamni insofligi va hurmarli izatliligi uchun hurmat qilaman.
Lekin, hozirgi kunda atrofimga nazar soladigan bo’lsam, barcha ota-onalarining hohishi bilan ular tanlagan oilalarni farzandlari bilan turmush qurgan dugonalarimni 50% ajralishga allaqachon ulgurishgan. Meni o’zimga keladigan bo’lsam menga hech qachon ota-onam mana chunga turmushga chiqasan deb majburlashmagan. O’zim ham tabiatim nima desam bo’lar ekan ?-nozikligi yoki injiqligi balkim talabchanligi uchun-biron kimni sevib ham qolmaganman. Lekin umr yo’ldosh tanlash masuliyatini o’zimga qo’ysa, bu juda ham ma’suliyatli va murakkab masaladir. Bir tomonda o’zim ham tanlashni hohlamayman,chunki keyinchalik hamma javobgarlik o’zimni bo’ynimga kelib tushadi. To’g’ri kelgan odam bilan ham turmush qurushni hohlamayman. Undan tashqari yigitlarni qanday qilib tanlash va sinashni ham bilmayman. Siz menga qanaqangi maslahat bergan bo’lar edingiz???

4. alibek - August 17, 2006

Salom Rayhon,
Bilmadim balki bu faqat xotin -qizlar uchundir, lekin nima bo’lgandan ham yozishga qaror qildim. Bugun tasodifan shu sahifani o’qib qoldim. Ilgari oila qurish deyishsa uncha e;tibor bermas edim, mana endi boshga tushgandan keyin parishonxotir bo’lib qolar ekan kishi. Meni ham yaxshi ko’rgan qizim ancha yil oldin turmushga chiqib ketdi, shu vaqtgacha uni unuta olmaypaman.Balki rostdan ham qattiq sevganim uchunmi.Endi o’ylab qarasam baribir uylanish kerakka o’xshaydi. Ota ona orzusi, mahalla, uylanmasang gap so’zlar ko’paydi. Agar yigit yoki qiz sevganiga erisha olmasa, eng ma’qul yo’li ota onasini tinglash kerak menimcha. Keyin, yigit kishi hamma majburiyatni o’z zimmasiga olishi kerak. Oiladagi hamma narsa uchun yigit kishi javobgar deb o’ylayman.Qizlar, agar sizlarga ma’qul kesa oila va sevgi haqida ham (o’z fikr va tajribalarimni) yozar edim.
hurmat bilan Alibek.(Europe)

5. xXx - August 25, 2006

silaga bitta haqiqatti etaman. agar siz sevmagan insonizga turmushga chiqmasez ili uylanomasez bo’lajak umr yo’ldoshizga mehriz otishi qiyin kechadi. masalan manda shunaqa man agar sevgan insonimga uylana olmasam bo’lajak turmush o’rtog’imga mani ko’nglimga yo’l topish judayam qiyin bo’ladi. uni omadini bersiz

6. Mehribon - April 3, 2007

Man uzimdan kelib aytaman: yahshi kurgan yigitim bilan uhshamadi. u boshqaga uylandi, man boshqaga turmushga chiqdim.mani turmushimga 2 yil buladi,erimga kunglim yok. Buni uzi ham sezadi,lekin umid bilan yashaydi. Nima kilay? Seva olmadim.Sevgi yoqligi uchunmi farzandli ham bula olganimiz yok. Menga uylangani uchun erimni aybi yoq, lekin meni uni seva olmasam meni ham aybim yok.
Sobiq yigitim ham turmushidan ajrashdi, 1 farzandi ham bor. Ota-onasi gapi bilan uylangan edi.Oqibati yahshi bulmadi. Ota-ona aytgani har doim ham tugri chiqavermaydi afsus…

7. GULYOR - August 27, 2007

salom men gulliman nimagadir keyingi paytlarda xa mayli men xam xammangizni gapingizga qo`shilaman lekin men oila qurmaganman chunki endi 18-yoshga to`ldim orzuyimdagi yigit uchrasaib ketaveraman chunki men o`zimga o`zim so`z berganman ota -onam kimga maqul ko`rsalar o`shanga tegaman deb ont ichkanman mayli jovabingizni kutaman xayr

8. GULYOR - September 3, 2007

SALOM MEN GULLIMAN MEN YANA SIZLARGA XAT YOZA OLGANIMDAN XURSANDMAN JOVABINGIZNI KUTAMAN MEN TOSHKENLIK YIGIT BILAN TANISHNI ORZU QILAMAN MEN 1989-YILI TUG`ILGANMAN TANISHNI ISTOVCHILAR UCHIN MENI SAYTIM gulyo@bk.ru JOVABINGIZNI KUTAMAN XAYR

9. munisa - April 17, 2014

assalomu alaykum qalaysilar manham kuwlalaman lekin bunaqa buliw mumkin emas erni doim hurmat kiling olloh uchun chunki sevmasangham u qiyomat kuni siz uchun javobgar wuga hurmat kiling!

10. munisa - April 17, 2014

mehrubon aynan sizga bunaqa be mehr oqibat yaxwi emas ihtiyot buling

11. Alo - January 30, 2015

Sevishib turmush qurgan yahshi albatta lekin toydan keyin farzandlar tugilgach sevgi 2chi darajali bolib qoladi shuning uchun ota onayiz tanliydimi oziz tanleysmi sizni tushunadigan siz bilan harakteri togri keladigan murosa qiloladigan odam bolishidir gohida sevgan kishizam sizi tushunmasa kozizga hunuk korinib ketadi lekin ota onayam yomonlikni ravo kormidi muhimi bir birini tushunishsin


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: