jump to navigation

Ўғлимни суннат қилдирмоқчи эмасман! June 1, 2006

Posted by ayollar in Ilm - Fan, Oila va Turmush Tarzi, Salomatlik.
19 comments

Yaqinda mening onam "o’g'lingni qachon sunnat qilasizlar" deb surab qoldi. Men ota-onamdan bunday savolni anchadan beri kutib yurgandim. Gap shundaki, men o’g'limni sunnat qildirmoqchi emasman. Sunnat qilish uchun sabab yetarlicha emas. Islom dinida sunnat qilish kerak deyiladi, lekin sunnat erkak kishini musulmon qilib qo’ymaydi. Odam aqli bilan hudoga ishonishi kerak, badani bilan emas. Buning ustiga, agar hudo haqiqatdan ham erkaklarning jinsiy organini kestirilgan bo’lishini istaganda edi, nega shunday qilib yaratmagan, degan savol tug’iladi.

Endi, buni ota-onamga tushuntirish qiyin bo’ldi. Ohiri, "erim unamaydi (erim musulmon emas) deb qutuldim. Men onamga "qarang, ba’zi bir millatlarda qizlarning jinsiy organidagi klitorisini kesib tashlaydilar, din, urf-odat deb, lekin bu notu’g'ri, bu kasalliklarga olib keladi, undan xam, bir yovuz amal, o’gil bollarning sunnat qilish men uchun shu bilan barobar" dedim.

Men kichkinaligimda ukamni 5 yoshligida sunnat qilganimizni eslayman, hech qachon bu azob esimdan chiqmaydi. Shuning uchun ham o’g'limni sunnat qilismaslikka qaror qilganman.

Albatta, onam "ahir meditsinada tomonidan ham tavsiya qilinadi" dedi. Men bironta meditsina tomonidan tasdiqlangan sunnatni tarafini olgan ilmiy ishni ko’rganim yoq. Onam ham bunday "tavsiyani" o’qib ko’rgani yoq.

Albatta, agar boshqalar o’g'lilarini sunnat qilishga qaror qilsalar, bu ularning shahsiy ishi, lekin men o’g'limdan, chaqaloqligida undan so’ramasdan bir joyini kesishga jur’at etmadim.

- Malika