jump to navigation

Ўғлимни суннат қилдирмоқчи эмасман! June 1, 2006

Posted by ayollar in Ilm - Fan, Oila va Turmush Tarzi, Salomatlik.
trackback

Yaqinda mening onam "o’g’lingni qachon sunnat qilasizlar" deb surab qoldi. Men ota-onamdan bunday savolni anchadan beri kutib yurgandim. Gap shundaki, men o’g’limni sunnat qildirmoqchi emasman. Sunnat qilish uchun sabab yetarlicha emas. Islom dinida sunnat qilish kerak deyiladi, lekin sunnat erkak kishini musulmon qilib qo’ymaydi. Odam aqli bilan hudoga ishonishi kerak, badani bilan emas. Buning ustiga, agar hudo haqiqatdan ham erkaklarning jinsiy organini kestirilgan bo’lishini istaganda edi, nega shunday qilib yaratmagan, degan savol tug’iladi.

Endi, buni ota-onamga tushuntirish qiyin bo’ldi. Ohiri, "erim unamaydi (erim musulmon emas) deb qutuldim. Men onamga "qarang, ba’zi bir millatlarda qizlarning jinsiy organidagi klitorisini kesib tashlaydilar, din, urf-odat deb, lekin bu notu’g’ri, bu kasalliklarga olib keladi, undan xam, bir yovuz amal, o’gil bollarning sunnat qilish men uchun shu bilan barobar" dedim.

Men kichkinaligimda ukamni 5 yoshligida sunnat qilganimizni eslayman, hech qachon bu azob esimdan chiqmaydi. Shuning uchun ham o’g’limni sunnat qilismaslikka qaror qilganman.

Albatta, onam "ahir meditsinada tomonidan ham tavsiya qilinadi" dedi. Men bironta meditsina tomonidan tasdiqlangan sunnatni tarafini olgan ilmiy ishni ko’rganim yoq. Onam ham bunday "tavsiyani" o’qib ko’rgani yoq.

Albatta, agar boshqalar o’g’lilarini sunnat qilishga qaror qilsalar, bu ularning shahsiy ishi, lekin men o’g’limdan, chaqaloqligida undan so’ramasdan bir joyini kesishga jur’at etmadim.

– Malika

Comments»

1. Shohida - June 3, 2006

Albatta yozilgan fikrlarizga qushilaman. odamdan suramasdan uni biror joyini kesib tashlashga qushilmayman. Lekin ugliz esini tanigandan keyin bu narsaga qanday qararkin? Balki u ham hamma tengi yoshligida sunnat bulishni hohlasachi. Unda nima deb javob berasiz. Meni eshitishimcha islomda odamni 7 yoshigacha quli halollangan bulishi kerak. Yani sunnat qilingan bulishi kerak. Aytganimday bu faqat meni fikrlarim.
Rakhmat

Comment by Shohida — May 17, 2006 @ 10:06 pm | Edit This

Agar o’g’lim katta bo’lib “men sunnat qilishni istayman” desa, men albatta, holaganingni qilaver deyman. “nega kichkinaligimda qilmadingiz” desa, “sendan so’ragandik, lekin yig’lading” deyman

O’g’lim katta bo’lib bunday demasa kerak deb o’ylayman. Biz uni islom dini an’analariga oid tarzda tarbiya qilayotganimiz yoq.

Agar katta bo’lib islom yoki boshqa dinni qabul qilaman desa, bu uning shahsiy ishi. Voyaga yetgandan keyin u o’z hayot tarzi borasida istagan qarorga kelishi mumkin.

Comment by Malika — May 18, 2006 @ 2:42 pm | Edit This

Маликахон, мен хам сизга ўхшаб хар қандай улфу анъаналаримизга фикрламасдан “хамма шундай қилар экан мен хам қилишим керак” деб риоя қилавермайман. Аммо мен хам ислом динига мансуб бўлмаган турмуш ўртоғим хам ўғлимизни суннат қилдиришга қарор қилганмиз. Бунга эса бизни тиббий яъни сиз айтгандек медицинага боғлиқ сабаблар урнади. Балки хабарингиз йўқдир, ўтган йили ошкор этилган тадбиқотлар суннат эркакларни СПИД касаллигига йўлиқиш хавфини 65 фойиз камайтиришини кўрсатган. Бу охирги тадқиқот Франция олимлари томонидан ўтказилган эди. Аммо ундан олдин ҳам олиб борилган тадқиқотларда суннат бўлган эркакларнинг СПИД хамда бошқа жинсий йўл орқали тарқалувчи касалликларга камроқ йўлиқишлари исботланиб келган эди. Мана бу сахифада бу хақда ўқишингиз мумкин:
http://news.nationalgeographic.com/news/2005/07/0726_050726_circumcision.html
Демоқчиманки диний қарашларидан қатъий назар (демак мусулмон бўлмаганлар хам) мана шу тиббий сабабларга асосланиб ўғилларини суннат қилаётган танишларимиз кўп.
Шоира

Comment by Шоира — May 19, 2006 @ 1:51 pm | Edit This

Malika demak uglizga yolgon gapirishga tayyorsiz, shundaymi? Mani nazarimda bolaga din haqida malumot berib borish foydadan holi emas. Chunki usha SSSR davrida katta bulib uyda dindan uzoqroqmi va yoda dinda bulsa ham unchalik etibor bulmagandanmi kupchilikda din haqida aniq bir tushuncha yoq. ularni istagan dinga va istagan oqimga solish mumkin. Yaqinda men shunday bulib dinini uzgartirganlar bilan suhbatlashib qoldim. Menga ayon bulgani ularda hattoki hoqigi dinlari haqida ham aniq taniq bir tushuncha yoq. ular faqat juda qattiq ishonishadi holos. oddiy va jun savollar ularni uylantirib quyadi. Meni nimaga islomni tashlab nasroniy bulishga qaror qildinglar, nimaga islomda uzinga ollohdan yordam suramadinglar deganimda ular bizda ayollarni islomga urgatishmagan. Nasroniylikda olloh hammani bir hil sevadi deb javob berishdi. bunga agar islomni yoki nasroniylikni bilmaydigan odam albatta ishonadi (yani yahshilab ikkita mosol keltirsa).
Shohida

Comment by Shohida — May 21, 2006 @ 12:07 am | Edit This

Shohida,
men qanday qilib o’g’limga yolg’on gapirgan bulaman? Aksincha, unga faqat rost gapiraman, va rost gapirishni o’rgataman. Din to’g’risida o’rgatish faqat foydali deb o’ylayman, lekin din to’g’risida biz rost deb o’ylagan narsani o’rgatamiz, ya’ni, factlarga, tarihga asoslangan holda. O’g’lim kitoblar orqali din to’g’risida o’rganadi degan umiddaman. Men unga injil va kur’on kitoblarini o’qishga undayman (sal kattaroq bo’lganda). Va barcha ma’lumotga ega bo’lib, keyin bir qarorga kelishini istayman.

Agar siz meni nasroniy diniga o’tgan deb o’ylasangiz, yanglishasiz. Men o’zimni ateist deb hisoblayman. Lekin odamlar u yoki bu dinga munosib bo’lishiga huquqi bor va bunday huquqlarini hurmat qilinish kerak. Men boshqalar dindor yoki dinsiz bo’lish istagini hurmat qilaman.

Shoiraning SPID to’g’risidagi gapiga esa afsus qo’shilmayman. Sunnat qilingan erkaklar orasida SPIDga chalinish 65% foizga kamroq bo’lishi mumkin, lekin sunnat qilishning o’zi ekraklarning SPID va boshqa jinsiy kasalliklardan 100% saqlamaydi. Demak, uylanmagan erkaklar jinsiy aloqada bo’lganda, baribir ham prezervativdan foydalanishi shart. Lekin, Shoira eri bilan maslahat qilib, sunnat qilishdan oldin bu masalani jiddiy o’ylab ko’rganini juda ham olqishlayman. Qani edi, hamma ham shunday qilsa.
Yana bir narsani aytib o’tmoqchiman – bunday javoblardan juda hursandman, kuproq baxs o’tkazilishning tarafdoriman.

Comment by Malika — May 21, 2006 @ 4:38 pm | Edit This

Malikahon men sizninhgfikringizga mutlaqo qo’shilmayman. Mening turmush o’rtogim ham Musulmon emas lekin o’glimizni bir yarim yoshidayoq sunnat qildirdik,bu erimning fikri edi chunki u haligacha ota-onasini kechira olmaydi o’z vaqtida sunnat qildirmagani uchun.Hozir esa yoshi 30 da sunnat qildirishga yuragi dov bermayapti.
Sizga maslahatim vaqtni zoya qilmay sunnat qildiring bu sizning farzingiz…

Comment by Dilbar — May 23, 2006 @ 7:00 am | Edit This

Dilbarhon,
sizning maslahatingiz uchun rahmat, lekin biz oldingi qarorimizni o’zgartirmaymiz.
Mening farzim – o’g’limni sog’ salomatligini hamma narsadan oldin qo’yish. Pediatorimning aytishicha o’g’limni sunnat qilish kerak emas va keyinchalik bunga hech qanday zarurat bo’lmaydi. Yana bir narsani aytib o’tishim mumkin – tadqiqot bilan tasdiqlangan factlar bo’yicha sunnat qilingan erkaklar jinsiy aloqadan kamroq zavqlanadi.

Menimcha o’g’lim katta bo’lganda sunnat qilmaganimiz uchun bizga rahmat aytadi.

Comment by Malika — May 24, 2006 @ 5:34 pm | Edit This

2. Munavvar - June 24, 2006

Bu sarlavhani uzi menga juda gayritabiiy tuyuldi, sunnat qildirish, islom tomonidan aytilgan bulsa, yana bir muhim tomoni (men uchun) ugil bolaning jinsiy organi soglom bulishi uchun ham sunnat qilinadi.Tugri bu hech qayerda yozilmagan , lekin hayotni ham yozilmagan qonunlari deymizni, bu usha sirasiga kiradi. Masalan meni uglim yaqinda 2yoshga tuladi, uni tezda sunnat qildirish tarafdoriman, chunki onam kurib, hademay katta bulsa tashnobga qiynalib qoladi, dedi, onalarimiz kupni kurgan, bu yerdagi 10 “balki” degan fikrdan kura ularning 1ta hayotiy gapi afzal emasmi?
Chaqaloqligida sunnat qildirsa yana yaxshi, chunki teri unda nafis buladi, , va tezda ogriqsiz bitib ketadi. Ovrupada yashaydigan bir afgon dugonam ham uglini 4 oyligida sunnat qildirgandi,(ukol bilan deydi, bola uxladi, hech nima sezmadi deydi) yaqinda Andijonda ham bittasi 2 oylik uglini sunnat qildiribdi.Demak bizda ham bu borada yangiliklar bulayotgan ekan, deb uyladim.

3. erkak - June 27, 2006

o’g’il bolaning voyaga yetgandagi jinsiy a’zosidan xabari yo’q ekan bu ayolning. agar kestirmasa, katta bo’lganida o’sha a’zosi doim badbo’y hidli bo’ladi, ya’ni oqimtir tuzlar yig’iladi, va o’sha a’zoning kasal bo’lish ehtimoli juda katta. chunki o’sha kesilmagan teri qismi ostida doim nam, isstiq – bu o’z navbatida parazitlarning ko’payishi uchun ideal sharoit.

o’shani uchun kestirish kerak. kesishdan qo’rqish shartmas, unda faqat 2 sm kenglikdagi aylana tasma olib tashlanadi.

4. Begona - June 29, 2006

Malikahon,
Islom buyurgan narsani tan olmas ekansiz va faqat faktlarga asoslanib ish qilar ekansiz, unda mana bunga nima deysiz? Amerikaliklar o’g’il farzandlarini sunnat qildirishadi. Buni dinga hech bir aloqasi yo’q. Medicina jihatidan, gigiyena jihatidan sunnat qildirishning foydaliligini aytishadi. Shuningde sunnat qilinmagan erkaklarning turli infekciyalarni yuqtirishi hamda rak bolishi ehtimoli sunnat qilinganlardan ko’proq ekan(gap erkaklik a’zosi haqida ketyapti).
Shu o’rinda nega endi hudo erkaklarni sunnatli qilib yaratmagan degan savolizga tohtalib ketmasam bomidi. Agar Olloh hamma narsani ozi hohlagandey yaratganida bu dunyoni nima qizig’i qolar edi? Ohirgi paytlarda fan tomonidan isbotlanayotgan narsalar qur’onda necha asrlar oldin bildirilganligini guvohi bolayapmiz. Manimcha yahshilab oylab koring, sizni, bizni yaratgan zot biz uchun nima yahshiligini yahshiroq biladimi yoki sizmi?
Hurmat ila…

5. madina - July 13, 2006

Assalomu Alaykum Malikahon. Bugun bir amerikalik tanishhim bilan shu haqda gaplashgan edik, men unga etdimki Islom dini nimaiki buyursa u faqat ezgulik uchun buyuradi, hamda sunnatning afzalliklari haqida gapirdim. Meni gapimga u men ham sunnat qilinganman gudakligimda deb menga javob qaytardi, uning ota-onasi bunday ishni musulmon bo’lganligi uchun emas balkim medicina tarafdan foydali bo’lganidan qilishgan ekan. Ammo lekin har bir o’zini musulmon deb sanagan inson avvalom bor medicina hulosalarni kutmasdan Alloh buyurgan amallarni bajarishi kerak.

6. Londondagi O'zbek - July 17, 2006

Assalomu alaykum. Eringiz musulmon bo’lmadi degani o’g#lingiz sunnat qilinmasligi kerak degani emas.
Bibliyada ham yozib qo’yilgan chaqaloq tug’ilganidan keyin (o’g’il bola) ma’lum muddat o’tgach jinsiy a’zosi terisining uchidan ma’lum miqdorda kesib tashlanishi kerak deb. (sircumsize deyilgan inglizchada)

Medicina tomonidan ham.. qolaversa jinsiy aloqa paytida ham yaxshi qoniqish hosil qiladi sunnat qilingan erkaklar.

Shunaqa.

7. nozanin - August 6, 2006

Ha dinda biz fikr berishimiz foyda zararini kutib otirish shart emas ,Biga Allhoh tarafidan buyurildimi qilishimiz k-k,Paygambarimiz Sallahu alayhi vassalam bu amalni buyrganlar qilmasak qiyomatda javob beramiz,Oglingiz kotta bulganda Allahan qorqadigan yigit bolsa inshaAllah rosa sizdan hafa boladi ,deb oylayman,lekin sizni fikringizdan korinib turibdi sovet vaqtidagi Hayrisilomiy fikrlar,faylasuvlarchja fikrlash bor ekan sizda,Siz Allohdan sorang Alloh qalbingizni yumshatsin va har hil gayri insoniy fikrlardan poklasin!! Siz Sunnatlarga muhabbat qoing!!!
Musulmon degani Taslim bulishlik degani agar ozingizni musulmon deb hisoblasangiz Allohga va rasuliga taslim buling va har hil faylasuvlarcha fikrlardan ozingizni poklang

8. xXx - August 25, 2006

Manga qaren kenayi siz o’glizzi sunnat qildirmi noto’ri ish qilas bilasmi shuni. masalan siz o’zizzi o’glizzi o’rniga qo’yib ko’rin. ertaga o’gliz kotta bo’ldi to’rimi har hil marosimla boladi sauna basseynga boradi to’rimi hamma qatori to’rimi keyin hamma bolla uni oldida avratini ko’rsatib yurib qosa sizzi o’gliz shu ishshi qilomidi bilasmi nimaga chunki uni olati hammanikidan ajralib turadi kryin uni og’aynilari uni ustidan qotib tashid bilasmi shuni. mayli uzr
keyin yana bitta narsa siz etgansiz agar o’glim boshqa dinni talliman disa mani qarshiligim yo’ dibsiz bu o’ylashizam noto’ri chunki inson dunyoga keganda musulmon bo’lib dunyyoga keladi siz uni to’ri yo’lga boshlab unga islommi tanitishiz kere bu sizzi burchiz. ota onani farzandi ustida 3 ta majburiyati bor unga chiroyli nom berish, keyin unga islommi tanitib iymonli har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash uchinchisi unga bitta etiqodi kuchli musulmon qiz topib uylantirish mana mashi 3 ta narsa ota onani burchi hisoblanadi agar siz boshqa dinni tanlashga unga yo’l qo’yib bersez kotta hatoga yo’l qo’yas
man qivotgan ishizga umuman qarshiman. sal kallezzi ishlatin. kalta fikrlamen. mani yoshim 20 da.etishiz mumkin san yosh bo’p turi manga aql o’rgatma diyishiz mumkin lekin bu sizzi vijdonizga hovola. insoffi o’zizga bersin

9. Kamina - February 12, 2007

Bu hotinni tomi ketganga ohshidi, yoki osmondan tushib qolgan, qoyvurla bilganini qisin

10. Odina - March 28, 2007

daxshatku a

11. Malika - June 14, 2007

Siz ayol kishimisiz?

12. Umidli - June 15, 2007

Yo’q, men ayol kishi emasman.
O’zimni biroz tanitay, men asli Toshkentdanman, 3 yil oldin Germaniyada uylanganman. O’zim hozir bir nemis firmasida ishlayman. Bu saytga tasodifan kirib qoldim. Meni yozgan narsalarimga ayolim ham 100% qo’shiladi. Nega fikr bildirganimni bilmoqchi bo’lsangiz, postlarimni mazmuniga e’tibor bering.

13. ayollar - June 15, 2007

Umidli,
bu sayt ayollar uchun. Biz erkaklarning bu saytdagi fikrlarini olib tashlaymiz deb e’lon qilgandik.

Sizning ayolingizning fikrlarini kutamiz.

Rahmat.
Ayollar Bekati

14. Umidli - June 18, 2007

Yaxshi, iltimos meni hamma poslarimni olib tashlang,
shu postni ham, uvol bo’lmasin, bu yerda qolib!
tashakkur!

15. Umidli - June 18, 2007

Bilmadim, nega yuqoridagi postrni yozdim, balki avval sizlarni o’zimga juda yaqin olganim uchunmi, bilmadim, to’g’risi ko’nglimga ancha o’g’ir botdi, munosabatlaringiz.
“erkaklarning bu saytdagi fikrlarini olib tashlaymiz deb e’lon qilgandik” -debsiz,ok, lekin u Muborakning(ayolim) ham fikrlari ekanini yozgan edimku, qolaversa, fikrda nima ayb?
Olib tashlab uvol qilibsiz. Yoki, yoqmagan fikrlar ham olib tashlanadimi?

Boshqa kirmayman. O’zi ta’tilim ham tugab qoldi..

Holislik …. tamom.

16. Huromon - June 26, 2007

Ey “Ayollar” Kechqurun uxlashingizdan avval bir yaxshilab o’ylab o’zizni vijdonizga(agarsifatini yo’qotmagan bo’lsa) hisob bering, nimalar bilan mashg’ulsiz? Ey o’zlarini jonkuyar, bilag’on sanayotgan “Ayollar” fikr bildirish mumkin bo’lsa aytay fikrimni:
Bizning o’zbekistonimiz tuziniyeb o’sib ATEIST bo’lgan bo’lsangiz yoki boshqa dinni tanlagan bo’lsangiz, yoki kimlarningdir PULI evaziga bu ishlani qilayotgan bo’lsangizlar, o’zingizga xisob bering. Vijdonizga uxlashdan oldin bir quloq tuting, agar tirik bo’lsa sizni bu ishlaringiz uxlashga qo’ymasligi kerak.

17. Huromon - June 26, 2007

Bizda bunaqangi gaplarni xalq tili bilan aytganda “pisqi-pasod” deyiladi,adashmasam. Ya’ni “fisqu-fasod”. Aslida odob axloqli insonlar bunday suhbatlardan uzoq tutishadi uzlarini.
Qaniydi men xam shunaqa axloqli bo’la olsamu shularni ham yozmasam.
Sizlar o’zlaringcha dinni “tanqid” qilyapsizlarmi?
Xar xolda Alloh va uning Rasuli sizlardan ko’ra yaxshiroq biladi. Odamlar kerak bo’lsa uni Hikmatini bilishga qilishlari lozim, menimcha. Qancha chiranmasinlar baribir hato, yoki kamchilik topa olishmaydilar din dushmanlari, qilgan ishlari faqatgina musulmonlarning va boshqa qalb ko’zi ochiqlarning islomni yaxshiroq o’rganishlariga yetaklaydi, inshaAlloh.

18. Abu Bakr - July 9, 2007

Assalomu alaykum va Rahmatullohi va Barakatuhu,Malika opa,avval shoshilmasdan bir fikrlab kuring,siz musulmonmisiz yoki boshqa dindami ? Uzbek degani musulmon degani эmas,sunnat qildirishga kelsak “sunnat musulmonnig ishi” uni rakdan yoki spiddan oldini olar эkan deb эmas, balki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xurmatlaridan qilishimiz kerak.Hadislardan birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar ” kimingiz meni sunnatimni mahkam ushlasangiz,qiyomatta ushani shafoatimga olaman” deganlar: Assalomu alaykum va Rahmatullohi va Barakatuhu.

19. Serdar - October 1, 2007

Fikr bildirishgayam arzimedigan tentakona va o’zini dunyodagi eng aqlli hayvon deb o’ylagan odamdan chiqqan fikr.
Serdar.

20. xxxl - October 17, 2008

are you a good woman,
or you just playing with us ….

21. Muslima - December 29, 2008

Assalomu alaykum Malika opa.Men yuqoridagi postlarni uqib shunday hulosaga keldim:
Avvalo diniy qarashingiz haqidagi fikringiz tugri,ya’ni har bir insonni diniy qarashini hurmat qilish kerak degan fikringiz.Islom ham-insonni shu dinga majburlab kiritish fikridan yiroq.Alloh zaminni ikkiga bo’lib,tepangizga quyoshni olib kelib,sizni osmoni falakka kutarib mo’jiza ko’rsatgan taqdirda ham,insonni qalbida iymonlashish bo’lmas ekan,u qalb qulfligicha qolaveradi.Hatto payg’ambarimiz ham faqat da’vat qilganlar xolos.Lekin bir-birimizga aytib quymaslik yaxshi emas.Dunyoda dinlar ko’p.Lekin umuman dinsizlik,bu insonning halokati deb o’ylayman.ochig’i ateistman deganingiz meni ta’sirlantirdi.Hech o’ylab ko’rganmisiz,axir o’z-o’zingizcha yaralib qolmagandirsiz.Umr o’tyapti,yer aylanyapti.Bu aniq mexanizm o’zicha vujudga kelmagan bo’lsa kerak deb o’ylayman.Bu albatta mening shaxsiy fikrim.Men faqat Allohdan sizni qalbingizni qulfini ochishini,hidoyat(to’g’ri yo’l)ni so’rab qolaman.Sizni qarashlaringizga va fikrlaingizga hukmronlik qilgim yo’q.Hech bo’lmasa qiziqish uchun ham “Qur’on”ni tarjimasini o’qib kursangiz,kup savollaringizga javob topasiz.
Endi sunnat qildirmaslikka kelsam,bu albatta sizni hohishingiz.Islom hech qachon insonni toqatidan ortig’iga buyurmaydi.(balki islom dini haqida uncha tushunchalaringiz yo’qdir deb aytyapman bularni.Agar Islomni oz bo’lsa ham tushunganingizda edi,bu din naqadar go’zalliga tahsin aytardingiz.Afsus,bizda hamon islom haqida yaxshi bilimlar berilmaydi.Bir marta joynamozga bosh qo’yib,Allohga munojot qilib yig’laganingizda,qalbingiz sirli bir hisdan lazzat olganda siz albatta adashib yurgan shuncha umringizga afsusular qilardingiz.)
Mayli sunnat qildirmang ham.Va bu bilan unchalik katta fojea ham ro’y bermas.To’gri hayotda sunnat qildirmay,yashab yurganlar qancha.Bu bilan faqat insonni foydasi ko’zlangan holos.Sunnat qildirish degani bolaga ozor berish degani emasku.Sunnat qildirishdan tashqari(Alloh ko’rsatmasin)dunyoda kasallik tufayli qanchdan-qancha bolalarning a’zolariga tig’ tegyaptiku.Qanchadan qancha operatsiyaga muhtoj bolalar,kech qolish tufayli yo’qotilyaptiku.Axir bunda ham bola ozor chekyapti,ham hayot bag’ishlanyaptiku.Sunnat qildirishlikda Islomni qoralashingiz shart emas.Islom buni qoida qilib quymagan.Balki inson yaralgandan beri ko’rgan-kechirganlarini bilgan holda,mehribonchilik qilib foyda va zararlarni bizga kursatma qilgan holos.Ho’sh siz shaxsan o’zingiz,sunnatni foydali tomonlarini ko’rmas ekansiz,sunnat qildirmaslikni ham foydali tomonlarini isbotlab bera olasizmi.
Men bugun kup mulohazalrimni yozib yubordim,uzr.Chunki bu ko’p munozara talab qiladigan bahs.Bunga soatlab gaplashsak ham vaqt kamlik qiladi.
Men sizga va farzandingizga faqat yaxshilikni sog’inib qolaman.Hurmat bilan notanish do’stingiz…(Agar hohlasangiz emaillashishimiz mumkin,faqat siz hohlasangiz

22. KIYEV - January 14, 2009

SIZGA FAKT KERAKMI?
ATEISTGA ODAMGA BIR NARSANI TUSHUNTIRISH JUDA QIYIN, LEKIN MUSULMONLARGA ALLOHNING RAHMATI BO’LSIN, DINI, AJRI UCHUN SHUNCHALIK URINIB BU INSONGA HATNA HAQIDA TUSHUNTIRISHMOQDA.
BU AMALNI NOMI SUNNAT EMAS BALKI HATNADIR. KO’P NARSALAR ILMSIZLIKDAN KELIB CHIQADI. O’ZIMIZ BILMAGANIMIZGA YARASHA ILMLI ODAMDAN EMAS BALKI O’ZIMIZGA O’XSHAGAN ILMSIZLARNI BOSHINI OG’RITMOQDAMIZ.
HUDDI SHU MASALADA DUNYO MUSULMONLARI UCHUN TOLMAY HIZMAT QILAYOTGAN (ALLOH U KISHINI DARSLARINI BARDAVOM QILSIN) SHAYH MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF HAZRATLARINI FIKRLARINI FORUM.ISLOM.UZ SAYTIDAN OLIB SIZGA YO’LLAMOQDAMAN.

AYOLLARNI HATNA QILISH HAQIDA.

Бу иссиќ кучли юртларда бўлган. Бизда унга амал ќилинмаган ва ќилинмайди ћам. (insha Allah)

DEMAK AYOLLARNI HATNA QILISH BOR, LEKIN BIZDA EMAS. ULARGA KELAYOTGAN ZARAR HAM BU ISHNI TO’LIQ TUSHUNMASDAN, QAY JOYDA YASHAYOTGANINI FARQIGA BORMASDAN QILINMOQDA.

HATNA

Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Иброҳим алайҳиссалом саксон йилдан кейин Қадум деган жойда ўзларини ўзлари хатна қилдилар», дедилар».
Набийларнинг отаси бўлган Иброҳим алайҳиссалом кексайиб қолган пайтларида ҳам ўзларини хатна қилган эканлар. Демак Аллоҳ Таолонинг бу амри ўша пайтда жорий қилинган экан.
Хатна қилдириш суннатдир. Суннат бўлганда ҳам Исломнинг шиорларидан, хусусиятларидан бири саналган суннатдир. Агар бир юртнинг одамлари хатнани тарк қилишга келишган бўлсалар, Ислом давлати бошлиғи уларга қарши уруш эълон қилади. Ўғил болаларни кичиклик чоғида хатна қилдириш мусулмон халқларнинг тарк қилмайдиган одатига айланганлиги яхши иш.
Хатнада закарнинг уч қисмини қоплаб турган юмшоқ тери кесилади. Ўша терини арабчада «қалафа» дейилади.
Ҳанафий мазҳаби бўйича боланинг ҳолига қараб хатнани кўтарадиган бўлганда қилинади. Етти кунлик болани хатна қилиш шарт эмас.
Шунингдек, заифлиги учун хатнага чидай олмайдиганларни ҳам хатна қилинмайди.
Хатна қилинмаган одам вафот этса, уни хатна қилинмайди.
Хатна ҳолида туғилган шахсни хатна қилинмайди. Агар хатна қилиниши лозим бўлган жойида баъзи бир тери бўлса уни олиб ташлаб лозим бўлади.
Хатначининг айби ила хатна қилинган шахсга талофат етса, тавон тўланади.
Хатна муносабати ила маросим қилиш машруъдир. Ўғил болаларнинг хатнасини изҳор қилиш суннат.
Ёшлигида хатна қилдирилмаганларни ҳам шариат ҳукмларини бузмаган ҳолда кейинроқ бўлса ҳам, хатна қилдириш уламоларимиз томонидан тавсия қилинади.
Катта ёшдаги киши мусулмон бўлса ва хатна унга зарар келтириши хавфи бўлса, тарк қилинади.
Бир одам, катта ёшда мусулмон бўлгани узри учун хатна қилинмаган бўлса, адолатли бўлади ва шаҳодати қабул қилинади. Узрсиз хатна қилинмаган одамнинг гувоҳлиги қабул қилинмайди.
Хатна шофеъий ва ҳанбалийлар наздида вожиб, ҳанафий ва моликийлар наздида суннатдир. Бола туғилганига етти кун ўтгандан бошлаб хатна қилинса бўлаверади деган уламолар ҳам бор. Баъзилар етти ёшдан ўн ёшгача хатна қилинса, яхши бўлади, деганлар.
Хатначи катта одамни ёки ўсмирни хатна қилиш учун авратига назар солиши жоиз.
Бу ишнинг қачалик фойдали эканини мусулмонмаслар ҳам энди-энди англаб етмоқдалар.

YANA FIKRLAR ICHIDA TUZ TO’PLANISHI HAQIDA GAP BOR. USHBU FIKRNI BILMAGAN ODAM KAM BO’LSA KERAK. ISLOMDA HIKMAT KO’P. ALLOH HIDOYAT QILSIN MALIKAHON OPANI

23. KIYEV - January 14, 2009

Хатна қилиш ВИЧ вируси хавфини камайтиради

Жаҳон Соғлик ташкилоти эркакларни хатна қилиш СПИД хасталигига олиб келувчи ВИЧ вирусини юқтириш хавфини камайтириши ҳақидаги янги тадқиқот натижаларини олқишлаган.

Америка Қўшма Штатларининг Соғлик Миллий институти томонидан Кения ва Угандада олиб борилган тадқиқот натижалари Лансет тиббий
журналида эълон қилиниши
кутилмокда.

Уганда ва Кенияда ўтказилган тадқиқот бундан аввал Жанубий Африка республикасида олиб борилган текширув натижаларини тасдиклайди.

Бу тадқиқотлар хатна қилинган эркакларнинг ВИЧ вирусини юқтириш хавфи камроқ, деган хулосага келган.

Жаҳон Соғлик ташкилоти бу тадқиқотлар натижасида эркакларни хатна қилиш билан СПИД тарқалишининг олдини олиш мумкинлиги борасида йирик далиллар қўлга киритилганини айтмоқда.

Сўнгги тадқиқотда саккиз мингдан ортиқ эркаклар иштирок этишган.

Кенияда эркакларни суннат қилиш ВИЧ вирусининг эллик уч фоиз, Угандада эса қирқ саккиз фоиз камайишига олиб келган.

Айни пайтда Жаҳон Соғлик ташкилоти хатна ВИЧ вирусидан тўла сақлайди, деб ҳеч ким кафолат бермаслиги ҳақида ҳам огоҳлантирган.

Жаҳон соғликни сақлаш ташкилоти келгуси ойда хатна қилиш билан боғлиқ тадқиқот натижаларига бағишланган халқаро анжуман ўтказиш ниятида.
***
bbc uzbek

manba: http://forum.islom.uz/smf/index.php?topic=3979.msg39337#msg39337

24. Shahlo - February 5, 2009

Salom Malika…
Sizning yozgan barcha fikrlaringiz o’zingizga ma’qul kelishi mumkin, lekin man fikringizga qo’shilmayman.
Man ham Islom dini vakili bo’lmagan insonga turmushga chiqqanman, va xozirda Amerida yashayman. Erim ikkimiz o’g’illik ham bo’lganmiz. Man o’g’il ko’rish kunimning ertasi kuniyoq, vrachim bolamni bulbulini uchini kesishni (ya’ni o’zbeklarda sunnati deydi, Amerikada circumcision deyishadi) meditsina tarafdan tavsiya qildi. Doktorimni aytishicha, kelajakda bulbuli kesilgan yigitlar rak kasaliga uchramas ekan. Bulbuli kesilmaganlar esa, nafaqat o’zlari balki bo’lajak rafiqalarini ham rak kasaliga chalintirishlari mumkin ekan. Sabab, bulbuli kesilmagan bolalar, har safar siyganida, siydikdagi tuz shu bulbulini uchidagi kesilishi kerak bo’lgan teriga yil mobaynida yig’ilib boradi. Va kelajakda katta muamollar keltirishi mumkin.
Shunday qilib biz o’g’limizni bulbulini sunnati qildirdik. Joni og’rimasligi uchun doctorimiz bezboliviyeshiy ukol qilib, bulbulini kesdi. Xozir o’g’lim 5 oylik, bulbulchasi sog’lom… Umuman bulbulchasi kesilganini eslamaydi ham. 5 yosh bo’lishini kutmang… Eng yaxshisi doktorga olib boring, jonini og’ritmasdan kesadi. Omad…

25. Men - September 13, 2012

Allohga shirk keltirgan kofurdur

26. lola - January 6, 2013

kechirasiz malikaxon ; uzi qaysi din vakilasisiz ???

nizomiddin - January 12, 2013

jahannamga otin bolgan ayollar essiz ozbeklardan shunaqa qizlar ayollar chiqadi deb oylamagandim ozbek degan nomga dog tushurdilaring hayf hayf

27. azizbek - January 22, 2013

Bu ayol diniy tarbiya kurmagan ayol ekan. internetga kiring xar yili minglab evropa yoki boshqa millat boshqa din vakillari islom dini xaqida o`qib urganib islom dinini qabul qilishmoqda .bunday fohisha tabiat ayollarga gap gapirish xam uvol.

28. azizbek - January 22, 2013

Ko`p chet davlatlarda buldim senaqalar tufayli uzbekman deyishga ham odam uyaladigan bo`ldi.

29. Xx - June 4, 2013
30. TARZAND. - January 11, 2015

hoy yaxshi qiz uglizni sunnat qilmasangiz kelajakda kelingiz orgazm nimaligini bilmay utadi,,hech uylab kurganmisiz nega Yevropalik ayollar musulmon erkakla bn birga bulishni hoxlaydila KAYP QILISH un,,,,,

31. joxon - August 30, 2016

yibanakansan


Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: