jump to navigation

“Ёмон” фарзандманми? August 6, 2006

Posted by ayollar in Oila va Turmush Tarzi.
trackback

Ассалому алайкум, сахифамизни ўқиб юрган хамма сингиллару опаларга! Мана бу хат Жиззаҳлик битта синглимиздан келди… Кимда қандай фикру маслаҳат бўлса илтимос ўртоқлашайлик. Сизда ҳам шу каби саволми, дардми бўлса тортинмасдан бизга ёзиб юбораверинг: ҳақиқий отингизни айтмасдан беришга ваъда бераман! __Шоира
Оиламизда ёки яқин қариндошларимиз орасида бирорта ҳам ўқиган аёл йўқ. Қишлоғимизда ўқиган қизларга нисбатан салбий муносабат шаклланган. Ота-оналар мактабни битириши биланоқ қизларини турмушга беришга харакат қилишади. Шаҳарга боргач, қизлари “бузилиб” кетишидан қўрқишармиш. Кейинги пайтда ота-оналар ўғил фарзандларини ҳам ўқитишни хохлашмаяпти. “4-5 йил умринг бекорга ўтиб кетади”,- дейишади. Чунки қишлоғимизда аввал ўқиганларнинг жуда кўпчилиги ишсиз. Олий маълумотли ака-опаларимизнинг дипломлари сандиқда чанг босиб ётибди. Уларнинг кўпчилиги пул топиш учун Россия ёки Қозоғистонга кетишган. Ҳатто собиқ Иттифоқ даврида ўқиган, иккитадан дипломи борлар ҳам ҳозир ишсиз юришибди. Қишлоғимизда ўқиган аёллар ҳам бор. Улар асосан ўқитувчилик ёки ҳамширалик касби бўйича ўқишган. Қишлоқ аёллари орасида бошқа бирорта ҳам касб эгасини учратмайсиз. Мен эса актриса бўлишни хохлайман. Келажакда кино соҳаси бўйича машхур инсонлардан бири бўлсам дейман. Мактабимизда драма тўгарагининг энг фаол аъзоларидан бири эдим. Бу йил мактабни тугатгач уйдагиларга орзуим хақида айтдим. Ўқимоқчи эканлигимни эшитган ота-онам бунга қаътий қаршилик билдиришди. Актриса бўлиш ҳақида эса гап ҳам бўлиши мумкин эмас. Турмушга чиқиб кетган опаларим ҳам “Ўқиб нима қиласан, аёл киши оилада фарзандлар тарбияси билан шуғулланиши керак” деган гапни айтишди. Биласизми, мен нима қилдим? Уйдагилардан яширинча равишда хужжатларимни Санъат олийгохига топширдим ва талабага айландим. Мактабни “олтин медал”га тугатганлигим боис бунинг менга қийинчилиги бўлмади. Лекин ота-онамга нима дейман? Мен “ёмон” фарзандманми? Балки улар тўғри айтишаётгандир “қиз бола ўқиб нимага ҳам эришарди” деб? Сиз нима дейсиз, қизларнинг ўқиши шартми, шарт эмасми? __Жиззахдан Наргиза

Comments»

1. Diydor - August 6, 2006

Qizlarning bilim olishlari albatta shart! Farzand uchun eng katta boylik savodli ona deb aytgan bulardim. Uyda utirib bola tarbiya qilish uchun ham bilim kerakku. Agar uqimishli bulmasa, dunyoqarashi tor bulsa bolasiga qanday qilib tarbiya berishi mumkin? Uqish yulini tanlab juda tug’ri qilgansiz. Odam nimagadir erishish uchun qaysidir tusiqlarni engib utishi kerak. Kimgadir bu oson, kimgadir qiyin kechadi albatta. Sizga omad tilayman!

2. Mуборак - August 7, 2006

Мен хам мактабни битиргач укишни давом килдириш учун жуда куплаб тусикларни енгиб утишимга тугри келган. Опаларим укишган. Лекин айни мен мактабни битирган йиллари кишлогимдан бир неча студент кизлар «бузилиб» кетишди. Ораларида ота-оналарининг розилигисиз «кочиб» кетиб турмушга чикканлари хам булди. Уларнинг касофатига уйдагилар мени укишга юбормасликка карор килишди. Орадан бир йил утиб опаларим ёрдами билан ота-онамни кундирдим.
Биласизми, Наргиза айни мана шунака енгилтак кизлар хисобига кишлок кизлари учун укиган деган номни олиш жуда кийин. Гурунч курмаксиз булмайди деганларидек енгилтак кизлар шахарликлар орасида хам бор. Шахарда куп каватли уйлар булганлиги боисми кишлокдаги каби куни-кушничилик муносабатлари шаклланмаган. Ва бундай холатлар унчалик шов-шувга сабаб булмайди. Кишлокда эса хамма бир-бирини танийди. Хар кандай вокеа ёки холат кишлок одамлари томонидан ойлаб «мухокама» килинади. Ахлоксиз кизларнинг булиши оиладаги тарбияга хам боглик. Яхши тарбия курган кизлар хеч качон ота-онасининг юзини ерга каратмайди.
Сиз хозир килган ишларингиз билан узингизни ёмон фарзанд хисобламанг синглим. Ота-онангиз сизни албатта тушинишади деб уйлайман. Лекин бундан буёгига хам аклли киз булинг!
Кишлок кизлари хам укишга хакли! Буш келманг!

3. Шавкат - August 7, 2006

Узбекистондаги бугунги вазиятда нафакат кизлар балки угил болалар учун хам укиш шарт эмас деб хисоблайман. Хакикатдан хам укиш давридаги умрингиз бекорга утиб кетади. Укишни битирганларнинг 70-80 % иш топа олмайди. Институтни битирган 120 нафар курсдошларимдан хозирда факат 10 тамиз уз сохамиз буйича ишлаяпмиз холос. Купчилиги Наргиза сингилимиз айтганидек, Козогистон ёки Россияга ёки Кореяга кетишган. Оила бокиш учун Узбекистондаги ойлик етмайди хам. рузгор бокиш учун кушимча даромад албатта керак булади. Бусиз иложи йук. Шундай экан укиб нима киласиз.

4. Nigina - August 7, 2006

Siz yomon farzandsiz!!!
Hozirdanoq ota-onangizni aldadingizmi, demak sizdan yahshilik kutish qiyin.

5. just_girl - August 7, 2006

Nigina.. Nega unaqa deysiz?
Nima ota-onani yaxshilik uchun ham aldsh mumkin emasmi? Yomon ish qilmaganlarku?
Masalan – men xozirda ota-onamdan, oilamdan, vatanimdan uzoqda, oliy ma’lumot olish uchun o’qimoqdaman. Allohga shukr, manga ishonib, chet elga o’qish uchun yuborishgan; Ularning ishonchlarini albatta oqlayman.
Men ham goh-gohida ota-onamni aldayaman – “Hamma ishlarim yaxshi”, “qiynalayotganim yo’q”, “hamma narsa etarli”, “vaqtida uxlavomman” va hokazo. Muammolarimni hech qachon ota-onam tugul akalarimga ham aytmayman – ularni xavotir olishlarini xoxlamayman. Shundoq ham xozirda ularga qiyin. Nima – men ham yomon farzandmanmi? (Alloh o’zi to’gri yo’ldan qaytarmasin…)

6. just_girl - August 7, 2006

Nargiza – shubham yo’qki, ota-onangiz sizni albatta tushunishadi. Gar, ruxsat bermasdan, qarshi bo’lib, o’qishingizni tashlashgacha olib kelishgan bo’lsa ham – siz noumid bo’lmang. Ularga qarshi bormang. Ota-ona roziligi har doim 1 o’rinda turadi. Allohdan so’rang. Vaqti kelib albatta u darajada bo’lmasa ham orzuingiz amalga oshadi.

7. Malika - August 7, 2006

Aktrisa bo’lishni istagan qiz va sizga o’xshagan 100 minglab qizlarga!

Ota-onalar ham oddiy insonlar. Ular ham xato qiladilar. Agar siz doim ko’zingizni yumib ota-onaning gapiga kirib o’tiraversangiz, hech qachon tarraqiy topmaysiz. Bugun ularni deb o’qimaysiz, ertaga, ularning aytganiga turmushga chiqasiz. Keyinchi? 20 yildan keyin huddi o’zlariga aylanib, qizingizni o’qishga jo’natmaysiz. Qarabsizki, qishlog’ingiz qoloq, doktorlar yoq, hamshiralar ketishgan, o’qituvchilar esa yoq va hokazo!!!

Yurangingiz va aqlingiz nima desa shuni qiling! Ota-onangiz hozir tushunmasa, mashxur bo’lganingizdan keyin tushunishadi.

Sizning bahtingiz, kelajaginzig o’zingizning qo’lingizda, ota-onaning emas.

Omad!

8. Sabo - August 7, 2006

Ish topish qiyin deb uqimaslik notug’ri. Axir odam uzi uchun ham bilim olishi kerakku, hech bulmasa bulajak farzandlari uchun! Ertaga ularga nima beradi uqimagan odam!

9. Malika - August 7, 2006

Nigina,
aytingchi, agar sizning ota-onangiz o’qishga rozi bo’lmasalar siz ham ularning gapiga kirib uyda o’tirgan bo’larmidingiz?

Xar qalay, men sizni o’qigan deb o’ylayman…
Yoki, ota-onangiz, “boshqa internetga cafesiga borma, u yerda har qanday “o’qiganlar bemani narsalarni yozishmoqda” desa, unda ham ularning gapiga kirgan bo’larmidingiz?

Ota-onani xurmat qilish kerak, lekin xar doim ularning aytganini qilaverish to’g’rimi? O’ylab ko’ringchi, qancha olima, aktrisa, sozanda ayollar ota-onasining roziligisiz o’qishga ketgan? Ular ham ota-onasining gapiga kirganda biz qaytib feodal jamiatga aylanib bo’lardik-ku!

10. shahnoza - August 8, 2006

Salom Nargizaxon Singlim!
Shaxsan man qizlarni o’qishiga qarshimasman.lekin ota-onani roziligi hamma narsada muhim!Juda muhim!!!
Student bo’lishga bo’libsiz,endi qanday qilib bo’lsa ham ota-onangizni ko’ngillaridan chiqing.Agar ular o’qishni tashla desalar tashlashizdi maslaxat beraman.Chunki ota – onajni roziligisiz,nafaqat bu dunyoda,Chin dunyodayam qiynalasiz singlim.Ayniqsa onani roziligisiz jannatga kirib bo’lmaydi.Yahshi o’qiganman deyapsiz,buni tushunsayiz kerak deb o’ylayman.

Tem bole aktrisalik!!!
O’zbekistonimizda har kuni kamida 1 tta artis paydo bo’layapti.
XALQ QASHSHOQ BO’LSA MASHSHOQ KO’PAYADI – derdila buvim…
Gap bundamas.Lekin,nimaga maktabni oltin boho bilan bitirgan bo’sayiz boshqa kasp tanlamadiz.manimcha bunday bilim bilan,jiddiyroq kasbni tanlasayizam,bemalol eplab ketardiz.

Bundan tashqari qiz bola palahmon toshi.Do’st bor dushman bor,falonchini qizi artist bo’larmish degan gapni ota-onayizga ko’tarish og’ir bo’ladi.tem bole qishloqda.

shuni uchunam ota-ona bo’lish osonmas.farzandlar ulg’aygach,mana bunaqa syurprizlar tayarlashadi.

Singlim sizga maslahatim: Agar ikki dunyo rohatini ko’rmoqchi bo’lsangiz,ota-onani ozi qiling!!!

Keyin sizdan iltimos,qayssi yo’lni tanladiz,taqdiriz nima bo’ldi.?
Ayollar sahifasiga bildirib qo’ysayiz,xursand bo’lamiz.
Omadizdi bersin

11. RIZVONGUL - August 8, 2006

NARGIZA! O’ZINGIZ ONA BOLGANIZDA BILASIZ SIZNI VOYAGA ETGAN QIZINGIZ ALDAB SHUNAQA QILSA …………

12. Erkinoy - August 16, 2006

Assalomu aleykum.
To’g’ri hozirgi sharoitda ko’pgina ota-onalar qizlarini bahti va faravonligini o’ylab, biron joydan mulkdorroq o’ziga to’q oilalardan sovchi chiqsa jon deb qizlarini qo’sh-qo’llab turmushga berib yuborishmoqda. Chunki hozir ishsizlik, qashoqlik O’zbekistonda juda ham tez tarqalib bormoqda. Shuning uchun ham qishloq qizlari u yoqda tursin hatta shaharlik ota-onalar ham uncha munchaga qizlarini o’qishga unamay qolayapdilar. Ammo bir narsani o’ylamydilarki bu mulk ularni bo’lajak kuyovlariniki emas, balkim uni ota-onasiniki. Bir necha yillardan keyin qarasalarki to’qlik va faravonlikda o’sagan kuyov to’rani qo’lidan ish kelmaydi. Natijada ularning suyukli o’qimagan, kasbga ega bo’lmagan qizlari qaynona va qaynatalarini eshigida elanib yig’lab kun kechirishga majbur. Ko’rib turibsizki ota-onalar har doim ham haq bo’lavermaydilar.
Qadrli singlim o’qing, ilim oling. Yosh va ozod qush paytingizdan foydalanib hamma orzularingiz va rejalaingizni amalga oshiring. Bu dunyodan armonciz o’ting. Yosh ekansiz yoshligingizda bu imkoniyatni qo’ldan bermang. Agar qariganda qilaman desngiz, qariganda bu juda bachkana ko’rinadi chekadan qaragan odamga. Men hech ham yuqorida ba’zibir aytilgan fikrlarga umuman qo’shilmayman. To’g’ri Xalq qashoqlashsa mashoqlar ko’payadi degani. Lekin shuni bilinki Haqiqiy Talantlar Telivizor ekranida joy olishaolmasalar ham, ular Halq Yuragida Joy oladilar. Agar haqiqatdan ham o’zingizda istedod va kuch sezayotgan bo’lsangiz aslo ikkilanmasdan oldinga olg’a.

13. AkAdeMIK - August 29, 2006

синглим балки сиз уз келажагингизни уйлаётгандирсиз бу тугри лекин ота она сизга ёмоликни раво куришмаса керак шунинг учун хаммасини узиз азгина уйлаб хал килинг чунки сиз учун хеч ким жавоб бера олмайди илтимос синим бу сузларим дилингизга огир ботмайди деб умид киламан

14. Loriley - September 9, 2006

Nargiza, avvalo siz uzizni usha ota-onangiz roliga quyib, oynaga qarab bir aktrisalik mahoratingizni sinab kuring. Bu kasbni uddalay olasizmi, boshqa bir insonning ichki hissiyotini uzizga his qilib yuzaga chiqarib bera olasizmi, yuqmi. Harkuni bior xil ovqa jonga tekkandek, bir xil mashq qilaverish ham jonga tegadi. Mashhurlikni aslo maqsad qilib quymang, mashhurlik yollari juda uzun egri-bugri.Kupchilik qizlar shu maqsadf yolida chohga qulab ketishadi. Shu kasbdan non topib yeya olamanmi, meni hayotimmi san’at yo yuqmi shuni aniqlab oling. Qarorni esa albatta uziz chiqarasiz.Bu hohishingizni oddiy usmirlik, yoshlik xatosi deb tushundim…

15. Erkinoy - September 10, 2006

Loriley,
oddiy insonlarni barchasi ham tinch yashaydi deb aytsangiz adashasiz. Men oddiy, mashhur bo’lmagan va mashhurlik izidan quvmagan insonlarni ham chohga qulab tushganini ko’rganman.

