jump to navigation

Тегажонлик хақида… July 31, 2006

Posted by ayollar in Aralash Mavzular.
trackback

Куни кеча газетада бир мақолани ўқиб қолдим: Америкадаги бир катта корхона бошлиғи унинг остида ишлайдиган аёлга тегажонлик қилибдимиш. Бу хақда ўша аёл махкамага ариза берибди, энди бу бошлиқ устидан махкама жараёни кетаётган эмиш. Бундай хол АҚШда тез тез учраб туради. Баъзан эркак менеджерлар хақиқатдан ҳам лавозимидан суъистемол қилган бўлади яъни лавозими пастроқ бўлган аёлларга тегажонлик қилишади, баъзан аёл ёлғон гапирган ҳам бўлади (катта тавон ё тўловга эришиш учун), кўпинча бундай ишлар тавон тўлаш билан тугайди (яъни бошлиқ аёлга тўлайди). АҚШда аёллар эркаклар билан тенг хуқуқларга эга бўлишга эришганлар, шунинг учун улар қўрқмасдан бошлиқларига қарши маҳкама ишларини оча олишади. Яқинда укам уйланмоқчи бўлган қизи тўғрисида бир нарса айтганди. Бояги мақолани ўқиб яқинда укам уйланмоқчи бўлган қизи тўғрисида айтган гаплари эсимга тушди. У қиз ресторанда официантка бўлиб ишламоқчи бўлган, ишга кирган. Бир паст ўтмай ресторан эгаси унга тегажонлик қила бошлаган. Укам унга ишламасдан уйда ўтиргани маъқул деб бошқа ресторанга қўймапти. Менга “уйда ўтиргани маъқул, қаерда ишламасин унга тегажонлик қилишади, чунки у чиройли” деганди. Биздаги аёллар умуман бундай холларда нима қилишади? Кимга бориб арз қила олишади? ** Вашингтондан Раънохон

Comments»

1. Toshkentli qiz - July 31, 2006

Nazarimda bizda Amerikadagi erkinliklarga hali ancha bor. Bizda hali beri ayol kishi qaerda ishlai olish-olmasligi haqida eri bilan qainona-qainotalari hal etadi. Shuning uchun offiziantkalar orasida Ozbek qizlarni uchratmaisiz – chunki hech kim ruhsat bermaidi. Yoki raqqosalarni olailik – ularga erta tegish juda qiyin, chunki odamlarning ongida “raqqosa yoki ashulachi kasbi engiltak fe’l-atvorni anglatadi” degan ishonch bor…Biz balki shundai no’to’g’ri, eski zamonlardan qolgan ishonchlarni yoq qilishimiz kerak avvalom bor. Ayol kishi, erkakdan kam joyi bo’lmasdan, har qandai kasbga ega oladi degandek. Tegajonlikga kelsak esa, bizda bundai hol yuz bersa, erga teggan ayol yoki qiz bola bo’lsa, bo’shab ketishga majbur bo’ladi. Bitta ajrashgan dugonam davlat joyida ishlaidigan yoshi katta oilaviy kishi uning o’inashi bo’lishga ko’ndirishga uringanini gapirib bergan. Dugonamning aytishicha, bu kishi u bilan ishlaidigan (Ozbek millatiga mansub bo’lmagan) ayollar uning uyatsiz takliflariga “yoq” demasligiga o’rganib qolgan ekan…

2. Donoxon - August 1, 2006

Qonun qoidani bilgan yaxshi, ammo chegaradan chiqib ketish kerakmas. Avval nima uzgaradi shunday qilsam deb o’ylab ko’rish kerak. Xo’roz hamma joyda bir xil qichqiradi. Evropada ishini quldan bermayman,mansabga yaxshiroq o’rnashaman deb ayollar boshliqlari o’ynashiga aylanayotgan hollarini ko’p ko’zatamiz. Yuqoridagi shikoyatni qilish uchun ayolni orqasida tog’dek sponsori, va har qaerda ish topish shansi, uziga ishonch bo’lishi kerak. Boshliq u boshliq, o’chakishsa har qanday bohona bilan ham yo’qotadi. Kiradigan eshigingni qattiq yopma deyishgan. Men pressaga olib chiqishdan oldin boshliq bilan yaxshilab gaplashvolgan bo’lardim, agar uzini tuzatolmasa boshqa joydan ish qidirib ko’rardim.

3. Erkinoy - August 16, 2006

Assalomu aleykum.
O’zbekistonda o’qishimni a’lo baholar bilan bitirgandan keyin menga Universitetda dars berishni taklif qilishdi. O’shanda men juda hurmat qiladigan otam qatori teng keladigan boshliq domlardan biri menga bir o’zgacha muomila qilishni boshladi. Ohir oqibat men hatto u bilan bitta kafedrada qolib ishlashga ham qo’rqadigan bo’lib qoldim. Uni menga qilayetgan barcha qiliq va hushomatlari o’rinsiz va jirkanchli tuyilardi. Lekin shunga qaramasdan dardimni hech kimga ayta ham olmasdim va hatto arz ham qilaolmasdim. Chunki bundan oldin ham shunga o’hshash voqea boshqa bir kafedrada takrorlanganida bironta bir inson u ayel kishini tarafini olmagan edi. Ko’pchilik erkak domlalar ha u qiz o’zi kallasi joyida emas, ersirab qolgan ayel deb ustidan ham kulishganini guvohi bo’lgan edim. Men bu tutqunlikda yana qolaversam sho’rimga sho’rvalar to’kilishi aniq edi. O’zimni bu yerda haq huquqimni himoya qilaolmasligimga ko’zim yetmagani uchun a’rizamni yozib ishdan ketishga majbur bo’lganman. Keyinchalik meni bu qarorimdan habar topgan ota-onalarim mendan juda ham hafa bo’lishdi. Men esa ularga bor gapni tushuntirib berdim. Ular ham bu holatdan juda ajablanishdi. Juda bir ulkan bilim va obro’ egasi bo’lgan insonni shunday o’zini tutishiga. Universitetdan ketganimga hech ham achinmayman faqat o’zimni qonun qoidalar habarsizligim tufayli himoya qilaolmaganimga achinaman.
O’ylab ko’rsam O’zbekistonda o’zi ayel kishilarni erkaklar tegajoqliklaridan himoya qiluvchi qonun qoidalar bormi???
Nega bizni jamiyatda agar erkak kishi ayel kishiga tegajoqlik qiladigan bo’lsa hech kim miq deb ovozini ham chiqarmaydi, ayniqsa ma’suliyati katta bu’gan katta ishhonalarda???
Agar ayel kishi arz qiladigan bo’lsa uni birdan miyasi chayqalgan, ersiragan va yengiltak ayelga chiqarib qo’yishadi???

4. Serdar - October 21, 2007

ADMIN!!!!!!!
Tegajonlikmas!!!Tegajoqlik. O’zbekmisizlar Uzi!


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: