Эркаклар нега “юради”? May 27, 2008
Posted by ayollar in Oila va Turmush Tarzi.trackback
Бир эркак ёзган хатдан: Erkakga yahshi chiroyli uziga qaragan ayol bulsa boshqasiga yugurmaydi. Bizni ayollar 1-2 ta tugganidan keyin uzini tashlavorishadi. Kuchaga chiqayotganida ustiga eng chiroyli kiyimlarni kiyvolib, yahshi hidli parfumlarni ishlatadi. mana su ishlarni uyda usini eriga nisbatan deyarli hech qaysi ayol bajarmaydi. Ayollarni salonga borib uziga qarab yurganidan surangchi kim uchun qiladi bu ishni? Albatta tuy tomoshaga yoki qayergadir borganda qiladi. “Yoq, bularni hammasini erim uchun, bugun ishdan kelgunicha tayyor bulishim kerak” desa atrofidagila kuladi kerak bulsa. Бу гап сизнингча тўғрими? Аёллар ўзларини ташлаб қўйиб уйда ўзларини чиройли қилиб юрмасликлари эркакларни бошқа аёлларни излашига олиб келар балки. Лекин бошқа аёлга учишдан олдин бу гапни секин хотинига айтиш йўлини топиш хам мумкинку. Қолаверса уйланганидан кейин эркаклар ўзлари ҳам қорин қўйиб спорт билан шуғулланмасдан, баъзи холларда шанба якшанба куни ювинмасдан юришади, бизга тўйдан олдин берган гулдасталар хақида гапирмасак ҳам бўлади. Бунга жавобан биз бориб бошқа йигитларга осилмаймизку! Менимча эркак киши “юришининг” сабабини бизда севги мухаббатсиз турмуш қуришлардадир. Ота онаси топганига уйланган йигит кейинчалик хотинига кўнгил қўймаган бўлса, уни хеч қанақа духи ҳам, чиройли кийинишлар ҳам ушлаб турмайди. Аёлни кўнгли ҳам шунга ўхшаш.
hmdaaaaa…. Yahshi qiziqarli maqola.Savoli ham javobi ham shu erning o’zida, Bu masala haqida ko’p gapirish shart emas.savol:Erkak nega yuradi, ayol nega hoyonat qiladi? javob: O’zaro mehr muhabbat sevgi, va bir briiga nisbatan intilish bulmagandan keyin, Ayol ham erkak ham uziga mehr muhabbat qidirib qoladi.Boshqa hech qanaqa javob yuq bunga deb o’yliman.Bu mani Ojizaona fikrim.tag’inam bilmadim
Sevib turmush qurib ham yuradiganlar son mingta…manimcha buni masalaga aloqasi yo’q.
He he Ma’ruf do’stim Sevib ko’rganmisiz, Sevgan odam boshqa ayolni ko’zi ko’rmidi sevganidan boshqa.Boshdan o’tkazgan tabib deyishadiyu.Masalaga qanchalik aloqasi bor yuqligini bilmadimu, lekin sevgan (chindan sevgan) odam hiyonat qilmaydi!!!
assalomu alaykum.urtoqlar birodarlar faqat ollohdan qurqishkerak,ayolkishi avratini ochib kuchaga chiqdimi shayton birga buladi,erkak uz ayolini sevadimi sevmaydimi-ayolni uyo buyog`i ochib yuribdimi tamom erkak aynidi faqat ollohdan qurqqan inson u ishni qilmaydi
bilasizlarmi ming sevgi bilan turmush quring, lekin oilaviy sharoit, atrofdagilarning munosabati bunga oz tasirini korsatmay qolmaydi.faraz qiling qayna-qaynota,qaynisingil hammasi eriz kelguncha sizni ezsa, siz ham jim turmaysizku.albtta 3 yoki 4 safar siz ham haq ekanligizi bildirgiz keladi,shunday qilib har kungi janjal sevgiga ham nuqta qoyadi. eringiz ming sizi sevmasin oldingidek ota-onasi, jigarlari sizi aybizi aytaversa… kimning kamchiligi yoq ekan. hamma gap yoshlarda deyishadiku,lekin kattalar ham oglining kochadan mehr izlashiga aybdor bolib qoladi. kun boyi ish, kechda, tongda kelinlik vazifasi.yugur-yugur, diqqatchilik hayot qaydayu, toydan oldingi ozinga vaqt topaolishlik qayda. oyligini 1tiginigacha hatto ering ham uydagilarga bersang(bola puli ham),qaysi pulga oldingidek pardoz anjomlari olasan. bori ham eskirib boldiku.osha 1, 2ta tuqqandan keyin hali ham sen yosh kelinsan ular uchun,sening haqqing yoq oz pulingni ishlatishga. osha oshirib qolgan, oz ota-onang bergan pulni qaysi ona oziga sarflagisi keldai,albatta bolsiga sarflaydi.hech bolmaganda bogcha pulini tolaydi. er jonnivorchi sen oldingidek emassan deb tashlab chiqib boshqasining oldiga borishi nomartchilik. osha vaqtni, pulni topib bersin… undan tashqari uydagi muammolar insonning rangiga ham tasir qiladi. lekin hamma aynibni ularga tokab qoymoqchi emasman, albatta ayol bor narsasi bilan ozining latofatini saqlashi kerak,lekin buning ozigina yetarlimikin…