16. Аноним - October 16, 2006

Наргизахон, синглим, мендан хафа булманг, баъзи бир масалаларда ёшлик килибсиз. Ота-онани бежиз яратгувчига киёс килишмайди. Пайгамбаримиз Мухаммад Салаллоху Алайхи Васаллам ” Агар оллохдан бошкага сигиниш мумкин булганида, мен ота-онангизга сигининглар деб айтган булардим” деганлар. Улар сизни яратишди, устириб улгайтиришди, сиз мустакил булгунингизга кадар, яъни, турмушга чикиб, бировнинг хасми булгунингизга кадар, улар сизга жавобгардирлар, ва такдирингизни хал этмокликни оллох таоло уларнинг ихтиёрига бергандур. Ота-она нотугри иш килишлари мумкин, “Беайб парвардигор” дейдилар. Сиз эса, мана шу айбни яширишингиз, ва келажакда уз фарзандларингизни укишини таъминлашингиз маъкулрок эди. Сиз етмаган орзуларга фарзандларингиз етса, бу сизнинг ютугингиз эмасми?
Шахсан мен фарзандларнинг укишини хохламаган ота-оналарни тушунмайман. Келажакда фарзандларимнинг укишини, билимли, маълумотли одам булишини хохлайман.
Лекин, ота-онангиз буни тушунишмас экан, ёки хохлашмас экан, на илож, сиз бунга куникишга мажбурсиз. Халиям булса кеч эмас, ота-онагизга бу хакда айтиб, кечирим суранг, балким, иншооллох, тушунишар. Агар кунишмаса, сиз булажак фарзандларингизни маълумотли килиш ниятини дилингизга махкам тугиб, такдирингизга тан беринг.
Сизга омад тилайман!

17. Malika - October 17, 2006

Hurmatli Anonim yozuvlarizdan ilmlik va tafakkurli inson ekanligiz kurinib tiribdi. Lekin adashmasam hadisni uzgacharoq keltiribsiz ,agar yuqorida yozgan hadisizni manbaasini aniq keltirsangiz foydadan holi bulmasdi. Paygambarimiz SAV aytgan hadislarni notugri talqin qilish u kishiga va islom diniga tuhmat bulishini yahshi bilsangiz kerak. Siz yuqorida keltirgan hadis esa aslida matni ,manosi uzgacha shaklda edi.Islomda ota-onani uluglashga juda katta urgu berilgan buni har bir musulmonlik davo qilgan odam yahshi biladilar .SHuning uchun hais va oyatladan misol keltirishda ehtiyot bulganimiz maqulroq deb uylayman.

18. Аноним - October 17, 2006

Хурматли Маликабону!
Ёзганларингизни укидим, Сиз айтмокчи булганингиз, хадиси шарифни бошкача талкин этиш фикри менда йук. Мен Сиз билан бахслашмокчи эмасман, айтмокчи булганим, каердадир укиганимни келтирдим холос. Албатта бу гапларингизни кабул килган холда, ва Сизга рахматлар айтиб бундан кейин, шу каби керакли маълумотларнинг манбаасини эслаб колишга харакат киламан. Сизга хурмат ва эхтиром ила, Аноним.

19. Azzurra - November 5, 2006

Buon luogo, congratulazioni, il mio amico!

20. Аноним - November 6, 2006

Хурматли Azzurra! Энди илтимос, узбекчага таржима килиб беринг айтганларингизни🙂

Уважаемая Azzura! Пожалуйста, переведите, о чем Вы?🙂

Dear Azzura! Please, you transfer about what?🙂

21. Nargiza - December 6, 2006

Nargizaxon tugri ish qiganla dib hisobliman! Albatta o’qish kerak, lekin shu bilan birga kelajak haqida ham tasavvurlaringizni aniqlashtirib oling, ish, oila masalalarini. O’zbeklarda ayol kishini o’rni faqat uyda deb biladiganlar ko’p, shuning uchun agar ayol kishi ko’chaga chiqsa, ya’ni jamiyat hayotida ham ishtirok eta boshlasa, uning majburiyatlari ham ortadi.

Islomda ham “Ilm o’rgan” deyilganku. Lekin ota-onangizga yotig’i bilan tushuntiring, ularni aldash yaxshi ish emas. Agar Sizga ishonishsa, albatta ruxsat berishadi. Ularning va o’zingizning o’zingizga bo’lgan ishonchingizni hech qachon yo’qotmang!!


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: