jump to navigation

Қозоғистонда ўзбекистонлик қуллар озод этилган… July 20, 2006

Posted by ayollar in Aralash Mavzular.
trackback

Охирги пайтда ўзбекистонликларнинг Қозоғистондаги турли ишлаб чиқариш соҳаларида, фермерлар далаларида қуллардек шароитда ишлашга мажбурланаётгани ҳақида хабарлар кўпайган эди. Мана бу охирги олинган хабар: Қозоғистоннинг Актобе шаҳрида қулликда ушлаб турилган ўн уч нафар Ўзбекистон фуқароси озод этилган. Актобе ички ишлар идораси тарқатган хабарга кўра, олти эркак, олти аёл ва бир балоғатга етмаган қиз маҳаллий ҳаммом эгалари томонидан куч билан ушлаб турилган ва оғир меҳнатга мажбур этилганлар. Хабарда Ўзбекистон фуқароларининг доимий равишда калтакланганлари ва зўрлангани айтилади. Олти нафар эркакнинг 18 ва 28 ёшлар орасида экани, аёлларнинг эса 15 билан 45 яшар бўлганликлари маълум қилинган. Маҳаллий ҳаммом эгаси аёл киши бўлиб, қул сифатида муомала қилинган ўзбекистонликлар шу аёлнинг уйида яшаганлар. Ҳаммом эгасининг қўл остидагиларни йигирма соатлаб ишлашга мажбурлагани, ҳатто аёллардан икки нафарининг зўрлангани ҳақида айтилмоқда. Айни пайтда ички ишлар ходимлар ҳаммом эгаси бўлган аёл устидан тергов ишлари бошланганини маълум қилганлар. Озод қилинган Ўзбекистон фуқароларига шифокорлар тиббий ёрдам кўрсатишаяпти. Қандай қилиб қулликга тушиб қолишган экан булар? Нима бўлаяпти ўзи, қозоқлар бизнинг ён қўшнимизларку, бир дин ўхшаш маъданиятга эгамизку?

Comments»

1. Erkinoy - July 20, 2006

Ha, albatta bu juda achinarli holat. Ming afsuski hozirgi davrda, ayniqsa cobiq CCCR respublikalarni barchasida bunday holatlar tez-tez uchraydi.
(O’zimni shahsiy tajribamdan: Otam o’zini uzoq qarindoshlari, holalardan birining qizlari tomodidan katta pulga tushdi. U ayel otamni tug’ishgan qon qarindoshi bo’lishiga qaramasdan, uni ishonchiga kirib, qo’ni qo’shnilarni, do’stlarni, va qarindoshlarni katta hajmdagi pullarini qo’lga kiritib( Amerikaga ish ishga jo’natishni vada qilib) chet elga qarab juftagini rostlavordi. Otam undan qancha pulni talab qilmasin, baribir bag’ri tosh, insofsiz, iflos pullarni egalariga qaytib bermadi. Oqibatda uyimizni sotishga sal qoldik. Men chet elga kelgan student bu yerda o’qishimni o’rniga u harom tamoqni o’g’ilgan pullarini ishlab qaytib berishim kerak edi. Otamni bormagan joyi qolmadi miliciya organlari demaysizmi, prokuratura, umuman barcha huquq tartibot organlari. Lekin bularni hammasi natijasiz chiqdi. Chunki Otam uni o’z qo’li bilan tutib miliciyaga topshirsa, bu yoqda miliciya organlari u firibgar ayeldan porani olib qochirib yuborishdi. Huquq tartibot organlari shahslarini miyasida faqat bitta fikr “qanday qilib pora undirish”. Hullas ular barmoqlarini ucnuniyam qimirlatishmadi. Bechora otamni umri faqat ikki yil davomoda Toshkent va Samarqand yo’lida o’tdi. Meni ham chet eldagi ikki yillik umrim faqat siqilish, o’ylanish, a’lam, yig’lash ish ahtarish va ishlash bilan o’tib ketdi. Eng a’lam qiladigan tomoni O’zbekistonda hukumat bo’layotgan voqealalrdan habardor bo’lsa ham, firibgarlarga qarshi kerakli kerakli choralarni ko’rish o’rniga televizordan turib, otam kabi chet elga borib bir oz pul topaman deb, firibgarlarga uchragan insonlarga dalda berishni o’rniga, ” Ha, noshukurlar, O’zbekistondagi hayoga qanoat qilmaganlar, faqat pul topaman deb ona yurtini sotishga tayer insonlarni holi shunday bo’ladi deb bachkana, nohaq ayblovlarni eshitish edi. Holbuki bechora halq bir burda nonini topish uchun boshidan ne kunlarni kechirmoqda edi va kechirmoqda.)
Bularni hammaci konkurenciya, biri biridan oshish va boyish, tepadagi turgan davlat organlarini ishlamasdan tishlashi, faqat tanish bilish, va pora olish evaziga kun kechiradigan bo’lib qolganligi,dangasaligi, bilim doirasini torligi, faqat Rossiyaga qaram manqurtligi, zamanaviy dunyoga moslasha olmaganligi va moslashishni ham hohlamaganligidir. O’zining o’zbek halqini mensimasdan tepib oyoq uchida ko’rsatishi.___Ularni ba’zi paytlarda o’zbeklarga tegishli ekanligidan va o’zbekligidan shuhbalanaman___
Kimki kambag’al bo’lib, birovni eshigiga borib cho’richilik qilsa, uni g’ururi va hurmati qolaversa nomusi toptalishi aniqdir, ayniqsa oddiy fuqarolani inson huquqlari himoya qilinmaydigan Markaziy Ociyo mamlakatlarida va shu bilan birgalikda Rossida ham.
Bu yerda hech ham qozoq og’alarimizdan hafa bo’ladigan joy yo’q. Chunki mehr oqibat, bir-birini tushinish, ochiqlik, samimiyat, bir-biriga bo’lga ishonch va hurmatni o’zimizni o’zbeklarimizni orasida topish amri mahol.

Shunday ekan, mehr-oqibat, huramatni begonalar narida tursin, qozoq qardoshlarimizdan kutmasak ham bo’ladi.


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: