jump to navigation

Кашандалик ким учун? August 9, 2006

Posted by ayollar in Salomatlik.
trackback

smoking Ривожланган мамлакатларда сигарет чекиш даражаси охирги йилларда камайиб бормоқда. Масалан, Америка Қўшма Штатларида 20 фоиз одамлар чекишаркан холос, бундан ташқари бу рақам йилдан-йилга тушиб бормоқда экан. Бироқ, камбағал, ривожланаётган давлатларда кашандаликка ружу қўяётганлар сони кўпаяётгани кузатилади.Сигарет ишлаб чиқадиган ширкатлар даромади ҳам шу мамлакатлар ҳисобига тўғри келади. Айни пайтда чекувчи аёллар сони ҳам худди ана шу мамлакатларда анча юқори экан.Ўзбекистонда қанча аёл кашанда бўлса ҳозир? Мен мактабда ўқиб юрганимда бир чақалоғи бор ёш келинчак қўшнимизни чекаётганини кўриб қолиб жуда ҳам ҳайрон қолгандим. Чунки, у аёл қишлоқда ўсган ва мен (шаҳарли қиз) қишлоқ қизлари бундай ишга умуман қўл уришмайди деб ўйлардим. Лекин, Тошкентда ўқиганимда ётоқхонадаги кўп қишлоқ қизлари чекишини кўриб яна ҳайратга тушдим. Ўшанда қишлоқ қизлари билан шаҳар қизлари ўртасида кўп фарқ йўқ экан, деган хулосага келгандим. Чекувчи аёлларга Сизнинг муносабатингиз қандай? Ўзингиз ҳам чекасизми? Нега? Мовжуда

Comments»

1. Diydor - August 9, 2006

Чекишнинг зарарлари ҳақида жуда кўп гапирилади. Аммо, бунга одат қилганларнинг ташлаб кетишлари жуда қийин. Бунга ҳам ирода керак.Яқинда газетада бир мақолага кўзим тушганди. Болалигида бир марта ўйин қилиб чеккан боланинг кейинчалик кашанда бўлиб кетишга мойиллиги сақланиб қоларкан. Шунинг учун чекиш зарар деган нарсани болаларимизнинг қулоқларига жуда ёшлигидан қўйишимиз керак деб ўйлайман.

2. shahnoza - August 9, 2006

Salom qizlar va ayollar!
Chekish juda iflos ish,va ayollarga xunuk ko’rinadigan qiliq.chekadigan inson (қўпол сўз Аёллар Бекати томонидан ўчирилган) bo’ladi.
Ayniqsa tamakini uzuk to’la qo’llari orasiga qistirvolib chekish,o’zbek ayollarimiz orasidayam juda ko’p uchrayapti. qanchalik xunuk.axir bu qo’llarga go’daklarni boshini silash yarashadi.bu qo’lar bilan yuzga fotiha tortish yarashadi.bu chiroyli qo’llar sevgilisini silab yupatishi kerak.bu qo’llar chioyli taomlar pishirishi kerak… baliki siz aytarsiz chekibam qilsa bo’ladi bularni deb…
Tamaki ushlaganidan keyin bu qo’l makruh bo’ladi…chekuvchiga kichik-kichik gunohlar yozilib boradi.kichik gunohlar yig’ilib kaaatta gunoh bo’ladi…
keyin,astma kasalliginiyam tamaki chaqiradi. Bilasizmi ozgina fursat nafas siqishi bu qanchalik og’ir?!.Man bilaman.Man hech qachon tamaki chekmaganman! Lekin Olloh bergan dard.Astma emas mani kasalim.faqat nafasim siqadi.Astmani esa bundan battar deyishadi.
buni hech kimga ravo ko’rmayman!
Mobodo silani oralarizda chekuvchilar bo’lsa,Ayollar! – maslaxatim xozir,bugun tashlashga urinib ko’riyla.
Man ishonaman silani bunga kuchingiz yetadi!

3. Erkinoy - August 16, 2006

Assalomu aleykum,
Menimcha har bir narsani o’ziga yarasha sabibi bor. Men ham talabalik paytimda qishloq qizlarini shahar qizlaridan farqi yo’qligini kuzatganman. Va erkinlik masalasiga kelganda shahar qizlaridan oldingi o’rinni egallashgan. Nega desangiz ko’pchilik holatlarda ular shaharga erkinlik va zamonaviylik izlab keladilar. Men bu hohish, istak va havasni hech ham ayb deb bilmayman. Ko’pchilik erkinlik va mustaqillikka erishishni hohlagan ayellarga sigareta chekish erkinlik va zamonaviylik ramzlaridan biri bo’lib ko’rinadi. Lekin hozirgi kunda sog’likka e’tibor berish, badan tarbiyasi bilan shug’ullanish, toza va ozoda hayet kechirish rivojlangan va zamonadan orta qolmagan mamlakatlarda modaga va zamonaviylik va onglilik ramziga aylangan. Men hech ham sigaretani isini ko’taraolmayman, lekin bunga qaramasdan sigareta chekishni iflos, gunoh yoki ayel kishiga yarashmaydi deb ham aytmayman. Chekishni boshqa ham sabablari bor, bu hayetni og’irligi tufayli. Masalan meni katta onamni otasi sho’ro davrida quloq qilinib barcha boyliklari tortib olingandan keyin, meni katta onam 7yoshdan15 yoshigacha tamaki dalasida ishlashga majbur bo’lgan. Ularni gapiga qaraganda vaqtini uchdan ikki qismini tamakini ichida ish tufayli o’tkazganliklari uchun tamakini hidiga mas bo’lib nos otishni boshlaganlar. Mana hozir u kishini yoshlari 90 dan oshib qoldi. Hudoga shukur, omadlari bor ekan holigacha tetikdurlar. Chunki hozirgi paytda kashandalik ko’plab kassaliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu ayellarni har hil kasaliklarga:ko’krak raki, o’pka va jigar kasaliklariga, tishlarni sarg’ayib ketishi, terini rangini o’zgarib ketishiga va vaqtidan oldin qarishiga ham olib kelmoqda.

Men esa aslo kasal bo’lishini, vaqtidan oldin qarishni va bor o’zimga yarasha jamolimni yo’qotishni istamayman.
Sizchi???

4. Assepsync - December 7, 2008

В целом, афтар весело написал!


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: