jump to navigation

Талаба Эркинойдан: турмуш ўртоғнинг муносабати хақида… June 1, 2006

Posted by ayollar in Mayishiy Zo'ravonlik, Oila va Turmush Tarzi, Salomatlik.
trackback
Men begona yurtda o’z bahtini, joyini, hurmatini topib yurgan Malika va Shoira opalar uchun juda ham hursandman va yashirmayman, ularga juda ham havas qilaman.
Albatta sizda – nega havas qilasan degan? savol hayolingizdan o’tishi aniq. Chunki o’zim chet elda Ovrupa mamlakatlarini birida o’qiyman, ishlayman.
Menim fikrimcha ovrupalik erkaklarni hammasi unaday mehribon deb o’ylamayman, chunki ovrupa mamlakatlarida erkak zoti sizga haqiqatdan ham mehribonchilik qilib, siz uchun jonini berishi uchun u sizni yurakdan sevishi kerak va undan tashqari boshqa omillar ham ko’pdir.Kechirasiz men o’z bu hayotimda ko’rgan, bilganlarimdan sizga misol qilib keltiraman. Yoshim 18daligida O’zbekistondagi ammalarimdan biri turmushga chiqdi. Ammo bechorani bahti ko’p cho’zilmadi. Siz nega? deb savol bersangiz. Meni ammam shu qishloqdan chiqmagan, o’qimagan bir cho’pon yigit bilan turmush qurgan edi. U yigit qo’pol, o’qimagan va har zamonda nasha tortadiganlardan biri bo’lib chiqdi. U bechora ammamni homiladorlik paytida urib, tepib, qishloqni bu boshidan u boshigacha tayoqlagan. Natijada uni farzandi o’lik tug’ildi. Bu ahvolni ko’rgan ota onasi ammamni uyiga qaytarib olishdi. Keyinchalik u boshqa bir 8 farzandi bor erkak bilan turmush qurib, hozirgi kungacha uni va uni 8 farzandini hizmatida. Bu paytda men juda ham ammamga achindim va ajablandim. Chunki men bu holatni hech qachon ko’rmaganman, meni otam shu qishloqdan chiqqan bo’lsa ham. To’g’ri meni ota onamni oralarida kelishmovchilik, janjal, xafachilik bo’lmagan deb aytaolmayman. Ammo meni otam hech qachon onamga qo’l ko’tarmagan va haqorat ham qilmagan. Har doim otam onamga murojat qilmoqchi bo’lsa "Ho’jayin" deb hazillashib murojat qilgan.(  Hech qachon to’g’ridan to’g’ri buyruq bermagan, onamga qo’l ko’tarish narida tursin. Agar bilsangiz men otamni chu hislatlari uchun juda hurmat qilaman va g’ururlanaman. Men bu bilan demoqchimanki menimcha har bir erkakni o’z turmush o’rtog’iga bo’lgan munosibati uni yoshligida olgan, ko’rgan tarbiyasiga, ruhiy holatiga, uni atrafidagagi atmosferaga bog’liq va albatta uni saviyasiga ham. Ovrupada erkaklar ham turli tumandir. Men bu yerda turli tuman odamlarni, va oilalarni ham ko’rmoqdaman. Ochig’ini aytaman ba’zi birlariga havas qilaman, ba’zilariga havas qilmayman…. 
Erkinoi

Comments»

1. Zuhra - June 3, 2006

Erkinoyning ammasi haqidagi hikoyani o’qib bu bechora ayolga rosa achindim. Mamlakatimizda ayollar va bolalarni urish masalasi juda yomon. Ayolga qol k’otarishni erkak kishi normal deb hisoblaydi va qaysi dir bir ma’noda jamiyat ham bunga qarshilik qilish narida tursin, ma’qullaydi. Bu O’zbek yurtining eng katta yaralaridan biridir. Bu jamiyatimizning qanchalik past ketganini korsatadi chunki ojizni faqat pastkash kishi uradi deb bilaman. Mening ham bir qarindoshim yaqinda farsand kordi, homilador paytida eri u bechorani urardi! Afsus, bunday holat O’zbekistonda bir ikki emas balki juda kopdir. Qani, aytinglar, buni qanday o’zgartirib boladi?

Rahmat, Zuhra


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: