jump to navigation

Нега шундай? July 25, 2006

Posted by ayollar in Oila va Turmush Tarzi.
trackback

Ўзбекистон ёшлари кўп кирувчи битта форумда мана бу мавзуни кўриб қолдим. Битта ёш аёл шундай деб ёзибди: Nega turmush qurgandan keyin ko’p deganda 1 уil o’tishi bilan yangi kelin-kuyov farzandli bo’lishi kerak a?” Жуда қизиқ мавзу, тўғрими? Нега шундай? Бу саволга бундай жавоблар келди:
– “Bolmaptida bizda ozbekchilik..agar 1-2 yil yuray desang gap tashashadi “eshitdinmi anuning kelini yoki kuyovi kasal ekan” deb.”
– Erga tekkandan keyin 1 yilda tug’ish shartmas. Yurish kerak 4-5 yil, farzand keyin ham bolaveradi, nasib qilgan bulsa.
– Men 21 ga kirganimda oyim utqazib quyib rosa leksiya uqigan:”Qachon uylanasan bolam, dugonalarimning nevaralari maktabga borayapdi, men qachon nevaralik bulaman?” Oyim shunday deb tursa, men xotinimni gapiga kirib bir ikki yil kutaylik deb yurmaymanku to’g’rimi?
– Er-hotinni bog’lab turuvchi bola hisoblanadi. Hullas o’zbekchilikka hos bo’lgan narsa bu bola qanchalik erta ko’rilsa u tez ulgayib qo’l ostizga kirib sizga ko’makdosh bo’ladi.
– Qaynona nevarali bo’lishni, boshqalarga mana mening nevaram deyishni istaydi. Orzu-havas deganday…Lekin bu orzu havaslarning barchasi agar kelin yaxshi chiqsa…Mabodo kelindan kuyovning yoki qaynonaning ko’ngli to’lmasa bormi, nevara ham, orzu havas ham ko’zga ko’rinmay qoladi.
– Oilada farzand qachon tug’ilgani yaxshi deguncha, qizlarimizni vaqtida, ya’ni oila qurishga, farzand ko’rishga tayor bo’lishgach turmushga uzatgan yaxshi.
– Oilada ikki yosh sal bir birini tushunib, bir biriga ko’nikib bulgandagina farzand ko’rishsa maqsadga muofiq. Urf-odatlarimiz ichida sal to’gri kelmay qolganlariyam chiqib turadi, lekin sekin-sekin baribir zamonga hamnafas o’zgarib boradi albatta.
– Agar erkakda ayb bo’lsa ham hotin aybdor farzandsizlikka, chunki ko’p erkaklar Doktorga borishni hohlamaydida, nimagaki ular ERKAK!!!!! Hamma ayb va hato faqat ayolda bo’lishi SHART!!!!!!!!
– Manimcha farzandlik bo’lish bilan shoshilmaslik kerak. Hudo biladi, keyinchalik kelishmay qosalarizchi? Nima bo’ladi? Bechora bolani bahti sho’r bo’ladi ha demay ota onasi talashaversa..
– Ko’pchilik o’ylangan yigitlar ayolining ishlashiga qarshi bo’lishadi. Bunday holda farzand ko’rishlik, ayolning farzand tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lishi yomon hol deb o’ylamayman.
Хмм.. Қизиқ. Тортишув мавзу экан. Сизлар эса нима деб ўйлайсизлар?

Comments»

1. Dimka - August 17, 2006

Bir yildan kam vaqtda farzand ko’rishning iloji yo’qda.

2. master - August 18, 2006

Avval “turmush qurishdan maqsad nima?” degan savolga javob topsangiz bu mavzuning umuman tortishadigan joyi qolmaydi.

3. Margarita - August 19, 2006

Turmush qurishdan maqsad faqat bola kurish demoqchimisiz?


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: