jump to navigation

“Қайнонажон, қайнона…” July 28, 2006

Posted by ayollar in Mayishiy Zo'ravonlik, Oila va Turmush Tarzi.
trackback

Kampirlar Ўтган ҳафта газетадан бир мақола ўқиб қолдим. Британия маҳкамаси келинига зулм қилиб, оиласини бузилишига олиб келган қайнона устидан ҳукм ўқиган. Энди махкама ҳукмига биноан ушбу қайнона келинига 35 минг фунт стерлинг, яъни 65 минг америка доллари миқдорида тавон тўлаши керак. Лондонда истиқомад қилувчи келин Гина Бҳакар хонимнинг ўғли билан кечган тўрт ойлик турмуши давомида таҳқирланганини даъво қилган ва Таҳқирлаш ва ҳақоратларга қарши қонун билан фойдаланиб маҳкамага мурожаат қилган. Синхнинг айтишича, у эрталабги 6:30 дан уй ишларини қилишга мажбурланган, уйда худди маҳбусдек сақланган. Бажариши керак бўлган ишлар сирасига ҳожатхонани тозалаш ҳам кирган. Қизлик уйига бориб келиш учун ҳам вақт ўлчаб берилган, телефон қўнғироқлари назорат остида бўлган. Хуллас, турмушлари кўп ўтмай бузилган. Бу ходисани ўқиб ўзимнинг келинлигим эсимга тушиб кетди. Тўйимиздан уч кун ўтганидан сўнг, эрталаб 4:30 да туриб кўча супиришим керак эди. Ундан ташқари уй ишлари дегандек… Бошқа ишларнику бажариш муаммо бўлмаган, аммо эрталаб туриш….Хайриятки, бу жараён унча узоқ давом этмаган. Ўқишим баҳонасида “қайдасан Тошкент” деб йўлга тушганмиз. Шундан бери қайнонамларникига аҳён-аҳёнда меҳмонга борамиз. Бир сўз билан айтадиган бўлсам, қайнона билан бир том остида яшаш менга насиб этмаган. Шунинг учун борада унча тажрибам йўқ десам ҳам бўлади.Аммо, Сизчи? Қайнона билан яшаш Сиз учун қанчалар осон? Агар қайнонангиз Сизга ҳам зулм қилса, уни маҳкамага берган бўлармидингиз? __ Дийдор

Comments»

1. Canada girl - July 30, 2006

Дийдор,
Менинг умуман кайинона-кайинотам йук (улар мен турмушга чикишимдан олдин вафот этганлар). Лекин Канадада келини билан яшаш умуман нотугри хисобланади. Лекин шунда хам угилларини хаетига аралашадиган кайноналар бор.

Лекин узбек кайнона билан Узбекистонда яшаш канчалик кийинлигини тассавур киламан.

Менинг акам якинда уйланган, ва хотини билан бирга ота-онам билан яшайди. Телефонда онам билан гаплашсам, доим келинини емонлаган: куп ухлайди, хамир килишни билмайди, уйни тозаламайди, ва хоказо. Келин ундан сураб уйига бориши керак. Узи билиб пул ишлата олмайди. Мен келиннинг тарафини олсам, мендан хафа булади.

Менимча акам хотини билан алохида яшасагина тинч-тотув яшайди. Ушангача, эса, уйда доим низо утиб туради.

2. Райхон - July 31, 2006

Бу қайнонали келин бўлиш азобу қийноқлари қаердан келиб чиқган ўзи? Тошкентдан тортиб Чимкентлару Термизларгача хамма ерда ўша ўша аҳвол: келин бўлдингми соат 6да туриб ховлини супир қўшнилар кўришсин, хавас қилишсин, нон ёп, молга қара *** хамма қора иш янги келин бўйнида. Қизлигида шунчалик қизиқувчан қувноқ бўлган опаларим турмушга чиқиб қайнона остида озиб тузиб, ҳам бирини кетидан бола туғаман, ҳам уй ишларини қиламан деб жонларини берай деганларига гувоҳ бўлганман. Ёшлигимдан онам “Борган жойингда гап эшитасан бундай иш қилсанг!” деб қулоғимга солаверардилар. Бу қайнонани кўнглини топиш мухимлиги қаердан чиқган? ким тушунтира бера олади? Ўйлашимча сабаблар йигитларимиз мустақил фикрламасликлари, оналарини ранжитишдан қўрқишлари, қолаверса таништириш орқали уйланганлари сабабли оналарига хотинларидан кўра кўпроқ меҳр кўрсатиб хотинларини қадрига етмасликларида бўлса керак. Мана Дийдорнинг эри хотинини онаси томонидан армиядан ўтказгандек қийноқларга тутишларига чидамасдан кетиб юборишга жосурлиги етибдику. Нега бошқалар бундай эмас? Балки хотинларини ҳам ўша оналари топиб берганидандир? “Хотин топилади, она эса йўқ” дегандек…

3. just_girl - August 1, 2006

balki hali yoshlik qilarman,
lekin so’ramasam bo’midi…

nima – tug’ib, o’stirib, o’qitib shu darajaga etkazib qo’ygan o’g’li yaxshiyu, usha o’g’ilni onasi yomon bo’larkande? a?

p.s. Qars ikki qo’ldan chiqadi.

4. Райхон - August 1, 2006

Onalarni yomon demayapmiz. Kelin olgandan keyin negadir har qandai ona o’zgarib qoladi. O’z qizlariga qilmagan talablarni kelinlarga qilishadi. Men hali biror bitta mehribon qainonani uchratmaganman. Ozimning onam ham kelinimizga nisbatan o’ta talabchan va yomonlagani yomonlagan. Bu haqda o’ilab ko’rsam, onalar hayot bo’yi erlari bilan farzandlariga o’zlarini qurbon qilganlari sababli, kelin olgandan keyin “endi mening “boshliq bolish” navbatim keldi” deb generallarga ailanishadi, kelinlarini rosa ishlattirishadi. Kelinlariga ozor beradigan qainonalar haqida Qo’qond televideniyasida ko’rsatuvlar qilishgan edi, qainonalarni o’zgartish maqsadi bilan… Menga qolsa hamma bo’lajak qainonalarni kelin olishdan oldin mahsus kurslardan o’tkazar edim!🙂

5. Sabo - August 1, 2006

Қайнона билан келин ўртасидаги муносабатлар идеал бўлган хонадон топилмаса керак. Менинг қайнонам биздан узоқ яшайдилар. Аммо, ўша ердан туриб ҳам эримни “йўлга солиб” турадилар. Узоқдан турибки, бизнинг ҳаётимизга аралашадилар, ўзлари билан яшасам нима бўларди-я деб ўйлайман.

6. Malika - August 1, 2006

Just_girl,
Ona o’g’lini mexri va muhabbatiga albatta loyiq. Lekin bu degani kelinga zulm kursatishi mumkin degani emas.

Ruslar bir nasrani aytishadi – v odnom dome net mesta dvum hoziaykam. Hech kachon qaynona kelin bilan chiqisha olmaydi.
Yana bir narsani aytish kerakki, kelin qaynonasi qo’lida bir umr azob chekkan bo’lsa ham o’zi qaynona bo’lganidan keyin keliniga xuddi shunday munosabatda bo’ladi.

Nega shunday? Chunki onalar o’g’illari katta bo’lganini tan olmaydilar. “bolasiga” doim saboq o’rgatishni istaydi. “Og’li va uning hotini hohlaganicha yashashini ko’raolmaydi.

Men o’zim onaman, mening o’g’lim bor, va u 18 yoshga to’lganda biz bilan yashamasligiga tayorlanyapman. Uning hayotiga, ayniqsa shaxsiy hayotiga aralashmayman deb o’zimga so’z berganman.

7. just_girl - August 1, 2006

Balki – sizlarning ham gapingiz to’g’ridur, har xolda turmush qurgan, “qaynona-qaynotali” ayollasizlar, lekin…. nima bo’lganda ham, qanday bo’lganda ham usha “qaynona” turmush o’rtog’ingizning ONAlari.
O’zimni ham onam bor. kennoyilarim bor. Agar mening qaynonam Onamga o’xshab, Onam kelinlariga qo’ygan talablarni menga qo’ysala, bor yo’g’imni ularga bag’ishliman deganman. Yoshligimdan orzu qilaman – shunday bir honadonga kelin bo’lib tushayki, mayli, ertalab soat 4:30 da turib ko’cha supuray, mayli sigir sog’ay, mayli kechqurun xamir qilib ertalabgi nonushtaga tandirda non yopay – nima qilib bo’lsa ham Oyijonim bilan Adajonimni duolarini olib, ularni xizmatlarini qilsam bo’lgani derdim va haligacha shu orzuim bor. Ushanda – “Allohga shukr, mening shunday Oyijonim va shunday Adajonim borlar” deb mag’rur yuraman. (Hudo xoxlasa shu orzuimga albatta erishaman).
Hali qaynonam u yoqda tursinlar, turmush o’rtog’imni kim o’lishlarini bilmiman. Lekin – shuni bilamanki, nimani Allohdan astoydil so’rasangiz – albatta tilagingizga erishasiz.
Rayhon opa, balki gapingizda jon bordur, lekin menga qolsa har bir qizni uzatishdan oldin maxsus kursda o’qishini xoxlardim. Toki, kelin bo’lib tushgan xonadonini gullatsin, shirin so’zi, kulib qarashi, chaqqonligi, ozodaligi, epchilligi, didi, shirin taomi-yu, “qovoq” solmasligi bilan ba’zi “tosh yurak”, yoki “zahar” qaynonalarni ham “tosh yuraklar”ini eritib, tillo qaynona qilishsin.. Toki, turmush o’rtog’ini shunday parvarishlasinki, ul kishi ishdan keyin dam olgani boshqa joyga emas – uyiga shoshilsin… Toki, turmush davomida hamma narsaga ulgursinki – shu ishlar orasida, o’zining ishiga (davlat ishi yohud shunga o’xshagan muassasa) borib, u erdagi ishini a’lo darajada bajarib kelsin. 🙂 Ko’p narsani xoxliman-a?🙂

8. lola - August 1, 2006

mening ham qaynonam naqd gitlerni uzi ishonsagiz bir kuni kechasi bolam ihlamagani isitmalab chiqani uchun kechasi bilan kutarib yurganmandi rosa uyni boshiga kiyib yiglagan qaynonam eshitib bir ogiz nima buldi deb chiqmaganlar kegin ertalabga yaqin 5 da uhlagan man ham uhlab qolibman 7 da eshigimni tepib qargab dangasa uhlab yotibdi deb rosa tupolon qilib erimga ur deb gij gijlab uyni boshlariga kiyib qaynim hamaligi mani gushimni eishgan 7 da turganimga,shunaqa zolim qaynonlar ham bor.

9. lola - August 1, 2006

hudoga shukur hozir qaynonamdan ancha uqoda boshqa shaharda yashiman qanot chiqarib uchib kelaman desalar ham kelomidilar lekin shutga ham gap szulari etib keladi hujaynim telefon qilsalar hi yuribdimi deb sasidilar ona bulib duo qilmidilar har doim qargab ul deb yomon niyat qiladilar,siz etishingiz mukun qarz ikki quldan chiqadi deb tugri lekin biza uchta ovsinmiza uchalimiza ham dodo deymiza uzidan uzi tutib qoladi oyojon deb yahsi gapirsangiz ham gapirmidilar kup yahsi gapirsangiz kup gapiradi kam gapirsangiz gapirishni muomilani bilmidi nega manga tirjayib qarivuradi nega humaryadi deb har narsadan bahona qilib tupolon qiladilar,kasal bulsak hujaynimizani chaqirib oborib tashla uyiga yana kasal kasal bulmi ul deb obortirib tashlidilar tuzalsak kelsin ishini qilsin deb chaqirib oladilar man tugishga ketvotganimda ham uzlari oborib ushatda duhtirlar bilan urushib duhtirlar bugun qoladi shutda yotsin deyisha yuq kegin keladi deb olib ketib uyda it kunini solganlar ertasiga oborib tashlab ertalab tashlab ketib kechqurun tuqanimda hujaynimni uzlarini junatganlar ovqatsiz man ochdan och bola kiyimsiz yotibmiza,oanm bechora mani ahvolimdan habarlari yuq kechasi eshitib etib kelib uzlari ovqatlantirib ketganlar qaynonam bulsa mani tashlab ketib uzi borib uhlagan,kotta ovsinimni bulsa homilador paytida iloyim tugolmi qiynalib ul man kuri deb qargagan endi uylang usha ulsa kimga foydayu kimga zarar ahir uglini hotiniku tugiladigan bola uzini nevarasiku,hech yahsi niyat qilmdilar uyd aham uraman deb necha marta mani ham kotta ovsinimni ham quvlab qargab kuchaga haydar edilar siz mani gaplarimga ishonlasligiz mukun uzizni boshizdan utmagandna kegin,man ham niyat qilgan edim qaynona qaynotamani huddi ota onam urnida kuri kotta honadonga tushi keldi ketdi kup buladigan deb lekin hech kim kelolmidi bizani uyga kelgan mahmonni ham kutib olmi kirib yotib oladilar uf jonga tegdi deb okalarim ham eshikdan kelib eshikdan ketishadi,lekin hudoga shukur hozir qaynona qaynotamdan uzoqda hujaynim bolam bilan tinchgina yashavoman,bulmasa qaynonam mani uzlari topib kelin qilganlar,ugilari tpgandaku ha endi mani yoqtirmayabdi deb chidasangiz,yana uzoq qarindoshmiza,mani onam ham kelin tushurgnalar lekin shunaqa zur qaynona bulganlar ularni kurib dunyoda ham yahsi qaynonlar borligiga ishondim,kelin kasal bulsa uzlarini yonlariga olib kelinga ham nevaraga ham kechasi bilan qarab kelin tuqaani ketganda bolnisaga uch mahalab ertalab vaqtli qorni ochib qolmasin deb ovqatlar qilib qatnab bolaga ham chilada kelinni qirq kun yotqizib quyib uzlari qaradilar,lekin kenayimni onasi umuman boshqa olam bulib chiqan,umuman qizi nevarasi bilan ishi yuq,iqiz tuqanini uchinchi kuni kurgani borgan raddomga,shunaqa bemehr shunga ham hdoyim kenayimga yahsi qaynonani rupara qilganmi deymandi onamlar manga kelinim hamma ishimni qilsa nevara tugib bersa oyijon deb yursa nimaga endi ksala bulganda qaramasligim kerak,bu ham birovni biolasi ,man sani kurgan kunlaringni kurib bu usha kaunlarni kurmasin deyman man sani kurib siqilganimga buni onasi mandaka siqilmasin deydilar tugri vaqti kelganda yahsigina urishadilar ham kenayimni ishni yahsi qilmagan bulsa urishadilar lekin hudi ona boladek bulib ketishgan,shunga yasi qaynonlar ham bor har doim ham ayb kelinda bulmidi,lekin yahsidan kura yomon qaynonlar tiqilib yotibdi agar mani ilojim bulganda man ham qaynonamni sudga bergan bular edim.

10. Райхон - August 1, 2006

Lolaning hiqoyasini o’qib ranjidim – boshingizga shundai kunlar tushgan ekan, a… Just-Girl singlimizga kelsak esa bitta narsani aitishim mumkin – orzu-umidlaringiz juda pok, havas keltiruvchi. Siz shundai idealistik (yani hayotni o’ta chiroyli, kamchiliksiz ko’rsatuvchi) hayollar bilan yashashingiz odamni sevintiradi. Qani esa hayot siz aitgandek bo’lsa… Ayollar esa hammasi Super-Ayollarga ailanishsa – ham ish joylarida ham ui ishlarida, ham oila a”zolari bilan munosabatlarda “alo’chi” bo’lishsa… Qainona bilan kelin bir’biriga jilmayib shirin so’zlar gapirib yurishsa…Hayot jannatga ailanar edi… Singlim sizga o’hshagan edi – yangi hayot, qainona-qainotalar bilan munosabatlari haqida sizdek katta orzular qurib yurar edi. Ammo ozingiz aitganingizdek qarsak ikki qo’ldan chiqadi. Singlim qanchalik harakat qilmasa ham, qanchalik muloyim, ishchan bo’lmasa ham, talablar ko’payaverardi, qainonasi baribir qandaidir kamchilik topa verardi, turmush o’rto’g’idan esa hech qandai ruhiy qo’llab quvatlash yo ko’mak ko’rmas edi. Endi u ham sizdek SuperWoman bo’laman degan qizdan oddiy Ozbek ayoliga ailandi. O’zini o’z uyida yolg’iz his etadi… Qainonasi, eri haqida shikoyat qilib yuradi…

11. Erkinoy - August 1, 2006

O’zbeklarda “qush inida ko’rganini qiladi”-degan maqol bor. Zolim qaynonalar ham huddi shunday, o’zlarini boshidan o’tkazgan qiyinchiliklarini kelinlariga ham ravo ko’rishadi.

12. lola - August 1, 2006

Erkinoy sizni gapizga qushilaman mani ham qaynonam uzini qaynonasidan ros agap eshitib yurgan ekan,yana uzlari etib beradilar sababini man sizlarga ushab ish qilishni ovqat qilishni bilmas edim,qush kelin bulib tushganmiza kichkina kelin hamma ishni qilar edi man ishlardim kelib ovqatimni eb uhlardim,ushanga kup gap eshitar edim hattoki sizlarga ushab bola ham boqolmas edim deydilar,bulmasa 26 yoshda turmushga chiqan ekanlar,biza bulsak 18 yoshda ona bulganmiza,qaynonlarai lekin uzlaridaka zolim bulmagan ekan ammalar gapirib berishdadidi,qaynonalar
ingni uzi rasvo edi onam odam qilaman deb ulib ketdi deyishar edi,bu gap 100 foiz rostligiga ishonamiza hozir ham biror ishni qila olmdilar bolaga qanqa qarash kerakloginiku umuman bilmidilar maslahat surasangiz ana onagdan sura deydilar mani bolamni onam boqanlar oborib tashlar edim chilasidan boshlab uzim qaynonamni hizmatini qilib yurar edim lekin bunday qaynonaga ham hudoni jazosi bor hech bulmagandan uzini qizidan kuradi,nimaga endi uzi yoshligida qaynonasidan zulm kurgan bulsa yana ush
a ishni uzini keliniga ha
m qilishi kerak man hech tushuna olmiman kelinlarini uzini qizini urniga quyib kursa buladiku,kelin ham birovni bolasi birov uz bolasini 18,19 yil boqib kotta qilib odam qatoriga qushganda beradi birovga qush qullab,kegin yana azobini tortib utiradi,masalan mani onam ham qaynonalaridan rosa kun kurgan ekanlar rosa qiynab mandan batar hayot bulagan kena ushani kurib etadilar man nimaga kelinimni qiynashim kerak man kurdim bu kunni kelinim kurmasin deydilar ham hali odamni qarishi bor ertaga nima bulasna hudo biladi balkim kuning shu kelinigga qoladi hozir san uni azoblasang ertaga kegin u sanga shu kunlarni qaytarmidimi deydilar,shunga man ham niyat qilaman hudo hohlasa ugil kursam kelin olsam qaynonam mani boshimga solgan kunlarni mingdan birini ham kelinimga ravo kurmiman man unaqa qaynona bulmiman insha olloh shu niyatimni amalga oshiraman.

13. mumina - August 2, 2006

Assalomu-alaykum hurmatli ayollar yuqoriagi fikrlarni uqib hayron qoldim.Nima bu kungilochar ayollar saytimi yoki giybathonami? Lola (shahsiyatga tegadigan gap olib tashlangan – AB) Usha siz qoralayotgan qaynonangiz ham ,yoki quda holangiz ham uz qizlarini qalbida siz va onangiz singari kurinadi.Qolaversa uzbek ayoli hamma narsaga ulgursa buladi ,dunyo qaytar dunyo deganlar.Hammalariz ham farzand boqyapsiz. Men ham oddiy uzbek ayoliman avvalda qaynona bilan yashaganman ,usha sizlarga mashaqqat bulib kuringan mehnatlarni hammasini boshimdan utkazganman erta tong qorongusida hovli supirishmi, oila azolariga nomushta tayyorlashmi ,sigir sogish yoki ekin ishlarida oilaviy ishlashmi hullas hammasini boshimdan utkazganman.Lekin bu sizlar yozgandek mashaqqat emas har birini uz gashti bor agar bilsangiz.Tugri bizni oilada ham qaynonamiz va biz ovsinlar yani 4 kelinni oramizda nizolar bulib turardi lekin sizlar tariflaganchalik dahshatli emas. Bu hayotni oddiy holati deb uylayman.Adolat bilan tan olingchi qaysi birizni onangiz bajargan ishizdan kungli tulmagan vaqtda tanbeh bermagan? Yoki hozirda uzlariz farzandizni ishidan kungliz tulmasa ham maqtovlar bilan siylaysizmi?Men ham hozirda chet elda yashayman allohga shukr oilam tinch, hamma narsam bor hayotim maroqli.Lekin qaynona bilan yashagan davrimni qattiq soginaman. Agar ilojim bulganda qaynonamni oldiga qanot boglab uchgan bulardim. Agar bilsangiz uz quliz bilan non yopib ,erta tong qorongusida hovli supurib ham qaynonagizni,ham kuchada utgan odamlarni hursandchiligiga sherik bulish ham baht. (SHAHSIYATGA TEGADIGAN QO’POL SO’Z OLIB TASHLANGAN – AB)

14. just_girl - August 2, 2006

Assalom alaykum – bu yana man….
Rayhona opa – sizzi gaplarizzi o’qidim. Rahmat. Shu o’rinda yana bir narsani aytib o’tmoqchiman. Opacham borlar. Hudoga shukr – men usha opamni singlilari bo’lganim uchun. Onamga checksiz Rahmat – ularni va meni shu yo’sinda tarbiyalaganlari uchun.
Opacham – turmush qurganlar, xozirda 3 nafar farzandlari bor. Turmush qurgan zahotlariyoq ularni alohida chiqarib yuborishgan. Boshida ularda ham janjal, nizo bo’lardi. Lekin – hech kimga indamas edilar, hattoki Onamga ham bir og’iz gapirmas edilar. Aytadigan gaplari – “Mani qaynonamdan yaxshi qaynona yo’q”. Qaynonalarining qandayligini o’zim bilaman. Usha paytlarda u mahallada ulardan-da qattiqqo’l, ulardan-da talabchan qaynona bo’lgan emas. Alohida turishsa ham ularning qo’yadigan talablari , kunora kelib tekshirib turishlari, yozda barcha navaralarini Opamnikiga yuvorishlari, va hokazolar Opamni necha marotaba ko’zlaridan yosh oqizgan. Opam esa hammasiga chidar edilar – biznikiga arazlab kelmas edilar.
Mana oradan yillar o’tdi. Shunday “dahshat” qaynonalari ham Opamni shu darajada yaxshi ko’rib, shunaqangi qaynona bo’ldilarki, qayerda bo’lmasin – kelinlarini – opamni maqtaydigan bo’ldilar. Tanimagan odamingdan yaqin insoning to’g’risida shunaqa gaplarni eshitsan – g’alati bo’lib ketar ekansan.
Aytmoqchi bo’lganim – agar qaynonangizni ham ONA o’rnida ko’rib, onangizga qilgan hurmatni, muloyimlikni, muhabbatni qaynonagizga ham bersangiz, ulardan ham aynan shu narsani kutsa bo’ladi.

15. lola - August 2, 2006

Mumina opa man haqimda yozgan hatizni uqidim,asosiy giybatchi odamni dardini tushana olmdigan inson uzingiz ekansizku,bu ayolarni tashvishini yozadigan dardlashadigan sayt bulsa nima endi bunga ham odam uz dardini yozib bulmidimi nimaga unda ochilgan bu sayt siz mani erimni erkak emas debsiz,balkim uzizni erizdan misol qilib etgandirsiz,lekin man shu saytaga yozgan gaplarni birortasini erimga etmamiman,chunki usha rasvo qaynonam erimni onasi lekin etmagan taqdirimdaham erim uzlari juda yahsi biladilar,siz mani giybatchi kurolmas debsiz man nimani kurolmadim niam qaynonam manga qivotgan yomonlikni kurolmi yozvomanmi,hop man yomonman deylik unda kotta ovsinimchi u ham yomon bitta qaynomnam yahsimi,siz mani qaynonam bilan bir kun yashab kuring,uziz bilasiz va mani gaplarimga 100 foiz qushilasiz,siz qaynonagiz manikichalik bulmagandir man butda qaynonamni yozganimda ish qilib charchadim degan suzni ishlatmaganman shekilli,man ham huddi siz kabi azonlab turib qilar edim ishni kechasi bola uhlamasa ham hamsiga ulgirar edim qaynonam uzi endi mani qadrimga etvotdi,bir marta uzlari etganlar kottya ovsiningiz ham sizchalik ish qilmidi deb man ham uqir edim,hamasiga ulgirar edim,qaytar dunyo debsiz man niyat qilaman uzimni qaynonamga ushamaslikka,agar man unaqa qaynona bulmasam kelinim nimani yomonlidi yahsi bulsangiz u ham yahsi buladi tugrimi man ham qaynonamni huddi oanmdek kurishni hohlaganman qargasalar ham uraman deb quvlasalar ham indami bir pastdna kegin hech narsa bulmagandek oyijon deb hizmatlarini qilib yurar edim ishdan kelgan hujaynimga oyiz shunaqa qildilar deb bir ogiz etmas edim,shunig uchun hozir hujaynim mani sabrli bulganimga tan beradilar uzlari ham etadilar qanqa gaplar ehistib yurar eding oyimdna deb,hozir shu gapimni ham uqib ering erkak emas ekan dersiz yana yuq erim hudoga shuukur erkak erkak bulganda ham uyim joyim deydigan erkak,faqat odamni yuragida ozgina mehr degan narsadan bulsagina mani tushunadi,sizda bulsa umuman mehr yuq ekan,man hatimda ishdan qochdim deb yozmaganman siz mani gapimga umuman boshqa narsani yani ishdan qochgandek dangasalikda ayblab yozibsiz,oldin mani yozgan dardimni yahsilab miyangizni joyiga quyib tushunib olingdi kegin yozing,bu sayt ayolarni dardini yozadigan sayt bulgani uchun yozdim,nima onamga etmi erimga etmi ichimd ayutivurishim kerakmi 3 yil deganda endi dardimni yozsam birovga etsam siz yozvotgan gapizni uziz odobli ichi toza odam bulganizda birovni shahsiyatiga tegadigan gap qilmas ediz,kegin birovni eri erkak mi erkak emasmi sizni necha pullik ishingiz bor,siz etvotgan qaynonagiz sizni ikkiqat paytingizda ham qargab,yoki bulmasa kasal holizda bola bilan isitmalab yoztgnizda ham ishlatib,yoki raddomga oborib tashab tuqan bulsangiz ham to chiqunizcha biror marta bormagan nevarasi bilan umuna ishi yuq odam bulmagandir ,gapiga ilon pust tashlidigan qilib qargamagandir,agar shunaqa bulganda mani gaplarmini odamdek qabul qilgan bular ediz,kurinib turibdi siz qaynonagizdan yomon kunlarni kurmagansiz,bolangiz yomon ish qilsa tanbeh bermaysizmi debsiz,man hech qaynonam manga tanbeh berdi demayabmanku,tanbeh berganlarida hursand bulib qabul qilar edim,hech manbuni notugri qilibsan bundoq qil demaydilar aksincha qargashdan boshlab butun quni qushniga yoyib urish qiladilar,man qaynonamdan zizgircha mehr kurmagaganman manku mayli bolam ham buvisidna mehr kuramagn,shunig uchun ichimdagini yozdim hech butda ichi qoralik qilganim yuq,siz oldin hat yozishdna ioldin yoki qaynonagizni maqtashdan oldin mani hatimni yahsi uqib gaplarimga tushunib oling,birovni erini muhokama qilmasdan,kegin hamani erini ham uziznikiga uhsahtmang,hudoga ming shukurki erim qaynonamni aksi,qaynonamdan faqat kelinlar emas qaynotam ham kun kurmidi bunisga nima deysiz,yana qaynotangni otasi erkak emas ekandi ugliga yahsi tarbiya bermagan dersiz,birinchidan siz birovni sahhsiga tegadigan gap yozishga haqingiz yuq,ming uzizni dono qilib kursatmoqchi bulsangiz ham,ikkinchidan bu saytda odam uz dardini ichidagi borini yozadi bulmasam nimaga ochilgan bu sayt,manga qaytar dunyo debsiz nima man birovni qargavomanmi,yoki qaytsin devomanmi manga unaqa deysiz,bilaman hamani oldida bola chaqasi bor,mani tushunmaganlarni ham oldida bola chaqasi,bor,man hech kimga mani boshimga tushgan kun tushmasin deyman,tagin man uzimni kurganimni mingdan birin yozdim hamasini yozganimda rosa malolmat toshini otar ekansizdi,bundan batar suzlarni yozib,odam qatoridan chiqarib yuborar ekansizdi,uzr man ham sizni gapizga javob yozdim,mani butga kiriganimda birovni shahsiga tegadigan gap qilish niyatim yuq lekin manga shu haqda yozsihsa man ham qarab utira olmiman,uzimku mayli uzim bundan battar gaplarni eshitganman lekin hujaynimni butga qushmang,hujaynim kirib ubu narsa devotganlari yuq bu saytda,shuning uchun mani gapim ham ogir botsa oldindan uzr suriman,kakoy atvet takoy prevet.

16. mumina - August 2, 2006

Hurmatli Lolahon sizni Javobizni uqidim singlim tugri aytasiz salomiga yarasha alik.Man yozgan hatdagi bazi gaplar umumiy gaplar edi.  (AYOLLAR BEKATI SAHIFASI MAQSADLARIGA TO’G’RI KELMAIDIGAN GAPLAR OLIB TASHLANGAN – AB)

17. lola - August 2, 2006

Mumina opa,hatizni uqidim,lekin bunisi kunglimga ogir botmadi,chunki butda endi shahsiyatimga tegadigan gap qilmabsiz,sizni birinchi hatingizni uqib uzimga uzim ham suz berdim endi dardimni hech kimga dasturhon qilmiman dunyoda qiz bolaga onadan yaqin inson yuq deb tugri etishgan,chunki onang hamma gapingni jim eshitib yahsi maslahat beradi hech uzi´nga ogir botadigan gap qilmidi,man shu saytdagi shu maqolani uqib bir uzimni yozi odamlarni fikriga qushili degan edim ichimda saqlab yurgan dardimni eti bu sayt shunaqalar uchun ochilgan ekan hamma hohlagan fikrini bildiradigan ekan deb yozgan edim,ming rahmat endi sizni gapizni yani birinchi hatizdagi shirin suzlarizni uqib ikkinchi bu saytga kirmiman ham,hech narsani yozmiman,odamlar ayniqsa hozirgi odamlar hech birovni dardini ichidagi gaplarini eshitmidigan bulib ketishgan,lekin man bu gaplarimni endi birinchi bulib shutga yozib endi etvotgan edim,hali hech kimga hattoki ovsinlar birga utirsak ham ularga etmas edim,lekin qaynim qaynogam tufayli ularga etib borar edi,surashsa ha endi derdim,tagin erim eshitib mandan hafa bulmasinlar derdim,onamga ham ovsinlarim telefon qilib yoki qaynogam telefon qilib qizingizni sogligi kerak bulsa utdan vaqtinmcha bulsa ham olib keting der edi,shunda onam,man qizimga hamasiga chida deganman uzi ham kelmidi,man uni oyilasiga aralashmiman asosiysi er hotin yahsi bulsa buldi der edilar,hattoki oyilam notinchligini kursdoshlarim ham sezar edi,san turmushga chiqmasingdan oldin shuh quvnoq eding endi nima bulödi deyishsa hech narsa uzim endi ja shuh bulsam yarashmidi derdim,ular qaynonag yahsi emasmi deyishgand ayuq oyijonim zurlar deb har doim yahsi gapirar edim,lekin uzligi ham hayitda kelib qaynonagni kurinishidan rosa sani gushingni eydiganga ushar ekanmi deyishgandi,ushanda ham hech kimga etmas edim,har holda qarz ikki quldan degan gap borku,man butga yozishimdan maqsad qaynonlar ham kelinni huddi uz qilzligidek kurishsin qizligini urniga kelinni quyib kurishsin degan maqsadda yozgan edim hamma kuproq aybni kelingga yuklidi, hamma uz hayotini yozgan man ham yozdim,hech qushganim yoki kupirtirganim yuq.

18. Nargiza - August 2, 2006

Men bu saytga shu mavzuni uqishga kirib turgisi hayron qoldim,odamlarni fikrini bir biriga yozganini uqib,bu saytni lekin ochib juda yahshi ish qilibsizlar,odam taftini odam oladi degan gap borku,ayolar uz dardlarini birovga etmasalar unda ayol kishi uzi tez asabiylashadigan halq,hech kimga dardini etmasa girt jinni buladiku endi tanish bilishiga etishga or qilib shutga kirib yozibdi buni nimasi yomon man Lolani taqdirini huddi jiyanimni taqdiri bilan bir hil ekan dedim uqib,Lola uz taqdirini fikrini yozib hech yomon ish qilmaganku,nimaga Mumina siz unga dardizni dasturhon qilmang deysiz,hop hech kimga etamasdan yursinmi erizni shanini oyoq osti qilyabsiz degandek gap qilibsiz,unda yuqorida yozgan hamma ayolar uz erini shanini oyoq osti qilibdidi,bulmasa bu sayt erini shanini oyoq osti qiladigan ichi qora giybatchilarni sayti ekandi,mana shunaqa qilib uzimiza yoshlarga notugri urnak bulamiza,dardini eshitmi har hil suzlar bilan fikrini buqib hayotga odamlarga ishonchini uzimiza yuqqa chiqaramiza yana yoshlar aynivotdi kelinlar yomon deymiza,man manimcha sizlardan ancha kotta bulsam kerak,3 bolaning onasi kelinlik ayolman man ham kelinimga yomon gapirgan kunim u ham uzgaradi,yahsi gapirsam u ham oyijon deb yuradi,qarz ikki quldan chiqadiku,siz yahshi bulib kelinizni bolajon deb hurmatini joyiga quysangiz u ham sizga yahshi buladi,Lola bilan tanishish niyati tugilgan edi afsuski endi bu saytga kirmayman debdilar,ularni hayoti meniki kabi ekan,tabib tabib emas boshidan utgan tabib degan gap borku,ushanga siz Lolani yahsi tushunmi diliga tegadigan gap qilibsiz,musofir chetda yurgan ayolar shu sayt orqali dardlashsa bunni nimasi yomon man ham chet eldaman hozir bu maktubimni ham kelinim bilan birga yozvoman u ham oyijon shunaqa qaynonlar ham bormi deydi Lolani taqdirini uqib shunga hamma bir biriga muloyim bulib yoshlarni ham tushunishlarini istayman,ming yoshlar sevib turmush qurishmasin qaynona yomon bulsa hammasi bir tiyin jiyanim qaynonasi tufayli ikkita bolasi bilan ota uyiga qaytib kelib utiribdi yana ikkinchisini yaqinda tugdi,qani sevgi onani talabini oldida har qanqa sevgi ham kuz yumib ketadi,yigitlarimiz ham onani fikridan tashqariga chiqib uz fikrini bildira olmdidigan bulgan hozirgi payitda,ha hammaga insof bersin qaynonalar kelinini huddi uz qizidek kurishini istab qolaman,Nargiza opa.

19. mumina - August 3, 2006

Assalomu-alaykum Nargiz opa Lolani taqdiriga achinibsiz yahshi. Lekin uni hatida aytilgan gaplari hozirgi sharoitda deyarlik har bir ayolni boshidan utayotgan bulishi mumkin Uzbekistonda. Siz chetda ekansiz demak hayotiz qaysidir darajada taminlangan. Lekin yetishmovchilik va hayot tashvishlari ustiga yoshlari utib qarilik davriga kelgan qaynonalarni biroz avaylashni nimasi yomon. Opajon siz erizni shanini uylang degan fikrimga qarshi bulibsiz.Bu har kimni shahsiy fikri.Pichoqni avval uzingga ur ogrimasa birovga deydilar halqimiz.. Albatta bu mani shahsiy fikrim. Sizni fikriz uz fikrlash doirangizga munosib maniki esa uz holimga.

20. Sabo - August 3, 2006

Азиз аёллар,
Менинг назаримда бу саҳифа ростдан ҳам Лола айтганидек, дардимизни бир-биримиз билан бўлишиш учун. Мен бунда бирор бир ёмонлик кўрмайман. Ҳар ким ўз фикрини баён қилса, ичини бўшатиб олса бунинг нимаси ёмон. Мен “дардингизни дастурхон қилманг”, деган гапга қўшилмаган бўлардим. Лола бошидан ўтганларини гапириб берди холос.

21. sevara - August 4, 2006

mumina opa siz lolaga yahshi gap gapirmabsiz!eriz erkemasakan digan gapni qaerdan oldiz unaqa diyish kerak emas erkemi erkemasmi sizi nima ishiz bor unaqa gaplani qande uyalmasdan yozdingiz man sizni hatingizni o’qib rosa tasirlanib ketdim bu gap oddiy gap emas agar mangayam shunaqa diyishganda chidab turolmas edim o’ylab ko’ring sizni eringizni shunaqa eriz erke emas diyishsa qattu botmidimi?

22. mumina - August 5, 2006

singlim sevara siz hatga tushunmagan kurinasiz. (BOSHQA AYOLLAR BEKATI MEHMONIGA QOPOL TEGADIGAN GAP OLIB TASHLANGAN) Agar bilsangiz hayot ulkan maktab unda insonlar har lahza uqib urganib yashamasalar kup narsani yuqotadilar. Man hohlaymanki utgan mayda -chuyda gaplarni eslab insonlar oilasidagi tinchlikni va hotirjamlikni yuqotib quymasinlar. Bahtlari omonat bulmasin.Omon buling singlim.

23. sevara - August 5, 2006

assalomu aleikum mumina opa sizihatizni o’qidim togri etasiz man sizzi tushundim man hamma gapilani tushingandim shu faqat erkemas ekan digan gaplariz yoqmudi opajon! salomat bo’ling!!!

24. ayollar - August 15, 2006

Salom Lolaxon,

avvalom bor Ayollar Bekati sahifasiga kirib qalbingizni ochib boshqa ayollar davrasida dardlarlashishga qaroq qilganingiz uchun sizga minnatdorchiligimizni bildirmoqchiman. Buning uchun jur’at kerak, hamma ham oz qalbini ochib kelinlar taqdirini himoya qila olomaidi.
Sizning yozganlaringiz, boshingizdan o’tganlarini gapirib berganingiz ko’pgina ayollarimizni rag’batlantirdi. Ular ham o’z dardlari haqida yoza boshlashdi.

Aitmoqchi bo’lganim – sizga shundai qo’pol gaplar aitilganidan uzr so’raimiz. Ular faqat bitta mehmonning firki holos. Sahifamiz, siz aitgandek, dugonalar davrasida dardlashish uchun, bir birimizga hech kimga aitolmagan gaplarimizni aitish, bir birimizga mehrga to’la maslahat berish uchun yaratilgan. Salbiy baho emas.

Shuning uchun Ayollar Bekatiga yozish qoidalarni kiritdik, va endi Boshqa mehmonlarga nisbatan boshqa qo’pol, shahsiyatga tegadigan gap qilinmaidi degan umiddamiz. Dardlashishga qarshi bo’lgan ayollar bu erga kirish hojati ham yoq.

Iltimos Ayollar Bekatiga yana mehmon bo’lib turing. Bitta ayol deb sahifamizni tark etmang. Siz bilan yana Ayollar Bekatida uchrashishga umid qiluvchi, sizga omad va baht tilab
Shoyira

25. Аноним - October 15, 2006

Эх аёллар, аёллар!
Мени кечирасизлару, лекин кайнона булсангиз, узларингиз хам худди шу ахволга тушасизлар.
Мен бошимдан утгани учун хам, бу нарсага амин булганман.
Менинг онам “мен хеч качон келинларимга ёмон гапирмайман, уз кизимдай муомала киламан” дердилар. Мен катта угил булганим учун, биринчи булиб уйланганим учун, мана шу машмаша менинг бошимга тушди. Менинг хотиним жуда пазанда, хамма ишни уз урнида киладиган аёл. Онам биринчи кунданок хокимиятни уз кулларига олдилар. Хотинимнинг хеч бир иши онамларга маъкул келмас эди. Уртада мен оввораи-сарсон, онамларнинг тарафини олсам, бу ёкда хотиним, хотинимнинг тарафини олсам, бу ёкда тугиб катта килган онам. Хуш, мен нима килишим керак эди?
Ана шунда мен психологияни укишга тушдим, бу хакда нима гап айтилган булса, нима гап ёзилган булса битта хам колдирмай укидим, ва нихоят, топгандай булдим. Бу вазиятдан чикишнинг ягона йули, бу аёллар ичида гапга кирадигани билан яширинча тил бириктириш эди, ва мен албатта хотиним билан тил бириктирдим. Одатда аёл киши кизганчикрок, рашкчирок булади, хар кандай аёл хам, 20 ёки ундан ортикрок йил устириб катта килган севимли углига, ёш, чиройли бир киз келиб эгалик килганига чидай олмайди ва рашк туфайли, уша бечора келиндан кандай булмасин аламини олиш пайига тушади.
Менин хотинимга берган маслахатларим шу булди:
1. Онамлар билан дугона булиш. (ха, ха, дугона булиш)
2. Онамлар кимни ёмон курсалар, ушани ёмон куриш.
3. Онамлар окни кора десалар, кора дейиш.
4. Менга булган мехрини курсатавермаслик. (Бу нарса мендан хам талаб килинарди)
Хуллас, онамлар билан бир хил фикрлаш. Чунки, бу вазиятдан чикишнинг ягона йули эди.
Натижа кутилганидан хам ортикрок булди. Онамлар хатто опаларимга хам айтмайдиган гапларини хотиним билан уртоклашадиган, каерда булса келинини мактайдиган булдилар. Хозирги кунда хотиним, келинлар ичида энг аълоси, энг якини, бошка келинлар онамлардан сурай олмаган нарсаларини хотиним оркали сурайдиган булишган.
Хатто опаларим хам хотиним билан уз сингилларидай сирлашишади.
Хуш, бунга нима дейсиз?!

26. kgbala - November 7, 2006

lola menga sizin muziklarinizi yiborin intimoz?
kasim8788@mail.ru

27. Nadosat - April 27, 2007

Hali turmushga chiqmaganman.Lekin onamdek qaynonam bo’lishini
Juda-juda xohlayman.

28. Sanam - April 30, 2007

Qaynona hech qachon ona bulolmaydi manimcha. Man 4ta ug’il 1 qizi bor oilaga kelin bulib tushdim. Va kurayapmanki qaynonam uz qizlarini judayam yaxshi kuradilar. Biz kelinlar qancha mehr bermaylik baribir qaynopamizdek bizni yaxshi kurolmaydilar.

29. guli - March 26, 2009

Men bu sayitga kirib juda ham tasirlandim faqat mening qaynoman yahshi munosabatda emas deb oylar edim .Biz ozbek erkaklari onalarini turmush ortoglariga qaraganda koproq oylashadi .

30. kelinchak - May 24, 2010

salom tengdoshlaru opa singillar men bir narsaga hayronman qaynaonalar dim kelinim u kelinim bu deishadi uzini qizlari kelin bulsam qaynamni qahshataman degan orzu bilan turmushga chiqmaganday kelinlar ham qaynamni qahshataman deb honadoniga kelin bulib kelmaydi kelinlar ham pichq suvakka etganda tengma teng aytishadigon va o’chashib aytganini qilmaydigon bulishadi menimcha men oyijonim degan o’zbek film ko’rdim hamma qaynalarga shu filimni ko’rishlarini tafsiya qilgan bular edim masalan o’zim qizbolaligimda qaynam qaynaotam bulsa hizmatlarini qilib duolarini olsam degan edim lekin buni turmushga chiqqanimdan sung aslo iloji bulmadi to’gri o’zimni ham kotta ayibim bor turmushga chiqqanimda hechnarsani bilmas edim hamma narsani sabir qilib o’rgatish judda qiyin lekin yoshi kotta odamlar sabirli bulish kerak mana hozir hamma ishlarni o’rgandim ovqat hamir hullas hayotda kerakli bulgan hamma narsani alloh qodir qilganicha o’rgandi hozir qaynamdan uzoqda yashayman shu darajada gaplaridan qattiq siqilibmanki hatto bir umir tuzalmas asb kasaliga chalinganman ozgina arzimagan narsaga qattiq siqilaman gap ummuman ko’tara olmiman hatto hayotim quvonchi bulgan bollarimni oyoq tovushlarini eshitgani ham toqatim yuq bu kaslim kuchyganda ichaklarim qattig achshib ogriydi hutdi ichimga binzin quyib o’t yoqvorganga o’hshab qiziydi hayotda oldinga talpinishim orzu havasim hammasi sungan allohga shukur kiyovim yahshi hozir topgan pulimiz doriyu datmonga ketadi dorisiz bir kunimni ham tasavvur qila olmayman u gaplarini 4 5 yil oldin eshitgan bulsaamda hozir ham hyolan javob topib kechalarni bedor o’tkazaman boshqa kelinlar ham menga uhshamasligi uchun sabir qiling va tini tiying va u qiz yoshda deng qaynalar

31. umm Xadicha - June 3, 2010

Kelinchak, sizga bu dorilar foyda bermaydi, siz Allohni eslang, ikki rakat namoz o’qib, Allohdan dardingizga yordam so’rang va duoni doimiy qiling, duo chin dildan ishonib qilganingizda inshaalloh qabul bo’ladi

32. Lola - August 3, 2010

эрталаб туриб уй тозалаш супуриш сидириш буни нимаси ёмон,уига барака киради,келин ёш булса ,ман кайнанамдан мингдан минг розиман шунчалар каттиккул булганларига.Хозир мана шулар минга ас котвотди .бугунги ишни ертага куймасдан дарров бажараман.Узини кизларига буюрмаган ишларни деган гаплар buldi ,она боласини аяйди ,уни кизи шундок хам борган жойида шу гапларни ешитар .Клин деган тилини тишлаб турсаю , хоп булади деса олам уники ,кайнана уники ,узини онасига кылган муомаласини кайнанасига дилидан килса ер хам уники ,Билила биз хам худо хохласа кайнана буламиз, бизни хам тушунишмас кылган хатоларизмизга ,инсоф хаммага берсин, ва аввало келин ёши кичик булганы учун шу она унга шундок ер тугиб устиргани учун кайнанасини бошидан сув угириб ичса шунда олам хам гулистон Келинлик гашти манда дунёдаги енг каттиккул кайнона кайнотамни кунглини олишлик еди , ман уларни жуда яхши кураман

33. Kelin - August 4, 2010

Assalomu alaykum,kelinposhshalar…
Hammelani gapilada jon bor,odamni boshiga tushganini biriov baribir tushunmaydi,shuning uchun kimgadir etmasdan,uzila Allohga etila huddi shu saytda oldilada yuq odam bilan gaplashgandek,2rakat o’qib Alloh bilan gaplashila qulilani duoga kutarib astoydil qiynalib ketganilani hudoga nola qilib qaynanela bilan silani orelani chiroyli munosabatli qilib quyishini so’rela,shunda hammasi yahshi bo’ladi,ko’rasla.
Manam kelinman,qaynatam yuq bulganlari uchun 3-kundan boshlab rashqu-janjallani tatib 15kunliga onamnikiga borganimda u uyga bormiman db yiglab keganman,mana hozir12-yil bo’ldi,hayotim hudoga shukr yahshi,asosiysi hech qachon birovni orqasidan gapirmaslik kerak e’kan,shunda yuziz yorug’ bo’ladi.
Bir maqol bor e’r ham 1kun do’st bo’sa,ikkinchi kun dushmanga aylanishi mumkin degan,shuning uchun qiynalsela e’rilagayam aytmela.faqat hudoga e’tsela foyda toparkansila,buni man hayotimda ko’p ko’rdim,qaynanaga kelganda sizziki to’g’ri albatta deb,ishilani bilib qivurishila kerak e’kan.Lekin hech qachon qaynana u yoqda tursin boshqa birovniyam ko’nglini obumasa kerak,ko’nglini olaman deb 99yahshilik qilib ohirida yahshiligilani tashab qo’ysela baribir yomonga aylanasila,shuning uchun asosiysi Olloni oldida yahshi bo’lishga harakat qilish kerekan.
Hammelani ishilani hudoni o’zi onson qisin,omin…

34. Ediz Resmi Web Sitesi - October 28, 2011

Thanks a lot for sharing this with all folks you really realize what you are speaking about! Bookmarked. Kindly also seek advice from my website =). We can have a link change agreement between us

35. nargiza - December 6, 2016

Qaynonajonlar avval keling ona buling keyin u sizga qiz buladi.

36. nargiza - December 6, 2016

Eng tug’ri gapni ,,kelin”aytibdi. Tug’ri yul xam shu. Kelin ni gaplarni menga juda ta’sir qildi. Men xam kelinman. Meni xam dilim ogrigan yangi kelinchakligimdan boshlab. ammo sof samimiy niyatlar b.n turmushga chiqqandim. Qaynonalar kelinni xafa q.b xurmatizi,sizga bulgan samimiy tuygularni yuqotasiz xolos.


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: